March 10, 2025

LOST LOVE

Episode : 10

Author by: @Kim_Rona

Taehyung va Rona restorandan chiqqach, Taehyung uni mashinasida uyiga olib borishga qaror qildi. Rona yo‘lda indamay, o‘ychan holda derazadan tashqariga qarab ketayotgan edi.

— Hammasi joyidami? — so‘radi Taehyung rulni boshqarayotib.

— Yo‘q… — dedi Rona past ovozda.

Taehyung bir qarashda uning ruhiy charchaganini sezdi. Qizning nigohida og‘riq va savollar bor edi.

— Xohlaysanmi, biror joyga boramiz? Balki havo almashtirarsan? — so‘radi Taehyung.

— Yo‘q, faqat… Hozir Minho bilan uchrashishga tayyor emasman, — dedi Rona.

— Unda menikiga boramiz, — dedi Taehyung qat'iy ovozda.

Rona unga hayron tikildi.

— Nega?

— Sen hozir tinch joyda bo‘lishing kerak, — dedi Taehyung muloyimlik bilan.

Rona ikki marta o‘yladi, lekin rad eta olmadi. Chunki u hozir yolg‘iz qolishni ham, uyga borishni ham istamayotgandi.

Taehyungning uyi

Rona ichkariga kirgan zahoti atrofga ko‘z yugurtirdi. Uy juda zamonaviy va shinam edi. Taehyung unga yotoqxona ko‘rsatdi.

— Xohlasang, shu yerda dam ol.

— Rahmat, — dedi Rona charchagan ohangda.

Taehyung oshxonaga yo‘l oldi. Bir necha daqiqadan so‘ng u choy va yengil tamaddi bilan qaytdi.

— Hech bo‘lmasa, ovqat yegin. Butun kecha asabiylashib, hech narsa yemading, — dedi u stakanni Ronaga uzatarkan.

Rona uni oldi, lekin ichmadi. Ko‘zlari charchoq va o‘ychan edi.

— O‘ylashim kerak… — past ovozda shivirladi u.

Taehyung chuqur xo‘rsindi.

— Rona, agar biror narsa bo‘lsa, menga ayt. Men senga yordam bera olaman.

Rona unga qaradi. Balki ilk bor Taehyungning bu qadar samimiy va yumshoq gapirganini ko‘rayotgandi.

Ammo u hozircha hech narsa ayta olmadi.

Bu orada...

Yoongi va Yelena ham restorandan chiqqan, Yoongi mashinasida jim ketayotgandi.

— Nimani o‘ylayapsan? — so‘radi Yelena.

Yoongi chuqur xo‘rsindi:

— Ronaning o‘gay onasi… U menga juda tanish tuyuldi.

Yelena unga qiziqib qaradi:

— Nima demoqchisan?

— Bilmayman… Lekin ichimda shubha bor.

Ertasi kun

Rona ko‘zini ochganda, xona ichiga tushayotgan quyosh nurlari uning yuzini yoritib turardi. U Taehyungning uyida ekanligini esladi. Kecha juda charchaganidan darrov uxlab qolgan edi.

Tashqaridan choy va qahvaning xushbo‘y hidi kelardi. Taehyung uyg‘onib, allaqachon nonushta tayyorlayotganini sezdi.

Rona yotoqdan turib, sochlarini tartibga keltirdi va tashqariga chiqdi. Oshxonada Taehyung uni kutib turardi.

— Yaxshi uxladingmi? — so‘radi u iliq tabassum bilan.

— Ha… Rahmat, — dedi Rona ozgina hijolat bo‘lib.

— Kel, nonushta qilamiz, — dedi Taehyung stulni unga surarkan.

Rona joyiga o‘tirdi. Taehyung unga qahva uzatdi, lekin Rona unga qarab kulib qo‘ydi.

— Men qahva ichmayman, Taehyung.

— Bilaman, shunchaki, hozir charchagansan, energiyangni tiklaysan, — dedi u.

Rona kulimsirab bosh chayqadi. Bu yigit unga shunchalik g‘amxo‘rlik qilishi mumkinligi hayratlanarli edi.

Taehyung unga qarab turardi.

— Nega bunchalik sinchkovlik bilan qarayapsan? — so‘radi Rona.

— Shunchaki… Yaxshi ko‘rinishingni ko‘ryapman, — dedi Taehyung jiddiy ohangda.

