February 27, 2025

DEVIL'S PRINCESS

Final Episode: 10

Author by: @Kim_Rona

Jihoon Yelenaning boʻyniga pichoq tiragancha Jungkookga jilmaydi.

--Yelenaning tirik qolishini istasang menga bankdagi hisob raqamingdagi barcha pullarni va omborxonangdagi narkotik moddalarni menga berasan. Aks holda koʻz oldingda uni oʻldiraman...

--Jihoon ahmoqlik qilma. Pichoqni Yelenadan ol...

--Hammasi oʻzingning qoʻlingda Jungkook. Hoziroq aytganimni bajar yoki Yelenani boshqa koʻrmaysan.

Xona ichidagi vaziyat tobora taranglashardi. Shu payt, Yelena birdan Jihoonning qoʻlini tishlab oldi. Jihoon og‘riqdan qichqirib yubordi va shu lahzadan foydalanib, Jungkook chaqqonlik bilan oldinga otildi.

Bir soniyadan keyin Jihoon polga quladi, Jungkook esa uning qo‘lidagi pichoqni tepkilab yubordi va unga to‘pponchani qaratdi. Jihoon qo‘rqib ortga tislandi.

Yelena esa shoshilinch Jungkookning ortiga o‘tib, hushini yo‘qotayozgan holatda unga suyanib qoldi.

"Hammasi tugadi, Jihoon," – dedi Jungkook sovuq ohangda. "Endi sening o‘yinlaring tugadi."

Jihoon qochmoqchi bo‘ldi, ammo darvozadan ichkariga Yoongining odamlari yugurib kirib kelishdi. Ular Jihoonni mahkam ushlab oldilar.

Jungkook chuqur nafas olib, Yelenaga qaradi. Yelenaning ko‘zlarida yosh qalqib turardi, ammo u hali ham kuchli edi.

"Men seni yo‘qotishdan juda qo‘rqdim," – pichirladi Jungkook, Yelenani bag‘riga mahkam tortib.

Yelena esa uni mahkam quchoqlab, pichirladi: "Endi hammasi tugadi, to‘g‘rimi?"

Jungkook uning sochlarini silab, ko‘zlarini yumdi. "Ha, endi hammasi tugadi..."

Yelena Jungkookning bag‘rida hansirab turardi. Uning yuragi tinchlanmayotgan edi, ammo u o‘zini xavfsiz his qilardi. Jihoonni Yoongining odamlari olib chiqib ketayotganini ko‘rgan Jungkook esa bir lahza bo‘lsa ham yengillik his qildi. Ammo ich-ichidan g‘azab ham qaynab turardi.

Jihoon ketayotib ham yovuzona kulib, oxirgi so‘zlarini aytdi: "Bu hali tugamagan, Jungkook. Sen meni yo‘q qilmoqchi bo‘lding, lekin men yana qaytaman... va bu safar senga ham, Yelenaga ham chindan zarar yetkazaman!"

Jungkookning jag‘lari qattiq siqildi. U Jihoonni shu joyning o‘zida yo‘q qilishni istar edi, lekin Yelena yonida bo‘lgani uchun o‘zini bosdi.

"Yo‘q, Jihoon," – dedi u past, ammo xavfli ohangda. "Bu tugadi. Sen endi hech kimga zarar bera olmaysan."

Jihoon odamlari tomonidan tortib olib ketilayotganda, Jungkook Yelenaning yuziga qaradi. U titrar, lekin o‘zini bardam tutardi.

"Yur, bu yerdan ketamiz," – dedi Jungkook.

U Yelenaning qo‘lidan ushlab, uni mashinaga o‘tqazdi. Ular yo‘l bo‘ylab jim ketishardi. Faqat Jungkookning barmoqlari Yelenaning kaftidan ajralmasdi, go‘yo u yana yo‘qolib qolishidan qo‘rqayotgandek.

Jungkook va Yelena vaqtincha himoyalangan joyda yashayotgan edi. Ammo Jungkookning ichki sezgilari tinch emasdi. U Jihoonning orqasida kimdir borligini sezardi.

Shu kuni Jungkook Yoongi bilan uchrashdi.

