March 8, 2025

ON OUR MARRIAGE DAY

Episode : 2

Author by: @Kim_Rona

Tashqarida sovuq shabada esardi. Men devorga suyanib, chuqur nafas oldim. Hali bu hislarni yengishga tayyor emasdim.

— “Miham!”

Hayun yonimga yetib keldi. U bir qo‘limdan tutib, jiddiy qaradi.

— “Sen o‘zingni yomon his qilyapsan, shunday emasmi?”
— “Yo‘q.”

Men tezda javob berdim, lekin yurak urishimni yashira olmadim. Hayun menga ishonmadi. U nigohini qo‘limdagi elektron soatga qaratdi. Qizil miltillayotgan edi.

— “Sen yana yuragingni siqib qo‘yyapsan, Miham.”

Men kulib qo‘ydim.
— “Hammasi joyida.”

Lekin ovozimda hech qanday ishonch yo‘q edi. Chunki yolg‘on gapirayotgandim.

— “Jimin bo‘lsa, shunchaki unut uni!” – Hayun jahli chiqib gapirdi. – “U seni aslo qadrlamaydi. Miham, iltimos, o‘zingni shuncha qiynama!”

Bu gapni qancha eshitgan bo‘lsam ham, har doim ichimdan nimadir sinib ketardi. Men Jimindan voz kecha olmayman.

— “Men seni tushunaman, lekin yuragingga ham e’tibor ber. Sen o‘zingni azobga solishing shart emas.”

Men sekin ko‘zimni yumdim. Yuragim yana sanchdi. Bu og‘riqdan qochib qutulish yo‘q.

Miham

Ertasi kuni

Maktab sport zalida odam gavjum edi. O‘quvchilar shovqin bilan musobaqani kutishardi.

Men oldingi qatorlardan joy oldim. Jimin maydonga chiqqanida esa, hamma qizlar hayajon bilan baqirib yuborishdi.

Har doim shunday bo‘lgan. U eng mashhur, eng kuchli yigit edi. Men esa… uni tomosha qilishdan boshqa hech narsa qila olmasdim.

Lekin bugun Jimin yolg‘iz emasdi. Uning yonida Cha Seyon bor edi. U ham sport formasida edi va ularning jamoasi turnirda qatnashayotgan edi.

Yana yuragim sanchdi.

Jimin unga kulib nimadir dedi. Seyon ham kulib, unga qo‘l uzatdi. Jimin esa shu oniyoq uning qo‘lini siqdi.

Men buni ko‘rdim.

Va aynan shu lahza, nimadir meni ichimdan sindirdi.

— “Boshladik!”

Musobaqa boshlandi. Jimin va Seyon bitta jamoada harakat qilardi. Ular mukammal juftlikdek edi. Jimin hamisha Seyonga o‘zi bilan teng bo‘ladigan odam yo‘qligini aytardi. Endi esa u Seyonni teng deb bilayotgandek edi.

Men o‘zimni qanchalik kuchli tutsam ham, bu hislarni yashira olmadim.

Men rashk qilayotgandim.

Bu ochiq haqiqat edi. Endi bu haqiqat oldida o‘zimni alday olmadim.

Hayun yonimga engashib, shivirladi:

— “Hali ham hech narsa his qilmayapsan, a?”

Men unga javob berolmadim. Chunki u haqiqatni bilardi.

Musobaqa tugaganidan keyin

Jimin va Seyonning jamoasi g‘alaba qozondi. Zal qiyqiriqlarga to‘ldi. Seyon hayajon bilan Jiminga qarab yugurdi va quchoqlab oldi.

Mening yuragim shu joyning o‘zida to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

Jimin esa… u Seyonni itarib yubormadi.

Balki unga yoqgandir. Balki u ham Seyonga o‘xshash hislarni boshidan kechirayotgandir.

Bu fikr meni butunlay sindirdi.

Jiminga hech narsa bildirmay, o‘rnimdan turib, zalni tark etdim.

Men buni ko‘ra olmasdim.

