February 26, 2025

FORCED MARRIAGE WITH A BILLIONAIRE

Final Episode : 10

Author by : @Kim_Rona

Oradan Uch Yil O‘tdi...

Seulning shovqinli, har doim harakatda bo‘lgan ko‘chalari. Uch yil oldin ham bu shahar shunday edi, lekin Ronaning yuragida hamma narsa butkul o‘zgarib ketgan edi. Italiyaning iliq havosi, sokin hayoti va o‘qish bilan band kunlari ortda qoldi. Endi u yana Seulda. O‘z shahrida. Lekin bu yer unga begona tuyulardi.

Rona aeroport eshigidan chiqqanida, yuragi tez ura boshladi.

“Men Seulga qaytdim,” deb pichirladi u o‘ziga. O‘tmishni ortda qoldirishga urinardi, lekin yuragidagi bo‘shliq unga tinchlik bermasdi.

Flashback 3 yil oldin

Shifoxona xonasi haliyam jimjit edi. Faqat yurakni ezadigan sukunat hukm surardi. Yoongi boshqa Ronaga qaramasdi, u faqat shiftga tikilib yotardi. Ronaning yuragi esa tez urar, ichidan qattiq og‘riq o‘tardi.

— Yoongi, — Rona yana shivirladi. — Men seni yo‘qotishni istamayman…

Yoongi chuqur nafas oldi. Nigohi sovuq edi.

— Men esa seni yo‘qotib bo‘ldim, Rona.

Ronaning nafasi ichida qoldi. Shu birgina so‘z butun olamini ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi. Ko‘z oldida avtohalokatdan oldingi janjal, uning achchiq so‘zlari, Yoongining yo‘l chetida qulab tushgan qiyofasi yana gavdalandi.

— Men seni kechirolmayman, — dedi Yoongi. Ovozi qaltirardi, lekin baribir sovuqligicha qoldi.

— Nega? — Rona endi chidolmadi. — Axir men xato qilganimni tushundim! Seni sevaman, Yoongi! Seni sog‘indim…

— Endi kech… — Yoongi unga yuzlanmasdan gapirdi. — Sening men uchun nima deganingni hech qachon unutmayman.

Rona seskanib ketdi. Yuragi og‘ridi. Lekin Yoongi ham shunchaki gapirmayotganini tushundi. U rostdan ham undan voz kechayotgan edi.

— Demak, hammasi tugadi? — Ronaning lablari titradi.

Yoongi uzoq tikilib turdi. So‘ng asta bosh irg‘adi.

— Ha…

Ronaning yuragi muzlab ketdi. Qo‘llari zaiflashdi, nigohi bo‘shashdi. Bu so‘zlar uning ichidagi so‘nggi umidni ham yo‘q qilib yubordi.

— Unda xayr, Yoongi…

Rona teskari burildi va shifoxona xonasidan yurib chiqdi. Har bir qadam tashlash unga ming marta og‘riq berardi.

Oradan bir hafta o‘tdi

Rona shifoxonaga qaytib bormadi. Yoongidan ham hech qanday xabar olgani yo‘q. U faqat o‘zini o‘qishga ko‘mib tashladi. Lekin hech narsa unga Yoongini unutishga yordam bermasdi.

Bir kuni Enriko unga yaqinlashdi.

— Hammasi yaxshi-mi? — u jiddiy nigoh bilan Ronaga qaradi.

— Ha, yaxshi, — Rona o‘zini kulimsiraganday tutdi, lekin bu kulgu shunchaki yolg‘on edi.

Enriko indamadi. U hammasini tushundi.

— Sen hali ham uni yoqtirasan…

Rona unga qaradi. Ko‘zlari yorug‘, ammo ichida qandaydir o‘zgacha g‘am bor edi.

— Ha… lekin endi kech…

Enriko chuqur nafas oldi. Rona qanchalik kuchli ko‘rinishga harakat qilmasin, aslida ich-ichidan ezilayotganini bilar edi.

— Unda hech bo‘lmaganda yuragindagi og‘riqdan qutulishga harakat qil. Chunki seni azob chekayotganingni ko‘rish og‘ir…

Rona chuqur nafas oldi. Enrikoning so‘zlari rost edi. Lekin bu og‘riqni unutish oson emasdi…

Yoongi esa…

Yoongi shifoxonadan chiqdi. Lekin uning ichida hali ham Ronaning so‘zlari jaranglardi. "Men sen uchun majburiy inson emasman."

U o‘zini qattiqroq tutishga majbur qildi. Agar Rona uni tashlab ketishni istagan bo‘lsa, unda u ham ortga qaramasligi kerak!

Yoongi Seulga qaytgan kuni yomg‘ir yog‘ayotgan edi. U aeroportdan mashinasiga o‘tirib, shahar markaziga qarab yo‘l oldi. Xuddi hech narsa o‘zgarmagandek tuyuldi, lekin aslida hammasi butunlay boshqacha edi.

U Italiyada qancha vaqt qolmasin, Ronaning siymosi xayolidan chiqmasdi. Lekin u o‘ziga bergan va’daga sodiq qoldi — ortga qaramadi, hech qachon.

Rona Italiyada hayotini davom ettirardi. O‘qishi yaxshi ketayotgandi, lekin ichidagi bo‘shliq tobora kattalashib borardi. Kechalari tinch uxlay olmas, har safar ko‘zlarini yumganida Yoongini eslardi.

Enriko uni har doim qo‘llab-quvvatlardi, lekin Rona unga o‘zi xohlagan darajada ochilmasdi.

— Sen yana u haqida o‘ylayapsan, to‘g‘rimi? — Enriko bir kuni kutilmaganda so‘radi.

Rona chuqur nafas oldi.

— Ha, lekin bu hech narsani o‘zgartirmaydi…

Enriko yelkasini qisdi.

— Nega o‘zgartirmasin? Agar uni shunchalik ko‘p o‘ylayotgan bo‘lsang, demak, hali ham unga borishing mumkin…

Rona boshini chayqadi.

— Yo‘q, u meni kechirmaydi. Endi kech.

