February 13, 2025

FORCED MARRIAGE WITH A BILLIONAIRE

Episode : 2
Author by:@Kim_Rona

Mira xonada qotib qoldi. Kim Taehyungning so‘zlari qulog‘ida jaranglardi:

"Bugun sen meniki bo‘lasan, Mira."

Uning sovuq ovozi yuragini muzlatib yubordi.

— "Meni majburlashga haqqing yo‘q," — dedi Mira qaltirab.

Taehyung jilmaydi va yelka qisdi.

— "Bu haqda gaplashish kech bo‘ldi. Bugun to‘y kuning, Mira."

Mira nafrat bilan unga tikildi.

— "Men seni hech qachon sevmasligimni bilasan, to‘g‘rimi?"

Taehyung bir qadam oldinga tashladi, ularning orasidagi masofa qisqardi. Mira ortga tisarildi.

— "Hali sevish-sevmaslik haqida gapirishga erta. Biroq men seni o‘zimniki qilish uchun nima bo‘lsa ham qilaman," — dedi u past ovozda.

Mira yuragini siqayotgan g‘azabni ichida ushlab, mushtlarini tugdi.

— "Sen mutlaqo yuraksiz odamsan."

Taehyung kulib qo‘ydi.

— "Meni sevishga majbur bo‘lmaysan, Mira. Lekin unutma: endi sen menga tegishlisan."

Shunday deb u eshik tomon yurdi va chiqib ketdi.

Mira esa o‘zini tutolmay, yotoqxonadagi stulga cho‘kdi. Ko‘zlarida yosh qalqidi.

"Men hech qachon Taehyungning ayoli bo‘lmoqchi emasdim..."

Lekin endi bu haqda o‘ylash befoyda edi.

Jungkook mashinasini to‘xtatib, uyga qaradi. Ichida g‘azab va umidsizlik hukmron edi.

"Men Mirani bu to‘ydan qutqarishim kerak."

Lekin qanday qilib?

Taehyung uni shunchaki qo‘yib yuborarmidi?

Jungkook mushtlarini tugdi. Yo‘q, u hech qachon Mirani o‘z qo‘llari bilan Kim Taehyungga topshirmaydi.

To‘satdan telefoniga xabar keldi.

Kim Rona:
"Jungkook, menga yordam kerak."

U xabarni o‘qib, chuqur nafas oldi.

Hozir Rona bilan gaplashishga vaqti yo‘q edi.

Lekin ichida bir narsa uni to‘xtatdi.

"Rona menga muhim gap aytmoqchi bo‘lishi mumkin."

U darhol avtomobilni orqaga burib, Ronaning joylashgan manziliga yo‘l oldi.

Rona mehmonxonaning restorani oldida o‘tirar, telefonini ushlagancha pastga qarardi.

"U keladimi yo‘qmi?"

Uning oldiga shiddat bilan kimdir o‘tirdi.

Rona boshini ko‘tardi va... Min Yoongini ko‘rdi.

— "Seni kutayotganim yo‘q," — dedi Rona sovuq ohangda.

Yoongi esa kulimsirab qaradi.

— "Lekin men seni kutib o‘tirganim yo‘q-ku," — dedi u istehzo bilan.

Rona nigohini boshqa tomonga burdi.

— "Nima uchun har doim yo‘limga chiqaverasan?"

— "Chunki men sendan voz kechmayman, Rona."

Rona unga sovuq nigoh bilan tikildi.

— "Senga ming marta aytdim: men seni sevmayman!"

Yoongi qo‘lini stoldan olib, oldinga engashdi.

— "Bu vaqt masalasi."

Rona unga qattiq tikildi.

— "Sen va akam hamma narsani o‘z nazorating ostida ushlab turishni yaxshi ko‘rasiz. Lekin men majburiy sevgi o‘yinining qurboni bo‘lmayman, Yoongi."

Yoongi chuqur nafas oldi va sekin jilmaydi.

— "Ko‘ramiz, Rona..."

