Kazinodagi sevgi
Yona Jk yonida, ammo u jim. Deraza ortidan tong nurlari xira nur taratar, Jk esa jimgina, Serinni palatka tomon olib borilishini kuzatardi.
Jk: (pichirlab, labini qimirlatmay) Seroshim...
Yona: (ko‘zlarini yummadi, lekin yuragi tars yorilgudek) Sen... hali ham shunday chaqirarkan...
Jk: (ko‘zlarini uzmadi) U mening bolamni tug‘yapti, Yona... Sen nima desang ham, bu holatda uni tashlab bo‘lmaydi.
Yona: Men sendan uni tashlashni so‘raganmanmi?
Jk: (ohangida achchiq, ammo yuragidagi ichki urinish bilan) Lekin sen yanimda turib ko‘zlaring bilan ayblaysan.
Yona: (lablarini qisirlatib) Balki men o‘zimga yolg‘on gapiryapman, chunki men... yuragimni bir marta berganman. U esa Seroshim emas edi.
Kasalxona ichida hamon og‘ir sukunat hukmron edi. Jungkook avtomatik harakatlar bilan eshikni ochib, Yonaning bilagidan ushlab, ichkariga yetakladi.
Yona hech narsa demadi. Faqat sochlarini bir chetga tortib, tizzasini ushlab derazadan tashqariga qaradi. Jungkook esa palata tomon yurdi. Ichkariga kirganida, Serin allaqachon tug‘ib, o‘rinda sokin yotardi. Yonida kichkina bezi bilan o‘ralgan chaqaloq... ammo Jungkook yaqinlashmadi. U faqat eshikni sekin yopdi va deraza yoniga borib, boshini devorga tirab turdi. Yarim soatcha o‘tdi. Faqat yurak urishining ichki ovozi bor edi.
So‘ng u eshikni ochib, hech narsani aytmasdan chiqib ketdi.
Yona hali ham kutayotgan edi. O‘rnidan turdi.
Jungkook (qisqa, quruq):
— Ketaver. Keyin ko‘rishamiz.
Yona boshini ko‘tarib unga qaradi. Ammo hech nima demadi. Faqat unga bir daqiqa termuldi-da, burilib, yurib ketdi.
Orqada faqat kasalxonaning sovuq sukunati va yuraklaridagi og‘irlik qoldi.
Kasalxona palatasi ichida Serin tinchgina yotgan ko‘rinsa-da, ko‘zlaridagi charchoq va vahima yashirin emasdi. Jungkook asta yurib yoniga keldi. Uning nigohi bir zum chaqaloqqa tushdi — ammo yuragi qattiq urdi. O‘sha yurakda ishonchsizlik g‘uvillab turardi.
Jungkook (sokin, ammo sovuq):
— Kimniki bu?
Serin unga qaradi. Dastlab javob bermadi. So‘ng xo‘rsinib, yostiqqa boshini tiradi.
Serin:
— Nega bunday deyapsan, Jungkook? Men sendan boshqa hech kim bilan bo‘lmaganman.
Jungkook:
— Ishonolmayman. Ko‘zlarimga qarayapsan, lekin yuragingda boshqa narsa bor. Men... DNK test qildiramiz.
Serin ko‘zlarini katta ochdi, yuragi qattiq urdi.
Serin (ozgina ovoz bilan):
— Menga ishonmayapsanmi?
Jungkook:
— Bu men uchun emas. Bu bola uchun. Men haqiqatni bilishga majburman. Tug‘ilgan kunini nishonlashdan oldin, kimligini bilishni istayman.
Serin boshini burdi. Ko‘z yoshlari yonoqlaridan sirg‘alib tushdi.
Serin:
— Menga ishonmasang... nima qoladi o‘rtamizda?
Jungkook (qattiqroq):
— Balki, hech narsa. Agar bu bola meniki bo‘lmasa, hayotimdan butunlay chiqib ketasan.
Serin jim bo‘ldi. Endi faqat yurak urishlari va palata ichidagi so‘zsiz og‘riq.
DNK test natijasi chiqqan kuni kasalxonaning VIP kabineti. Jungkook stolda turgan konvertni asta ochdi. Ichkarisida tibbiy xulosalar, to‘g‘ri yozilgan, tiniq, aniq:
“Biological Father: Jeon Jungkook — 99.99%”
U nafasini ichiga tortdi. Ko‘zlari bir nuqtaga qadalgandek, jim qoldi.