Enriko unga tik qaradi, ammo bahslashmadi. Ba’zan insonlar faqat o‘zlari haqiqatni anglaganlaridagina harakat qilishardi.

Comeback hozirgi vaqt

Rona mashinaga o‘tirib, maktabdagi do‘stlari bilan uchrashish uchun kafega bordi. Rona kafega kirib, oldingi tanish joyiga o‘tirdi. O‘zi uchun qahva buyurtma berayotgandi, birdan eshikdan ichkariga bir tanish qiyofa kirdi.

Rona yuragi gursillab urib ketdi. Uning tim qora kostyumda, jiddiy qiyofada kirib kelishi hali-hanuz uni qanchalik o‘ziga tortishini eslatdi. Ammo Yoongi yolg‘iz emasdi. Uning yonida chiroyli bir qiz bor edi.

Yoongi kulib unga biror narsa dedi, qiz esa noz bilan kulimsirab bosh irg‘adi.

Rona yuragi orqasiga tortilib ketdi. Uning tomog‘iga allanima tiqildi. Yoongi boshqa birov bilan uchrashayaptimi?.. Uning nigohlarida avvalgidek sovuqlik bor edi, lekin yurak qayerdadir chuqurda nimadir sezayotgani aniq edi.

Rona joyidan qo‘zg‘almay, ularga tikildi. Yoongi esa unga qaramadi ham. Go‘yo u hech qachon uning hayotida bo‘lmagandek…

Yoongi stolga joylasharkan, qalbida g‘alati his bor edi. Rona qaytganini bilardi, lekin aynan hozir kafeda uchratib qolishini oʻylamagan edi. Unga bu uch yil juda qiyin o‘tgan edi.

Ammo uni kechira olarmidi?

"U meni hech qachon sevmagan. Endi men undan nafratlanaman "deb o‘yladi Yoongi ichida.

U bu uch yil ichida Min korporatsiyasini kuchaytirgan, biznes hamkorlar bilan yangi shartnomalar imzolagan edi. Yonidagi qiz esa uning biznes sherigining qizi – rasmiyatchilik uchun u bilan uchrashayotgan edi.

Seulning boshqa bir qismida, katta hashamatli uyda...

Taehyung va Mira

Ularning oilaviy hayoti tinchlik va baxt bilan boshlangan edi. Ular hozir Seulga qaytgan va oilalari bilan aloqa o‘rnatgan edi. Janob Kim uzoq vaqt Mirani qabul qilmagan, lekin nabirasining tug‘ilishi hamma narsani o‘zgartirgan edi.

Ularning kichkina farzandi, Kim Jiho, endi butun oilaning sevimlisiga aylangan edi.

Mira o‘g‘lining kichkina qo‘llarini ushlagancha, shirin jilmaydi. "Sen men uchun eng katta baxtimsan" deb pichirladi u Jiho ko‘zlariga boqib.

Jiho

Taehyung esa ularga hayrat bilan termuldi. Ular og‘ir yo‘l bosib o‘tishgan edi, lekin hozir baxtli edilar.

Janob Kim esa uzoq yillar ichida birinchi marta orqaga qarab o‘yladi: "Men xato qilgan bo‘lsam kerak." U endi Mirani oilaning rasmiy kelini sifatida qabul qilgan edi.

Jungkook va Yelena

Ularning hayoti ham Seulda davom etardi. Ular endi er-xotin bo‘lishgan va katta biznes bilan shug‘ullanayotgan edilar. Yelena Jungkookning yonida bo‘lishni tanladi va bu qaroridan afsuslanmadi.

Ularning oilasi baxtli edi. Yelena yoqimli, mehribon va aqlli kelin bo‘lib chiqqan edi. Jungkook esa uni har doimgidan ham ko‘proq sevardi.

Kechqurun Seul shahrining yaltir-yultur tungi hayoti avjiga chiqqan payt, Rona dugonalari bilan klubga bordi. Uning kayfiyati g‘alati edi. Uch yil oldin Yoongi bilan bo‘lgan voqealar, Seulga qaytganidan beri har bir qadamida aks-sado berayotgandi. U o‘zini chalg‘itmoqchi bo‘ldi, ichimlik oldi, musiqaga jo‘r bo‘lib raqsga tushdi.

Lekin vaqt o‘tishi bilan spirtli ichimlik ta’sirini ko‘rsata boshladi. Boshi aylandi, yuragi tez urardi. Rona orqasiga qaytib chiqmoqchi bo‘ldi, lekin birdaniga kimdir uning yo‘lini to‘sdi. Uch nafar yigit, ko‘zlarida yomon tabassum bilan unga yaqinlashishdi.

— Bu qiz ancha sho‘x ko‘rinadi, shunday emasmi? — dedi ulardan biri, Ronaning bilagidan ushlab.

Rona hushyorlanishga harakat qildi, lekin miyasi xira tortib, oyoqlari bo‘shashib qolgandi.

— Tinch qo‘ying meni, — dedi u ovozi titrab.

— E, qo‘rqma, biz faqat sen bilan… yaqinroq tanishmoqchimiz, — yigitning ovozi pasayib, tahdidomuz tus oldi.

Lekin ular keyingi bir necha soniyada nima bo‘lganini tushunmay qoldi. Bir lahzada Yoongi oldilarida paydo bo‘ldi. Uning nigohlari muzdek sovuq, jahldan qizargan edi. U hech narsa demadi. Birinchi yigitni to‘g‘ri jag‘iga zarb bilan urdi, ikkinchisini yerga yiqitdi, uchinchisini esa bo‘g‘ib, devorga tiradi.

— Agar hayotingdan to‘ygan bo‘lsang, unga yaqinlashasan, — dedi Yoongi sovuq ohangda.

Yigitlar dahshatga tushib, hech narsa demasdan qochib ketishdi.

Rona esa shok holatida Yoongiga qaradi. Uning qahri og‘rigan, lekin nigohlarida noziklik ham bor edi. Mastlik uni yanada emotsional qilgan edi. Birdan yig‘lab yubordi.