Shu payt Jungkook eshikdan ichkariga kirdi. Rona uni ko‘rib yengil tortdi va darhol o‘rnidan turdi.

— "Jungkook!"

U tezda uning oldiga bordi.

— "Senga nima bo‘ldi? Nima uchun chaqirding?" — so‘radi Jungkook.

Rona Yoongiga qarab, keyin past ovozda pichirladi:

— "Mira haqida gaplashishimiz kerak..."

Jungkook diqqat bilan unga qaradi.

— "Qanday muammo bor?"

Rona chuqur nafas oldi.

— "Akam uni bugun majburan o‘ziga turmushga chiqarmoqchi..."

Jungkookning yuragi g‘azab bilan urdi.

— "Bu bo‘lmaydi!"

Rona past ovozda davom etdi:

— "Agar nimadir qilmoqchi bo‘lsang, hoziroq qilishing kerak. Aks holda, kech bo‘ladi..."

Jungkook hech o‘ylamay darhol ortiga burildi va yugurib chiqdi.

"Mirani bu to‘ydan qutqarishim shart!"

Rona esa ortidan nigoh tashlab turdi.

Yoongi unga yaqinlashdi.

— "Nega unga yordam beryapsan?" — so‘radi Yoongi qiziqib.

Rona unga nafrat bilan qaradi.

— "Chunki men akamning doim ham to‘g‘ri ish qilishini o‘ylamayman."

Yoongi jilmaydi.

— "Qiziq..."

Rona unga qattiq qaradi va sekin pichirladi:

— "Ba’zan odam yuragi bilan emas, aqli bilan tanlov qilishga majbur bo‘ladi."

Yoongi esa unga sovuq qarab turardi.

Mira oq libosda oynaga tikilib turardi. Uning qalbi g‘azab va umidsizlik bilan to‘la edi.

"Qanday qilib men shunday ahvolga tushdim?"

Uning yonida bir nechta xizmatkorlar yurib, unga bezak berishardi. Lekin u hech narsani his qilmasdi. Bu to‘y — majburiy qafas edi.

Shu payt eshik ochildi va ichkariga Kim Taehyung kirdi.

Mira yuragini siqib, unga nafrat bilan qaradi.

— "Nega kelding?" — dedi sovuq ohangda.

Taehyung eshikni yopdi va unga yaqinlashdi.

— "Seni olib ketish uchun."

— "Hali to‘y boshlanmadi."

Taehyung kulimsiradi.

— "Lekin bu muhim emas. Sen endi baribir meniki bo‘lasan."

Mira lablarini qattiq tishladi.

— "Seni hech qachon sevmasligimni tushunmayapsanmi?"

Taehyung sekin uning yuziga yaqinlashdi. Ko‘zlari jiddiy edi.

— "Muhabbat haqida gapirishga hali erta. Faqat shuni bil: mendan qocholmaysan."

Mira ko‘zlarida yosh bilan unga tikildi.

— "Sen haqiqatdan ham yuraksiz odamsan!"

Taehyung jilmaydi.

— "Menga nima deyishing ahamiyatsiz. Chunki kechasi sen mening yonimda bo‘lasan."

Mira yuragini siqib, ko‘zlarini yumdi.

Lekin... shu payt eshik shiddat bilan ochildi!

"To‘xtang!"

Hamma hayrat bilan orqaga burildi.

Jungkook ichkariga qadam tashladi. Ko‘zlari jahl bilan yonardi.

— "Mira men bilan ketadi!" — dedi u qat’iy ovozda.

Xonadagi xizmatkorlar hayrat bilan unga qarashdi.

Mira esa ko‘zlarini keng ochdi.

— "Jungkook?! Nima qilayotganingni bilasanmi?"

Jungkook unga yaqinlashdi va qo‘lidan ushladi.

— "Seni bu to‘ydan qutqaraman!"

Lekin... Taehyung joyidan qimirlamasdi.

U xotirjamlik bilan Jungkookga tikildi.

— "Qiziq. Kimdir menga tegishli narsani olib qochmoqchi, shekilli?"

Jungkook uning oldiga bordi va sovuq ohangda gapirdi:

— "Mira o‘z hayotini o‘zi tanlashi kerak. Uni majburan olib ketish huquqing yo‘q!"

Taehyung kulib qo‘ydi.

— "Senga nima? Sen uni sevasanmi?"

Jungkook chuqur nafas oldi.

— "Men bilaman, bu nikoh noto‘g‘ri. Va men Mirani qutqarish uchun hamma narsaga tayyorman."

Mira qo‘lini tortib, ularga qaradi.

— "Men kim bilan qolishimni o‘zim hal qilaman!"

Hamma sukut saqladi.

Taehyung unga yaqinlashib, qoshini ko‘tardi.

— "Demak, xohishing yo‘q?"

Mira lablarini qattiq tishladi. Uning yuragi shunchalik qattiq urardi, go‘yo yorilib ketgudek edi.

— "Ha. Men seni yoqtirmayman."

Xonaga og‘ir jimlik cho‘kdi.

Taehyung bir necha soniya unga tikilib turdi. Keyin jilmaydi.

— "Bu juda achinarli. Chunki sening xohishing men uchun ahamiyatsiz."

Shu payt ikki nafar qoʻriqchi xonaga kirdi va Jungkookning qo‘llaridan ushladi.

Mira hayrat bilan orqaga tisarildi.

— "Nima qilayapsan?!"

Taehyung sekin oldinga yurdi.

— "Bu nikoh bo‘ladi. Jungkook esa... shunchaki tomoshabin bo‘ladi."

Qoʻriqchilar Jungkookni tortib chiqarmoqchi bo‘lishdi, lekin u kuchli edi.

— "Mira! Men seni bunday qoldirmayman!"

Mira hayrat va qo‘rquv bilan unga qaradi. Uning yuragi juda tez urardi.

Jungkookni sudrab olib chiqishdi.

Taehyung esa Miraga yaqinlashdi.

— "Endi esa, kelin bo‘lishga tayyorlan."

Mira titrardi.

Rona uyining balkonida turardi. Yuragi g‘ash edi.

Akasining qizga qanday muomala qilayotganini bilardi.

"Mira hozir o‘zini qanday his qilyapti ekan?"

Shu payt ortidan ovoz eshitildi.

— "Bu sening muammong emas, Rona."

U ortiga burildi va Yoongini ko‘rdi.

— "Sen nega bu yerda?"

Yoongi unga yaqinlashdi.

— "Chunki sen meni chaqirding."

Rona lablarini qattiq tishladi.

— "Men akamdan nafratlanaman."

Yoongi esa jilmaydi.

— "Biroq sen menga nisbatan ham shunday his qilasan, shundaymi?"

Rona jahl bilan unga qaradi.

— "Men seni hech qachon yoqtirmayman, Yoongi!"

Yoongi asta-sekin oldinga yurdi va uni devorga qadar siqib bordi.

— "Balki sen mendan qochayotganing uchun shunday o‘ylayotgandirsan."

Rona yuragini siqib, lablarini tishladi.

Yoongi esa sekin past ovozda pichirladi:

— "Sen meni yoqtirmaysan, lekin men sendan voz kechmayman, Rona."

Rona qo‘rquv va ajablanish bilan unga qaradi.

Mira yuragini siqib, oyna oldida o‘tirardi. Atrofida xizmatkorlar uning oq libosini tuzatish bilan ovora edi. Shu payt ularning so‘zlari qulog‘iga chalindi:

— "Janob Kim Taehyung chiroyli kuyov bo‘ladi-a!"

— "Ha, kelin ham juda go‘zal!"

Mira lablarini qattiq tishladi. Bu to‘yga hech qachon rozi bo‘lmagan bo‘lsa ham, unga majburan kiydirilgan oppoq libos unga baxt emas, qafasdek tuyulardi.