Yuragim qattiq sanchdi. Soatim qizil rangda miltillardi. Lekin bu safar men bunga e’tibor bermadim.

Chunki yuragimning og‘rig‘i hamma narsadan kuchli edi.

Zalning tashqarisiga chiqqanimda, sovuq havo yuzimni qattiq urdi. Nafas olishim qiyinlashdi. Yuragim bosimni ko‘tara olmayotgandek edi.

Soatim qizil miltillashda davom etardi. Biroq bu safar yuragim og‘rig‘i menga ahamiyat bermadi. Chunki ichimda buzilib ketgan narsa ancha katta edi.

“Jimin…”

Uni yana kim bilandir ko‘rish, unga boshqasi tegishli ekanligini his qilish… bu eng yomon narsa edi. Nafasim qisib ketdi. O‘zimni devorga suyadim, lekin hech narsa yordam bermadi.

Boshim aylanib, oldinga bir qadam tashlaganimda, oyoqlarim bo‘shashdi.

Yer qayerda? Boshim nega yengil? Yuragim nega shunday tez urayapti?

Qulog‘imda faqat shovqin qoldi. Keyin esa butun dunyo qorong‘ilashdi…

— “Hey, uyg‘on!”

Begona ovoz eshitildi.

Ko‘z qovog‘im og‘ir edi, lekin biroz harakat qilib ochishga majbur bo‘ldim. Ko‘zimni ochishim bilan, noma’lum odamning yuzi ko‘rinib turardi.

Begona yigit. Baland bo‘yli, qalin qoshlari va qoramtir ko‘zlari bor. Nimadir meni uni tanigandek his qilishimga majbur qilardi.

— “Ah, sen hushiga keldingmi?” — u yengil kuldi. “Yaxshi. Hali o‘lishga tayyor emassan shekilli.”

— “…Men?” — ovozim titradi.

— “Ha, sen. Tashqarida hushidan ketding.”

O‘rnimdan turmoqchi bo‘ldim, lekin boshim yana aylandi. Qo‘llarim zayiflashib, yana joyimga yiqildim.

— “Eh, qiz bola!” — Yigit bosh chayqadi. “Senga yordam kerak, baribir o‘zingni mustaqil deb o‘ylaysanmi?”

U barmoqlarini chakkasiga urib, xonani ko‘zdan kechirdi. Shundagina men qayerda ekanligimni tushundim. Bu maktab tibbiyot xonasi edi.

— “Sen meni…”

— “Men seni ko‘tarib keldim.” — U ko‘kragiga ishora qildi. “Og‘ir emas ekansan, ammo nozikliging aniq bilinadi.”

— “Sen kimsan?”

Yigit jilmaydi. Qizg‘in nigohi qiziqish bilan menga tikilgan edi.

— “Kim Taehyung. Yangi o‘quvchi.”

Men chuqur nafas oldim. Demak, u yangi kelgan o‘quvchi ekan.

— “Rahmat, lekin men ketishim kerak.”

Hali ham o‘zimni yomon his qilayotgan bo‘lsam ham, tezda joyimdan turishga harakat qildim. Biroq bu safar Taehyung meni yelkamdan ushlab to‘xtatdi.

— “Shoshilma.”

Men unga qaradim. U esa nigohini jiddiylashtirib, yonimga biroz yaqinlashdi.

— “Sening yuraging kasalmi?” — u qo‘limdagi elektron soatga ishora qildi.

Men bir soniya sukut saqladim. Men hech qachon o‘zimni boshqalarga zaif ko‘rsatishni yoqtirmasdim.

— “…Ha.”

Taehyung biroz jim qoldi. Keyin esa jilmayib qo‘ydi.

— “Bu juda yomon.”

— “Shunday.”

— “Demak, bundan keyin sen bilan ehtiyot bo‘lishim kerak.”

Men hayron bo‘lib, unga qaradim.

Kim Taehyung.

Taehyung xotirjam ohangda davom etdi:

— “Men seni bugundan boshlab kuzataman.”

