ON OUR MARRIAGE DAY
Author by: @Kim_Rona
"Nikoh shartnoma emas, his-tuyg‘ular sinovi... Biz bu sinovdan o‘ta olamizmi?"
Maktab hovlisi. Quyosh allaqachon pastga og‘a boshlagan. Shamol yengil esib, sochlarimni yuzimga yopishtiradi. Men unga termulgancha qotib qoldim. U… Park Jimin.
Maktabning eng mashhur yigitlaridan biri. Barchaga yoqadigan, mukammal, o‘ziga ishongan, sportda ham, o‘qishda ham oldinda bo‘lgan yigit. Faqat bir narsa uni bezovta qilardi—mening borligim.
Men Choi Miham, Seul hokimining yagona qizi. Mening yuragim zaif, ba’zan qattiq yugursam yoki hayajonlansam, yurak urishimni nazorat qiluvchi elektron soat qizil rangga aylanadi. Lekin bu muhim emas. Muhimi—Jimin.
Bolaligimdan beri uni sevaman. Ha, balki buni aytish kulgilidir, lekin bu haqiqat. Men uni ilk bor ko‘rgan kunimni hamon eslayman. U ham kulib turardi. Ammo hozir… hozir men uchun uning yuzida hech qanday samimiyat yo‘q.
Bugun ham u odatdagidek o‘rtadagi masofani saqlashga harakat qiladi.
— “Jimin-ssi… Bugun darsdan keyin birga kafe bormaymizmi?” – tilim qotib, arang gapiraman.
Atrof jim bo‘lib qolgandek his qilaman. Yuragim gursillab uradi. Ilk bor unga shunaqa ochiq taklif bildirdim. Balki bu yomon fikr bo‘lgandir? Balki u rozi bo‘lar?..
Ammo Jimin xuddi oldindan javobini tayyorlab qo‘ygandek sovuqqina kuladi.
— “Sen bilan? Qiziq. Afsuski, men bunday zerikarli narsalarga vaqt ajratmayman.”
O‘sha soniyada butun borlig‘im chilparchin bo‘ldi.
Atrofimizdagi qizlar kulib qo‘yishdi. Kimdir pichirladi:
Men esa qotib qoldim. Yuragim siqilib ketdi. Elektron soatim qizil rangga o‘tib, tez signallar bera boshladi. Nafasim qisildi. Lekin… yo‘q! Hozir emas!
Men shunchaki jilmaydim. Xuddi hech narsa bo‘lmagandek.
Xuddi yuragim hozir yirtilayotgandek emas.
— "Hah, hazillashgan edim. Baribir, sen bilan vaqt o‘tkazish ortiqcha."
O‘zimni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ortimga burilib, asta yurib ketdim. Ammo orqamdan kelayotgan shivir-shivir va kulgilar yuragimni ming marta tilka-pora qildi.
Uning nazarida men hech kim edim. Lekin nega yuragim buni qabul qilmaydi?
Maktabning uzun yo‘lagidan ohista yurib borarkanman, yuragimning urishi tinimsiz tezlashardi. Qo‘limdagi elektron soatim qizil rangda miltillab turardi, lekin men buni sezmaslikka harakat qildim. Men yig‘lamayman. Men zaif emasman.
To‘satdan kimdir ortimdan chaqirdi:
Boshimni ko‘tardim. Bu Hayun edi, mening eng yaqin dugonam. U allaqachon mening ahvolimni tushungan bo‘lsa kerak, yuzida shubhali ifoda bilan menga tikilib turardi.
— “Men? A’lo darajada,” – dedim jilmayib.
— “Haqiqatanmi? Yoki yana Jiminning gaplari yuragingni og‘ritdimi?”
Yo‘q. U buni eslatishini istamagan edim. Unga qarab kulimsiradim:
— “Shunaqa odamni menga nasib qilganiga o‘zim aybdorman.”
Hayun qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, oh tortdi.
— “Senga yetadigan yigit yo‘q, Miham. Jimin bo‘lsa… bilmayman, u juda sovuqqon. Balki unga qiziqishni bas qilish kerakdir?”
Ko‘zlarim bir muddat jimirlab ketdi. U meni sevmasa ham, men uni sevishim mumkin-ku… shunday emasmi?
Hayun boshqa gapirmadi. U meni yaxshi biladi—qachonki bu mavzu ochilsa, yuragim yanada ezilardi.
Shu payt maktab karnaylaridan e’lon yangradi:
— “Diqqat, yuqori sinf o‘quvchilari! Ertaga sport musobaqasi o‘tkaziladi. Barcha nomzodlar sport zaliga yig‘ilsin!”
Sport musobaqasi? Yuragim shiddat bilan urib ketdi. Jimin ham ishtirok etadimi?
