June 22, 2025

Bizga sevish mumkin emas

Muallif :Kim Saran

6-qisim TAEKOOK (Yoningda qolaman , qoʻllarimdan tut )

Bizning oʻz boshimcha Jk esa hamon koʻchada edi u yomgʻirda chemadanini sudarab piyoda ketardi

Taksi toʻxtatsa yoki mashina sotib olishga ham qurbi bemalol yetadi lekin oʻy hayollarini taxlash va oʻziga kelishi uchun koʻcha boʻylab sayir qildi .

(Muallif :tajribamdan kelib chiqib aytaman har qanday ogʻir koʻrgulikni hazim qilish uchun piyoda yurish foyda beradi ...yani chalkash hayollarni tuzatadi )

Poytaxt koʻchalari har mavsumda sayir qilishga arziydi .

Baxorda gullaydigan sakura gullari , Qishda chin sevgi ramzi boʻlgan birinchi qor ,Yozda rang barangligi va Kuzda yomgʻirlari bilan.

Jk salqin yomgʻir ostida taxminan 2 soatcha yurdi etiborsizlik zulmatini koʻcha chiroqlari yoritganday boʻldi , kayfiyati ham oʻzgardi lekin hali ham oʻsha oʻsha hafa edi qalbi ogʻrirdi .

Soat 23dan oʻtganda Jk seuldagi hashamatliy mexmonxonalardan birini tanladi va jiqqal hoʻl holda menejerdan kalitni olib oʻz xonasiga chiqdi ..

Ayni paytda V ham oʻz pent hausiga yetib keldi . Uyiga kirar ekan hotirjamlik va hafsizlik uni quchdi goʻyo .... ogʻir , charchoqliy ish kunlaridan keyin boradigan tasalli oladigan uying boʻlishi qaysidir manoda omad edi ...

Ayniqsa uy katta xashamatliy va koʻngildagidek boʻlsa . Bu uy huddi barcha oʻzicha tasavvur qiladigan "Kumush shaxarga "oʻxshardi

Axir har kimning ham borar joyi oʻziniki boʻlavermaydi huddi Jknikiga oʻxshab ...

Uy bu faqat hashamatliy toʻrt devor emas orom oladigan qalb yashirinadigan bino..

V uyga kirarkan oshxona yonidagi zalda J Hoop kampiyutir titib oʻtirardi .

J Hoop u hakker ota onasi boy oila ,dadasi mashxur rassom 5 ta galeriyasi bor onasi Bitxobin muxlisasi oddiy boʻlsada sanat univirisetetda musiqadan dars beradi ...

J Hoop ham talaba 4 kursda yaqinda bitiradi .Yoshi 23da jismonan V kabi kuchliy boʻlmasada sabirliy va ochiq inson Lekin u boshqacha farzand boʻldi yani ota onasi izidan bormadi hayotida sarguzasht va haf izladi keyin V ni uchratib qoldi .

V va J Hoop juda yaqin doʻst albatta nur sochayotgan quyosh bilan doʻst boʻlmasdan iloj yoʻq ayniqsa u har doyim yorqin tabassum qilsa ..

Qaysidir tomondan V ni uyini hayotini nurga toʻldirib turgan hazilkash J hoop edi . Lekin ota onasi oʻgʻlining mafiya bilan ishlashini bilmaydi har xolda Kim Taehyon bu mafiya V ekanini bilmaydi .....

J joop fursat boʻlishi bilan V ning uyida qoladi ota onasiga esa Taenikida qolayapman deydi ...

J Hoop V ni koʻrib : Salom Tae bir xafta seni sogʻindim va uyingga gʻamxoʻlik qilib turdim.

V uni yoniga oʻtirib : salom menga ham yoʻqliging bilindi ..

J Hoop : bugun ham shu yerda qolsam , xoʻsh nima deysan ..

V mayin kulib :eshiklarim sen uchun doyim ochiq

J hoop biladi V yoʻq demasligini lekin baribir soʻraydi .... bilmadim nega ? Balki yuragi uning oldida oʻzgacha urgani uchunmi ..

V uning hayotiga shidat boʻlib kirdi va oʻziga bogʻlab qoʻydi J hoop doyim Tae uchun ishlaydi .

Hatto birmartta V ning dushmanlari J hoop ni asirga olishdi chunki Vning hamma sirlari va ishlarini u bilardi ....bizneslaridan boxabar edi

J hoopni oʻlasi qilib urushganida ham och naxol qoldirishganida ham 5 kun bir joyda qimir etmay stolga bogʻlangan holda qolsa ham churq etmadi .... bundan Vning dushmanlari ham hayron qoldi naxot qiynalmadi ..... dod solib yigʻlasa ham Tae haqida bir ogʻiz soʻz demadi ...

V uni eski harobadan topganida hammani otib tashladi . J hoop oʻsh holida ham uni koʻrib jilmayardi faqat oʻshanda undan hozirgidek nur emas qon sochilardi ...