— Nega? Nega doim meni himoya qilasan? Nega meni yo‘qligimda ham azob berishni davom ettirding? — dedi u Yoongining ko‘zlariga tikilib.

Yoongi bir muddat sukut saqladi. Uning qo‘llari qattiq siqilgan, yuragi esa xuddi qafasga qamalib qolgan yirtqichdek o‘zini urayotgandi.

— Men seni hech qachon unutolmadim, Yoongi… — Ronaning ovozi past tortdi. — Uch yil… Uch yillik qiynoq! Har kuni seni esladim, har kuni seni qo‘msadim… Sensiz yashash, sensiz uxlash, sensiz nafas olish qanchalik og‘irligini bilasanmi?!

Rona endi o‘zini tutolmadi. U Yoongining ko‘kragiga boshini qo‘yib yig‘lay boshladi.

— Agar mendan nafratlansang… nega meni himoya qilasan? Nega meni yana qutqarding? — uning ovozi titradi.

Yoongi asta Ronaning belidan ushladi, lekin o‘zini nazorat qilishga harakat qildi. Uning ham yuragi og‘rirdi. U ham Ronani sevardi. Lekin… g‘urur, o‘tmish, armonlar uni to‘xtatardi.

Rona hozir juda mast edi. O‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olmasdi. Yuzidan issiq yoshlar dumalab tushdi, lekin u Yoongini yanada mahkam quchoqladi.

— Men seni tark etmadim, Yoongi… — dedi u titroq ovoz bilan. — Men seni unutolmadim! Uch yil davomida har kuni yuragimda seni olib yurdim. Har kecha seni eslab yig‘ladim… Sensiz bir kun ham o‘tmasdi…

Yoongi jim bo‘lib qoldi. U Ronani tinchlantirish uchun qo‘llarini yelkasiga qo‘ydi, lekin bu harakat uning o‘zi uchun ham juda og‘ir edi. Yuragining tubida g‘azab va sevgi kurashayotgandi.

— Nega yig‘layapsan, Rona? — Yoongi uning yuzidagi yoshlarni barmoqlari bilan artdi. — Nega mendan ketganingdan keyin endi qaytib kelib, yuragimni yana larzaga solyapsan?

— Chunki men seni sevaman… — Ronaning ovozi shunchalik zaif chiqdi, go‘yo u shunday demasligi kerakdek, lekin yuragi unga bo‘ysunmadi.

Yoongi chuqur nafas oldi. U Ronaning ichidagi achchiq dardni sezib turardi. Ammo shu paytgacha unda faqat alam va rashk bor edi. Uch yil avvalgi voqealar xayolida yana qaytadan jonlandi. Ronaning uni qanday rad etgani, qanday sovuq munosabatda bo‘lgani… Bu alam hali ham yuragini kemirardi.

— Sevaman, deysan-a… — dedi Yoongi qattiq ohangda. Uning lablarida kinoyali tabassum paydo bo‘ldi. — Shunchaki mastsan, Rona. Ertalab uyg‘onsang, yana o‘sha sovuqqon qizga aylanishingni bilaman.

— Yo‘q! — Rona boshini chayqadi. U Yoongining yuzini qo‘llari bilan ushladi va uning ko‘zlariga tikildi. — Men haqiqatan ham seni sevaman! Shuni tushun!

— Juda kech, Rona… Juda kech… — uning ovozi past eshitildi.

Rona qaltirab ketdi.

— Nima demoqchisan? — Ronaning yuragi tez urdi.

Yoongi sekin boshini chayqadi.

— Men senga ishonmayman.

Rona titray boshladi. Mastligi biroz tarqalgandek edi. Yuragi og‘ridi, nafasi siqildi.

— Nega? — dedi u shivirlab.

Yoongi ko‘zlarini yumdi. Bir lahzaga yuragi yengil tortgandek bo‘ldi, lekin u o‘ziga kelib, yana sovuq ohangda gapirdi:

— Chunki men ham seni sevganman, lekin sen meni sindirding… Endi navbat meniki, Rona. Endi men seni azobga solaman.

Bu so‘zlar Ronaning yuragini parchaladi. Yoongi esa sekin ortga burilib, undan uzoqlasha boshladi. Rona esa uni to‘xtatmoqchi bo‘lib oldinga intildi, lekin oyoqlari bo‘shashdi. Ichidan qandaydir bo‘shliqni his qildi.

Uning sevgan odami hozir qarshisida turardi, lekin uni yengib bo‘lmas devor o‘rab olgandi…

Oradan bir hafta o‘tdi…

Rona o‘zini yo‘qotgandek edi. Shu hafta davomida hech narsa yemadi, hech kim bilan gaplashmadi. Uning miyasi faqat Yoongi bilan band edi. U nega shunday dedi? Nega uni shunchalar qattiq jazolamoqchi? Yoongi uni chindan ham azoblash uchun qaytib keldimi?

Bir kecha oldin Yoongi uni qutqarganida yuragi yana umid bilan to‘lgandi. Ammo endi, Yoongining so‘nggi gaplari uning ichini yana ayovsiz kemirayotgandi. "Endi men seni azobga solaman." Bu so‘zlar har safar esiga tushganda ko‘zlaridan yosh chiqib ketardi.

Ronaning joni qiynalardi. Ichida nimadir uni sindirib, majburan o‘tmishga qaytaryapti. U hozir Yoongining oldiga borib, hammasini ochiq aytishni xohlardi. Lekin… Yoongi uni qabul qiladimi?

U divanda yotgancha shiftga tikilib qoldi. Shu payt telefoniga xabar keldi. U shosha-pisha olib ochdi.

Yoongi:
Bugun soat 8 da "Rose Diamond" restoranga kel. Kechikma.

Ronaning yuragi shunaqangi qattiq urib ketdiki, u hatto nafas ham ololmay qoldi. Yoongi nega uni chaqiryapti? Nimadir rejalashtiryapti shekilli… Lekin nima?

