LOVE ONLY ME🦋
4-qism
Cha Eun-woo Jkning gaplaridan qo'rqqancha tezroq ishga kirishdi va Jk hohlagan narsani 15 daqiqa ichida topgan ham edi, chunki u Lenaning sumkasiga chip solib qo'ygan edi, hozir Lena va Sun-ho, Sun-honing dachasida edilar.
Bu paytda esa Jk mashinasini yo'l chetiga to'xtatib Cha ning xabarini kutib o'tirgandi va xabar ham keldi.
Xabar:
Cha.E- Janob ular Sun-honing tog'dagi dachasida ekanlar.
Jk- Hoziroq u yerga odamlaringni yubor, men ham yo'ldaman- dedi
Ch.E- Tushundim.
Time skip:
Lena bu paytda qorong'u xonada bir o'zi piqillap yig'lab o'tirardi, chunki boya Sun-ho uni shu yerda yolg'iz qoldirib ketgandi.
Lena- Qayerga kelib qolganimni va nimalar bo'layotganini tushunmasdim.
Bu yerdagi odamlarni ham tanimasdim, Jungkook kim va nega meni unga ko'rsatib ustidan kuldi? Nimalar bo'liyabdi o'zi? Umuman bilmayman- deya o'ylanib o'tirganida tashqaridan o'q ovozlari eshitildi Lena bundan cho'chib tushdi.
Turib derazadan nima bo'layotganini ko'rishni istardi lekin qo'l oyoqlari bog'liq edi.
Flashback:
Jk mashinani o't oldirib bor tezlikda ketardi tog'gacha 1 soatlik yo'l edi lekin tezlik bilan 40 daqiqada yetib borgan Jk yo'lda yordamchisi yuborgan odamlarni ko'rdi ular Jkni kutib turishgandi; Jk kelishi bilan o'q otishni boshlashdi.
Sun-ho xonasida o'tirarkan o'q ovozlari bilan xonadan otilib chiqdi va uy eshigiga borib eshikni ochib qaradi ne ko'z bilan ko'rsinki Jk shu yerda edi.
Bundan Sun-honing tanasi muzlab qoldi lekin u ham bo'sh kelmaslikka harakat qilib odamlariga bir ishora berdi va Sun-honing odamlari ham Jkning odamlariga o'q ota boshlashdi.
Lena esa ichkarida edi, tashqarida nima bo'layotganini bilmasdi va qo'llarini yechishga urinib stulni uyoqdan buyoqqa silkita boshladi va chap tomondan muzdek polga yiqildi bundan sezilarli jarohat qoldi, yuzi va qo'li shilinib qonay boshladi lekin Lena bunga e'tibor bermasdan qo'llarini yechib ketishni hohlardi va qo'llarini yechdi ham.
U chap qo'lini ushlagancha eshik tomon yugurib eshikni urib kim bor deya baqira boshladi lekin hech kim eshitmasdi yoki
Yoki shunchaki eshitmaganlikga olishardi.
Tashqari:
Sun-ho va Jkning odamlari o'zaro otishardi bu orada Sun-honing ko'pgina odamlari jarohatlar bilan o'lib, odamlari kamaygandi.
Jk esa bundan foydalanib orqa eshikdan kirdi va orqa eshikni qo'riqlayotgan qo'riqchilarni ham o'ldirib amallab ichkariga kirib ketdi. Hizmatchilar Jkni ko'rib oyog'ini qo'liga olib har tomonga qochishdi Jk esa ularga e'tibor bermadi va ikkinchi qavatdan ovoz kelayotganini eshitdi. Tezda ikkinchi qavatga ko'tarildi, bu qavatdagi xizmatchilar ham hayron ham qo'rquv bilan turishardi. Ovoz yo'lak to'g'risidagi xonadan kelardi....
.
.
.
.
4-QISM HAM TUGADI🙂‍↕️🫶🏻
Reaksiya gooou‼️