CLOAKED HEARD💕
21 qism🦋
Shifokor xona jim.
Havo og‘ir. Solya kursida sokin o‘tirardi, shifokor esa unga muloyim ohangda qaradi.
— “Tabriklayman. Siz homiladursiz. Taxminan bir oycha bo‘lgan.”
Solyaning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi. U bunday xabarga tayyor emasdi. Yuragidagi g‘am endi jismida aks etayotgan edi.
U klinikadan chiqib, mashinaga o‘tirdi. Uyni tomon yo‘l oldi. Nafasi qisilar, ko‘zlari jimjimador manzaralarni ko‘rmas edi.
Uyga kirishi bilan Jiaxu uni qarshi oldi.
— “Qaerdan kelding?” — dedi Jiaxu, uning yurakdagi zirqirashni sezganday.
Solya nigohini olib qochdi.
— “Shifokorga bordim...”
Jiaxu cho‘ntagidan telefonini chiqardi, so‘ng yana Solyaga qaradi.
— “Nima dedi?” — dedi u jiddiy ovozda.
Solya bir necha soniya jim qoldi. Nafasini ichiga oldi.
— “Men... men homiladorman.”
Jiaxuning yuragi qattiq urdi. Ammo uning chehrasi o‘zgarmadi — bir zumlik sokinlik. So‘ng esa... ko‘zlarida portlash.
— “Kimdan?!” — deya qichqirdi u, ovozida titroq, g‘azab va iztirob.
Solya yuragini changalladi.
— “Tae’dan...”
Jiaxu ikki qadam ortga chekindi. So‘ng kulimsiradi — achchiq kulgi.
— “Albatta. Axir biz hech qachon... aloqa qilmagan bo‘lsak, qanday qilib bola mendan bo‘ladi?!”
Solya ko‘z yoshlarini tiyolmadi.
— “Men senga yolg‘on gapirmoqchi emasman. Bu bolaning otasi Tae...”
Barcha jimjitlikni birdan g‘azab buzdi.
Jiaxu stol ustidagi vazani oldi-da, devorga otdi. U sindi. Shisha parchalari har tomonga sochildi.
— “Sen meni kim deb o‘ylaysan, Solya?! Men seni butun qalbim bilan sevdim, seni asrash uchun hamma narsaga tayyor edim! Lekin sen... sen yuragingni ham, tanangni ham unga topshirding!”
U qattiq nafas oldi. Ko‘zlarida yong‘in. Yuragi parchalanayotganini yashira olmadi.
— “Men... boshqa bu bolani qabul qilolmayman. U... Tae’niki. Menga emas.” — dedi u shivirlagancha, lekin ovozi iztirobga to‘la edi.
Solya jim turdi. Qo‘llari qaltirardi. Uning yuragi bu so‘zlardan keyin butunlay cho‘kdi.
Jiaxu esa oxirgi bor unga qaradi.
— “Men seni sevganman, Solya. Ammo men... bu bolani emas. Kechir.”
U chiqib ketdi. Eshik qattiq yopildi.
Solya esa, parchalangan vazo bo‘laklari ichida yolg‘iz qoldi. Ichida... hayot nishonasi bo‘lgan bo‘lsa-da, yuragida o‘lik sukunat bor edi.
divanda o‘tirardi. Qo‘lida telefoni. Yana ko‘z yoshlari yonoqlarini yuvmoqda edi.
Shu payt telefon yana titradi.
JUNGKOOK — nomi ekranda chaqnadi. U hayratlandi. Ikkinchi marta.
> “Salom, Solya. Bilaman, bu kutilmagan. Men Jungkookman… Tae’ning eng yaqin do‘sti. U bugun to‘y qilmoqda. Men buni senga aytmaslik kerak edi… lekin men uning ko‘zidagi azobni ko‘ryapman. U bu qarorni yurakdan qilmayapti. Mafiya uni bunga majbur qilmoqda.”
Solya hayratda, yuragi yana bir bor ezildi.
Qo‘llari qaltirab, javob yozdi:
> “U... meni unutdi. Men hamon azobdaman. Homiladorman, Jungkook. Bu... Tae’ning bolasi.”
> “Nima?! Solya… u bu haqda bilmaydi. Bilsa, to‘yga ham chiqmasdi. Men buni bilganim yaxshi bo‘ldi… Men darhol Tae bilan gaplashaman.”