U xayollar ichida qotib qoldi, lekin borishi kerakligini bilardi. Yoongi bu safar yana uni sindirishga harakat qilishi mumkin edi… Lekin Rona bu safar ortga chekinmaslikka qaror qildi.

Rona restorga kirganida Yoongini ko‘rib yuragi yana g‘ashlandi. U stolda, qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib, sovuqqina unga tikilib turardi. Lekin Yoongining yonida yana kimdir bor edi.

Bir qiz… juda chiroyli, kelishgan, nafis kiyingan. Uning yuzidan qandaydir mag‘rurlik yog‘ilib turardi. Qiz Yoongining qo‘lidan ushlab o‘tirardi.

Rona ichidan muzlab ketdi. Yuragi birdan og‘irlashdi. Nafasi tiqildi. U orqaga burilib ketmoqchi edi, lekin Yoongining sovuq ovozi uni to‘xtatdi:

— Qayerga, Rona? Seni kutib o‘tiribmiz-ku.

Rona sekin ortga burildi. Qiz esa unga kinoyali jilmayib tikildi.

— Rona, tanish. Bu – Li Sujin. Mening sevgilim va boʻlajak turmush oʻrtogʻim

Sujin

Turmush oʻrtogʻing?!

Bu so‘z Ronani shu joyning o‘zida o‘ldirgandek bo‘ldi. U qotib qoldi, butun olami parchalandi. Qo‘llari qaltiray boshladi.

Yoongi qasddan shunday qilayotganini Rona tushunardi. Bu – shunchaki o‘ch olishning navbatdagi bosqichi edi. Lekin bu yo‘l shunchalar shafqatsiz ediki…

Rona titragan holda qiyinchilik bilan so‘radi:

— To‘y… qachon?

Yoongi biroz jilmaydi. Bu jilmayishda achchiq kinoya bor edi.

— Juda tez orada. Seni ham taklif qilaman.

Rona butkul o‘zini yo‘qotdi. U Yoongining yuziga tikildi. Bu haqiqatmi yoki shunchaki o‘yin? Lekin Yoongi hazillashayotganga o‘xshamasdi.

— Tabriklayman… — Rona buni qanday aytganini ham bilmay qoldi. Ovozi titragan edi.

Sujin esa mamnun jilmaydi.

— Rahmat. Yoongi haqida ko‘p eshitganman. Ishonchim komil, bizning turmushimiz ajoyib bo‘ladi.

Rona shunday joyda qotib qolgandi. Ichidan nimalar o‘tayotganini faqat o‘zi bilardi. Yoongi unga yana qaradi. Uning ko‘zlarida qandaydir sovuqlik bor edi, lekin ichida ehtimol, haqiqatdan ham yurakda qaynayotgan bir hissiyot bor edi.

Rona bir narsa demoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmasdi. U shunchaki yo‘lida davom etdi va eshikdan chiqib ketdi.

Ko‘chaga chiqqan zahoti yuragi og‘ridi. Og‘ir og‘riq! Nafas olishi qiyinlashdi.

— Yo‘q… Bu rost bo‘lishi mumkin emas… Yo‘q… — dedi u shivirlab.

Oyoqlari bo‘shashib ketdi. U sekin yerga cho‘kkaladi va beixtiyor ko‘zlaridan yoshlar chiqib ketdi. Bu uch yillik azobdan ham og‘ir edi…

Rona yo‘lda ketayotgandi…

Uning xayoli butkul allaqayerlarda edi. Nigohlari oldindagi yo‘lni ko‘rsa ham, miyasi faqat Yoongining gaplari bilan band edi.

"Bu – Sujin. Mening turmush oʻrtogʻim."

Bu so‘zlar go‘yo yuragini bolg‘a bilan urib sindirgandek edi. Nafasi qisilar, yuragi esa sanchilib og‘rirdi. Yoongi chindan ham boshqa ayol bilan turmush qurmoqchimi? Uni butkul hayotidan o‘chirib tashlamoqchimi?

Ko‘zlaridan yoshlar sirg‘alib tushaverdi, lekin u ularni artishga ham harakat qilmadi. U shunchaki oldinga qarab yurar, hamma narsa xuddi tuman ichida yurgandek ko‘rinardi.

U svetafor yoniga kelganini ham sezmay qoldi.

Qizil chiroq yongan, ammo Rona yurishda davom etardi. Shu payt qattiq signal eshitildi. Kimdir baqirib yubordi:

— Hey! To‘xtang!

Lekin Rona hech narsani eshitmadi. Faqatgina oldidan kelayotgan mashinaning chiroqlari ko‘zini qamashtirdi…

Keyin esa… qattiq zarba!

Hammasi shunchalik tez sodir bo‘ldiki. Rona yerga yiqildi, tanasi kuchli zarbadan shiddat bilan orqaga uchib ketdi. Atrofda odamlar qichqirardi. Biri telefonidan tez yordamga qo‘ng‘iroq qilardi. Mashinaning haydovchisi yugurib tushdi.

Ronaning ongida faqat bitta narsa bor edi – Yoongi…

"Men uni sevaman…" deb o‘yladi u, asta-sekin ko‘zlari yumila boshlarkan. "Yoongisiz yashay olmayman…"

Olam qorong‘ulashdi…

Shifoxona.

Ronani kasalxonaga olib kelishganida, u hushsiz edi. Tanasi og‘ir jarohatlar olgan, qattiq qon yo‘qotayotgan edi. Shifokorlar zudlik bilan uni jarrohlik bo‘limiga olib kirishdi.

Oradan bir necha soat o‘tgach, uning ahvoli barqarorlashdi, lekin u hanuz hushiga kelmagan edi. Shifokorlar uning kuchli stress va shokdan komaga tushib qolganini aytishdi.

Yoongi esa bu vaqtda Sujin bilan birga restoranda edi.

Sujin unga qandaydir gaplarni aytayotgan bo‘lsa ham, Yoongining yuragi bezovta edi. Ronaning bugungi ko‘rinishi, uning yuzidagi iztirob, o‘zini qanday yo‘qotib qo‘ygani hech chiqmasdi xayolidan.