"Jihoonni politsiyaga topshirdik, lekin uning ortida katta odamlar bor," – dedi Yoongi.

Jungkook stulga suyanib, chuqur o‘yladi. "Kim?"

Yoongi unga qarab, jiddiy ohangda dedi: "Men hali ismini aniqlay olmadim, lekin Jihoon shunchaki piyoda ekan. Kimdir undan foydalanayotgan."

Jungkook mushtlarini siqdi. "Men bu safar bu o‘yinni tugataman."

Ammo aynan shu paytda, qo‘ng‘iroq yangradi. Jungkook telefonini oldi va ekranga qaradi.

Noma’lum raqam…

U shubhaga tushdi, ammo baribir qo‘ng‘iroqni oldi.

"Xo‘sh?" – dedi u sovuq ohangda.

Telefonning narigi tomonidan tanish, ammo sovuq ovoz eshitildi: "Men hali qaytdim deb aytgan edim, to‘g‘rimi? Yana o‘yin o‘ynashga tayyormisan, Jungkook?"

Shu payt J-Hope o‘zining maxfiy bazasida, qorong‘u xonada stulga o‘tirib, jilmayib turardi. Uning yonida esa boshqa bir kishi bor edi — Daniel!

— Demak, Jungkook hali ham kuchli o‘ynayapti? — deb so‘radi Daniel jilmayib.

— Ha, lekin u meni osonlikcha yengolmaydi, — dedi J-Hope. — Endi biz unga shunday zarba beramizki, u hech qachon tiklana olmaydi!

— Rejang nima? — so‘radi Daniel.

— Ronani! — dedi J-Hope, ko‘zlari yaltirab. — Agar biz Ronani qo‘lga olsak, Yoongi ham, Jungkook ham qoʻlga tushadi !

--Yaxshi men roziman. Lekin Ronaga zarar yetmasligi kerak...

--Buni endi vaqt koʻrsatadi...

Rona universitetdan qaytayotganida yo‘l chetida yig‘lab turgan kichkina qizchani ko‘rib qoldi. Qizcha kichkina qo‘llari bilan ko‘z yoshlarini artar, yuzida esa qo‘rquv ifodasi bor edi.

— Opajon, iltimos, menga yordam bering... — dedi u titroq ovozda.

Rona yuragi ezilib, darhol qizchaga yaqinlashdi.

— Nima bo‘ldi, qizaloq? Ota-onang qayerda?

— Men... men ularni yo‘qotib qo‘ydim. Ular shu tarafga ketishgan edi... — dedi qizcha bosh barmog‘ini tor ko‘chaga yo‘naltirib.

Rona shubha bilan atrofga qaradi. Bu joy biroz g‘alati tuyulsa-da, u bola gapirayotganiga ishondi.

— Xavotir olma, men senga yordam beraman, — dedi u mehr bilan va qizchaning qo‘lidan ushlab, tor ko‘chaga yo‘naldi.

Ammo ular yo‘lakning o‘rtasiga yetganda, ortidan qattiq sharpalar eshitildi. U shundoq burilib qaramoqchi bo‘lgandi, kimdir uning belidan mahkam tutib, orqasiga burdi!

Qarasaki bu Daniel. U ovozini chiqarishga ham ulgurmasidan unga qandaydir suyuqlikni ukol qilishdi va hushidan kettirdi.

Bu paytda Yoongi...

Yoongi ofisida o‘tirib, Ronaga qo‘ng‘iroq qilayotgan edi. Ammo u javob bermasdi!

Uning yuragi notinch bo‘lib, g‘azab bilan telefonini stolga tashladi.

— Nima bo‘ldi? — deb so‘radi Namjoon.

— Rona... u javob bermayapti. Yuragim notinch bo‘lib ketyapti, Namjoon!

Yoongi tezda qo‘rqinchli xulosaga keldi.

— Unga nimadir bo‘lgan...

U bir soniyada o‘rnidan turib, eshik tomon yugurdi.

Rona xonaga kiritildi va qattiq bog‘lab qo‘yildi. Ko‘zlari oldida faqat qora pardalar va himoyalangan devorlar bor edi. Nafas olishi qiyinlashganini sezdi. U qayerdaligini bilmasdi, lekin bu joy odatdagi yashirin bazalardan biri ekani aniq edi.