— “Jimin albatta qatnashadi! Axir u maktabning sport yulduzi! Balki sen ham qatnasharsan?”
— “Sen mening yuragim zaifligini unutib qo‘ydingmi?”
— “Oh…” Hayunning yuzi birdan xijolat tortib ketdi. “Kechirasan, Miham. Bilmadim…”
— “Hech narsa emas,” – dedim sekingina. Biroq yuragimning ichi g‘ala-g‘ovur edi.
Shu payt bir guruh qizlar yonimizdan shovqin bilan o‘tib ketishdi.
— “Jimin chindan ham eng zo‘ri!”
— “Uni tomosha qilishni sabrsizlik bilan kutyapman!”
Ularning gaplarini eshitib, yuragim yana siqildi. U mening ortimdan kelib, shunchaki bitta iltifotli so‘z aytsa edi… Men uchun shunisi yetar edi. Ammo buni kutish befoyda ekanini bilaman.
Sport zalida olomon yig‘ilgan. Musobaqa boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolgandi.
Men Hayun bilan orqaroqdagi o‘rindiqlardan joy oldik. Yuragim hali ham bezovta. Bugun Jimin musobaqada qatnashadi. Men esa shunchaki kuzatuvchiman.
Birdan zalning o‘rtasida kimdir chaqirdi:
— “Endi esa yugurish musobaqasiga tayyorgarlik!”
Men uzoqdan Jiminning sahnaga chiqishini ko‘rdim. U o‘ziga shunchalik ishongan ko‘rinardi. Mening esa yuragim yana beqaror urishni boshladi. Nega u shunchalik mukammal? Nega uni sevmaslikning iloji yo‘q?
Shu payt shovqin ko‘tarildi. Hayun hayrat bilan seskandi:
— “Miham, ko‘r! Jiminning yonida o‘sha yangi kelgan qiz turibdi! U bilan yugurish bo‘yicha bellasharkan!”
Yangi kelgan qiz? Yuragim yana urishini tezlashtirdi. Elektron soatim chaqnoqlanib qizilga kirdi.
Kim bu qiz? Jimin bilan bir sahnada turishga arziydigan odam bormi?!
Ko‘zimni qisib, ularning yonida turgan qizga qaradim… va yuragim to‘xtagandek bo‘ldi.
Jimin esa unga jilmayib turardi. Jilmayib.
Men esa hech qachon bunday tabassumni ko‘rmagan edim.
Jimin menga hech qachon bunday jilmayib qaragan emas… Lekin hozir u shu notanish qizning yonida kulib turibdi.
Elektron soatim yana qizil rangda miltilladi.
— “Miham, yaxshimisan?” – Hayun mening qo‘limdan ushladi.
— “Ha… men yaxshi…” – deya shivirlab javob berdim, lekin ichimda bo‘g‘ilib ketayotgandek edim.
Qizaloqlikdan beri Jimin faqat menga tegishli bo‘lishi kerakdek tuyulardi. U meni yoqtirmasligini bilardim, ammo baribir men doim uning yonida edim. Har qanday qiz u bilan yaqinlashmoqchi bo‘lsa, men har doim oramizga devor qo‘yardim. Lekin bu safar…
U juda chiroyli, uzun sochlari oftob nurida jilvalanardi. Yelkalari tik, ko‘zlarida ishonch bor edi. Jimin esa unga o‘zgacha qarardi… bu meni devorim ham yaroqsiz ekanini bildirardi.
Musobaqa boshlanishidan oldin Jimin qizga engashib, qandaydir narsa dedi. U esa kulib boshini irg‘adi.
Men ularning ovozini eshitmadim. Lekin yuragim hammasini eshitgandek edi.
— “Jimin undan nimadir so‘radi,” – dedi Hayun shivirlab.
— “Balki undan keyin men bilan yurarmikan?”
Bu gapni eshitishim bilan yuragim siqilib ketdi. Yo‘q! Jimin hamma qizlar bilan faqat vaqt o‘tkazardi. U hech qachon jiddiy munosabatda bo‘lmagan. Lekin negadir… bu qiz bilan boshqa bo‘lishini sezayotgandek edim.
O‘q ovozi eshitilishi bilan Jimin va o‘sha qiz oldinga otildi.
— “Vay, qaranglar, qiz undan ortda emas!”
— “U juda tez yuguryapti! Balki Jiminni yutib ketar?!”
Bu qanday gap?! Jimin maktabdagi eng yaxshi sportchi! Hali hech kim uni ortda qoldirgan emas!
Boshimni ko‘tardim. Jimin va qiz deyarli yonma-yon yugurib borardi. Ularning yonma-yon chopayotganini ko‘rib, yuragim qattiq siqildi.
Va nihoyat, finish chizig‘iga yetishdi.
Jimin birinchi.