Qizning ko‘zlari qanchalik og‘riqli va bo‘sh edi…

Shu payt Yoongining telefoniga chaqiriq keldi. U ko‘rib, biroz hayron bo‘ldi. Taehyung?

— Alo?

— Yoongi! — Taehyungning ovozi tarang va shoshilinch edi. — Rona kasalxonada!

— Nima?! — Yoongining yuragi gupillab urib ketdi.

— Uni mashina urib ketgan! Og‘ir ahvolda!

Yoongi hech narsani o‘ylamadi. Stulni shiddat bilan surib, joyidan o‘rnidan turdi. Sujin unga hayron tikildi.

— Yoongi, nimadir bo‘ldimi?

Lekin Yoongi hech narsa demay, shoshilinch ravishda restorandan chiqib ketdi.

Shifoxonaga kelganida, Yoongining qo‘llari qaltirardi.

U shoshilinch bo‘limga kirarkan, yuragi qinidan chiqqudek edi. Ichkarida Taehyung, Jungkook va Yelena kutib o‘tirishardi. Ularning yuzlarida tashvish bor edi.

— Qani?! Qayerda Rona?! — deya Yoongi hushsiz ovozda so‘radi.

Yelena ko‘z yoshlarini artarkan, past ovozda javob berdi:

— Hali hushiga kelgani yo‘q… Shifokorlar uning ahvoli og‘ir deyishdi…

— Qanday qilib? Qanday qilib bunday bo‘lishi mumkin?! — deya Yoongi jahli chiqqan holda devorga musht urdi.

Jungkook chuqur nafas olib, sekin tushuntirdi:

— Uni mashina urib ketgan. Svetafordan chiroqni ko‘rmay o‘tib ketibdi… Guvohlarning aytishicha, u qattiq tushkun holda edi…

Yoongi beixtiyor ko‘zlarini yumdi. Yuragi og‘riqdan ezilib borardi.

Bu mening aybim…

U o‘zini qanchalar nafratlantirdi. O‘zining shafqatsiz o‘chini olishga uringan harakati Ronani qanchalik sindirib yuborganini endi tushunayotgandi.

— Uning oldiga kirishim mumkinmi? — deya Yoongi shifokorlarga murojaat qildi.

Shifokor biroz ikkilanib, keyin bosh irg‘adi:

— Hozircha hech kim bilan gaplasha olmaydi. Lekin bir kishi uni ko‘rishingiz mumkin.

Yoongi yuragi gupillagancha palataga yo‘l oldi. Ichkariga kirgach…

Uning yuragi yana ezildi.

Rona…

U kasalxona to‘shagida yotardi. Yuzlari oqarib ketgan, qo‘llarida ignalar, tanasi ko‘karish va chandiqlar bilan qoplangan edi.

Uning holatini ko‘rib, Yoongi beixtiyor yoniga cho‘kkaladi. Qo‘llari Ronaning qo‘llarini asta ushladi.

— Men ahmoqman… — deya past ovozda shivirladi u. — Men seni bunchalik sindirishni xohlamagandim…

Yoongi chuqur nafas oldi.

— Iltimos, uyg‘on… Men sensiz yashay olmayman, Rona…

Lekin Rona hali ham jim yotardi.

Yoongi hech qachon bunday ojiz va zaif bo‘lmagan edi… Lekin hozir… Ronani yo‘qotishdan qattiq qo‘rqayotgandi.

U faqat bitta narsani istardi – Rona ko‘zlarini ochishini…

Yoongi Ronaning qo‘lini mahkam siqib o‘tirarkan, yuragidagi og‘riqni yashira olmasdi. U doimo o‘zini sovuqqon, befarq ko‘rsatishga urinar, lekin hozir... Hozir u haqiqiy vahima ichida edi.

Shifokorlar uning ahvoli barqaror deb aytishdi, lekin Rona hanuz hushiga kelmagan edi.

— Rona… — Yoongi uning qo‘llarini ohista silab shivirladi. — Men... men seni yo‘qotishdan qo‘rqyapman...

O‘sha payt eshik ohista ochildi va Taehyung ichkariga kirdi. Uning yuzida tashvish bor edi.

— Yoongi, sen... yaxshimisan?

Yoongi asta bosh chayqadi.

— Qanday yaxshi bo‘lay, Taehyung? Bu mening aybim… Men uni shu ahvolga tushishiga sabab bo‘ldim…

Taehyung indamay yoniga kelib, biroz tikilib turdi.

— Yoongi, — dedi u ohangdor ovozda. — Sen hozir o‘zingni ayblash bilan ovora bo‘layotgandirsan, lekin bilasanmi? Rona seni sevar edi.

Yoongi nigohini unga qaratdi.

— Uni shu holatda yotishini ko‘rib ham shunday deysanmi? Agar men undan o‘ch olishga harakat qilmaganimda, u o‘zini bunchalik yo‘qotmagan bo‘lardi.

Taehyung chuqur nafas oldi.

— Hamma narsa oldinda. Endi unga yordam berishing kerak.

Yoongi Ronaning rangsiz yuziga yana bir bor qaradi va yuragida qandaydir shafqat uchquni paydo bo‘ldi.

Rona esa chuqur zulmat ichida yotar edi.

Atrofida hech narsa yo‘q. Oq bo‘shliq. Og‘irlik yo‘q. Ovozsizlik.

Lekin qalbining tubida qandaydir narsa qattiq og‘riq berardi. Kimnidir yo‘qotgandek. Kimnidir juda sog‘ingandek…

Shu payt qulog‘iga past, titroq ovoz eshitildi.

"Men seni yo‘qotishdan qo‘rqyapman..."

Bu… Yoongi edi.

"Men... seni sevaman..."

Rona yuragiga issiqlik yugurganini his qildi. Uni tashlab ketgan, undan o‘ch olishga harakat qilgan odam… uni sevishini aytayotgan edi.

Shu payt boshi qattiq og‘ridi, ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Xuddi kimdir uni qayta hayot sari tortayotgandek edi…

Keyin esa…

U ko‘zlarini ochdi.

