CLOAKED HEARD💕
Tae o‘sha yerda qattiq o‘yga botgancha deraza yonida o‘tirardi. Yuragi o‘rtanayotgan edi. “Nega bu darajada pastga tushdim? Nega hayotimdagi eng muqaddas tuyg‘uni – otalik tuyg‘usini – o‘zim yo‘q qilishim kerak?” deb o‘zini ayblardi. U ichidan:
"Solya... meni kechir... lekin bu senga nisbatan qilayotgan eng og‘riqli, ammo eng yaxshi yaxshilik..." dedi.
Bu orada Jungkook esa qo‘ng‘iroqni tugatib, tez yurishda davom etdi. U Shin’ga qo‘ng‘iroq qilib yana ogohlantirdi:
Jk: “Hey, bu faqat tahdid bo‘lishi kerak! Solyaga tegadigan bo‘lsang, o‘zingni ko‘rasan. Unga hech qanday zarar yetmasligi shart!”
Shin (masxurona): “E janob, o‘zim bilaman. Faqat qizcha qo‘rqib tushirsin, bas. Rejam puxta.”
Solya ko‘chaga chiqdi. Eshik oldida qora rangli mashina uni kutib turardi. Bir notanish erkak (Shin) eshikni ochib, mehribonlik bilan iljaydi:
Shin: “Assalomu alaykum, siz Solya bo‘lasizmi? Keling, shifokor sizni kutyapti.”
Solya g‘alati bir holatni sezdi, lekin baribir mashinaga chiqdi. Chunki ichida nimadir unga shoshilinch narsa borligini aytayotgandi.
Mashina sekin harakatlana boshladi... lekin yurakning urushi tobora kuchayardi.
Shin mashinani qorong‘i binoga kirgizdi. Solya atrofga qarab, yuragi bezovtalanib ketdi.
Solya (hayrat bilan): “Bu yer… shifoxona emas-ku…”
Shin (sal qattiq ovozda): “Ha, bu maxsus klinika. Xavotir olmang.”
Solya mashinadan tushmay, orqaga qaradi. Yuragi gupillab urayotgan edi. U o‘ziga:
“Yo‘q, bu yerda narsa noto‘g‘ri. Men bu yerda qolmayman!”
Birdan eshikni ochib, yugurib chiqib ketdi. Shin ortidan quvdi. Solya qorong‘u yo‘lakdan yugurar ekan, yuragi, bolasi uchun kurashayotgan edi.
U faryod tortdi:
“MENGA TEGMANG! YORDAM BERINGLAR!”
Solya yugurar, biroq orqasidan yugurayotgan Shin nihoyat uni quvib yetdi. U qo‘li bilan Solyaning og‘zini yopib, uni ichkaridagi sovuq xonaga sudrab kiritdi.
Shin (qattiq ovozda):
“Jim bo‘l! Bu sening sog‘lig‘ing uchun! Homilani yo‘q qilish shart. Topshiriq bor, men uni bajaryapman!”
Solya ko‘zlariga yosh to‘lib, chinqirmoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmadi. Ichida o‘sayotgan farzandini his qilib, yuragi yirtilayotgandi.
U Shinning ko‘zlariga tik qarab:
“Nima gunohim bor?! Bu bola hech kimga zarar qilmaydi! Nega undan voz kechishim kerak?!”
Shin indamay qoldi. Uning ham qalbi biroz titradi. Lekin bu topshiriq edi. Tae bergan topshiriq.
Solya hushidan ketguncha kurashdi. Keyin esa hammasi qorong‘ulikka aylana boshladi...
Solya uyg‘ondi. Atrof oppoq xona. Uning yonida hech kim yo‘q. Qo‘li qorinchasi ustiga bordi… va birdan yuragi orqaga tortilganday bo‘ldi.
Solya (pichirlab):
“Yo‘q… Iltimos, yo‘q… Bolam… bolam qani…?!”
Ko‘zlari yoshga to‘ldi. Yuragi o‘rnidan uzilgandek og‘ridi. Hushini to‘liq yig‘a olmay, asta asta yig‘lab yubordi. Qo‘llari bilan qorinchasini quchib:
“Kechir meni… men seni asray olmadim…” deb zorlandi.
Shu payt xona eshigi ochildi. Ichkariga bir notanish ayol kirib:
“Hammasi yaxshi. Siz xavfsizsiz.”
Ayol unga befarq qarab:
“Tushdi. U endi yo‘q.”
Bu so‘zlar Solya uchun bolaligidagi eng yomon tushdek yangradi. Uning ichidagi nido... yig‘i... hatto devorlarni larzaga solgudek edi. U faryod tortdi:
Yooooqqqq yoqqqqq nima uchun 😭😭😭