— “Nega?”

— “Negaki, men senga yordam berdim va bu sarguzashtni davom ettirishga qaror qildim.”

Men uni tushunmadim. Bu yigit shunchalik beparvo ohangda gapirardiki, go‘yo bu oddiy ishday edi.

— “Menga hech kimning yordami kerak emas.”

Taehyung ko‘zlarini qisdi.

— “Ko‘rib turibman.” — u yengil kulib, o‘rnidan turdi. “Lekin men baribir seni kuzataman, Miham.”

Men dahshat bilan unga qaradim.

— “Sen mening ismimni qayerdan bilasan?!”

Taehyung indamay chiqib ketdi.

Bu yigit… juda g‘alati.

Maktab tibbiyot xonasidan chiqqanimda, quyosh allaqachon pasaygan edi. Yuragim allaqachon biroz tinchlangan, lekin ichimda qandaydir notanish his bor edi.

"Kim Taehyung…"

U meni kuzatishini aytdi. Bu nimani anglatadi?

Yo‘q. Meni faqat Jimin qiziqtirishi kerak.

Yelkamni silkitib, xayollarimni haydab tashlashga harakat qildim. Lekin bu kunning hammasi boshqacha edi.

Ertasi kuni maktabda hamma shovqin-suron ichida edi.

— “Yangi kelgan bola juda kelishgan ekan!”

— “Kim Taehyung?! Ha, juda chiroyli yigit!”

— “Men u bilan tanishmoqchiman!”

Demak, u juda tez mashhurlashibdi. Xuddi Jimin kabi… Yo‘q, men uni yana solishtiryapman.

Maktab zalidan o‘tayotganimda, kimningdir nigohi menga qadalganini his qildim. Orqaga qaradim.

Taehyung.

U meni masofadan kuzatib turardi. Men esa bexosdan boshqalarni unutib, unga tikildim.

— "Nima uchun qarayapti?" — ichimda o‘yladim.

Biroq, men unga hech narsa demadim. O‘zimni befarq tutib, sinfxonaga kirdim.

“Miham, senga nima bo‘ldi kecha?” — dugonam Minji yonimga kelib, past ovozda so‘radi.

— “Hech narsa, shunchaki… mazam yo‘q edi.”

— “Bilasanmi, kecha seni yangi kelgan bola ko‘tarib kelgan deyishyapti.”

Men qotib qoldim.

— “…Kim aytdi?”

— “Men o‘zim ko‘rdim! O‘sha payt Jimin ham bor edi, bilasanmi?”

Jimin?..

Men ichimdan biroz bezovta bo‘ldim. Agar u buni ko‘rgan bo‘lsa… qanday reaksiya bergan bo‘lishi mumkin?

— “Jimin ahamiyat qaratdimi?” — beixtiyor so‘radim.

Minji yelka qisdi.

— “Bilmasam… u doimgidek sovuq edi.”

Ichimdan kuldim. "Ha, albatta. U hech qachon menga ahamiyat bermaydi."

Biroq bu safar bu haqiqat menga juda qattiq botdi.

Kechki tanaffus payti, hovlida kitob o‘qib o‘tirganimda, kimdir oldimga keldi.

— "Yaxshi o‘tiribsanmi?"

Kim Taehyung.

— "Hozir bandman." — javobim qisqa bo‘ldi.

U yonimga o‘tirdi.

— "Juda sovuq ekansan."

— "Shunchaki sendan uzoqroq bo‘lishni afzal ko‘raman."

Taehyung yengil kuldi. "O‘zim ham shunaqa deb o‘ylagandim."

Men unga tezroq ketishini ishora qildim, lekin u hech qayerga ketmasdi.

— "Nega men bilan do‘st bo‘lishni istamaysan?" — so‘radi u.

Men unga kulib qaradim.

— "Men do‘st izlamayapman."

Taehyung qoshini ko‘tarib, boshini qimirlattirdi.

— "Yaxshi, demak, hozircha shunchaki tanishlar bo‘lamiz."

— "Hali hammasini o‘zing hal qilishni yoqtirasanmi?"

— "Albatta."

Men unga biroz sinchkovlik bilan qaradim. Taehyung… juda g‘alati edi.

Lekin… u bilan gaplashish ajablanarli darajada yengil edi.

Taehyung yonimda o‘tirganida, yuragim biroz tez urayotganini his qildim. "Bu nimasi bo‘ldi? Yo‘q, yo‘q, bu shunchaki shokka tushganimdan..."

— "Senga nima uchun qiziqaman, bilasanmi?" — deya so‘radi Taehyung.

Men unga qiziqish bilan qaradim.

— "Menga qiziqayotganingni kim aytdi?"

U kulimsirab boshini qimirlatdi.

— "Gapimni rad etayotgan bo‘lsang ham, men sezib turibman."

Yelkamni qisdim. Meni yaxshi tanimagan odam bunchalik ishonch bilan gapirishi g‘alati edi.

— "Bilmadim… lekin men hech kimning qiziqishiga muhtoj emasman."

Taehyung biroz menga tikilib qoldi.

— "Haqiqatan shunaqami?"

Uning nigohi ichimni titratib yubordi. Chunki men hamma oldida doimo mustaqil va o‘ziga ishongan qiz edim, lekin aslida yuragim har doim e’tiborga muhtoj edi. Ayniqsa, Jiminning e’tiboriga.

Shu payt orqamdan tanish ovoz eshitildi.

— "Miham."

Jimin.

Men darhol boshimni ko‘tardim. U yonimizda turar, yuzida har doimgidek befarq ifoda bor edi.

— "Gaplashib bo‘ldinglarmi?" — sovuq ohangda so‘radi u.

Taehyung jilmayib unga qaradi.

— "Sen bilan ishim yo‘q, lekin Miham hali men bilan gaplashib bo‘lgani yo‘q."

Jiminning yuzidagi ifoda o‘zgarmadi, lekin nigohida nimadir g‘alati narsa bor edi.

— "Uning vaqti yo‘q. Hozir men bilan borishi kerak."

Men unga hayron bo‘lib qaradim.

— "Men senga qachon aytdimki, vaqtim yo‘q deb?"

Jimin yonimga egilib, qulog‘imga shivirlagandek past ovozda gapirdi:

— "Otang seni oldimga jo‘natgan. Uyga birga boramiz."

Taehyung barchasini eshitdi shekilli, tabassum bilan boshini irg‘adi.

— "Hali yana ko‘rishamiz, Miham."

Men javob qaytarishga ham ulgurmay, Jimin qo‘limdan ushlab, yo‘lak bo‘ylab yetaklab ketdi.

Mashina ichida sukunat hukm surardi. Jimin har doimgidek jimgina tashqariga qarab turardi.

Men esa uning yonida o‘tirarkanman, yuragim tez urayotganini his qilardim. Jimin bilan yakkama-yakka qolgan paytlarim juda kam bo‘lgan.

— "Nega doimo men bilan shunaqa gaplashasan?" — dedim oxiri.

U menga sal-pal qarab qo‘ydi, lekin javob bermadi.

— "Jim bo‘laverasanmi?"

— "Nima haqida gapiryapsan?"

— "Sen hech qachon meni qiziqish bilan qarshilamaysan. Doim faqat 'majbur' bo‘lgandek gaplashasan."

U chuqur nafas oldi.

— "Sen o‘zing ham shunaqasan-ku."

Men unga hayron bo‘lib tikildim. Nimani nazarda tutyapti?

U ohangini biroz pasaytirib davom etdi:

— "Har doim men bilan gaplashganda… go‘yoki mendan nimadir kutayotgandek bo‘lasan. Lekin hech qachon aytmaysan."

Yuragim g‘alati bo‘ldi.

— "Men senga hech narsa aytishni xohlamayman."

U mendan nigohini uzmasdan yengil kulimsiradi.

— "Demak, ikkovimiz ham bir-birimizga yolg‘on gapirayapmiz."

Men indamay qoldim.

Jimin… o‘ylaganimdan ham chuqurroq odam edi.

Lekin u shunchaki so‘z o‘yini bilan o‘ynayotgan bo‘lsa-chi?

Men indamay, tashqariga qaradim. Mashina derazasi ortidan osmon tobora qorayib borardi.

Shu payt yuragimdagi signal soatim jimirlab, sekin ovoz chiqardi.

"Bip… Bip…"

Jimin yalt etib soatga qaradi.

— "Yana yuraging…?"

Men qo‘lim bilan soatni bekitdim.

— "Hech narsa bo‘lgani yo‘q."

Lekin u menga tikilib qoldi. O‘sha nigoh… nimadir anglatardi.

Men esa yuragimning urishini jilovlashga harakat qilib, sekin derazaga yuzlandim.

Men Jiminni unuta olarmidim?

Mashina ohista harakat qilardi, lekin ichimizdagi sukunat yuragimni ezib tashlayotgandek edi. Jimin yonimda, xuddi hayotimning bir qismiga aylangan sharpadek jim, sokin o‘tirardi.

Yuragim notekis urayotganini sezib, chuqur nafas oldim. “Bunaqasi yaxshi emas. O‘zimni bosishim kerak.”

— "O‘sha yigit…" — nihoyat Jiminning sovuq ovozi eshitildi.

Men unga qaradim.

— "Kim?"

— "Bugun maktabda yoningga kelgan yangi bola. Taehyung."

Jimin nigohini derazaga qaratdi.

— "U bilan ehtiyot bo‘l."

Men qoshlarimni chimirib, yengil kulib qo‘ydim.

— "Nimaga? Sen uni tanimaysan-ku."

U yelkasini qisdi.

— "Tanimasam ham, bu dunyoda hech kim bekordan-bekorga qiziqish bildirmaydi."

Ichimda bir nimadir titrab ketdi. Nega aynan shu gapni Jimin aytmoqda? Nega uning nigohida nimadir yashiringandek tuyulmoqda?

— "Unda sen-chi, Jimin?" — beixtiyor so‘radim.

U menga qaradi.

— "Nima?"

Ko‘zimga beparvolik bilan tikildi. Shu nigohni yillar davomida ko‘rib kelgan bo‘lsam ham, hozir boshqa narsa seza boshlagandek edim.

— "Sen nega menga qiziqasan?"

Jimin ko‘zlarini qisib, sekin jilmaydi.

— "Men senga qiziqmayman."

Og‘riq yuragimni ezib yubordi.

Albatta. Men buni allaqachon bilardim.

Boshimni egdim.

— "Unda nega doimo hayotimga aralashasan? Nega har safar yonimda bo‘lasan?"

Jimindagi kulgi yo‘qoldi.

— "Sen doim oilamiz bilan bog‘liq bo‘lgansan, Miham. Otang va mening oilam — do‘stlar. Shu sababli men har doim yoningda bo‘lishga majburman. Bu shunchaki majburiyat."

Majburiyat.

Ichim bo‘shab qolgandek bo‘ldi.

Shu payt yuragimga o‘rnatilgan soat yana jimirladi.

Bip… Bip… Bip…

Men chuqur nafas olib, kaftim bilan soatni bekitdim. "Yo‘q, iltimos, hozir emas..."

Jimin esa birdan menga egilib, soatimni ushladi.

— "Yana xuruj bo‘lyaptimi?"

Men uning qo‘lini itarib yubordim.

— "Sen mendan uzoqroqda bo‘lishni xohlaysan, to‘g‘rimi? Unda nega menga g‘amxo‘rlik qilayotgandek gapirasan?"

U nigohini olib qochdi.

— "Bu shunchaki… odat."

— "Odat?!" — deyarli baqirib yubordim.

Mashina sekin to‘xtadi. Haydovchi ortimizga qarab:

— "Miham, uyga yetib keldik."

Men Jiminga bir qarash tashladim. U har doimgidek sovuq, beparvo va tushunarsiz…

Boshimni qimirlatib, indamay mashinadan tushdim.