Jungkook (ichki monolog):
— Meniki... bu bola meniki... Serin rost gapirgan...
Ertalab soat 8:45. Yona eshikdan ohangsiz kirib keldi. U hali hech narsadan bexabar, ammo ich-ichidan nimadir sezayotgandek.
Jungkook sekin boshini ko‘tardi, ko‘zlari to‘g‘ri Yonanikiga tushdi.
Yona oldinga qadam tashladi, yuragi gupillab urayotganini yashirishga harakat qilsa-da, ovozi titradi:
Jungkook:
— U meniki. Bola — meniki.
Yona jim qoldi. Lablarini mahkam tishladi. Ammo yuzida qandaydir qarama-qarshi hislar — og‘riq, hafsalasi pir bo‘lish, ammo chuqur ichdan chiqqan sabr bor edi.
Yona (qattiq va qisqa):
— Yo‘q. Endi bu so‘zlar ortiqcha.
Yona orqasiga qayrildi, chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin Jungkook bir qadamda orqasidan yurdi, bilagidan ushlab qoldi.
Jungkook:
— Sen ketma... Men uni tan olishim kerak, ammo bu seni rad qilishim degani emas.
Yona (ko‘zlarida yosh bilan):
— Meni ikkiyuzlamachilikda ushlab tura olmaysan, Jungkook. Men kimningdir soyasida yashay olmayman.
U qo‘lini tortib oldi va yurib chiqib ketdi.
[Jungkook telefonni qulog‘iga tutadi. Ekranda: “Taehyung 🐯”]
Jungkook (kibir bilan):
— Allo, hyung! Xabarim bormi senga? Men ota bo‘ldim, eshitayapsanmi? Farzandim bor!
Taehyung (kulimsirab, jimgina):
— Hmm… tabriklayman, Jeon.
Jungkook (quvnoq):
— Tabrik bo‘lmaydi bu! Bu zo‘r yangilik! Bola meniki! Test ham aniq chiqdi. Meniki! O‘zing o‘ylab ko‘r, shunaqa mas’uliyat! Endi haqiqiy oilam bor.
Taehyung (bir pas sukutda qolib, keyin):
— Boshqa savol… bolang... Yonaniki bo‘lsa nima qilarding?
Jungkook (birdan yuragi o‘ynab ketadi, yuzidan rang ketadi):
— Nima deyapsan?..
Taehyung (qattiq ohangda):
— Sen Serin bilan yashaysan, lekin yuraging Yona bilan. Farzanding Serinniki — biroq Yonaning quchog‘ida uxlayotganingni unutmadingmi?
Jungkook (o‘zini yo‘qotib):
— Tae... bu qanday gap?
Taehyung (sovuq):
— Faqat eslatdim. Har bir otalik maqomining orqasida, bir ayolning yuragi bor. Lekin seniki — ikkiga bo‘lingan. Kim haqiqiy hotining, Jungkook?
Jungkook (sukutda, qattiq nafas olib):
— …
Taehyung (ohista, xayrlashayotgandek):
— Tabriklayman, “ota”. Endi bola bilan emas, yuraging bilan yashashni o‘rgan.
[Tae qora Mercedes’dan tushadi. Orqasidan qora formadagi o‘nlab qo‘riqchilar saf tortib turishadi. Qoshlar chimirilib, ko‘zlari g‘azabdan yonib turardi. U Vanessa yashayotgan uyga qadam qo‘yadi.]
Tae (qo‘riqchilarga sovuq buyruq bilan):
— Ichkarini tozalang. Har burchakni tekshiring. Hech kimni kiritmang, hech kimni chiqarmang.
[Qo‘riqchilar chaqqon harakat bilan harakatga o‘tishadi. Vanessa esa yuqoridan, ikkinchi qavatdagi derazadan bu manzarani ko‘rib, yuragi hapriqadi.]
Vanessa (ichki monolog):
Bu… bu nima?! Qancha odam kelgan… U bu yerda nima qilayapti?
[Tae zinapoyalardan chiqib boradi. Eshikni ohista ochadi. Vanessa u yerda qotib qolgancha turadi.]
Tae (qattiq va sovuq ovozda):
— Qochishni yana bir marta o‘ylasang, bu safar oyoqlaringni sindiraman. Tushundingmi?
Vanessa (yuzini burib):
— Men senga tegishli emasman, Taehyung.
Tae (bir qadam yaqinlashib, past ovozda):
— Ammo yuraging… yuraging meniki. Nafasing… tanang… hammasi.