> “Yo‘q! Unga aytma. Juda kech. U endi boshqa dunyoga kirib bo‘ldi.”
Ko‘zlaridan yosh oqqancha, telefonni qo‘ydi. Yuragi portlayotgandek bo‘ldi. Shu payt eshik ochildi. Jiaxu hali ham g‘azabda qaytib keldi.
— “Kim bilan yozishyapsan?” — dedi u sovuq ohangda.
Solya cho‘chidi. Javob berdi:
— “Tae’ning do‘sti. Menga xabar yubordi. Bugun to‘ylari. U majbur bo‘lgan... u baxtli emas, Jungkook aytdi.”
Jiaxuning yuragi yana qizidi. U stulni tepdi.
— “Yetar! Hali ham o‘sha odamni himoya qilyapsanmi? Homiladorligingni yashirganing kam edi, endi yana uning do‘stlari bilan yozishasanmi?!”
Solya qattiq yutindi.
— “Men yolg‘on gapirmadim. Men senga aytdim, bu bola Tae’niki. Men... seni aldaganim yo‘q.”
Jiaxu devorga musht soldi. So‘ng qattiq nafas oldi.
— “Men seni sevganman, Solya... Lekin bu muhabbat menga azobdan boshqa narsa bermayapti. Endi men seni unutishga harakat qilaman.”
U yana chiqib ketdi.
Endi Solya yanada yolg‘iz edi.
Ammo bu safar... ichida hayot bor edi.
Ichida, yuragini yirgan yigitdan tug‘ilgan kichik mo‘jiza.
Va u endi buni faqat o‘zining jasorati bilan olib borishi kerak edi.
Solya esa Jiaxu bilan yashar, har kuni ichida g‘am bo‘lsa ham, tashqaridan sokin edi.
Bolaning yurak urishini birinchi marta shifokordan eshitgach, ko‘zlari yoshga to‘ldi.
— “Men seni himoya qilaman,” — pichirladi qornini silab.
— “Senga hech kim yomonlik qilolmaydi.”
Lekin... u xato qilayotganini bilmasdi.
Jiaxu ichida boshqa odamga aylangan edi. U Solyaning homilasini qabul qilmasdi. Har kuni ichida g‘azab, hasad va yuragi yaralangan muhabbat o‘rtasida kurash kechardi.
— “Agar u meni tanlamasa... men hammasini yo‘q qilaman,” — dedi u o‘ziga.
U har kuni Solyaga maxsus dam beruvchi giyohli choy tayyorlar edi.
Ammo Solya bilmasdi — bu choy ichida homilaga zararli dorilar bor edi. Ular asta-sekin o‘z ishini qilishlari kerak edi.
— “Mana, bugungi kuning charchog‘ini oladi,” — derdi Jiaxu, yuzida yengil jilmayish bilan.
Solya esa ishonch bilan ichar, bexabar...
Ammo vaqt o‘tgach, Jiaxuning ko‘zlari o‘zgara boshladi.
Bir kecha, u uxlab yotgan Solyaga qarab uzoq turdi. So‘ng lablari titradi. Yuragi shivirlagandek bo‘ldi:
— “Nima qilayapman men... bu mening sevgimdan tug‘ilgan bola emas, lekin u... begunoh. Men Jinoyatchimi?..”
Oradan kun o‘tdi. U yana choy tayyorladi. Lekin bu safar dorini solmadi.
Solyaga choyni uzatar ekan, nigohlari qaltiradi.
— “Kechir meni...”
Solya ajablandi:
— “Nima uchun?”
Jiaxu yelkasini qisdi, jilmayishga urindi:
— “Hech narsa. Faqat... sendan faqat baxt tilayman.”
O‘sha oqshom Jiaxu yolg‘iz qoldi. Qo‘lida dorilar qoldig‘i. U ularni asta oynaga otib sindirdi.
— “Men seni yo‘qotdim, lekin begunoh bolani yo‘q qilishga haqqim yo‘q...”
Bu orada Tae esa…
To‘ydan keyingi kun, u Jungkook bilan yuzma-yuz o‘tirardi.
Jungkook uzoq sukutdan so‘ng og‘ir gapni aytdi: