March 24, 2025

CLOAKED HEARD💕

17 qism😊🙂‍↔️

Tae birdan joyidan turib, qo‘llarini cho‘zdi.

Tae: "Keling, bugun sen uchun maxsus nonushta tayyorlayman."

Solya (ajablanib): "Sen ovqat tayyorlay olasanmi?"

Tae kulib: "Ko‘ramiz, ehtimol bugun sen uchun oshpaz bo‘lishim kerakdir?"

Ular birga kulib, pastga oshxonaga yo‘l olishdi. Solyaning qalbida esa yangi his-tuyg‘ular jo‘sh urardi. Shu kuni u Taeni yanada yaqinroq tanigandek bo‘ldi. Tae ham o‘zini xotirjam his qilib, uni kuzatib yurdi.

Bu tong ularning hayotidagi yangi sahifaning boshlanishi edi…

Tae oshxonada turgancha Solyaga jilmayib qaradi.

Tae: "Xo‘sh, qanday taom yoqtirishini bilmayman, lekin qo‘limdan kelganini tayyorlab beraman."

Solya kulib: "Sen chindan ham oshpazlik qila olasanmi? Ishonish qiyin."

Tae ko‘z qisib: "Albatta! Meni kuzatib tur."

U pechni yoqib, tuxum, non va boshqa mahsulotlarni olib kela boshladi. Solya unga qarab kulib qo‘ydi va yoniga kelib turdi.

Solya: "Men ham yordam bera olaman."

Tae bosh chayqab: "Yo‘q, beby, sen shunchaki o‘tirib menga tikilib tur. Oshpaz ishini qanday bajarayotganimni zavq bilan tomosha qil."

Solya kulib: "Unda o‘zingga omad tilayman."

Tae tuxumni sindirib, omlet tayyorlay boshladi. Lekin bir joyda qizib ketgan yog‘ qattiq sachradi va Tae birdaniga orqaga tisarildi.

Tae: "O‘h! Bu oshpazlik senga o‘xshab qizg‘in ekan!"

Solya kulib yubordi: "Sen oshpazlikdan ko‘ra, jang san’atida yaxshiroq bo‘lsang kerak."

Tae jiddiy ko‘rinishga kirib: "Men ikkalasini ham uddalay olaman. Faqat hozircha ovqat tayyorlash qismida biroz qiynalayotgandirman."

Oxiri Solya yordamga kelib, ovqatni birga tayyorlashdi. Tae uning ortidan quchoqlab, yelkasiga iyagini qo‘ydi.

Tae pichirladi: "Senga shunday yaqin bo‘lish yoqadi."

Solya qizarib, lekin ich-ichidan xursand bo‘lib jilmaydi.

Nonushtadan keyin ular deraza yonida birga o‘tirdilar. Tae qo‘llarini Solyaning qo‘llari ustiga qo‘ydi va unga chuqur qaradi.

Tae ohista gapirdi: "Men seni oldingidan ham ko‘proq sevib qoldim, Solya. Sen meni o‘zgartiryapsan."

Solyaning yuragi yana tez ura boshladi. Uning ko‘zlari biroz namlandi, chunki bu gaplar yuragining eng nozik iplariga tegdi.

Solya ohista javob berdi: "Men ham seni sevaman, Tae."

Ular bir-biriga tikilib, asta-sekin yaqinlashishdi. Tae Solyaning yuzidan ohista ushlab, lablariga mayin o‘pich berdi. Bu safar o‘pich shunchaki ehtiros emas, balki haqiqiy mehr va muhabbat edi.