J-Hope sekin qadam tashlab, Ronaning oldiga keldi. U sovuq tabassum bilan Ronaning sochlarini barmoqlari orasiga olib, sekin siladi.

— Yoongi va Jungkook seni qanchalik yaxshi ko‘rishini bilaman. Shu sabab sen men uchun juda foydali bo‘lishing mumkin, Rona.

Rona tishlarini tishlab, nafrat bilan unga tikildi.

— Mendan nima istayapsan, J-Hope?

J-Hope kulib yubordi.

— Men? Men hech narsa istamayman... Lekin Yoongi va Jungkook menga bir narsani berishlari kerak.

Shu payt eshik ochildi va Daniel ichkariga kirdi. Uning qo‘lida telefon bor edi. U jilmayib, J-Hopening yoniga kelib, ekranni unga uzatdi.

— Yoongi bilan bog‘landim, — dedi Daniel. — U hozir keladi.

J-Hope jilmaydi va Ronaning qo‘liga qaradi.

— O‘ylashimcha, sen ham bizga yordam berasan, Rona.

— Qanday yordam? — dedi Rona shubha bilan.

— Yoongiga telefon qilasan va unga mening shartimni yetkazasan, — dedi J-Hope. — Agar u barcha yashirin narkotik omborlarini menga topshirmasa, sening hayoting xavf ostida bo‘ladi.

Rona nafrat bilan bosh chayqadi.

— Hech qachon!

J-Hope asta-sekin pichog‘ini oldi va Ronaning bo‘yniga yaqinlashtirdi.

— O‘ylab ko‘r, Rona... Bu yo‘q joydan o‘lib ketishni istamayotgandirsan?

Yoongi mashinasini katta tezlikda haydab kelayotgan edi. Uning yonida Jungkook ham bor edi.

— J-Hope nega bunday qilayapti? U doim bizga qarshi emasdi-ku? — dedi Jungkook g‘azab bilan.

— Unga hech qachon ishonish mumkin emas edi, — dedi Yoongi qahr bilan. — Endi u bizning hamma joylarimizni qo‘lga kiritmoqchi.

Jungkook mushtini mahkam tugdi.

— Agar Ronaga ozor bersa, men uni o‘ldiraman!

Yoongi hech narsa demadi, lekin uning ko‘zlarida qotillik sharpasi ko‘rinib turardi.

Ular maqsadga yetib kelishdi. Yoongi mashinadan tushib, eshikni tepib ochdi.

Ichkarida esa...

J-Hope jilmayib turgancha Ronaning qo‘llarini ushlab turardi.

— Nihoyat yetib kelding, Yoongi, — dedi u mamnunlik bilan. — Seni kutayotgandim.

Jungkook va Yoongi shokka tushdi.

Yoongi va Jungkook bir lahzaga J-Hopega tikilib qoldi. Bu odam bir paytlar ularning yaqin hamkori edi. Endi esa eng katta dushmanga aylangan edi.

J-Hope kulimsirab Ronaning bo‘yniga pichoqni yaqinlashtirdi.

— Juda tez keldinglar, — dedi u shoshilmay. — Demak, sen uchun bu qiz shunchalik muhim, Yoongi?

Yoongi hech narsa demadi. Uning nafas olishi ham sekinlashgan edi. U Ronaga tikildi. Qizning ko‘zlarida qo‘rquv va g‘azab aralashib ketgan edi.

Jungkook esa mushtini mahkam tugdi.

— Agar unga ozor yetkazsang, bu sening oxiring bo‘ladi, J-Hope.

J-Hope kuldi.

— Men ozor yetkazishni istamayman. Faqat shartim bor.

— Nima istaysan? — deb so‘radi Yoongi sovuqqina.

— Juda oddiy. Menga narkotik omborlaring va vino biznesingni topshir. Aks holda… — u Ronaning bo‘yniga yanada yaqinroq pichoqni keltirdi.

Rona bir lahzaga ko‘zlarini yumdi. U Yoongiga umid bilan qaradi.