Rona beixtiyor qizarib ketdi. Bunday gaplarni eshitish unga odatiy emas edi.

Yoongi va Yelena o‘z idoralarida biror narsa muhokama qilishayotgandi.

— Kecha Janob Min bilan uchrashganingdan keyin nimadir o‘zgardimi? — so‘radi Yelena Yoongiga qarab.

Yoongi chuqur o‘yga botdi.

— Bilasanmi, otam men uchun doim sirli odam bo‘lgan. Lekin kecha… U Ronaning o‘gay onasi bilan qandaydir aloqasi borligini sezdim.

Yelena qiziqib qaradi.

— Qanaqa aloqa?

Yoongi yelka qisdi.

— Aniq bilmayman, lekin u ayol… juda shubhali. Ronaga qanday munosabatda ekanini ko‘rib, ichimda g‘alati his paydo bo‘ldi.

Yelena jiddiy tortdi.

— Ehtimol, bu narsani chuqurroq o‘rganishimiz kerakdir?

Yoongi bosh irg‘adi.

— Aynan shuni o‘ylab turibman.

Nonushtadan so‘ng Taehyung Ronani uyiga olib borishga qaror qildi.

— Minho seni sog‘ingandir, — dedi u mashinaga o‘tirishayotganida.

Rona chuqur nafas oldi.

— Ha, u doim men bilan birga bo‘lishni istaydi…

Taehyung unga qaradi.

— Rona, men seni va Minhoni himoya qilishga tayyorman. Agar nimadir bo‘lsa, menga aytishing mumkin.

Rona Taehyungning ko‘zlarida samimiyatni ko‘rdi.

U bu insonga ishonish mumkinligiga tobora amin bo‘layotgandi…

Mashina shinamlik bilan oldinga harakatlanar, ammo ichkarida og‘ir sukunat hukm surardi. Rona tashqariga, Seul ko‘chalariga qarab ketardi, lekin u hozir yo‘ldagi manzaralarni emas, o‘z fikrlarini ko‘rardi.

— Nimadir haqida chuqur o‘ylayapsan, — dedi Taehyung sekin ovozda.

Rona unga qaradi va yengil kulimsiradi.

— Hm… Faqat hayot haqida, — dedi u xayolchan.

— Qaysi tomoni haqida?

Rona yelka qisdi.

— Bilmayman. Balki hamma narsa juda murakkab bo‘lib ketayotgandir. O‘gay onam, Janob Min, Yoongi, sen…

Taehyung qiziqib qaradi.

— Men?

— Ha… Sen kutilmaganda hayotimga kirib kelding va barchasini o‘zgartirib yubording.

Taehyung jilmaydi.

— Yaxshi tomonga deb umid qilaman?

Rona kuldi.

— Balki…

Ularning suhbatlari davom etayotgan paytda, Taehyung mashinani Minho yashaydigan uy oldiga haydab kelib to‘xtadi. Rona chuqur nafas oldi va ichkariga kirmoqchi bo‘ldi, lekin Taehyung uni to‘xtatdi.

— Agar yana nimadir bo‘lsa, menga ayt, xo‘pmi?

Rona bosh irg‘adi va chiqib ketdi.

Rona uyga kirishi bilan Minho unga tomon chopib keldi.

— Onajon! — deb u Ronaning belidan quchoqlab oldi.

Rona o‘g‘lining sochlaridan silab, unga tabassum bilan qaradi.

— Qanday o‘tdi kuning?

— Juda yaxshi! Mira xola meni bog‘ga olib bordi! — Minho hayajon bilan gapirar, ko‘zlari porlab turardi.

Mira oshxonadan chiqib, Ronaga qaradi.

— Rona, yaxshisanmi? Kecha uyga qaytmading… Hamma joy tinchmi?

Rona yengil bosh irg‘adi.

— Ha, hammasi joyida. Shunchaki… kecha restoranda kech qoldim, Taehyung meni uyiga olib bordi.

Mira qoshlarini ko‘tarib qo‘ydi.

— Hm… Taehyung, demak?

Rona uni tushunib, kulimsiradi.

— Shunchaki, do‘st sifatida.

— Do‘st? — dedi Mira kulimsirab. — Ehtiyot bo‘l, Rona. Ba’zan do‘stlik… boshqa hislarga aylanib ketishi mumkin.

Rona yengil xo‘rsindi va Minhoni quchoqladi.

