August 14, 2025

π‘„π‘œπ‘Ÿπ‘Ž π‘žπ‘Žπ‘ π‘Žπ‘š

πΈπ‘π‘–π‘ π‘œπ‘‘π‘’ 4 𝑏𝑦 Yα‘Œα‘Žα•ΌI

Bazi insonlar kelishi bilan sizga davo bo'lsalar bazilar ketmog'ining o'zi shifodir qalbga

Erta tong .. derazadan kirgan tongi quyosh nurlari serinni ko'rlariga tushib sekin qimirlay boshladi uyg'ongisi kelmas erkalanib qimirlab ko'zlarini ishqaladi sekin ko'zlarini ochdi shiftga tikildi va ho'rsindi .. birozdan so'ng u nimadirni payqab qoldi nimadir hato yani honasining tomiga yopishtirilgan yulduzchalar yo'q bir ikki ko'zini ishqalab honaga alangladi birdan muzlab ketdi chunki .. U uyida emas !!! .. honaga qaradi hona deyarli butunlay qora rangda ommo juda hashamatli u hozir huddi qirollar to'shagida yotgandek edi yumshoq va issiq u sekin yotoqdan tushib honani kuzatdi

U nimadir sodir bo'lsa o'zini himoyalash uchun o'sha yerda turgan kichik haykalchani qo'liga olib hamma yerni kuzatdi .. Bu vaqtda yoongi pastda nonushta qilib qahvasini ichib serin uyg'ondimikin deb sekin yotoqxona borish uchun zinalardan ko'tarildi yotoqxona korishi bilan qizni qo'lida haykalcha ko'tarib g'alati aylanib yurganini ko'rib qo'shini chimirdi ..
Yoongi pov ; u aqldan ozdimi !?
Yoongi : serin ??
Serin hali ham honani ko'zdan kechirib turganda ortidan kelgan ovozdan sakrab tushdi va tezda ortiga qaradi
Serin : Aaaaa .... siz .. yoongii ... men qayerdaman ...
Yoongi serin qo'lidagi haykalchani mahkam tutib turganini ko'rgan yoongi tushindi agar u tezda hammasini tushuntirib bermasa boshi yorilishi mumkin uni tinchlantirish uchun aybsizdek ikki qo'lini boshi bilan tenglashtirib ikki tomoniga ko'tardi ..
Yoongi : tinchlan .. serin kechagi kunni esla .. sen mashinada uhlab qolding va seni bu yerga olib keldim ...
Serin : Nega ....??
Yoongi : nima ko'chaga tashlab ketishim kerakmidi axir uy manzilingni aytmay bamaylihotir uxlagan o'zingku
Serin : uyg'otish kerak edi ...
Yoongi : toshdek uxlasang mendamas ayb
Serin ; hecham unday emas
Yoongi : to'g'ri undan ham battar
Serin : bo'ldi . Meni muhokama qilishni bas qiling

