School legends 🕸️
Bora: aytishlaricha bu bogʻda vaqt toʻxtaydi va inson oʻz yuragining asl istaklarini sezadi
★Y/N zalning burchagida bir necha kitoblarni titkilab o‘tirar, u o‘zini notanish joylarda hamisha yolg‘iz his qilardi. Atrofida shovqin-suron bo‘lsa-da, u xayolida faqat o‘z dunyosida edi. Ammo bu sokinlik uzoq davom etmadi. Taehyung va Jungkook zalning boshqa chetida rosa qiziqib, shivir-shivir qilishardi. Taehyung kulib, Jungkookka gapirdi
Tae: Qani, jasorat qil! Bor . Bu qiz bilan gaplashmasang, shunday qizdan quruq qolasan
Jk: U shunchalik jiddiyki, oldiga borsam meni sogʻ qoʻymaydigan day . Balki, unga yaqinlashishni ortiqcha deb o‘ylayotgandirman
Tae: Senmi? Mashhur Jungkook? Qizlar bilan shunchaki gaplasha olmaydigan odam? Yo‘q, bu men bilgan Jungkook emas
★Jungkook Y/N tomon qaradi. Qizning yuzida ifoda yo‘q edi, faqat ko‘zlari kitobni o‘qishga qaratilgan edi. U bir nafas chuqur o‘ylab turdi.
Jk: yaxshi lekin agar u menga qo‘pol javob bersa, sen mening hoxlagan taomimni olib berasan
Jungkook asta-sekin Y/N tomon yurib borar ekan, yuragi shiddat bilan urardi. U birinchi marta kim bilandir gaplashishga bunchalik qiynalayotgandek edi. Nihoyat, u Y/N oldida to‘xtab qoldi.
Jk: Um... salom ( ovozi sal bo‘g‘ilib)
★Y/N asta boshini kitobdan ko‘tardi. U kutilmaganda hushyorlik bilan qaradi
Jk: Aslida..bu kitoblar to‘g‘risida... men o‘zimni ancha qiziqayotgan kishi deb hisoblayman. Senga yordam kerak bo‘lsa balki men yordam bera olarman.
Y/n: Demak, sen kitobxon ekansan? Yaxshi... aytchi, shunday kitob bor ekan, unda kimdir ko‘rinmas, ammo u boshqalar hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Uni o‘qiganmisan?
Jk: Yo‘q, lekin bilamanki, ba’zida odam ko‘rinmas bo‘lishni istaydi. Chunki ko‘rinmas odamlar boshqalarning qalbiga juda tez va qiziq kirib boradi.
Y/n:Hayronman, sen shunday odamlarni tanirdingmi?
Jk: Ha, bilaman. Lekin bu odamlarga yaqinlashish qiyin. Ular o‘z qalbini hammaga ochishni yoqtirmaydi.
★Bu suhbat Y/N uchun biroz g‘alati, lekin qiziqarli edi. U kitobni yopib, Jungkookga sinovchan qaradi
Y/n: Xo‘sh, bu ko‘rinmas odam haqida gaplashishga nima majbur qilyapti seni? Ehtimol, sen ham ko‘rinmas bo‘lishni istayotgan odamlardan biridirsan?
Jk:Yo‘q, men ko‘rinib turishni yaxshi ko‘raman. Ammo ba’zida kimningdir hayotida ko‘rinmas ta’sir qoldirish yaxshi bo‘lishi mumkin.
Tae: Jungkook! Senga yetib olishdi-ku, a? Endi bu qiz seni o‘zining muhim kitoblar guruhiga qo‘shmoqchi bo‘lib turgandek."
Bora: hoy bolalar nima haqida gaplashishyapsiz men ham qoʻshilay
Tae: biz sen haqingda gaplashyapmiz
Bora: nima men haqimda ..men nimadir qildimmi..
Tae: ha albatta sen juda yomon va zaharli ilon ekan san
Y/n : hoy u hazillashyapti Bora
Bora: nima tae. endi mendan koʻrasan..oldimga kel..hoyy.
Jk: hoy y/n men senga bir narsani aytmoqchi edim
Jk: men kecha nimadir koʻrdim bu narsa haqiqat sen bilarsan deb oʻyladim ...