Vanessa (qorachalar kengaygancha):
— O‘zingni kim deb o‘ylaysan?!
Tae (yoniga yaqinlashib, peshonasini uning peshonasiga tekkizib, ohista):
— Men… seni bir marta yo‘qotdim. Endi esa… sen menga qaytding, baby.
Vanessa (ko‘zlarini qisib):
— Qaytganim yo‘q. Meni topib kelding.
Tae (kulgandek):
— Farqi yo‘q. Sen endi men bilan. Bu uydan chiqmayapsan.
[Tae qo‘lidan tortib, pastga tushiradi. Pastda esa – qo‘riqchilar bilan to‘lib-toshgan hovli. Vanessa cho‘chib qaraydi.]
Vanessa:
— Bularning hammasi shunchaki meni topish uchunmi?..
Tae (boshini qiyshaytirib, kulimsirab):
— Yana qochishga uringanimda nima bo‘lishini ko‘rsatish uchun.
[Tae uning belidan mahkam ushlab, mashinaga yetaklaydi. Vanessa hech qarshilik ko‘rsatmadi — lekin ko‘zlarida g‘urur hali ham bor edi.]
[Tae Vanessa’ni mashinadan tushirib, o‘z uyining darvozasi tomon olib yuradi. Qo‘riqchilar ularning orqasida jim turishardi. Uy eshigi ochiladi. Vanessa hali ham biroz qahrli, biroz o‘zini bosgan.]
Tae (sekin):
— Uyga xush kelibsan, baby.
Vanessa:
— Bu "uy" emas. Bu qamoqxona.
[Tae indamay ichkariga yetaklaydi. Lekin to zalga kirishlari bilan bir ayol ovozi yangraydi.]
Mina (orqadan):
— Uyingga kimni olib kelganingni ko‘rishim kerakmidi?
[Vanessa hayrat bilan qaraydi. Qarshilarida – qorni chiqqan, zamonaviy kiyingan, labida kinoya bilan jilmaygan bir ayol turardi. U Taehyungga qattiq tikilgancha Vanessa’ni boshdan-oyoq ko‘zdan kechiradi.]
Mina (Vanessa’ga):
— Yaxshilab quloq sol, qizcha. U sen o‘ylagandek mukammal emas. U meni sevgan. Hozir ham sevadi. U mening bolamning otasi.
Vanessa (shokka tushib):
— ...kim u?
Tae (qattiq, ohangida g‘azab):
— Mina, bu yerda nima qilayapsan?
Mina (qornini ushlab):
— Biz doim birga bo‘lganmiz. Bu bolani men yolg‘iz o‘zim yaratmadim. Meni tashlab ketganingdan beri hamon meni sevishingni bilaman. Sen bu qiz bilan bir kechalik zavqni sevgi deb o‘ylayapsanmi?
Vanessa (titroq bilan):
— Bir kechalik…?
Mina (yuzini yaqinlashtirib, past ovozda):
— Ha. Bir kecha va tamom. Senlar faqat vaqtinchalik ifloslar. Men esa sevgisiman.
[Vanessa qattiq muzlab qoladi. So‘zlar yuragini yirtib yuborganday bo‘ladi. U Taehyungga tik qaraydi.]
Vanessa (titroq ovozda):
— Bu… bu rostmi?.. Nega unga qarayapsan, men bormanku?..
Tae (ko‘zlarini yumadi, chuqur nafas oldi):
— Vanessa… bu men hohlamagan voqea edi… men…
Vanessa (orqaga qadam tashlab):
— Yetarli...
[Ko‘zlari qorong‘ilashadi. Nafasi qisila boshlaydi.]
— Sen... men... yo‘q...
[Vanessa hushidan ketadi. U yiqilayotganida Tae uni ushlab qoladi. Qo‘riqchilar yugurib kelishadi.]
Tae (baqirib):
— Tibbiy guruh! Tez kelinglar!
[U Vanessa’ni bag‘riga bosib, yelkasiga yuzini tekkizadi. Ko‘zlari g‘azab, afsus va hayqiriq bilan to‘lib turgan edi.]
Tae (ohista pichirlab):
— Kechir meni, baby… men faqat seni sevganman… faqat seni…
[Taehyung Vanessa’ni hushidan ketgancha ko‘tarib, zudlik bilan o‘zining yotoqxonasiga olib chiqadi. Oq rangli, keng xona — oraliqni faqat yuragi shovqin qilayotgan ovozi to‘ldiradi.]
