April 1

Mening sevimli raqibim♡

Ep23

.
.
​Universitet kutubxonasining eng chekka stoli. Namjoon va Jin bir-biriga ro‘para o‘tirishibdi. Dekanning topshirig‘iga ko‘ra, ular ko‘rgazma uchun umumiy konsepsiya chizishlari kerak edi. Ammo vaziyat biroz boshqacha ko‘rinishda: ikkalasining ham nigohi qog‘ozda emas, o‘z telefonlarida.

Jin stol tagida barmog‘ini tezlatib, "RM"ning yangi postiga javob yozish bilan band edi. Uning yuzida g‘alaba qozonayotgan odamning tabassumi o‘ynardi.
“Sizning falsafangiz shunchalik og‘irki, hatto internet ham uni ko‘tara olmay ‘lag’ beryapti. Bir oz yengilroq bo‘ling, janob Faylasuf! 😉” — deb yubordi u.

Namjoonning telefoni vibratsiya berdi. U ko‘zoynagini burni ustiga biroz tushirib, ekranga qaradi. Jag‘lari asabiy ravishda taranglashdi. U ro‘parasida o‘tirgan Seokjinga ko‘z ostidan qaradi. Jin esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek, o‘zining qimmatbaho atirlari haqida o‘ylayotgandek mayin gumburlab qo‘shiq xirgoyi qilardi.

​— "Seokjin-shi," — dedi Namjoon ovozi biroz past va bo‘g‘iq chiqib. — "Siz loyiha haqida o‘ylayapsizmi yoki u yerda kim bilandir urushyapsizmi?"

Jin boshini ko‘tardi. Uning katta, chiroyli ko‘zlari Namjoonga tikildi.
— "Oh, Namjoon-shi, men shunchaki... muxlislarimga vaqt ajratyapman. Bilasizku, mashhurlik qiyin narsa," — dedi u o‘ziga xos mag‘rurlik bilan. — "Siz-chi? Siz ham xuddi dunyoni qutqarmoqchi bo‘lgan qahramondek jiddiy ko‘rinasiz."

​Namjoon stolga yaqinroq egildi. Uning Top energiyasi havoda sezila boshladi. U Jinning ko‘zlariga tik qarab, barmog‘i bilan qog‘ozni taqillatdi.
— "Agar shu loyihani a’lo darajada topshirishni xohlasangiz, virtual dunyodan real hayotga qaytishingizga to'g'ri keladi. Men vaqtimni bekorchi narsalarga sarflashni yoqtirmayman."

​Jin bir muddat jim bo‘lib qoldi. Namjoonning bu qadar qat’iyatli va dominant bo‘lishini kutmagandi. Uning ovozi Jinni biroz shoshirib qo‘ydi.
— "Xo‘sh... unda boshlaymiz," — deb pichirladi Jin, ovozi avvalgidan biroz pastroq chiqib.

Shu payt Namjoonning qo‘li beixtiyor Jinning telefoniga yaqinlashdi. Jin shoshib telefonini berkitmoqchi bo‘ldi, lekin Namjoon undan tezroq harakat qildi.
— "Nima bu? 'Jin's Kitchen'?" — Namjoon ekran burchagidagi logotipga ko‘zi tushdi.

Jinning yuragi bir urishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Agar Namjoon hozir uning "WWH" ekanini bilsa...
— "Bering uni!" — Jin telefonni tortib olishga urindi, lekin Namjoon uning bilagidan ushlab to‘xtatdi.

Namjoonning tutqichi mahkam edi. U Jinning ko‘zlariga chuqur qaradi.
— "Nega bunchalik hayajonlanyapsiz, Seokjin? Biror narsani yashiryapsizmi?" — Namjoonning lablarida sirli bir smirk paydo bo‘ldi. U hali aniq bilmasdi, lekin Jinning bu qadar qo‘rqib ketishi unda shubha uyg‘otgan edi.

Jin esa Namjoonning qo‘li o‘z bilagida ekanidan va uning nigohidan o‘zini g‘alati his qila boshladi. Uning "bottom" tabiati birinchi marta o‘zini namoyon qilib, yonoqlari qizira boshladi...

.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Bilaman kam boldi
Hozr umuman kayfiyatim yoq
Tuĝri tushunasila d3gan umidaman