Yoongi Ronaning qo‘llarini ushlab, uning yuziga termulib o‘tirardi. U hech qanday o‘zgarish sezmaganida, yuragi ezilardi. Lekin birdan…

Ronaning barmoqlari qimirladi.

Yoongi tezda boshini ko‘tardi. Ronaning kipriklari sekin qimirlay boshladi va nihoyat, u ko‘zlarini ochdi.

Uning nigohlari xira edi, atrofini anglashga harakat qildi. Ko‘zlari shiftga tikildi, keyin esa yonida o‘tirgan Yoongiga tushdi.

Bir necha soniya ular jim tikilib turishdi.

Ronaning lablari titradi.

— Yoongi…?

Yoongining yuragi go‘yo to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

— Ha, men… — u titroq ovozda javob berdi.

Ronaning ko‘zlaridan yosh dumaladi.

— Sen shu yerdasanmi…?

Yoongi sekin bosh irg‘adi. Uning ichidagi his-tuyg‘ular toshqin bo‘lib ko‘tarilardi.

— Seni tashlab ketmayman…

Rona bir necha daqiqa unga tikilib qaradi, keyin esa nigohini boshqa tomonga burdi.

— Men seni juda sog‘indim, Yoongi…

Uning ovozi o‘ta past va zaif edi.

Yoongi ko‘zlarini yumdi. U ham xuddi shunday his qilardi.

Yoongi mashinasida shifoxona oldida turar, sigaretini tutatarkan, chuqur o‘yga tolgandi. Uning ichida katta kurash kechardi. Bir tomoni Ronaga nisbatan hali ham kuchli sevgisini qabul qilishni istar, boshqa tomoni esa uch yil oldingi og‘riqlarni eslab, undan qasos olishni xohlardi.

Shu payt telefoniga qo‘ng‘iroq keldi.

— Janob Min, bugungi tadbirga kelishingiz kerak. Hamkorlar siz bilan uchrashishni xohlashmoqda.

— Bo‘ldi, yo‘ldaman.

Yoongi motorni ishga tushirdi. Barcha his-tuyg‘ularini chetga surib, yana sovuq odamga aylanmoqchi edi.

Rona palatada yotib, deraza ortidan Seul osmoniga qararkan, ko‘ngli buzilib turardi. Xayolida faqat Yoongi edi.

Shu payt eshik taqilladi va ichkariga kirmoqchi bo‘lgan odam ma’lum bo‘ldi.

— Rona, kirsam bo‘ladimi?

Bu Enriko edi.

Rona unga zaif jilmayib, boshi bilan tasdiq berdi. Enriko xonaga kirib, dasturxon ustiga bir savat gul qo‘ydi.

— Qanday ahvoldasan, mia bella?

— Hozir yaxshiroqman, — dedi Rona.

Enriko uning yoniga o‘tirdi va qo‘llarini ushladi.

— Rona, men seni anchadan beri kuzatyapman. Italiyadagi kunlaring, bizning do‘stligimiz… hammasi men uchun juda muhim edi. Va men bir narsani tushundim…

Rona qiziqsinib unga qaradi.

— Men sen bilan hayotimni bog‘lamoqchiman, Rona. Men seni turmushga chiqishga taklif qilaman.

Rona bir lahzaga qotib qoldi. Uning yuragi qattiq urib ketdi. U Enrikoni yoqtirar, lekin sevmasdi.

Shu payt palata eshigi shartta ochildi va Yoongi ichkariga kirdi.

Yoongi xonaga kirgan zahoti Enriko va Ronaning yonma-yon o‘tirganini, Rona esa uning qo‘llarini ushlab turganini ko‘rdi. Ko‘zlari o‘t chaqnadi. Ichida nimadir portladi.

— Bu yerda nima boʻlyapti? — uning ovozi past va sovuq jarangladi.

Rona tezda Enrikoning qo‘lini qo‘yib yubordi. Enriko esa hech qanday qo‘rquvsiz Yoongiga tikildi.

— Men Ronaga uylanishni taklif qilyapman, janob Min.

Yoongi chuqur nafas oldi. Yuragi shiddat bilan urardi. Yo‘q! Bu mumkin emas!

— Rona hali qaror qilgani yo‘q, — dedi u sovuq ohangda.

— Bu uning qaroriga bog‘liq, Yoongi.

Yoongi Ronaga qaradi.

— Sen nima deding?

Rona tilini tishladi. Ichida bir narsa qichqirardi: "Men faqat seni sevaman!" Lekin og‘zidan boshqa so‘z chiqdi.

— Men…

Yoongi oldinga qadam tashladi va Ronaning qo‘lidan ushladi.

— U sen bilan bo‘lmaydi, Enriko.

Enriko kulib yubordi.

— Kim aytdi? Senmi? Sening Ronaga qanaqa haqqing bor? Axir, sen uni uch yil oldin tark etgansan.

Yoongi bu gapdan yana qattiq g‘azablandi.

— Men uni tashlab ketmadim. U mendan uzoqlashdi! Endi esa… men uni senga berib qo‘ymayman!

Rona og‘zini ochib qarab turardi. Yoongi endi hamma narsani aniq aytib qo‘ygandi

— Demak, yana o‘zing uchun qiynamoqchisan? — dedi Enriko istehzo bilan.

— Men Ronani sevaman, — dedi Yoongi. — Uni hech qachon senga qoldirmayman.

Ronaning yuragi shiddat bilan urib ketdi. Bu gapni eshitishni shu qadar uzoq kutgandi!

Xonada keskin sukunat cho‘kdi. Rona yuragini ushlab turardi. Yoongi… u sevgisini tan oldi.

Enriko jilmayib, xotirjam tarzda yoniga suyanib oldi.

— Xo‘sh, janob Min, endi nima qilmoqchisan?

Yoongi keskin harakat bilan Enrikoga yaqinlashdi.

— Men Ronani senga berib qo‘ymayman, — dedi u jiddiy ohangda.