Tungi osmon ostida hovlimiz shiddat bilan harakat qilayotgan yuragimning guvohiga aylandi. Jiminning gaplari ichimni tirnab tashlagandi.

Mening yuragim og‘riydi, u esa shunchaki "Bu odat" deb o‘tib ketadi.

Shu payt telefonga xabar keldi.

"Qizaloq, ertaga maktabga kech kelma. Seni yana ko‘rishni istayman. – Kim Taehyung"

Ko‘zlarim biroz kengayib, labim beixtiyor qimirladi.

Taehyung…

U mening yuragimni buzib yuborgan Jimindan farqli ravishda, menga qiziqish bildirayotgan edi.

Lekin bu qiziqish – haqiqatmidi? Yoki Jimin aytgandek, hech kim bekordan-bekorga qiziqmaydimi?

Miyam chalkashdi. Yuragim esa… uning javobi allaqachon bor edi.

Mihamning uyi

Tongi yuragimni siqib turuvchi og‘ir his bilan boshlandi. Kechagi suhbat hali ham ongimdan ketmasdi. Jiminning so‘zlari, sovuq nigohi… “Bu shunchaki majburiyat” degani…

Ichimdagi og‘riqni bosish uchun muzdek suv ichdim. Lekin u ham yordam bermadi.

Shu payt telefonim titradi.

"Ertalabki kayfiyating qanday, qizaloq? Bugun juda chiroyli ko‘rinishingga ishonchim komil. – Kim Taehyung"

Labimda beixtiyor jilmayish paydo bo‘ldi. Uning bu samimiy, oddiy, lekin shirin gaplari negadir yuragimni yengillashtirgandek edi.

Kim Taehyung…

Kecha u bilan ancha gaplashib qoldik. U menga g‘ayrioddiy inson bo‘lib tuyuldi. Erkin, beparvo, lekin yuragi issiq edi.

Telefonimga yana xabar keldi.

"Bugun birga tushlik qilamizmi?"

Men jim qarab qoldim.

Odatda men hech kim bilan tushlik qilmasdim. Yolg‘iz o‘tirib, shunchaki derazadan tashqariga tikilish – odatim edi. Lekin bugun… nimagadir barchasi boshqacha bo‘lishini his qilardim.

"Bo‘lishi mumkin." – deb javob yozdim.

Shundan so‘ng kiyimlarimni almashtirib, maktabga yo‘l oldim.

Maktab zaliga kirganimda, har doimgidek ko‘zlar menga qadaldi. Lekin bugun o‘zimni yakkalangan his qilmasdim.

Dahlizning narigi tomonida turgan Jiminni ko‘rib, yuragim yana bezovta urdi. Nega aynan u mening tinchimni buzmoqda?

Shu payt kimdir yonimdan yurib o‘tdi.

— "Senga qizil rang juda yarasharkan."

Ko‘tarilganimda, Kim Taehyung menga jilmayib qarab turardi.

Men hayron bo‘lib, engashib qaradim – bugun qizil yubka va oq ko‘ylak kiygan edim.

"U hatto buni ham payqadimi?"

— "Rahmat…" — beixtiyor pichirlab qo‘ydim.

Taehyung yonimga kelib, lablarini qiyshaytirib jilmaydi.

— "Yur, sinfga birga boramiz."

Atrofdagilar bizga qarayotganini sezib turardim. Ayniqsa, Jimin. U xuddi biron narsa demoqchi bo‘lgandek, ammo o‘zini bosib turardi.

Shu payt yonimdan o‘tib ketarkan, sekin pichirladi:

— "Ehtiyot bo‘l, Miham."

Yana shu gap!

Nigohim qotib qoldi. Nimaga sen meni doim ogohlantirasan, Jimin? O‘zing esa mendan uzoqlashishga harakat qilasan?

Taehyung esa uning gaplariga parvo qilmay, yelkasini qisdi.

— "Seni doim ogohlantiradi, shundaymi?"