Serin biroz tinchlanib ho'rsinib qo'ydi va kiyimiga etibor qaratdi uning egnida katta futbolka va kalta ammo u uchun uzun sho'rtik bor edi bu aniq uning kiyimlari emas edi birdan ko'zlari katta ochilib qo'llari bilan tanasini o'rab oldi va ikki qadam ortga yurdi ..
Serin : mening ..kiyimlarim .. uni kim almashtirdi... .. sekin qaltiroq ovozda so'radi ichida faqat o'zi o'ylagan javob chiqmasligiga duo qilardi ..
Yoongining yuzida kichik tabassum paydo bo'ldi nimadirni hayol qilgani aniq ..
Yoongi : bu uyda mendan boshqa insonni ko'rdingmi? Albatta yo'q demak.. ha men buni men qildim
Serin : Nimaaaaaa !!! , qanday hadding sig'di .. yaramas !!! ablah !!! shilqim !!! hayosiz !!!
Serin harbir aytilgan haqoratli so'zlar bilan birga qo'liga kelgan narsani yoongiga qaratib otib hona bo'ylab uni quvlardi , yoongi esa ularni hammasiga chap berib serindan qochardi bu uning uchun kulgili holat edi
Yoongi : nega asabiylashasan .. majbur bo'ldim ho'l kiyim bilan uxlash noqulay edi senga .. senga yaxshilik qilsamu menga jahl qilasanmi? Ahmoq qiz ! Yoongi kulib gapirardi hali ham undan qochib , serin birdan to'xtab qoldi g'azab bilan unga qarab
Serin : yordam berding ? ... yordammi ? Kimdir sendan so'radimi buni ?? Endi nima qilaman? E hudoo! -Serin yuzini qo'llari bilan yashirib tinchlanishga urunardi ..
Yoongi : endi .. endi men senga uylanishim kerakmi nima ?
Serin yana yuzini ochib yotoqdagi yostiqni olib yoongini urib ketdi
Serin : uylanishmi . ? Hozir sen yo'q bo'lishing kerak ! Men seni o'ldiraman hozir o'ldiraman
Yoongi tinmay kulardi serin g'azab bilan ursada yostiq yoongiga yumshaq tegardi va yoongi uni urishiga qo'yib berayotgandi birdan eshik ochilib baland ovoz eshitildi ..
X : bas qiling !!! Bu yerda nimalarqildingiz!!
Ikkisi ham to'xtab qoldi va u tomonga qarashdi biroz katta yoshli ayol kishi bor edi yuzi nurli va mehrli serin uni ko'rib tezda tinchlanib yoongidadan yostiqni olib tezda joyiga qo'ydi hozir gap eshitaman deb o'ylab ayb ish qilgan yosh boladek jim turardi ..
So honim : mehmon tinchlaning bu yerda nimalar qildingiz ikkingiz .. sochilib yotgan honani ko'zdan kechirib so'ngida seringa mehr bilan qaradi
Yoongi : hammasi joyida shunchaki u biroz aqldan ozgan ( biroz kalaka bilan gapirdi)
Serin : nima ! ha balki aqldan ozgandirman ammo notanish insonni uhlaganidan foydalanib yuzsizlarcha yechintirib tomosha qilmayman !!!
So honim : nima, nima to'htang to'htang ikkingiz ham tinchlaning mehmon hammasi joyida sizni kiymlaringizni men alishtirdim , jonobim sizga tegmadilar , kiyimlaringiz ho'l bo'lgani sabab janob min mendan almashtirishimni iltimos qildilar bu yerda siz o'ylagan narsa yo'q ..
Serin : nima .. rostanmi ?? Lekin nega boshidanoq menga buni aytmadingiz ?
Yoongi : aqldan ozgan vaqtingda qanday ko'rinishingni bilmoqchi edim ( 😁 yuzi tahminan shunaqa bo'lgan o'sha paytda so honimni ortidan shunaqa qaragan )
Serin : hali siz ... .. serin gapini tugatmasidan so honimikkisini o'rtasiga tushdi va tinchlantirishga urindi
So honim : bo'ldi tinchlanamiz yoshlar mehmon mana sizning kiyimlaringiz ularni yuvib quritib qo'ygan edim siz borib bemalol dush qabul qilib chiqing va pastga nonushtaga tushing biz sizni pastda kutamiz , janob min biz esa kettik pastga mehmonni biroz yolg'iz qoldiramiz yuraqoling ...
Qizni qo'liga yuvib quritib dazmollangan kiyimlarini berib yoongini honadan olib chiqib eshikni yopib qo'ygan so honim seringa biroz erkinlik va yolg'izlik berdi . Qadam tovushlari uzoqlashgandan kegin serin bir ho'rsinib honaga qaradi u yerdi nima ahvolga solganini tomosha qildi boshiga bir urib qo'ydi va o'zini ichida haqorat qila boshladi ammo u ayolni mehrini ko'rib tinchlangandek bo'ldi qizning onasiz yetimlikda o'sgan bolalik og'riqlariga kichik malhamdek bo'lgan edi so honimning tabassumi qiz kichik tabassum qilib yuvinish honasiga kirib ketdi