Yoongi qahr bilan J-Hopega tikildi. U juda uzoq sukut saqladi. Keyin asta-sekin jilmaydi.

— Men rozi bo‘laman, — dedi u.

Jungkook shokka tushdi.

— Yo‘q! Yoongi, sen buni qila olmaysan!

Yoongi unga bir qarab oldi, keyin yana J-Hopega tikildi.

— Lekin bitta shartim bor.

J-Hope qiziqib qaradi.

— Qanday shart?

Yoongi sekin oldinga yurdi.

— Ronani qo‘yib yubor. Keyin istaganingni olasan.

J-Hope unga tikilib qoldi. U nimanidir o‘ylayotgandek edi. Keyin jilmaydi.

— Demak, bu qiz sen uchun juda muhim, ha?

Yoongi hech narsa demadi. Uning ko‘zlarida olov yonardi.

J-Hope past ovozda kuldi va Ronaning qo‘lidagi bog‘ni yechdi.

— Unda bo‘ldi. Sen yutding, Yoongi. Ammo unutma, endi sening biznesing menga tegishli.

Rona yuragi tez urgancha atrofga qaradi. Uning yuragi bezovta edi, ich-ichidan nimadir yomon narsa yuz berishini his qilardi. Yoongi uni orqasiga olib, o‘zi Danielga qarab qadam tashladi.

“Qani, Daniel, bo‘ldi. Rona bilan ishing yo‘q. Uni qo‘yib yubor,” dedi u jahl bilan.

Daniel esa qahr bilan kuldi. Uning ko‘zlarida g‘azab va rashk mujassam edi. U qo‘lidagi qurolni mahkam ushlab, Ronaga tikildi.

“Yo‘q! Agar u meniki bo‘lmasa, senga ham tegishli bo‘lmaydi, Yoongi!” deya baqirdi va qo‘lidagi qurolni Rona tomon ko‘tardi.

BANG!

Hamma narsa shu bir soniyada yuz berdi. Rona hayrat va dahshat ichida Yoongiga qaradi, lekin uning yuragi birdaniga og‘ir tortdi. Qizning jasadi qaltirab, sekinlik bilan yiqildi. Oq libosining usti qizil qon bilan bulg‘andi.

“RONAAAA!!” Yoongi unga yugurib bordi, lekin qiz allaqachon zaif torta boshlagan edi.

Jungkook uzoqda turib qotib qoldi. Uning boshi aylanib ketdi, nafas olishi qiyinlashdi. “Yo‘q… Bu ro‘yo bo‘lishi kerak… Bu ro‘yo bo‘lishi kerak!”

Shu payt birdan orqadan mashinalar shiddat bilan kelib to‘xtadi. Taehyung va uning odamlari avtomatlarga o‘ralgancha joyga bostirib kirishdi.

“Hamma joyida to‘xtasin! Qurollaringni tashlang!” deb baqirdi Taehyung.

J-Hope va Daniel chekinishga harakat qildi, lekin Taehyungning odamlari ularni o‘rab oldi. Daniel qochmoqchi bo‘ldi, lekin Taehyungning o‘zi uni bir zarbada yiqitdi.

“Bu sening oxiring, Daniel,” dedi Taehyung sovuq ohangda. U qurolni Danielning boshiga tiradi.

Yoongi esa Ronaning tanasini mahkam quchib turardi. Qizning nafasi allaqachon sustlashgan edi. U lablarini qimirlatar, lekin ovozi chiqmasdi. Uning kaftlari Yoongining yuzini silashga harakat qildi.

“Men… seni sevaman…” dedi u shivirlagancha va so‘nggi nafasini oldi.

Yoongining butun tanasi qotib qoldi. U Ronaning sovib borayotgan qo‘llarini mahkam ushlab turdi. Qizning tanasidan hayot asta-sekin chiqib borayotganini his qildi. Uning yuragi butunlay sinib ketdi.

“Yo‘q… Yo‘q… YO‘Q!!” U yig‘lashdan o‘zini tiya olmadi.

Jungkookning mushtlari qattiq tugildi, uning butun vujudi titrardi. Yelena ham dahshat bilan bu manzarani tomosha qilar, lekin hech narsa qila olmasdi.