Men unga qaradim.

— "Bilmadim."

Taehyung yengil kulib qo‘ydi.

— "Unda uni unuta tur. Bugun men bilan tushlik qilasan."

Men indamay qoldim. Yuragim esa ichimda shivirlayotgandek edi:

“Ehtimol, shunday qilishim kerakdir?”

Tushlik vaqti keldi.

Men odatdagidek tanho burchagimga borib o‘tirgandim, lekin Taehyung yonimga kelib o‘tirarkan:

— "Sen har doim yolg‘iz ovqatlanasanmi?" — deb so‘radi.

Men yelkamni qisdim.

— "Shunchaki odat."

U jilmaydi.

— "Odatlar buzish uchun yaratilgan."

Taehyungning so‘zlari nimagadir yuragimga tegdi.

Ha, balki men ham yangi odatlarni sinab ko‘rishim kerakdir?

Men unga tabassum qildim.

Shu payt eshikdan Jimin kirib keldi. U nigohi bilan meni qidirayotgani shundoq sezilib turardi. Ko‘zlari bizga tushdi. Nigohlarimiz to‘qnashdi.

Uning yuzi keskinlashdi.

Lekin u hech narsa demay, ortga burilib, stolga o‘tirdi.

Uning ichida nimadir bo‘layotgandi. Men buni his qilardim.

Lekin men ham endi faqat Jimin haqida o‘ylab o‘tira olmayman.

Bugun Kim Taehyung hayotimda yangi sahifa ochgan edi.

Va men u sahifani o‘qishga tayyor edim.

Kim Taehyung…

U hayotimga shunchaki tasodifiy paydo bo‘lgan yigit emas edi. U birinchi kuniyoq menga o‘zgacha ta’sir qila boshlaganini his qilyapman.

Balki bu shunchaki yangi odamga bo‘lgan qiziqishdir? Yoki…?

Tushlik payti u bilan ancha gaplashdik. U hayot haqida juda o‘ziga xos fikrlaydi. “Nega har doim hamma nimadir kutadi? Ba’zan shunchaki yashash kerak”, — degan gaplari negadir miyamda aylanardi.

Jimin esa butun tushlik davomida menga tikilib o‘tirardi. U hech narsa demadi, lekin uning nigohlari har qanday so‘zdan kuchliroq edi.

Lekin nega endi u meni nazorat qilayotgandek qaraydi? U faqat meni o‘zidan uzoq tutishni xohlaydi-ku, shunday emasmi?

Dars paytida ko‘nglim aynib, boshim aylanayotganini sezdim. Yuragim tez ura boshladi. Bu holat tez-tez bo‘lib turadi, lekin hozir oldingilariga qaraganda kuchliroq edi.

Qo‘limda elektron yurak soatim titray boshladi — yurak urishim haddan tashqari tezlashayotgan edi.

Nafas olishim qiyinlashdi.

— "Miham, yaxshimisan?" — Yonimda o‘tirgan dugonam shivirladi.

Men javob bera olmadim. Hammasi xira bo‘lib ko‘rina boshladi.

— "Ustoz… Mihamning mazasi yo‘q!"

Men boshimni ko‘targanimda, atrof xiralashib, hamma ovozlar uzoqlashayotgandek tuyuldi.

Qorong‘ilik…

Keyingi eslay oladigan narsam — kimdir qo‘llarimni ushlab, meni quchog‘iga olganini his qildim.

— "Hushyor bo‘l! Miham, men seni olib chiqaman!"

Ovoz tanish edi… Lekin ongsiz holatda kimligini anglay olmasdim.

Bir ozdan keyin sovuq havo yuzimga urildi. Bir necha daqiqa ichida o‘zimga kela boshladim. Kimdir asta chakkamga tegib, yuzimga qaradi.

Ko‘zlarimni sekin ochdim va oldimda Kim Taehyungni ko‘rdim.

U biroz hayajonlangan, lekin o‘zini sokin tutayotgan edi.