Ichidan hayqirgisi, dod solgisi keldi. Lekin hech kim eshitmaydi. Hech kim qutqarmaydi.

Shu payt eshik sekin ochildi.

Kim Taehyung...

U hozir juda jiddiy edi. Ko‘zlarida hech qanday tuyg‘u yo‘q, yuzida sovuq ifoda.

— "Vaqt keldi."

Mira unga nafrat bilan qaradi.

— "Meni qafasga kirgizayotganingdan xursandmisan?"

Taehyung uning yoniga keldi va unga yaqinlashdi.

— "Bu qafas emas, bu — taqdiring."

Mira yuragini siqib, yuzini boshqa tomonga burdi.

— "Seni hech qachon sevmayman!"

Taehyungning lablariga sovuq tabassum yugurdi.

— "Sevmaysan, lekin baribir meniki bo‘lasan."

Mira beixtiyor bir qadam orqaga tisarildi.

— "Sen qo‘rqinchlisan..."

Taehyung yelkasini qisdi.

— "Men shundayman."

U Miraning qo‘lidan tutib, uni tortdi.

— "Endi yur."

Shu payt...

EShIK SHIDDAT BILAN OCHILDI!

Jeon Jungkook qonli kiyimda xonaga kirdi!

Mira ko‘zlarini keng ochdi.

"Jungkook?!"

Jungkookning qoshi chimirilgan, lablarida qon izlari bor edi. Qisqasi, u shunchaki urushdan chiqqandek edi.

"Bu qanaqasi?! Seni qoʻriqchilar olib ketishgan edi-ku?!"

Jungkook Taehyungga sovuq nigoh bilan tikildi.

— "Meni hibsga tashlamoqchi eding, to‘g‘rimi?"

Taehyung hech qanday hayajonlanmadi.

— "Ha. Lekin sen shunchalar tirishqoq ekansan, qochibsan."

Jungkook xonaga bir qadam tashladi.

— "Mira men bilan ketadi!"

Mira hayrat bilan unga qaradi. U bilan qochmoqchi edi, lekin... bu oson emas.

Taehyung hech qanday hissiyot ko‘rsatmay, unga tikildi.

— "Qanday qilib olib ketasan?"

Jungkookning ko‘zlari jahl bilan chaqnadi.

— "Agar kerak bo‘lsa, seni yo‘q qilaman!"

Mira yuragini siqib, ularning o‘rtasiga tushdi.

— "Bu aqillilik emas! Iltimos, to‘xtanglar!"

Lekin hech kim ortga chekinmadi.

Taehyung sekin oldinga yurdi.

— "Sen yo‘q qilmoqchimisan? Juda katta gaplar aytayapsan, Jungkook."

Jungkook lablarini tishlab, qattiq mushtini siqdi.

— "Men Mira uchun hamma narsani qilaman!"

Bu so‘zlarni eshitganida, Miraning yuragi g‘alati urdi. Jungkook uchun u shunchalik muhimmi?

Lekin Taehyung hech narsaga qaramay, jilmaydi.

— "Xo‘sh, unda meni to‘xtatib ko‘r."

U so‘zini tugatishi bilan eshik oldidan qoʻriqchilar yugurib kirdi!

Mira yuragini siqib, orqaga tisarildi. Bu qanchalik nohaq!

Qoʻriqchilar Jungkookni qo‘lga olish uchun yugurishdi, lekin u ularga qarshi kurasha boshladi. Hamma narsa shiddat bilan rivojlanayotgan edi!

Mira esa shunchaki qotib qolgandi.

Jungkook qattiq zarba yedi, lekin baribir taslim bo‘lmadi.

U Miraga qarab, baqirdi:

— "Mira! Qoch!"

Mira ko‘zlarini keng ochdi. Bu yerda qolsa, hammasi tugaydi!

U yuragini siqib, orqasiga qaradi. Deraza!

Lekin... Taehyung uning qo‘lidan qattiq ushladi!

— "Sen hech qayerga ketmaysan!"

