Broken Wedding..
.
.
Orol uzra quyosh chiqdi, ammo bu kun quvonchli emas, balki portlashga tayyor turgandek edi. Dengiz bo‘yidagi oppoq gullar bilan bezatilgan alton (arka) ostida JK va Tae turishardi. Ikkalasi ham o‘zini dunyodagi eng baxtsiz insondek his qilardi.
Mehmonlar orasida esa Jimin va Yoongi bir-biriga har qachongidan ham yaqinroq o‘tirishardi. Jimin Yoongining qulog‘iga pichirladi:
— "Tayyormisiz? Hozir navbat bizga keladi."
Yoongi unga qarab jilmaydi, ammo bu safar jilmayishida qandaydir o‘zgacha iliqlik bor edi. U Jiminning qo‘lini siqib qo‘ydi:
— "Xavotir olma, hammasi biz o‘ylagandek bo‘ladi."
Marosim boshlandi. Ruhoniy tantanali ovozda nutq so‘zlardi:
— "Agar bu nikohga qarshi bo‘lganlar bo‘lsa, hozir gapirsin yoki butun umr sukunat saqlasin..."
Shu payt Jimin kutilmaganda o‘rnidan turdi va hamma unga qaradi. Ammo u e’tiroz bildirmadi. U shunchaki Yoongining yuzidan sekin silab, hamma eshitadigan ovozda dedi:
— "Yoongi, men seni qanchalik sevishimni bilasanmi? Sen bilan bu yerda bo‘lish — hayotimdagi eng baxtli onlardir."
Yoongi ham o‘rnidan turib, Jiminni belidan quchoqladi va uni butun mehmonlar oldida o‘pib qo‘ydi. Bu manzara xuddi kino sahnasidek edi.
YETAR! TO‘XTATING!" — deb baqirib yubordi Jungkook.
Uning sabr kosasi to‘lgan edi. JK bo‘yinbog‘ini yulqib yechib tashladi va Jimin tomon yugurdi.
— "Jimin! Qanday qilib u bilan bo‘lishing mumkin?! Sen meni sevasan-ku! Men seni bu yerda sog‘inib o‘layotganimda, sen qanday qilib u bilan..."
JK Jiminning qo‘lidan tortdi, ammo kutilmaganda Yoongi uning qo‘lini to‘xtatib qoldi.
— "U endi seniki emas, Jungkook. U men bilan baxtli," — dedi Yoongi sovuqqonlik bilan, lekin uning ko‘zlarida Jiminni himoya qilish istagi bor edi.
Tae ham arka ostidan chiqib keldi. U Yoongining Jimin bilan bunday yaqinligini ko‘rib, tushunarsiz bir g‘alayonni his qildi. Reja ish bergan edi — to‘y buzildi! Ota-onalar baqir-chaqir qilishar, tansoqchilar nima qilishni bilmay qolishgandi.
Kechasi. To‘y buzilgach, hamma o‘z yo‘liga ketdi. Villa hovlisida faqat to‘rtovlon qoldi.
JK Jiminning yoniga keldi:
— "Jimin, reja o‘xshadi! Men to‘yni buzdim! Endi biz birgamiz, shundaymi?"
Jimin bir oz jim turdi va Yoongiga qaradi. Yoongi ham unga tikilib turardi. Ularning o‘rtasidagi o‘sha "soxta" flirt va yaqinlik borgan sari haqiqatga aylanib ketganini ikkalasi ham sezishgan edi.
— "Jungkook..." — dedi Jimin past ovozda. — "Men seni sevaman deb o‘ylagandim. Lekin bu bir necha kun ichida Yoongi bilan bo‘lganimizda... men o‘zimni boshqacha his qildim. Biz to‘yni buzishni reja qilgan edik, lekin men o‘z qalbimni ham buzib qo‘ydim shekilli."
JK toshdek qotib qoldi. Tae esa Yoongiga yaqinlashdi:
— "Yoongi, sen-chi? Sen ham uni..."
Yoongi Jiminning qo‘lini qo‘yib yubormadi:
— "Kechir, Tae. Biz shunchaki o‘yin boshlagandik, lekin bu o‘yin bizni bir-birimizga bog‘lab qo‘ydi."
O‘sha tunda Broken Wedding (Buzilgan to‘y) nafaqat majburiy nikohni, balki eski munosabatlarni ham butunlay yo‘q qildi.
Tae va JK qirg‘oqda qolishdi — ular ozod edilar, lekin yolg‘iz. Jimin va Yoongi esa oy nuri ostida yangi hayot sari, haqiqiy tuyg‘ular bilan qadam tashlashdi.