CLOAKED HEARD💕
Jiaxu: “Solya?!” — deb yelkasidan ushlab, uni o‘z bag‘riga tortdi.
Solya ojiz edi, ko‘zlarini yumib, faqat bitta so‘z pichirladi: “Tae…”
Jiaxu uni ko‘tarib mashinaga olib chiqdi. Yuzidagi ko‘kargan izlar, qon, va titroq unga haligacha azob berayotgan edi. Jiaxu yuragida g‘azab va achinish aralashib ketdi.
“Tae, sen qanday qilib bunday qilishing mumkin…” — deb yuragida o‘ylar to‘fon bo‘lib aylanardi.
Solya ko‘zlarini ochdi. Xira xonada, oq choyshablar ostida yotganini ko‘rdi. Yonida esa Jiaxu qo‘lini ushlab o‘tirgan edi.
Jiaxu: “yaxshimisan ? Solya, qo‘rqitib yubording…”
Solya hech narsa demadi. Ko‘z yoshlari yana oqdi. Jiaxu uning ko‘z yoshlarini artdi.
Jiaxu: “Endi yolg‘iz emassan. Men bor ekanman, seni hech kim ranjitmaydi. Tae buni qanday qilib qildi?”
Solya jim. U faqat ko‘zlarini derazaga tikdi. Ichida bir savol aylanardi:
“Nega? Nega u menga shunchalar og‘riq berdi?”
Pov Solya:
“Men unga ishondim… jonimni berdim… Men hozir nafrat to‘la yuragim bilan uni hanuz sevayotganimdan jirkanaman…”
Solya ko‘chaga chiqa olmadi. Har tong o‘sha tarsaki, o‘sha ko‘zlar, o‘sha so‘zlar xayoliga kelaverardi. Jiaxu esa uni har lahza qo‘llab-quvvatlardi.
Ammo bir kecha…
Solya deraza yonida o‘tirib, Tae bilan tushgan suratga qarab yig‘lardi. Shu payt telefoniga noma’lum raqamdan xabar keldi.
“Solya, meni eslashni bas qil. Men uchun seni unutganing eng yaxshi qaror. Men seni faqat og‘ritaman. Baxtli bo‘l. – T.”
Solya telefonni o‘chirdi. Yuragi yana qattiq sanchdi.
Ammo bu safar… u ko‘z yoshlarini artdi.
Solya: “Sen meni sindirding, lekin o‘zimni tiklayman. Nafratimni kuchimga aylantiraman. Meni fohisha deb atagan inson endi menga arzimaydi.”
Tae yotoqda yolg‘iz yotar, har kecha o‘sha urishlar, Solyaning yig‘isi, so‘zlari — hammasi qulog‘ida jaranglardi.
“Mani sevgan ko‘zlarga qanday qilib shunday qildim? Qanday qilib uni yiqitdim, urdim?!”
U qizga (Jangning qizi) uylanish uchun tayyor edi, lekin qalbi o‘lik edi.
“Solya, maning muhabbatim seni ezdi… endi seni faqat yiroqdan kuzataman. Men jazoimni olayapman.”
Solya asta-sekin tuzalmoqda edi. Jiaxu har kuni uni kutib olib, yelkasi bo‘lishni davom ettirar edi.
Bir kuni Jiaxu unga gul olib keldi.
Jiaxu: “Solya, men seni avvalgiday yo‘qotishni xohlamayman. Bilaman, yuraging hanuz og‘riydi, lekin men seni baxtli qilish uchun bu yerda turibman.”
Solya jim bo‘ldi. Bir necha daqiqadan so‘ng:
“Jiaxu… vaqt kerak. Yuragim hali unga to‘la. Ammo bilaman, sen mehrli, ishonchli insonsan. Balki… vaqt o‘tib hammasi o‘zgarar…”
Jiaxu jilmaydi.
“Men kutaman. Har qancha vaqt bo‘lsa ham.”
Qarshilik, og‘riq, muhabbat va yangilanish…
Tae hamon uzoqda, ammo yuragi Solya bilan. Solya esa asta-sekin yangi hayotga qadam tashlamoqda…
Lekin taqdir ularni yana to‘qnash keltiradimi?