Rona nafasini ichiga yutdi. Uning nigohlari Yoongi va Enriko o‘rtasida yugurardi. U hali ham nima deyishini bilmasdi.

Enriko esa yanada o‘ziga ishongan holda jilmaydi.

— Yaxshi. Unda bir shart. Agar Rona seni tanlasa, men ortga chekinaman. Lekin agar u meni tanlasa, sen undan butunlay voz kechasan.

— Roziman, — dedi u hech ikkilanmay.

Enriko kuldi.

— Unda, Rona… — dedi u, Rona tomonga o‘girilib. — Qaroringni ayt.

— Men…

U bir zum jim qoldi. So‘ng Enrikoga qaradi.

— Enriko, sen mening do‘stim bo‘lib qolgansan. Lekin men…

Enriko chuqur nafas oldi. U buni kutgandek edi.

— Menga kerakli javobni berding, mia bella, — dedi u jilmayib.

Rona Yoongiga qaradi. Uning yuragi g‘azab, o‘kinch va muhabbat bilan yonib turardi.

— Demak, bu o‘yinda men yutqazdim, — dedi Enriko yengil ohangda.

Yoongi unga yovqarash qilib tikildi.

— Men senga oldin ham aytganman, — dedi u past ovozda. — Rona faqat meniki.

Enriko kulimsirab boshini qimirlatdi.

— Unda unga munosib bo‘l. Yo‘qsa, keyin kech bo‘ladi.

UCH OY O‘TIB…

Seulda bahorning iliq shabadasi esar, daraxtlar yangi kurtaklar chiqarardi. Uch oy ichida Rona va Yoongi munosabatlari yanada mustahkamlanib bordi. Endi ular o‘zlarini begona emas, bir-birining ajralmas qismi kabi his qilishardi. Yoongi Ronaning yonida bo‘lishga, uni har tomonlama baxtli qilishga harakat qilardi.

Bu vaqt ichida u Ronani o‘z biznesiga jalb qildi. Endi Rona ham Min Corporation’ning huquqiy bo‘limida ishlardi. Ular birga vaqt o‘tkazib, munosabatlarini mustahkamlay olishardi.

Rona va Yoongi uchun eng muhim kun yaqinlashardi — to‘y kuni!

To‘y Seulning eng hashamatli mehmonxonasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Kim Taehyung va Jungkook Yoongining do‘stlari sifatida to‘yda albatta bo‘lishardi. Yelena va Mira esa Ronaning yonida edi. Ular kelinlik libosini tanlashda unga yordam berishardi.

— Rona, sen bu oq libosda haqiqiy malika bo‘lding! — dedi Mira, hayrat bilan.

— Haqiqatan ham, Yoongi hozir seni ko‘rsa hushidan ketishi aniq! — dedi Yelena kulib.

Rona esa hayajon bilan oynaga qarab, chuqur nafas oldi. Bu kunni u uzoq kutgandi…

To‘y kuni yetib keldi. Mehmonlar yig‘ildi, zal chiroqlar va gullar bilan bezatilgan edi. Yoongi esa oldinda, Ronani kutardi.

Rona oq libosda asta-asta oldinga yurdi. Uning yuragi shiddat bilan urardi. U Yoongiga yaqinlashgan sari yuragida faqat bitta narsa bor edi — Muhabbat!

Yoongi unga mehr bilan boqib, nigohlarini uzolmasdi. Bu qiz endi uning hayotining ma’nosi edi.

Nikoh marosimi boshlandi. Oqsoqol ularning qo‘llarini tutib, so‘radi:

— Min Yoongi, siz Kim Ronani rafiqangiz sifatida qabul qilasizmi?

— Ha, qabul qilaman! — dedi Yoongi qat’iy va ishonch bilan.

— Kim Rona, siz Min Yoongini turmush o‘rtog‘ingiz sifatida qabul qilasizmi?

Rona Yoongining mehr bilan tikilgan ko‘zlariga qaradi va jilmayib dedi:

— Ha, qabul qilaman!

Shundan so‘ng ular bir-biriga uzuk taqishdi va nihoyat MIN YOONGI VA KIM RONA RASMAN ER-XOTIN BO‘LDI!

Mehmonlar olqishlar bilan ularni qutlashardi. Yoongi Ronani bag‘riga bosib, peshonasidan o‘pdi.

— Seni hech qachon qo‘yib yubormayman, — dedi u shivirlab.

Rona esa yengil kulib:

— Endi bunga ruxsating yo‘q, janob Min!

Shu kuni sevgi g‘alaba qildi. Ularning yo‘li uzoq, qiyin va azobli bo‘lsa-da, oxir-oqibat haqiqiy baxtga olib kelgan edi…

Rona va Yoongi hashamatli mehmonxonadan chiqib, yangi uylariga yo‘l olishdi. Kecha o‘tgan dabdabali to‘y, mehmonlarning tabriklari va shovqin-suron ortda qolgandi. Mashina tinch va sokin kechada yo‘l bosarkan, Rona Yoongining qo‘liga ohista qo‘lini qo‘ydi. U bugun butunlay boshqa his-tuyg‘ularni boshidan kechirardi. Hozir u erining yonida edi. Endi u yolg‘iz emasdi.

Yoongi mashinani haydayotgan bo‘lsa ham, Ronaning bu harakatini sezdi. Qo‘llarini mahkam tutdi va jilmayib, unga qarab qo‘ydi.

— Charchadingmi, sevgilim? — dedi u hazil aralash.

— Hali unchalik emas... — deb shivirladi Rona.

Mashina ularning yangi uyining oldida to‘xtadi. Bu joy Yoongi maxsus ular uchun tayyorlagan joy edi. Rona avtomobil derazasidan ulkan hovlini, mayin chiroqlar bilan yoritilgan atrofni tomosha qilib, hayratda qoldi. Yoongi unga eshikni ochib, mashinadan tushishga yordam berdi.

— Bu yer... ajoyib... — dedi Rona atrofga zavq bilan boqib.

— Senga yoqishini bilardim. Bu yerda o‘zimizni xotirjam va erkin his qilamiz. Endi bu bizning uyimiz.

