April 10, 2025

CLOAKED HEARD💕

20💥qism
Yozning bir sokin kuni edi. Solya yuragini butunlay unutishga urinayotgan, lekin har kecha uning tushida baribir Tae chiqaverardi. Yuragining eng chuqur burchagida hanuz o‘sha og‘riq yashar edi.

Jiaxu bilan vaqt o‘tgan sari bir-biriga mehrli qarab qolishsa ham, yurakda hanuz devor bor edi.

Bir kuni Solya do‘kon aylanib yurganida, telefoniga yana noma’lum raqamdan xabar keldi:

> “Salom, Solya. Bu safar men seni og‘ritish uchun emas, ogohlantirish uchun yozdim. Tae ertaga uylanadi. Mafiya boshlig‘ining qizi bilan. Bu siyosiy nikoh. U bu yo‘lni tanladi. Yuragingni yana yo‘qotmaslik uchun buni bilishing kerak deb o‘yladim.”

Solya muzlab qoldi. Nafas ololmay, yuragi muzday bo‘ldi. Qo‘llari qaltirardi. Xuddi yuragi yana tikilgan chizig‘idan uzilgandek.

U darrov parkga bordi, yolg‘iz o‘tirib, yuragini to‘kdi.

Pov Solya:
“Demak u rostdan ham uylanmoqda… meni sindirib, yana o‘z yo‘liga qaytdi. Balki men haqiqatan ham uning uchun hech kim emas edim…”

Oradan kunlar o‘tdi. Solya xabarni Jiaxuga aytmadi. Faqat ichidan yig‘ladi. Jiaxu buni sezar, ammo hech narsa demasdi.

Bir oy o‘tdi.
Jiaxu bir oqshom Solyaga qaradi, yurak bilan:
— “Solya… men seni sevaman. Har kuni, har daqiqa. Seni yo‘qotgim kelmaydi. Men bilaman, sen hanuz uni unutmagansan. Lekin men sen bilan yashashni istayman. Men sening tinching bo‘lishni xohlayman. Turmush quraylik. Hech qanday majburiyatlarsiz. Faqat birga bo‘laylik.”

Solya uzoq jim qoldi. Ko‘zlari to‘la yosh, yuragi chalkash edi. Ammo nihoyat bosh irg‘ab:
— “Mayli… lekin bir shartim bor. Hech qachon meni egallashga urunma. Yuragim hali tiklanmagan. Men faqat vaqt istayman.”

Jiaxu jilmayib bosh egdi.
— “Men seni shartlaring bilan qabul qilaman. Men seni vaqt bilan ham, yuraksiz ham, yuvosh ham sevaman.”

1 hafta otdi

Ammo yangi hayot oson emasdi.
Ular bir yotoqda yotmasdi. Solya har kecha o‘z xonasida uxlar, Jiaxu esa boshqa xonada.

Ular birga ovqatlanar, sayr qilar, hatto kulishardi ham. Ammo yuraklar orasida devor hali o‘zgarmagandi.

Oradan 6 oy o‘tdi.

Solya asta-sekin tabassum qila boshladi. Yuragi asta-sekin tuzaldi. Endi u hayotining maqsadi, ishonchli yelkasi borligini his qilar edi.

Bir kuni u ko‘zgu qarshisida turdi va o‘zini ko‘zdan kechirdi.
“Men boshqa o‘sha ojiza Solya emasman. Endi men bardoshli, dono, yangi ayolman. Jiaxu bilan birga men boshqacha hayotni tanladim. Va bu safar… men o‘zimni sevaman.”

To‘y kuni yaqinlashdi. Haqiqiy, yurak bilan tan olingan to‘y.

Jiaxu unga oq gul tutqazdi.
— “Solya, bu 6 oy ichida sen mening eng katta orzumga aylanding. Endi esa, men seni haqiqatan ham rafiqam bo‘lishingni istayman. Hech qanday shartlarsiz. Yuragingni menga ishonib berishingni so‘rayman.”

Solya ko‘zlariga yosh olib jilmaydi.
— “Men seni ko‘nglim bilan tanladim. Endi men tayyorman. Keling, haqiqiy hayotimizni boshlaylik.”

To‘y kuni — Oq libosda Solya porlar, yuragi endi ezilgan emas, balki to‘liq edi. Jiaxu unga mehr bilan boqdi. Ular birga ketar ekan, faqat bitta so‘z har ikkovi yuragida yangrardi:

“Endi biz yangi hayotdamiz.”

❤️❤️

❤️❤️