Mira jahl bilan uning qo‘lidan tortib olishga harakat qildi.

— "Qo‘yib yubor meni!"

Taehyungning ko‘zlari g‘azab bilan yonardi.

— "Meni bu shunchaki shou deb o‘ylagan edim... Lekin sen rostan ham qochmoqchimisan?"

Mira nafas oldi.

— "Ha!"

Taehyung kulib qo‘ydi.

— "Unda afsus, seni qo‘yib yuborolmayman."

Shu payt... Katta portlash ovozi eshitildi!

Bino silkinib ketdi!

Hamma hayrat bilan to‘xtab qoldi.

Mira qo‘rquv bilan atrofga qaradi.

"Bu... nima edi?!"

Shu payt boshqa xizmatkorlar yugurib kirdi.

— "Janob Kim! Bino tashqarisida portlash sodir bo‘ldi!"

Mira yuragini siqib, orqaga tisarildi. Bu fursatdan foydalanib qochish kerak!

Jungkook esa o‘zini qo'riqchilardan qutqardi va Mirani tortib oldi.

— "Ketamiz!"

Mira o‘zini bilmay, unga ergashdi.

Lekin Taehyung... kulib turardi.

U hech qanaqa hayajonlanmadi.

— "Siz faqat qochayotganingizni o‘ylayapsiz, lekin bu shunchaki boshlanishi."

Mira va Jungkook deraza oldiga yugurishdi. Qochish uchun yagona yo‘l shu edi.

Jungkook Miraning qo‘lidan ushlab, unga tikildi.

— "Menga ishonasanmi?"

Mira yuragini siqib, boshini qimirlatdi.

Va ular derazadan sakrashdi.

Yoongi Ronani devorga siqib qo‘ygancha, unga tikilib turardi.

Uning ko‘zlarida hech qanday mayinlik yo‘q edi. Faqat sovuq va sirli nigoh...

Rona esa qo‘rqish va hayrat orasida qotib qolgandi. Yoongi uni bunchalik yaqin siqib turgani birinchi marta edi.

— "Menga qara, Rona." — uning ovozi past va jarangdor chiqdi.

Rona lablarini tishlab, nigohini chetga burdi.

— "Qo‘yib yubor."

Yoongi jilmaydi. Bu jilmayishda hech qanday samimiyat yo‘q edi.

— "Senga bir narsani tushuntirmoqchiman."

— "Nima?" — Rona hansiradi.

Yoongi yuzini Ronaga juda yaqin keltirdi. Ularning lablari bir-biriga juda yaqin edi...

— "Sen qanchalik o‘jar va erkatoy bo‘lma, baribir bir kuni meniki bo‘lasan."

Ronaning yuragi qattiq urishni boshladi. U bu so‘zlarni eshitishga tayyor emasdi!

— "Nima?! Sen... hushyorligingni yo‘qotdingmi?" — Rona uni itarishga urindi, lekin Yoongi uni yanada mahkam ushladi.

— "Men hushyorman. Sen hali o‘zingni tanimaysan, Rona. Jungkook senga bir qarash ham tashlamaydi. Lekin men... men seni hech kimga bermayman."

Rona tom ma’noda qotib qoldi. Yoongi shunchalar yaqin ediki, hatto uning issiqligini his qilardi.

Rona lablarini qattiq tishladi. Nega bu yigit bunchalik ishonchli gapiryapti?

— "Men senga tegishli emasman!"

Yoongi unga juda jiddiy nigoh bilan qaradi.

— "Aynan hozir emas, lekin bir kuni bo‘lasan."

Shu payt Rona butun kuchini to‘plab, Yoongining qo‘llaridan chiqib ketishga harakat qildi. Lekin Yoongi unga hech qanday imkoniyat bermadi.

— "Yoongi, men sening o‘yinlaringga aralashmoqchi emasman!"

— "Bu o‘yin emas, Rona. Men sen bilan hazillashmayapman."