U qiz esa undan atigi 0.2 soniya ortda qoldi.
Zal qarsaklardan titradi. Bu qiz juda tez edi.
Jimin chuqur nafas olib, unga qaradi. Qiz esa jilmayib, Jiminning qo‘lini qisdi.
Nega yuragim to‘xtab qolgandek?
Jimin boshini egib, sekingina pichirladi:
U har doim shunday sovuq gapiradi. Lekin… men buni eshitishga odatlanib bo‘lganman.
— “Sen ham yaxshi yugurding, Jimin.”
U qanday jur’at bilan shunchalik o‘ziga ishongan gapirdi? Jimin bu qizga e’tibor bermasligi kerak! Lekin… u jilmaydi. U menga hech qachon jilmaymaganidek, unga jilmaydi.
Shu payt Hayun sekingina so‘radi:
Men chuqur nafas oldim. Kim bo‘lsa ham, u endi mening raqibim edi.
Qo‘lim titray boshladi. Elektron soatim yana qizil rangda miltilladi. Yuragimning tez-tez urayotganini bildim. Bu meni yomon his qilishimning belgisi edi. Men o‘zimni nazorat qilmasam, hushimdan ketishim hech gap emas.
— “Miham? Sen yaxshi bo‘lyapsanmi?” – Hayunning xavotirli ovozi eshitildi.
— “Ha… Men shunchaki…”
Nima deyishimni bilmasdim. Men shunchaki unga hasad qilayotgandek edim.
Jimin har doim yonimda bo‘lgan, lekin u hech qachon meniki bo‘lmagan. Men buni bilaman. Lekin shu paytgacha hech kim unga shunchalik yaqinlasha olmagan edi… Bu qiz esa uni o‘zgacha usulda o‘ziga tortayotgandi.
Ularning yoniga borish uchun yurdim. Jimin men tomon qaradi, lekin u xuddi menga qarashni istamayotgandek edi.
— “Jimin, seni tabriklayman.”
Yana sovuq javob. Men o‘rganib bo‘lgan ohang. Lekin bu safar… yuragim yana siqildi.
Qiz kulimsirab menga qaradi.
— “Salom, men Cha Seyon. Sen Mihamsan, to‘g‘rimi?”
Unga qanday qarashimni bilmasdim. O‘zimni tutib, iloji boricha odob bilan jilmayishga harakat qildim.
— “Ha. Sen yangi o‘quvchisan?”
U bosh irg‘adi.
— “Ha, kecha ko‘chib keldim. Sport bilan shug‘ullanaman, shuning uchun bu maktabga o‘tdim.”
Demak, u doim Jimin bilan bo‘ladi…
Buni tasavvur qilishning o‘zi yuragimni ezib yubordi. Lekin men ojiz va zaif ko‘rinishni istamasdim. Shu bois o‘zimni qo‘lga oldim.
— “Ha, yaxshi. Maktabimizda eng kuchli sportchi Jimin, shuning uchun har doim undan ortda qolishga tayyor tur.”
Bu gapim biroz achchiq hazil edi. Faqat… Seyon hazilni jiddiy qabul qilmadi.
— “Kim biladi, balki bir kun kelib undan ham kuchli bo‘larman?” – dedi u kulib.
Jimin uning so‘zlarini eshitib, ko‘z qisib jilmaydi.
— “Unda harakat qilishing kerak bo‘ladi.”
Ularning o‘zaro gaplashayotganini eshitib, ichimda nimadir uzilib tushdi. Men bu suhbatning bir qismi emasdim.
Jiminning nigohi menga emas, unga qaratilgandi.
Shu payt maktab rahbari sport zaliga kirib keldi va e’lon qildi:
— “Musobaqaning asosiy qismi ertaga bo‘lib o‘tadi. Yutgan jamoaga maxsus mukofot beriladi. Tayyorlaning!”
Jimin va Seyon bir-biriga qarashdi. Ular endi raqib emas, bir jamoa edi. Birgalikda g‘alaba uchun harakat qilishardi.
Bu men uchun eng yomoni edi. Ular yaqinlashishardi.
Men shoshilinch ravishda ortga burilib, zalni tark etdim. Yuragim tez urar, boshi berk ko‘chaga tushib qolgandek edim. Hayun ortimdan yugurdi.
Men to‘xtamadim. Agar hozir kimdir yuzimga qarasa, bu his-tuyg‘ularimni yashira olmasdim.
Nihoyat, maktabning tashqarisiga chiqdim va devorga suyanib, chuqur nafas oldim.
Jimin meni hech qachon sevmasligini bilaman. Lekin nega yuragim buni qabul qilmayapti?
Elektron soatim yana qizil rangda miltilladi.
Bu yurak allaqachon qanchalik og‘rish mumkinligini bilmaydi.