Yoongi Ronaning qo‘lidan ushlab, uni ichkariga boshladi. Ichkarida ham har bir mayda detal nafislik bilan bezatilgandi. Uyning issiq muhitidan Rona o‘zini yanada xotirjam va baxtli his qildi.

Yoongi uning qo‘llarini asta ushladi va yelkasiga lablarini bosdi.

— Men seni juda sog‘indim, Rona...

— Men ham, Yoongi...

Yoongi unga mehr bilan qaradi, uning ko‘zlarida cheksiz muhabbat va ehtiros porlab turardi. Ular bir-biriga tobora yaqinlashishdi. Xonaga sokinlik cho‘kdi. Oradagi barcha kelishmovchiliklar, xafagarchiliklar ortda qolgan edi. Ular endi bir-birlariga tegishli edilar.

Ertalab quyosh nurlari xonani yoritarkan, Rona sekin ko‘zlarini ochdi. Yoongi uning yonida yotardi, bir qo‘lini uning beliga tashlagancha mahkam ushlagan edi. Uning haroratini his qilgan Rona yuzida yengil tabassum bilan unga qaradi.

Yoongi ham asta ko‘zlarini ochdi va Ronani yonida ko‘rib, kulimsiradi.

— Ertalabim endi seni ko‘rish bilan boshlanadi, shunaqami? — dedi u.

Rona ohista jilmayib, boshi bilan tasdiqladi.

— Shunaqa bo‘lsa kerak... Endi sen mening hayotim, Yoongi.

Yoongi uni bag‘riga mahkam bosdi.

— Seni doim asrayman, Rona. Endi hech qachon seni qo‘yib yubormayman.

Bu ularning yangi hayotining boshlanishi edi. Endi ular birga edilar va oldinda yana ko‘plab baxtli kunlar kutayotgandi.

Oradan 2 yil o‘tdi...

Vaqt tez o‘tib ketdi. Endi hamma o‘z hayotini yo‘lga qo‘ygan, har biri baxtini topgan edi. Rona va Yoongi egizak farzandli bo‘lishdi — bir o‘g‘il va bir qiz. Ularning ismlarini Min Jisoo va Min Jaeho deb qo‘yishdi. Yoongi har doimgidek qattiqqo‘l va sovuqqon biznesmen edi, lekin farzandlari yonida u mutlaqo boshqa inson — mehribon ota edi. Rona esa yaxshi ona va baxtli ayolga aylangandi.

Taehyung va Mira endi uch farzandning ota-onasi edi. Ularning oʻgʻllari Kim Jiho, Kim Haru va Kim Seojin edi. Kim oilasi farzandlarining baxti uchun barcha sharoitlarni yaratgandi. Taehyung va Mira qayerda bo‘lmasin, farzandlari bilan vaqt o‘tkazishga harakat qilishardi.

Jungkook va Yelena ham baxtli hayot kechirishayotgandi. Ularning ikki farzandi bor edi — Jeon Seulgi va Jeon Hyunwoo. Jungkook hamon biznes dunyosida o‘z o‘rnini mustahkamlagan kuchli tadbirkor edi. Yelena esa farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanardi.

Janob Kim va Kim xonim, Janob Min va Min xonim esa nevara ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lishgan edi.

Bugun katta tadbir bo‘layotgandi. Min, Kim, Park va Jeon oilalari Seuldagi eng hashamatli villalardan birida to‘planishdi. Bu kun uzoq yillik oila do‘stlari va yaqinlar uchun maxsus tashkil qilingan edi. Hamma bir joyga yig‘ilib, farzandlarining o‘sib ulg‘ayganidan quvonishar, shirin xotiralar bilan bo‘lishishardi.

Yoongi va Rona kechaga egizaklari bilan kelishdi. Rona qizalog‘ini qo‘lida tutar, Yoongi esa o‘g‘liga mehr bilan qarardi.

— Jisoo, qaragin, bobo va buvingni ko‘rishing mumkin, — dedi Rona qizalog‘iga.

Egizaklar hammasi bilan beg‘ubor jilmayish bilan ko‘rishishdi.

Mira esa bir yoshli kichkina Seojinni quchoqlab, kulib turardi.

— Rona, qaragin, Seojin senga o‘xshaydi, — dedi Mira hazil aralash.

— Nega endi menga? — dedi Rona ajablanib.

— Ko‘zlari shunaqa chaqnoq va qaysar! — dedi Taehyung kulib.

Bu payt Jungkook va Yelena ham farzandlari bilan yetib kelishdi. Hamma bir-birini ko‘rib, quvonch bilan quchoqlashdi. Katta oilaning bunday to‘planishi kamdan-kam bo‘lardi, shu sababli bu kun juda qadrli edi.

Janob Min stol atrofida jam bo‘lib o‘tirgan oilasiga qarab, chuqur nafas oldi va jilmaydi.

— Men baxtliman. Bizning oilamiz yanada kengaydi. Bu bolalar bizning kelajagimiz. Ularni doimo asrashimiz kerak, — dedi u.

Janob Kim ham boshini qimirlatib, tasdiq berdi.

— Xuddi shunday. Farzandlarimiz, nabiralarimiz — barchasi biz uchun bebaho. Oila hamma narsadan ustun.

Hamma ushbu so‘zlardan ta’sirlanib, bir-biriga mehr bilan qarashdi. Kecha davomida suhbatlar, kulgi va shirin xotiralar bilan to‘ldi.

Jisoo and Jaeho
Rona va Yoongining egizajlari
Hyunwoo va Seulgi

Jungkook va Yelenaning farzandlari

Mana angelicaslarim FORCED MARRIAGE WITH A BILLIONAIREning finaliga ham yetib keldik. Bu qismini koʻp yozvordim. Hech boʻlmaganda finalida fikringizni yozasiz degan umiddaman.

Xato va kamchiliklar uchun uzr soʻrayman.

Sizlar bilan Kim Rona boʻldi. Keyingi fflarda uchrashguncha xayr 😊❤️