Serin yuvinib bo'lib o'z kiyimlarini kiyib sekin qaytib chiqdi yotoq honaga chiqganida hona yana o'z holiga qaytgan yani saramjon edi serin sekin zinalardan pastga tushdi pastda esa so honim mehmonhonani changlarini artayotgan edi serinni ko'rib ishdan to'htab unga tabassum bilan yaqinlashdi
So honim : endi o'zingizni yaxshi his qilyapsizmi mehmon
Serin : ha albatta hammasi yaxshi va bir narsa iltimos meni bunday chaqirmang mendan yoshingiz ancha katta hijolat bo'lyapman shunchaki Serin deyishni o'zi kifoya .
So honim : yaxshi unda sizni serin qizim deyman qarshi emasmisiz
Serinni yuzida birdan tabassum tarqaldi bu so'zni eshitish ayniqsa so honimdek ayoldan eshitish serinning orzusi edi ko'zlariga biroz yosh keldi va tezda bosh irg'adi
Serin : albatta ! Albatta mumkin .. bundan faqat hursand bo'laman ..
So honim ham tabassum qilib serinni dasturxonga taklif qilib o'tkazdi serin so honimni ham o'tirishini hohladi va ikkisi birga o'tirib nonushta qila boshlashdi ..
So honim : bir vaqtlar meni ham sizdek qizim bor edi ...
dedi so honim biroz tabassumi yo'qolib chuqur ho'rsinib ..
Serin : so'raganim uchun uzr ammo unga nimadir bo'lganmi ?
Biroz havotir va uni hafa qilishdan qo'rqib sekin so'radi
So honim : yo'q kechirim so'ramang hammasi joyida .... u .. unga aslida hech narsa bo'lmagan , shunchaki unga mendek noshud ona kerak bo'lmagan va .. mendan kechib ketgan ..
Serin buni eshitib ham so honimga yuragi achishdi ham hafa bo'lib ketdi uni tinchlantirish uchun tezda so honimni bag'riga bosdi ..
Serin : odamlar juda g'alati va tushinib bo'lmaydigan jonzotlar , kimdirlar hor qilayotgan narsalarga kimlardi bag'ri qon bo'lib zordir .. sizning qizingizni qoralamoqchi emasman , ammo u yetimxona derazasidan menga ham ona kelarmikin deb kutish nima narsa ekanini bilmaydi . Bu juda og'riqli tuyg'u , meni ham onam bo'lmagan agar qizingiz o'rnida bo'lganimda hech qachon sizdek onani tashlab ketmasdim ..
So honim : siz .. yetimxonada katta bo'lganmisiz ..
Serin : ha .. serin jim bo'lib qoldi ,, siz ozgina oldin meni qizim deb chaqirdingiz men sizni sizni onam desam qarshi emasmisiz ..
So honim : rostanmi ? Ha , ha bemalol meni ona deyishing mumkin , albatta mumkin
so honimning yuzi birdan yorishib ketdi bu ikki yarador qalb bir biriga malham bo'lgandek edi go'yo , shuni aytishsa kerak qarindoshlik rishtalari faqat qonga bog'liq emas deb muhimi qalblarning birligi , muhimi ishonch , muhimi sevgi !!!
Serin : ona ..
So honim : ha .. serin qizim ,
Serin : qiziquvchanligim uchun uzr ammo siz yoongiga kim bo'lasiz ?
So honim : Janob min haqida aytyapsanmi , men uni kichikligidan beri u bilan birgaman unga bog'lanib qolganman desam ham bo'ladi , uning marhum onasi mening sinfdosh dugonam edi juda go'zal qiz edi ammo bu go'zalligi o'z boshiga yetgan yoongining otasi mashhur qotil va ganster bo'lgan u dugonam Min Hyoni bir ko'rishda telbalarcha ochiq bo'lgan bu shunchaki o'xshatish emas u haqiqatdan ham min hyoga telba bo'lgan edi hatto unga qaragan barcha erkakni o'ldiradigan darajada oshiq edi ammo min hyoning o'z sevgani bor edi va u katta janob minga rad javobini bergan , bunga chidolmagan psixopat oshiq hyoga nisbatan g'azablanib uni o'g'irlab ketib unga yaqin bo'lgan barchani o'ldirdi va uni uyga hatto honaga qamab yillab kaltaklar zo'zlash va tahqirlash ostida huddi mahbusdek saqladi , dugonam hyo homladorligini bilganidan so'ng ham bular to'xtamadi , min hyoni to'lg'oq tutgan vaqti uni qiynalishini ancha vaqt tomosha qilgandan so'ng zo'rg'a shifohonaga olib borgan va bolalar yani yoongi va uning egizak ukasi dunyoga kelganda hyo shifokorlarga bolalar o'lik tug'ildi deyishlarini iltimos qilgan , shifokorlarni bu gapini eshitib yoongining otasi g'azab otiga minib hyoni barchani ko'z o'ngida o'ldirgan uni palitsiya olib ketgan va hozir og'ir ruhiy kasalliklar saqlanadigan qamon honada saqlanadi