Aynan Shundan soʻng V J hoopni uyiga olib keldi. Bu munosabatlar qanday deysizmi ? Buni oʻzim ham bilmayman .

V kam gap va sovuq lekin J hoop uchun kuladi . Bazida ular ishdan soʻng kuliblarga boradi shunda Tae koʻp ichib qoʻyib soatlab gapiradi va oʻzini hali ham yosh bola boʻlgan shaxsiyatini yani asil yuzini koʻrsatadi .

J hoop esa uni butun umir tinglashga tayyor turadi har onda har nafasda . V oʻsha oʻgʻrilikdan soʻng J hoopning havsizligiga etiborni kuchaytirgandi ......

V uni hamma hamma narsadan himoya qiladi . J hoop aqil idrok boʻlsa V katta bir kuch edi . Xullas bir soʻz bilan aytsak J hoop Taeni sevadi yashirincha , bu bir tomonlama sevgi ,V uni doʻst deb biladi lekin J hoop Taega sevishini aytolmayapti , tez orada aytadi .....

V tomogʻini qirib J hoopga yaqin kelib : bilasanmi aziz doʻstim menga yordaming kerak ..

JHoop :hoʻp nima ish ekan ....

Albatta J hoop unga boshqaga nigoxlar bilan qaraydi

V :menga Janab Jone haqida hatto oʻzi ham bilmaydigan malumotlar kerak ... bu borada aqilingga ishanaman ...

J hoop : oʻsha kareyadagi eng boy va mashxur ish blarmon Jonemi ?

Eshitishimcha u oʻquvchi va talabalarga gerayin va narkotiklar sotar ekan ..

V :ha ...ha aynan shu qari taka haqida malumot kerak sirlari va har kimda boʻladigan zayif joylari kerak ...faqat ertaga ertalabgacha qoʻlimda boʻlishi kerak malumotlar ....

J hoop uff tortib :bugun uxlash uchun yaxshi tun edi bu nimasi .....

V :iltimos menga zarur bu kerak ...

J hoop :hoʻp mayli . Faqat bitta shartim bor koʻnsang roziman

V: xoʻsh qanday ..men roziman ....

J hoop : ertalabki nonushtani sen tayorlab berasan boʻladimi ..? .

V kulib yubardi va j hoopni sochlarini toʻzgʻitib gapirdi .

V: albatta nonishta ertalab tayyor boʻladi janob ...

V shunday deb honasi tomon ketdi j hoop esa jim hozir unga V ning birgina tsbassumi va kulishi yetib ortadi .. koʻp oʻtmay mamnun yuz bilan V aytgan ishni bajardi .

Jk esa xonasidagi kiravatga oʻzini tashladi va huddi shu hoʻl va nam kiyimlar bilan uxlab qoldi hatto oyoq kiyimini ham yechmadi ...

V pent hausi drazasidan chaqmoq chaqishi va momaqaldiroq ovozni eshitib turadi goʻyo qalbi quyonchasini yolgʻiz qolganini his qilgandek ....

Tun hamma joy jim lekin kimdir ogʻriqdan uygʻondi bu RM u zoʻrgʻa hushiga kelib qonga botgan tanasi bilan uyiga bordi ..

Sevgilisi hamon telivizor qarshisida uxlab yotardi . Jinni qoʻrqitmaslik uchun avval yuvinib oʻzini tiklashga urundi soʻng Jinni koʻtarib yotoqxonaga olib bordi va bagʻriga kirib shirin iforidan hidladi sevgilisining peshonasidan mayin oʻpib havotirlari va charchoqlari bosilganday boʻldi ...

Ertalab Tae J hoop uchun nonushta tayorlash uchun uygʻondi .. peshtaxta ustida stolda oʻtirgan j Hoop kampyutirini quchoqlab uxlab yotardi ...

V yoqimliy yuzga qarab jilmaydi va extiyotkorlik bilan nonushta tayorladi . Istasa hizmatkorlar qilishi mumkin edi lekin V bergan soʻzi ustidan chiqadiganlardan ...

Hammasi tayyor boʻlgach Tae sekin J hoopning yelkasini silab uygʻotdi ...

V :j hoop turaqol nonishta tayyor ...

J hoop koʻzlarini ishqalagancha uygʻondi . Bu tong u uchun eng xayirliysi va goʻzali boʻldi .

Sevish bu doyim fidoyilik boʻlgan sevganing bir kulsa men uchun kuldi deysan bir hafa boʻlsa nimadir qildimmi deysan zero bularning hech biri senga atalmagan boʻlsa ham ....

J hoop shirin tabassum qildi ruxi bugungi tong kabi sof toza kulgusi tongi quyosh kabi charogʻon ...

U yuz qoʻlini yuvgach pastga qaytib tushdi va Tae bilan nonishta qila boshladi ..

Tae: mana vadamni bajardim sen topdingmi biror nima ? .