Hamma jim qoldi. Faqatgina shamol va Yoongining yurakni o‘rtovchi faryodi eshitilardi.

Bir hafta o‘tgach…

Tungi osmon yurakni siqadigan darajada g‘amgin edi. Yomg‘ir pastak yurib, ko‘chalarni shalabbo qilayotgandi. Hamma jimjit, lekin bu sukunat yurakni battar ezardi.

Yoongi qabristonda, marmar qabr yonida tiz cho‘kkancha sukut saqlardi. Uning ko‘zlari qizargan, qo‘llari esa musht bo‘lib tugilgan edi. Ronaning ismi yozilgan oppoq qabr toshini silab, ich-ichidan yig‘lar edi.

“Seni himoya qila olmadim, Rona… Kechir meni…” Uning ovozi titrardi.

Uning ortida Jungkook ham turardi. U hech qachon bunday ojiz holga tushmagan edi. Qahri qaynardi, lekin bu safar dushmaniga emas, balki o‘ziga edi. Agar men tezroq harakat qilganimda, balki hammasi boshqacha bo‘lar edi… deb o‘ylardi u ichida.

“Biz ularning har birini yo‘q qilamiz,” dedi Jungkook sovuq ovozda. “J-Hope va Daniel bizning qo‘limizdan tirik chiqmaydi.”

Yoongi esa javob qaytarmadi. U faqat Ronaning qabriga uzoq tikildi. Chunki u uchun endi hamma narsaning ahamiyati yo‘q edi.

J-Hope maxfiy bunker ichida turgancha telefon orqali kim bilandir gaplashardi.

“Reja o‘zgarmaydi. Yoongi va Jungkook hali hammasini qo‘llarida ushlab turishibdi. Biz ularni yo‘q qilishimiz kerak. Men bu yerda uzoq qololmayman, hamma joyda odamlarim bor, lekin ehtiyot bo‘lishim kerak.”

Telefon narigi tomonida xirillagan ovoz eshitildi: “Senga bu imkoniyat oxirgisi. Agar bu safar ham ishni eplay olmasang, sening ham umring uzoq bo‘lmaydi.”

J-Hope lablarini qattiq tishladi. “Men buni oxiriga yetkazaman,” dedi u tishlari orasidan. “Yoongi mendan hammasini tortib oldi. Endi u ham xuddi men kabi barcha yaqinlarini yo‘qotishi kerak.”

Daniel esa xonada burchakda bog‘langancha o‘tirardi. Uning lablari qonga belangan edi, ehtimol Taehyungning odamlari so‘roq paytida uni urgan bo‘lishlari mumkin. Lekin u faqatgina kulardi.

“Siz buni tushunmaysiz,” dedi u jilmayib. “Yoongi va Jungkook mendan qutulgan bo‘lishlari mumkin, lekin men bu urushni boshlab bo‘ldim. Rona mendan bo‘lmadi… lekin u ham Yoongiga tegishli bo‘lmadi!”

U baland kulib yubordi, lekin hech kim unga e’tibor bermadi. Chunki u endi mag‘lub bo‘lgan odam edi.

Oradan yana bir kun o‘tdi…

Jungkook Yelenaning qo‘lini ushlagancha uning oldida tiz cho‘kdi. “Men seni himoya qilaman. Endi hech qachon seni yo‘qotmayman.” Uning nigohlari qat’iyat bilan yonardi.

Yelena esa unga ohista kulib qaradi. “Men sen bilan bo‘lishni xohlayman, Jungkook.”

Jungkook boshini egib, Yelenaning qo‘lini peshonasiga qo‘ydi. “Bu urush tugamadi, lekin seni har qanday yomonlikdan asrayman.”

Endi Jungkook va Yoongi oldinda turgan hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Bu faqat oddiy qasos emas edi – bu ularning hayot-mamot masalasi edi.

Shaharning chekka hududidagi tashlandiq omborxona. Chiroqlar miltillab, atrof jimjit edi. J-Hope va uning sirli hamkori qorong‘ida ko‘rinmaslik uchun maxsus niqob taqib olishgan edi.

“Bu safar hammasi tugaydi,” dedi J-Hope past ovozda. “Yoongi va Jungkook bizni izlayotgan bo‘lishi mumkin, lekin ular buni kutishmagan.”