Serin bu gaplarni eshitar ekan qotib qoldi u tanigan yoongining buncha dardli o'tmishi borligi hali bilmasdi , nega bilmasdi ammo chindan uning yuragi og'ridi va yoongiga rahmi keldi
Serin : ammo yoongi bilan siz qanday tanishib qolgansiz?
So honim : men hamshira bo'lib ishlardim mening ham erim ichuvchi edi qizim tug'ilgandan so'ng men ajrashib ketgan edim , dugonam hyoning tug'rug'i bo'lgan kecha mening navbatchiligim emas edi ertasi kuni borganimda shifokorlar chaqaloqni qo'limga berishdi va hyoning so'ngi vasiyati bolani men tarbiya qilishim ekanini aytishdi men buni qabul qildim va o'z bolam va dugonamning dilbandini birga katta qila boshladim mening qizim yoongidan 6 yosh katta edi , chunki men maktabni tamomlashim bilan majburlab turmishga berilgan edim shuning uchun farzandim allaqachon katta edi . Ajrashganim bois qiynalib zo'rg'a kun kechirardik yoongi menga omonat bo'lgani uchun uni ham asrab katta qildim ammo qizimga o'z ukasi bo'lmagan bolaga ham mehr berishim , mehrimni ikkiga bo'lishim yoqmasdi va u yoongini yomon ko'rardi , bu hol uzoq davom etdi va ohiri u maktabni tamomlab katta odam bo'ldim deb meni tashlab ketdi biz ko'p janjallashib qolar edik sababi yoongiga bo'lgan mehrim edi nima qilay axir u dugonamdan qolgan oxirgi yodgorim edi , ammo ohirida baribir u meni tashlab ketdi yoongi katta bo'ldi va haqiqatlarni bildi va onasidan qolgan mol mulkga ega chiqdi va o'z kuchi bilan shu kunga yetib keldi u doim meni hurmat qiladi va yaxshi ko'radi .. yoongi balkim senga yomon odamdek ko'rinar ammo u hech qachon ayollarga qopollik qilmaydi balki jahli chiqishi va baqirishi mumkin ammo hech qachon ayol kishiga qo'l ko'tarmaydi u doim ayol kishiga qo'l ko'targan erkak erkak emas qo'rqoqdir deydi
Serin bu gaplarni barchasini jim eshitardi va ham yoongiga ham so honimning o'tmishiga ichi og'rirdi ammo so honimning so'ngi so'zlaridan so'ng serinning ichida yoongiga bo'lgan hurmat paydo bo'ldi ..
Serin : juda ham qiziquvchanligim uchun uzr , ammo siz Min hyo honim egizaklarni dunyoga keltirganini aytdingiz ammo nega siz faqat yoongini tarbiya qilgansiz ,
So honim : hechqisi yo'q uyalma , to'g'ri dugonam egizaklarni dunyoga keltirgan ammo o'sha tunda hamma hyoning o'ligi ustida va pastkash erga palitsiya chaqirish bilan ovvora bo'lgan vaqtda go'daklardan biri yo'qolgan yoongining egizagini hatto men ham ko'rmaganman faqat eshitganman , yoongi doim uni tirikligiga ishonadi va uni qidiradi

Yoongi otasidek mafia boshlig'i bo'lishni aslida hohlamagan ammo agar kuchli inson bo'lmasam ukamni ham topolmayman qasosimni ham ololmayman deydi doim aslida yoongi juda pok ko'ngil sohibi ammo insonlar unga doim nohaqliklar qilishadi shuning uchun ham u hissiz va sovuq bo'lib qolgan
Serin : darvoqe uning o'zi qani ? Ko'rinmayapti
So honim : telefon kelib qoldi shoshib chiqib ketdi menimcha ishi chiqib qolgan umid qilamanki hammasi yaxshi unga nimadir bo'lishidan havotirdaman
Serin : undan havotir olmang u kuchli inson
So honim : ha albatta kuchli yurak sohibi huddi onasi kabi
Serin : mayli endi men boray , barchasi uchun rahmat .. ona ..
So honim : qayerga ketasan ?
Serin : albatta ishimga va o'z uyimgada
So honim : bilasanmi qizim yoongi seni o'z qo'llarida ko'tarib kirib menga seni shaxshiy mehmoni ekanini aytdi shuncha yillardan beri bu uyga kimdir kirdi kecha tunda senga qaraganida uning ko'zlarida haqiqiy tashvishni ko'rdim , undan tashqari mehmon mezbonning ruhsatisiz ketishi odobsizlik hissoblanadi , u shoshib ketib qoldi demak muhim ishi bir biroz kutaylik axir rahmat deb ketmaslik mening qizimga hos emas to'g'rimi ?
Serin : .. hop , oyi ..
So honim : ana ajoyib endi birga ajoyib vaqt o'tkazamiz !
Serin : albatta barcha ishlaringizda sizga yordam beraman va qo'lim ham juda shirin tushlik uchun sizga o'zim taom tayyorlab beraman pazandaligimga baho berasiz
So honim : albatta , qizalog'im !

Ular ikkisi kun bo'yi birgalikda ish qilishdi birga taom tayyorlashdi suhbatlashishdi bu ikki kemtik qalb egalari bir birlariga shunchalik tez o'rganib qolishdiki ularni haqiqiy ona qiz deb o'ylash mumkin edi . Hayotda kutmagan insoningdan kutilmagan yaxshilikni mehrni va etiborni olish kutilgan insonlar bermagan yaralarni davollaydi doim ham kutilgan ishlar yoki orzular amalga oshmasligi mumkin ammo hayotingga birdan kirib kelgan inson sizga juda ajoyib baxtni bera oladi ! ❀️

π‘²π’Šπ’Ž π‘Ίπ’†π’“π’Šπ’
π‘΄π’Šπ’ π’€π’π’π’π’ˆπ’Š
π‘¬π’‘π’Šπ’”π’π’…π’† 4 𝒕𝒉𝒆 𝒆𝒏𝒅 | π’ƒπ’š Yα‘Œα‘Žα™­I