Rona uning ko‘zlariga tikildi. Yoongining nigohi shunchalar jiddiy ediki, u bu gaplarni shunchaki aytayotganini o‘ylashning ham iloji yo‘q edi.

Bir lahzalik sukut o‘rtani egalladi. Faqat yurak urishlari va keskin nafas olish eshitilardi.

Rona birdan boshini burib, tezlik bilan undan uzoqlashdi.

Yoongi esa uning ortidan sekin pichirladi:

— "Qochma, Rona. Baribir oxirida meniki bo‘lasan..."

Rona tez yurib, Yoongidan uzoqlashishga harakat qildi.

Yuragi qattiq urayotgandi. Bu nima edi? Nega Yoongi unga bunday gaplarni aytdi?

O‘z xonasiga kirib, eshikni qattiq yopdi va yelkasini eshikka tirab, asta sirg‘alib o‘tirdi.

Nega uning gaplari yuragiga ta’sir qildi?

— "Yo‘q, bu bema’ni gaplar. Yoongi men uchun hech kim emas." — o‘ziga shunday pichirladi u.

Lekin miyasi shundoq ham chalkash edi. Jungkook unga e’tibor bermaydi, Yoongi esa uni o‘ziniki qilishni xohlaydi...

Bu o‘ylar bilan uxlab qolishga urindi, lekin ko‘zlarini yumgan zahoti Yoongining chuqur nigohi yodiga tushdi.

"Sen hali o‘zingni tanimaysan, Rona..."

"Oxir-oqibat meniki bo‘lasan."

Uning yuragi yana tez urib ketdi.

— "Yo‘q! Yo‘q! Bu shunchaki gap! Bu shunchaki hazil!" — deb yostiqqa yuzini yashirdi.

Lekin Yoongi hazillashmayotganini yuragi allaqachon sezayotgandi...

Ertasi kun

Rona tongda shoshilinch uyg‘ondi. Boshqa hech narsa o‘ylamaslikka qaror qildi.

Tezlik bilan vannaxonaga yugurdi, yuzini yuvdi va o‘zini yaxshiroq his qilish uchun chuqur nafas oldi. Bugun hech narsa haqida o‘ylamaydi! Jungkook haqida ham, Yoongi haqida ham!

Xonadan chiqayotganida birdan Yoongi bilan to‘qnashib ketdi.

— "Eh, kechirasiz..." — dedi u qizarib.

Yoongi sekin jilmaydi.

— "Kechirasiz?" — u qizni sinchiklab kuzatdi. Go‘yo Ronaning kechagi voqeani eslamasligini tekshirganday...

Rona esa uning nigohidan qochishga harakat qildi.

— "Ha, shunchaki tasodif bo‘ldi."

Yoongi jilmayib, qizga yaqinroq keldi.

— "Nimadir seni bezovta qilyaptimi?"

Rona tezda bosh chayqadi.

— "Yo‘q! Hech narsa!"

Yoongi uni hali ham kuzatib turardi. Qiz qanchalik rad etsa ham, uning yuragi kechagi voqeadan so‘ng o‘zgarib ketganini Yoongi sezayotgandi.

— "Yaxshi. Unda bugun men bilan tushlik qilasan."

Rona darhol qarshilik ko‘rsatdi.

— "Men bandman!"

Yoongi qoshlarini ko‘tardi.

— "Nima bilan?"

Rona kalovlanib qoldi. U aslida umuman band emasdi.

Yoongi yana oldinga bir qadam tashladi.

— "Hali ham mendan qochmoqchimisan, Rona?"

Rona hansiradi. U Yoongiga ortiq qaray olmasdi!

— "Men... men hozir borishim kerak!" — deya shoshib chiqib ketdi.

Yoongi uning ortidan kulib qo‘ydi.

— "Qanchalik qochsang ham, baribir o‘zimga qaytaraman, Rona."

U asta-sekin zinadan tusharkan, xuddi jangda g‘alaba qozongandek o‘zini yengil his qilardi.

Flashback

Jungkook mashinani shiddat bilan haydab borardi.