— Hozir faqat Minhoga e’tibor qaratmoqchiman.

Lekin ich-ichidan Taehyung haqidagi hislari tobora o‘zgarayotganini sezardi…

Minhocham

Ertasi kun

Rona ish joyiga, Taehyungning ofisiga bordi. Bugun u juda jiddiy ko‘rinar, egnidagi oq bluzka va qora yubka unga yanada o‘ziga ishongan qiyofa berardi.

U kabinetga kirishi bilan Taehyung unga qarab jilmaydi.

— Bugun juda chiroyli ko‘rinishing.

Rona yelka qisdi.

— Rahmat. Bugun qanday vazifalar bor?

Taehyung unga hujjatlarni ko‘rsatdi va ishga sho‘ng‘ib ketishdi. Ammo ular bilishmasdi, tez orada hayotlari yana katta burilish yasaydi…

Rona ishga sho‘ng‘ib ketgan bo‘lsa-da, yuragining bir chekkasida allaqanday noaniq hislar hukmron edi. Kechagi voqealar, Janob Minning gaplari, Taehyungning unga bo‘lgan g‘amxo‘rligi… Bularning barchasi uni ich-ichidan o‘zgartirib yuborayotgan edi.

Taehyung esa unga qarab, xayol surardi. U Ronaning mehnatsevarligini, har qanday vaziyatda ham bardoshli ekanini, hatto hayoti qanday murakkab bo‘lmasin, hech qachon taslim bo‘lmasligini ko‘rib, unga bo‘lgan hurmati ortardi.

— Rona, — dedi u kutilmaganda.

— Hm? — Rona boshini ko‘tarib, unga qaradi.

— Bugun kechki ovqatga men bilan borasan.

Bu taklif buyruqqa o‘xshar, lekin ayni paytda yumshoqlik bilan aytilgandi.

— Nega endi? — Rona yengil kulib qo‘ydi.

— Chunki men senga nimadir muhim narsani aytishim kerak, — dedi Taehyung, uning nigohidan jiddiylik ufurardi.

Rona bir zum ikkilanib qoldi, lekin so‘ng yelka qisdi.

— Mayli.

Kechki Uchrashuv

Restoran hashamatli bo‘lib, ichkaridagi yorug‘lik iliq muhit yaratardi. Taehyung Ronaga stulni surib berdi va u o‘tirganidan so‘ng, qarshisiga joylashdi.

Rona qiziqsinib, unga qaradi.

— Xo‘sh, nima muhim gap bor?

Taehyung chuqur nafas oldi.

— O‘ylab ko‘rdim… Minho sening hayotingning eng muhim qismi. Uni himoya qilish va unga yaxshi kelajak yaratish sen uchun muhimligini tushunaman.

Rona unga qarab qoldi.

— Sen buni qachondan beri tushuna boshlading?

— Anchadan beri, — jilmaydi Taehyung. — Shuning uchun men senga taklif bilan keldim.

— Qanday taklif?

Taehyung jiddiy nigoh bilan unga qaradi.

— Menga turmushga chiq.

Rona shokka tushdi.

— N-nima?

— Menga turmushga chiq.

— Sen hazillashyapsanmi?!

— Yo‘q, jiddiyman, — dedi Taehyung. — Bu ikkalamiz uchun ham foydali bo‘ladi. Men senga va Minhoga g‘amxo‘rlik qilaman, sen esa menga yordam berasan.

Rona chuqur nafas oldi.

— Shunchaki kelishuv evaziga oila qurishimizni xohlaysanmi?

— Ehtimol, hozir shunday ko‘rinayotgandir… Lekin vaqt o‘tishi bilan, bu shunchaki kelishuv emasligini tushunasan.

Rona chuqur o‘yga cho‘mdi. Taehyung unga shunchaki yordam bermoqchimi yoki… nimadir boshqacha hislar ham bormi?

— Men bu haqda o‘ylab ko‘rishim kerak… — dedi u ohista.

Taehyung jilmaydi.

— Mayli, vaqt senga bog‘liq.

Rona butun kechani uxlamay chiqdi. Taehyungning taklifi uning ongida tinimsiz aylanardi. Bu shunchaki manfaatli kelishuvmi yoki undan ham ortiqroq narsa bormi? Uning qalbini shubha va ikkilanish qamrab olgan edi.