Tae (tovushsiz, ichidan):
— Sen meniki bo‘lishing kerak edi. Faqat meniki...
[U ehtiyotkorlik bilan Vanessa’ni toza, oppoq to‘shakka yotqizadi. Shu payt eshik ochiladi — tibbiy guruh kirib keladi. Erkak hamshira va ayol vrach Vanessa’ni tekshirishga tushishadi.]
Ayol vrach:
— Uning bosimi past tushib ketgan. Kuchli hissiy zarba. Nafas olish qiyinlashgan. Shok holati.
Erkak hamshira:
— Suyuqlik kerak, vena orqali. Uxlatamiz, lekin bir necha soat kuzatish kerak bo‘ladi.
[Taehyung burchakka o‘tib, orqaga suyangancha peshonasini panjasiga bosadi. Ko‘zlari qizargan, jag‘i qisilgan.]
Tae (ichidan):
— Nima qildim men... men seni himoya qilishim kerak edi, baby... seni qiynash emas...
[Tibbiy guruh suyuqlik ulab, Vanessa’ni yengil uxlatadi. Soat o‘tadi. Tibbiylar chiqib ketishadi. Faqat Tae qoladi. U asta Vanessa yoniga o‘tiradi, barmoqlari bilan uning sochlarini silaydi.]
Tae (sekin, pichirlab):
— Kim nima demasin... men faqat seni sevaman. Hatto sen mendan nafratlansang ham. Men seni ushlab qolaman. Chunki sen — meniki.
[Vanessa tinch uxlab yotgan, lekin yuzidagi sezilarli iztirob hali ketmagan. Tae esa qo‘lini ushlab, shu holatda qoladi. Uni biror kimsa, hatto o‘zi ham bu yerdan siljitolmaydi.]
[Sokin, qorong‘i xona. Vanessa hali uxlayapti. Tae yonida, jim. Shu payt eshik ochiladi. Ichkariga nafsi bo‘ynidan oshib ketgancha… Mina kirib keladi. Uning qorni ancha katta, yelkasi baland, ko‘zida o‘sha o‘ziga bino qo‘ygancha qarash.]
Mina (qattiq, yengil masxara bilan):
— Vay-vay, sen uni to‘shakda yiqitib, endi qiynalayapsanmi? Qanaqa melodrama bu, Taehyung?
[Tae joyidan qo‘zg‘almaydi. Ammo ko‘zlarida yondirib yuboradigan olov paydo bo‘lgan.]
Tae (qattiq ovozda, tovushini bosib):
— Chiq bu xonadan.
Mina (kulib, o‘zi bilgancha yuraveradi):
— Yoo, shunaqami? Axir men senga farzand ko‘rayapman. Shu qizni esa bir kechalik quvnoq vaqt deb o‘ylagandim. Endi birdan hushini yo‘qotgan “sevgili”ga aylandimi?
[Tae birdan qattiq turib, Mina tomon boradi. Uning qadamlarida g‘azab, nafrat va kuch bor.]
Tae:
— Senga bu bola kerak, to‘g‘rimi? Menga esa u kerak emas. Men seni sevganim yo‘q. Va bu yerdagi qiz — men uchun nafas.
(Soya kabi gapirib)
— Unga ozor yetadigan har bir so‘zing uchun… afsus qilasan.
Mina (ko‘zlarini qisib):
— Unda nega menga qarab turibsan? Hali ham ichingda men borligimni bilaman. Bolamga boqishga majbursan, Taehyung.
Tae (uning yuziga egilib, sovuq ohangda):
— Men seni boqmayman. Bolangni ham. Chunki bu bola mendan emas. Shuni yuragingga mixlab qo‘y. Menga bu iflos o‘yinlaring bilan qaytib kelma. Vanessa’ga ham, menga ham tegma. Yana bir bor bu xonaga kirsang... kimligingni dunyoga ochaman.
[Mina jim bo‘lib qoladi. Bu gaplar uni dovdiratadi. U lipillab turgan ko‘zlari bilan Tae va to‘shakda uxlab yotgan Vanessa’ga qaraydi. Keyin esa teskari burilib, sekin eshikni yopib chiqadi.]
[Xona yana jim. Tae Vanessa’ga qarab, lablarini tishlab oladi. O‘zini zo‘rg‘a tutyapti. Ammo bu safar — uni yo‘qotmaslikka tayyor.]