Uning yuragi qattiq urayotgandi. Nima qilyapti u? Qayerga ketyapti?

Mira esa old o‘rindiqda qo‘llari bog‘langan holda o‘tirardi. Uning yuragi qo‘rquvdan g‘ijimlangan edi, lekin u qo‘rqqanini bildirishni istamasdi. U hech qachon Jungkookdan bunday harakat kutmagandi.

— "Jungkook! To‘xtat mashinani!"

Jungkook unga bir soniya qarab qo‘ydi, keyin esa nigohini yo‘ldan uzmay, sovuq ohangda javob berdi:

— "Sening bu hayoting menga yoqmaydi, Mira."

— "Nima?! Qanaqa hayot?!"

— "Taehyungga turmushga chiqishing. Bu axmoqlik. Sen bunga loyiq emassan."

Miraning yuragi g‘azabdan lovulladi.

— "Bu sening ishing emas, Jungkook! Bu mening hayotim!"

Jungkook keskin tormozni bosdi. Mira oldinga engashib ketdi, yuragi tez urayotganidan nafasi bo‘g‘ilib qoldi.

Jungkook unga tik boqdi.

— "Sen hali ham tushunmadingmi, Mira?"

Qiz lablarini tishlab, undan nigohini olib qochdi.

— "Men seni hech kimga bermayman."

Mira hansiradi.

— "Sen buni qilishga haqli emassan!"

Jungkook jilmaydi, lekin uning nigohi xavfli edi.

— "Mening haqligim yoki haqsizligim endi ahamiyatli emas. Sen endi mening qo‘limdasan, Mira."

Qizning yuragi yana tez ura boshladi. Bu qanday vaziyat? Jungkook buni jiddiy aytyaptimi?

— "Meni darhol qo‘yib yubor! Yoki..."

Jungkook kulib qo‘ydi.

— "Yoki nima, Mira? Kim seni qutqaradi? Taehyungmi?"

Mira titrab ketdi. To‘g‘ri, Taehyung buni bilsa, hech narsani kechirmaydi.

Lekin u hozir nima qilsin?

Jungkook mashinadan tushdi va uning eshigini ochdi.

— "Kelib tush."

— "Yo‘q."

Jungkook yelkasini qisdi.

— "Bo‘pti. Unda seni o‘zim tushiraman."

U Miraning belidan mahkam ushlab, mashinadan tortib chiqardi.

— "Qo‘y meni! Jungkook, bu jinnilik!"

Lekin u qizni eshitmadi. U Mirani bag‘riga bosdi va uning qimirlamasligini ta’minladi.

— "Jim tur, Mira. Men senga zarar yetkazmayman."

Mira undan qutilishga harakat qildi, lekin u shunchalik kuchli ediki, qiz hech narsa qila olmadi.

Jungkook uni quchoqlagancha eshikni ochdi va ichkariga olib kirdi. Bu eski, lekin chiroyli uy edi.

Mira atrofga qaradi. Bu joy unga notanish edi.

— "Bu qayer?"

Jungkook uni ichkariga olib borib, sekin qo‘yib yubordi.

— "Bu mening joyim. Bu yerda mendan boshqa hech kim seni topa olmaydi."

Qiz dahshatdan bir qadam orqaga tislandi.

— "Sen... meni qamamoqchimisan?!"

Jungkook unga sovuq nigoh bilan qaradi.

— "Agar men shunday qilishim kerak bo‘lsa, ha."

Miraning nafas olishi qiyinlashdi.

— "Jungkook, iltimos... bu noto‘g‘ri."

Jungkook chuqur nafas oldi va unga yaqinlashdi.

— "Noto‘g‘ri bo‘lsa ham, men seni bermayman, Mira."

Mira yutindi. Bu vaziyatdan qanday chiqib ketishi kerak?

Lekin u hali bitta narsani bilmasdi...

Kim Taehyung allaqachon uning qayerdaligini bilardi.

Kim Taehyung xonada yurib, g‘azab bilan qo‘lidagi stakanni devorga uloqtirdi.

Shisha maydalanib yerga sochildi. Uning ichida olov yonardi.

— "Jeon Jungkook... seni o‘ldiraman!"

Uning qo‘lidagi telefon qattiq siqilgan edi. Uning odamlaridan biri hozirgina unga Jungkookning qayerga ketganini aytgan edi. Uning sabri tugayotgan edi.

Taehyungning ichiga g‘azab to‘lib-toshdi. Kimki Miraga tegsa, qanchalik jazosini tortishini bilishi kerak edi.

— "Ho‘jay, buyruqlar bormi?" — dedi yordamchilaridan biri.

Taehyung o‘zini bosishga harakat qildi. Yo‘q, hozir shoshilmaslik kerak.

— "Uni hozircha o‘ldirmayman," — dedi u ohangdor, ammo xavfli ovozda. "Lekin uning qilmishi uchun jazolanishi shart."

U yonidagi soqchilariga qaradi.

— "Hamma tayyorlansin. Uni qayerga olib ketganini aniq bilib olishim kerak."

Taehyung uchun bu faqatgina qasos emas edi.

Bu egalik masalasi edi.

Mira — uning xotini. Hech kim uni olib qocholmaydi. Hech kim.

Mira hozir vaziyatning qanchalik jiddiy ekanini anglay boshlagan edi. Jungkookning niyati jiddiy edi.

— "Nega bunday qilyapsan, Jungkook?"

Jungkook stolga suyanib, chuqur nafas oldi.

— "Chunki men seni sevaman, Mira."

Qiz nigohini undan olib qochdi. Bu haqiqat bo‘lishi mumkin emas. Jungkook u bilan shunchaki do‘st edi, to‘g‘rimi?

— "Bu sevgi emas, Jungkook. Bu faqat senga bo‘lgan egalik hissi."

Jungkook kulib qo‘ydi. Lekin bu kulgi — alamli kulgi edi.

— "Sen hech narsani tushunmaysan, Mira. Men seni Taehyungga topshirib qo‘ya olmayman. U seni sevmaydi."

Mira lablarini tishladi. Taehyung uni haqiqatdan ham sevarmidi?

— "Bu sening ishing emas!" — dedi Mira qattiq ovozda. "Sening qilayotganing noto‘g‘ri!"

Jungkook unga yaqinlashdi va yuziga qaradi.

— "Unda menga to‘g‘risini ayt, Mira. Sen uni sevasanmi?"

Mira jim bo‘lib qoldi.

U bunga qanday javob bersin? U Taehyungni yoqtirmasdi, lekin yuragi unga bir narsalarni his qilayotgandi...

Jungkook esa javob kutmadi.

— "Men senga tanlov qoldirmayman. Sen endi mening yonimda bo‘lasan."

Mira g‘azab bilan orqaga tisarildi.

— "Agar mendan majburan ajratishga harakat qilsang, Taehyung seni yer bilan yakson qiladi!"

Jungkookning nigohi sovuq edi.

— "U meni topishidan oldin, men seni sevdirib olaman, Mira."

Qizning yuragi tez urdi. Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas!

Lekin o‘sha payt eshikdan qattiq ovoz eshitildi.

BANG!

Jungkook boshini ko‘tarib, eshikka qaradi.

Mira esa yuragi tez urgancha nigohini unga qadadi. Bu kim? Taehyung?!

Eshik shiddat bilan ochildi.

Va u yerda Kim Taehyung ostonada turgan edi.

Ko‘zlari qonga to‘lib ketgandi. Havodan uning g‘azabi sezilib turardi.

— "Men sening o‘limingni o‘z qo‘llarim bilan ko‘raman, Jeon Jungkook."

Mana angelicaslarim Forced marriage with a billionairening 2-qismini tugatib oldik. Keyingi qismini oʻqishni xohlasangiz reaksiya va fikrlarizni ayamasdan bildiring. Xato va kamchiliklar uchun uzr.