Oradan 3 kun oʻtdi.
Yakshanba kuni edi. Havo iliq, osmon tiniq edi. Rona bugun Minho bilan vaqt o‘tkazishga qaror qilgandi. Mira va Taehyung ham ularga qo‘shildi.

— Parkga boramizmi? — taklif qildi Mira.

— Bo‘ldi, — dedi Rona tabassum bilan.

Ular katta parkka borishdi. Minho zavq bilan yugurar, Mira esa uni kuzatardi. Taehyung va Rona esa bir joyda o‘tirib, kofe ichib turishdi.

— Minho juda sho‘x, — dedi Taehyung jilmayib.

— Ha, ba’zan juda charchatadi, lekin u mening eng katta baxtim, — dedi Rona.

Shu payt Taehyung telefonda muhim qo‘ng‘iroqni qabul qildi.

— Rona, yur, bir joyga borib kelishimiz kerak, — dedi Taehyung.

— Lekin Minho…

— Mira uni kuzatib turadi, xavotir olma.

Rona biroz ikkilanib turdi, ammo keyin Taehyung bilan ketishga rozi bo‘ldi.

Mira Minhoni kuzatib turar, lekin u telefoniga qarab qolgan payt, Minho atrofdagi qiziqarli narsalarga berilib, asta-sekin undan uzoqlasha boshladi. O‘zi bilmagan holda olomon orasida yo‘qolib qoldi.

Bir necha daqiqadan keyin Rona va Taehyung qaytib kelishdi.

— Minho qani? — so‘radi Rona.

Mira atrofga qaradi va yuragi shuv etib ketdi.

— U shu yerda edi...

— Mira! — Ronaning ovozi titray boshladi. — Qanday qilib uni yo‘qotishing mumkin?!

— Men… Men bilmay qoldim...

Rona sarosimaga tushdi, atrofga qaradi, lekin Minhoni ko‘rmadi.

— Minho! — deya baqirdi u.

— Uni tezroq topishimiz kerak, — dedi Taehyung.

Ular uchovlashib parkning har bir burchagini tekshira boshlashdi. Rona yuragi gurs-gurs urayotganini his qilardi.

Minho esa parkning narigi tomonidan chiqib, atrofni kuzatardi. U birdan bir erkak va ayolga duch keldi. Erkak jiddiy, lekin mehribon ko‘rinardi. Uning yonidagi ayol esa chiroyli va yoqimtoy edi.

— Bolakay, yo‘qolib qoldingmi? — deb so‘radi Yoongi, bolaning sarosimaligini sezib.

Minho ko‘zlarini katta ochdi.

— Men… onamni yo‘qotib qo‘ydim…

Yelena tiz cho‘kib, bolaning yuzini ohista ushladi.

— Hechqisi yo‘q, biz onangni topamiz, yaxshi mi?

Yoongi bolaga qaradi va uning bo‘ynidagi kichik tug‘ma belgi e’tiborini tortdi. Uning onasi ham shunday belgi bilan tug‘ilgan edi...

Shu payt, Rona va Taehyung shoshilib ularning yoniga yetib kelishdi.

— Minho! — deya baqirdi Rona.

Minho onasiga chopib borib, uni quchoqladi.

Yoongi esa hayratdan qotib qolgandi.

— Rona?!

Rona ham Yoongini ko‘rib, bir lahza nafas ololmay qoldi.

— Sen… bu bolaga nima qilyapsan?

Yoongi va Yelena bir-biriga qarashdi.

— Uni parkda yo‘qolib yurganini ko‘rib qoldik, — dedi Yelena yumshoq ohangda.

Taehyung Minhoni qo‘llariga olib, Yoongiga sovuq qarash qildi.

Yoongi esa yana bir bor Minhoga, keyin Ronaga qaradi.

Uning ichida shubha tug‘ila boshladi... Bu bola kim?

Mana angelicaslarim Lost lovening 10 - qismini ham tugatdik. Sizlardan albatta reaksiya va fikrlarizni kutib qolaman. Oʻqidingizmi fikr bildiring. Qancha fikr va reaksiya koʻp boʻlsa shunga keyingi qismini tezroq tashayman. Xato va kamchiliklar uchun uzr soʻrayman.

Nima deb oʻylaysiz Yoongi Minhoning oʻgʻli ekanligini bilsa nima qiladi ?

Sizlar bilan Kim Rona boʻldi.