Uning oldida bir odam turardi – qora kiyimli, yuzi deyarli ko‘rinmayotgan sirli shaxs. Uning ovozi sovuq va sezilarli darajada xotirjam edi.

“Bu so‘zlarni oldin ham aytgansan,” dedi u beparvo ohangda. “Lekin Yoongi va Jungkook hali ham tirik. Bu safar ham shunday bo‘lib qolsa, men seni ham qutqara olmayman.”

J-Hope lablarini tishlab, jahli chiqib ketdi. “Bu safar hech kim qutulmaydi.”

Ammo u bir narsani bilmasdi…

Omborxonaning ortida Yoongi va Jungkookning odamlari ularning harakatlarini kuzatib turishardi.

Jungkook qurollangan holda Yoongiga qaradi. “Bu bizning so‘nggi imkoniyatimiz. Biz ularni shu yerning o‘zida yo‘q qilamiz.”

Yoongi asta jilmaydi. Uning ko‘zlarida o‘t chaqnab turardi. “Mening faqat bitta maqsadim bor – Ronaning o‘limi uchun qasos olish.”

Yoongi va Jungkook bir necha daqiqa ichida omborxonaga kirib, hammani yo‘q qilish rejasini tuzishdi. Biri ichkaridan, ikkinchisi tashqaridan hujum qilishi kerak edi.

Jungkook shartta pichog‘ini oldi va Yoongiga qaradi. “Bu safar rahm-shafqat bo‘lmaydi.”

Yoongi esa sovuq ohangda javob berdi: “Men allaqachon rahm-shafqatni unutganman.”

Yoongi shiddat bilan ichkariga kirdi. J-Hope va uning sirli hamkori hali hech narsani tushunib ulgurmasdilar. Jungkook esa deraza orqali kirib, J-Hopening odamlarini birin-ketin yo‘q qila boshladi.

J-Hope ortiga o‘girilib, Yoongini ko‘rib qotib qoldi. “Bu… bu mumkin emas!”

Yoongi unga bir qadam yaqinlashdi. Uning nigohida nafrat va qasos aks etgan edi.

“Sen Ronani mendan tortib olding,” dedi u past, lekin keskin ovozda. “Endi sening navbating.”

Shu payt Daniel qochib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin Yoongi buni oldindan bilardi. U shartta qurolini Danielfga o‘qtaldi.

“SEN KETOLMAYSAN!” deb baqirdi Yoongi va Danielfga o‘q uzdi.

Daniel yiqildi. Uning og‘zidan qonga qorishgan so‘zlar chiqdi: “Men… men faqat Ronani senga berishni xohlamagandim…”

Yoongi unga sovuq qaradi va yana bir o‘q uzdi. Bu safar Daniel jim bo‘lib qoldi.

Jungkook J-Hopening oldiga kelib, uni devorga tiradi. “Sening o‘yinlaring tugadi.”

J-Hope esa qah-qah urib kuldi. “Siz o‘ylaganingizdek emas… Bu faqat boshlanishi.”

Jungkook shartta uning yuragiga pichoq urdi. “Bu tugadi.”

J-Hope ohangida hanuzgacha kulimsirash bor edi, lekin u asta-sekin ko‘zlarini yumdi.

Yoongi Ronaning qabriga yana bir bor bordi. U bu gal sukut saqlamadi. Faqat past ovozda shivirladi: “Men qasos oldim, Rona… Sen endi tinch uxla.”

Jungkook esa Yelenaning qo‘llaridan mahkam ushlab turardi. Endi u o‘zining yagona sevgisini hech qachon yo‘qotmasligini bilardi.

Bu jang tugadi. Lekin ular endi yangi hayotni boshlashlari kerak edi.

THE END

Mana angelicaslarim Devil's princessesning finalini ham tugatdik. Toʻgʻrisi qanday yozganimni bilmayman. Bazan hayot biz xohlaganimizday boʻlmaydi. Xato va kamchiliklar uchun uzr soʻrayman.

Kommentariyaga fikrizni yozing.

Sizlar bilan Kim Rona boʻldi.