J hoop :ha bu Jone deganlari gunoxlar shodasiga oʻxshaydi ... avvaliga u oʻz akasi bilan biznes boshlagan . Lekin akasi uning narkotikaga oʻralashganini bilib ukasini qaytarishga urunganida toʻstdan oylasi bilan avtohalokatga uchragan ...

V qiziqib : bu ishda uning qoʻli bormi ?

J hoop :oʻylashimcha ha , lekin sudda dalilar kamligi sabab suvdan quruq chiqdan ...

Bilasanmi eng daxshati nima Jonening hisobida hechnarsa yoʻq hozirga qadar ..

V :nima qanaqasiga Joneda ikkta katta shirkat va koʻplab kuliblar bor yana narkotik .

J hoop hokimona kulib : yoʻq qonun boʻyicha hamma mol mulk va qimmatbaxo qogʻozlar akasiga tegishliy boʻlgan u oʻlimidan oldin bor merosini oʻz oʻgʻli Jk meros qilib qoldirgan .

V hayratdan yoqa ushladi : rostan ...bu nimasi ..

J hoop : ha bu aqilliy Jone jiyanini asrab oladi va boshqa mamlakatga joʻnatib yuboradi ..va bularning bari 10 yil oldin sodir boʻlgan ..

Hozirga qaytsak ...

V :toʻxta uning Rm isinliy oʻgʻli bor oilasi haqida nima topding ...

J hoop : Jonening rafiqasi oʻlgan Rm esa uning haqiqiy oʻgʻli . Jone juda yaramas va beraxim ota oʻz oʻgʻliga ham saboq berish uchun hechnarsadan toymaydi . Hozir esa nomiga kampzniyani boshqaradi tunlari kayfu safoda oʻtadi bu qarib quyulmagan cholning ayolarga suyagi yoʻq hatto bazilarning aytishicha yosh yigitlar bilan ham aloqada boʻlgan ...

V: aynan shunisi ortiqcha edi gʻit ablax uni yoʻq qilish kerak .. oʻsha oʻgay oʻgʻil Jk u hozir qayerda .

J hoop : Jk ning yoshi 17 da va qonunga koʻra 18 ga toʻlganida undan merosni olish mumkin . U kechagi kungacha horijda boʻlgan lekin hozir burningni tagida ...

V : bu nima deganing ..

J hoop : yaniy u hechnarsadan habari yoʻq bolakay senga tegishliy mexmonxonalarning biridan kecha xona olgan Jone Jonekook toʻliq isim sharifi .

V xafliy ohangda : oʻyin qiziq boʻladigan koʻrinadi oʻlmaskasheyning joni qoʻlimda ..

J hoop : ha lekin u hali bola va hechnarsadan habari yoʻq oilasi unga oʻgay ekanini va otasining ishlaridan bexabar ..

V yengilgina : nima qibdi ,bu oʻyinni yanada qiziqarliy qiladi ishon oʻsha boladan hamma merosni Jonendan oldin sugʻutib olaman ..

J hoop : bu yaxshi kuya lekin shoshil 3 kundan keyin u 18 ga toʻladi ... nimalarni reja qilding ayt menga ham ..

V oʻrnidan turdi va ketar oldi : raxmat J hoop ..... endi dam ol qoʻriqchilar shu yerda hafsiz boʻlasan agar istasang meni xonamga kir eng qulayi va yaxshisi ...

J hoop ham oʻrnidan turib : shoshma nima qilishingni aytmading ku ...

V esa allaqachon uydan chiqib ketgandi . J hoop nonushta qilib boʻlgach uxlash uchun Taeni xonasiga chiqdi koʻplab xonalar tursa ham .....

Negadir uyatsizlarcha Taeni iforini hoxladi va bunga Vning oʻzi ham ruxsat bergandi ..

V ishga bordi kabenetiga kirgach kecha kechki reyis bilan kelishi kerak boʻlgan Li ga telifon qildi . Uning aytishicha obi havo yomonligi tufayliy parvozlar 1 kunga kechiktirilibdi

shundan soʻng J hoop bergan manzilga odamlarini yubordi Jkni olib kelgani ...

Jk esa kecha drammaga berilib ketib hoʻl kiyimlar bilan yotgandi va soat 9 da uygʻondi oʻzini yomon hisqila boshladi ..

Jk pov : Jin ursin shamolladimmi ? Yoʻq ...yoʻq odam zoti 1 yilda nechi marotaba shamollaydi axir ..

Jk shularni oʻylab quyonchasiga ovqat berdi va dush qabul qilib hammom halatni kiyib oldi yani faqat halat bor edi ..

Shu payt eshik jiringladi

Jk :kim u .

X: hona hizmati nonushta olib kedim ..

Soddagina bolakay eshikni ochdi va boʻyniga sanchilgan doridan yerga ayovsiz yiqildi oʻylashimcha boshi bilan eshikka qatiq uruldi ....