— "oʻzingga keldingmi?" — dedi u mayin ovozda.

Men o‘zimni yo‘qotib qo‘ygandek his qilardim.

— "Seni... qayerga olib kelding?" — ovozim past chiqdi.

— "Hovliga. Sen sinfda hushsizlikka tushayotganingda, birinchi bo‘lib men seni ushladim."

Men chuqur nafas oldim. Yuragim hanuz og‘ir urayotgan edi, lekin endi ancha yaxshi edim.

— "Soating yaxshi ishlaydi ekan." — dedi u mening yurakni nazorat qiluvchi soatimga qarab.

Men unga yengil jilmaydim.

— "Ha… Doimo men bilan bo‘lishi kerak."

Taehyung boshini qimirlatib, menga diqqat bilan qaradi.

— "Demak, bu holat tez-tez takrorlanib turadi?"

Men boshimni egdim.

— "Ha… Bolaligimdan."

U indamay, osmon sari qaradi. Keyin jilmayib:

— "Sen kuchli qizsan, Miham."

Uning bu so‘zlari nimagadir yuragimni yumshatdi.

— "Rahmat…"

Bu vaqtda maktab ichida kimdir yugurayotganini eshitdim. Bir necha soniya o‘tib, oldimizda Park Jimin paydo bo‘ldi.

Uning yuzi tashvishdan qotib qolgandi.

— "Miham! Yaxshimisan?" — dedi u shoshqaloqlik bilan.

Men bosh irg‘adim.

— "Hozir ancha yaxshi."

Jimin yonimga cho‘kkalab, ko‘zimga sinchkov tikildi.

— "Nega menga hech qachon yuraging haqidagi muammolaringni to‘liq aytmagansan?"

Uning ovozi jiddiy edi. Bu gapdan hayron bo‘lib qoldim.

— "Sen... menga qayg‘uryapsanmi?"

Jimin ko‘zlarini chetga oldi, so‘ng esa yuziga odatdagidek sovuqqon niqobini taqdi.

— "Men shunchaki mas’uliyatimni bajaryapman. Otang mendan seni kuzatib yurishimni so‘ragan."

Yuragim siqilib ketdi.

Hamma gap yana shunda. “Mas’uliyat”

U faqat shuning uchun mendan so‘rayapti. Shunchaki majburiyat sifatida.

Shu payt Taehyung yengil kuldi.

— "Miham hozir yaxshi. Sen ortiqcha xavotir olma, Park Jimin. Uni men nazorat qilib turaman."

Jiminning ko‘zlari tezda o‘zgarib ketdi. Unda qandaydir norozilik, qandaydir g‘azab paydo bo‘lgandi.

— "Sen kim bo‘libsan uni nazorat qiladigan?" — deya past ovozda so‘radi Jimin.

Taehyung esa yelkasini qisib, beparvolik bilan jilmaydi.

— "Men hozir yonida turgan odamman."

Jimin lablarini tishlab, bir soniya menga qaradi.

Men uning nigohida yana o‘sha og‘riqni, o‘sha noaniqlikni sezdim.

U qaniydi men bilan hislarini ochiq gaplashsa…

Lekin u doim o‘zini tortib turadi.

Jimin bir muddat sukut saqladi, keyin orqasini o‘girib:

— "O‘zing bilasan, Miham." — dedi-da, ketib qoldi.

Men uning uzoqlashayotgan ortidan qarab turarkanman, yuragim allaqachon o‘z ovozida shivirlab turardi:

“U senga qayg‘uradi. U seni yo‘qotishni xohlamaydi. Lekin nega doim ketadi?”

Kim Taehyung esa yonimda qoldi.

Va uning ko‘zlari:

"Men seni tushunaman" – deb turardi.

Mana angelicaslarim ON OUR MARRIAGE DAYning 2-qismini tugatib oldik. Yoqqan boʻlsa reaksiya va fikrlarizni ayamasdan bildiring. Xato va kamchiliklar uchun uzr soʻrayman.

Sizlar bilan Kim Rona boʻldi