January 13

Flowers of two worlds 

★Goguryeo shohligi 372-yil

Shohlikning quyosh nurlari tog‘lar orasidan taralar edi. Goguryeoning eng obro‘li qirollik saroyi yonidagi Hayoqat ko‘li qotgan sukunatga cho‘milgan. Seo Yoon, qizil atlas kimono kiygan holatda, tog‘ yonbag‘rida qilichini ko‘tarib mashq qilardi. Uning harakati havo bilan uyg‘unlashib, oppoq tutun kabi chiroyli ko‘rinardi. Ustoz An San unga yaqinlashdi.

Seo Yoon jangchi aqlli malika

— An San: “Seo Yoon, har safar qilichingni ko‘tarishingda, qalbingda nafrat emas, adolat bo‘lishi kerak. Buni unutma.”

Ah San (ustoz)

— Seo Yoon (jilmayib): “Adolatni his qilish uchun avval uni yo‘qotish kerakmi, Ustoz? Nega bunday gapirasiz?”

— An San: “Men sening qismatingni bilaman, Seo Yoon. Tez orada bu yerda tinchlik buziladi. Qadimiy dushman qaytmoqda. Faqat sen bu shohlikni himoya qila olasan.”

★Seo Yoonning yuragi tez ura boshladi, lekin o‘zini osoyishta tutdi.

— Seo Yoon: “Agar shohlik xavf ostida bo‘lsa, men jang qilaman. Bu mening vazifam. Lekin, Ustoz... qanday dushman haqida gapiryapsiz?”

— An San: “Bunga hozir javob topishning iloji yo‘q. Faqat qilichingni o'tkir tut va qalbingni tayyorla.

★”Tungi sokinlikni yirtib yuborgan qichqiriqlar Seo Yoonni uyqusidan uyg‘otdi. Saroy atrofini qora bulut qoplagan, har tarafda jangchilarning qichqirig‘i eshitilardi. Seo Yoon yonida yotgan qilichini olib, darvoza tomon yugurdi

— Seo Yoon: “Kim buni qila oladi? Saroyga hujum qilishga hech kim jur’at eta olmasdi!”

Yo‘lakda, bosh vazir Kim Young Seo yugurib kelar edi. U nafasini rostlashga ham ulgurmay gapira boshladi.

— Kim Young Seo: “Seo Yoon, bu Hwang Tae! U Sehrli To‘rtlik Qilichini topibdi va shohlikni yo‘q qilishga qasam ichgan.”

— Seo Yoon: “Hwang Tae? U qadimda surgun qilingan! Qanday qilib u yana kuchga ega bo‘ldi?”

Hwan Tae yovuz va shavqatsiz

Kim Young Seo boshini sarak-sarak qildi.

— Kim Young Seo: “Bu haqda keyinroq gaplashamiz. Tez orada saroy qulab tushadi. Shoh va qirolicha xavfsiz joyga o‘tkazildi, lekin sen bizning umidimizsan. Iltimos, jangga hozirlan!”

— Seo Yoon: “Agar men o‘lsam ham, bu yerda adolatni qaytaraman

Seo Yoon jang maydonida qilichini ko‘tarib, Hwang Tae bilan yuzlashdi. Uning ko‘zlarida qasosning yong‘ini ko‘rish mumkin edi. Ammo Hwang Tae jilmayib, u bilan gaplashishga o‘tdi.

— Hwang Tae: “Seo Yoon? shundaymi , senga hech kim hech narsa aytmadimi? Sen o‘zingning kim ekanligingni bilasanmi?

— Seo Yoon: Men Goguryeoning malikasiman. Men o‘z xalqimni himoya qilish uchun tug‘ilganman.

Hwang Tae kuldi.

— Hwang Tae: “Sen oddiy malika emassan. Sen qadimiy sehrli qonning merosxo‘risan. Va men senga kerakman, Seo Yoon. Biz birga Goguryeoni yangi kuchli shohlikka aylantiramiz

Seo Yoon qilichini mahkam ushlab, unga qaradi.

— Seo Yoon: “Mening kuchim adolatga xizmat qiladi, yovuzlikka emas

—Hwang Tae: oʻzinga koʻp katta baxo berma sen meni oldimda kichkinagina chumoli san lekin men senga tegmayman

—Seo yoon: mendan nima istaysan..

—Hwang Tae: men...

Shu paytda osmon yorilib, yer silkinib ketdi. Seo Yoon bir lahzada Hayoqat ko‘lining sirini ochuvchi portaldan tortib o‘tildi. Bu holatdan keyin Seo Yoon zamonaviy Koreya dunyosiga tushib qoladi