Ko'zlar sukunatda so'zlaydi
.
.
.
Ombor ichidagi otishma to‘xtamadi. Taehyung ko‘kragidagi achchiq og‘riqni his qildi, issiq qon barmog‘lari orasidan sizib chiqib, sovuq beton polga tomchilardi. U devorga suyanganicha sekin sirg‘alib tushdi, quroli qo‘lidan tushib ketdi. Ko‘zlari xiralashib, atrofidagi shovqinlar uzoqlashayotgandek tuyuldi.
— Tae! Yo‘q, ko‘zingni yumma! — Suho baqirgancha unga tomon otildi, lekin dushman o‘qlari uni yaqinlashtirmasdi.
Shu soniyalarda ombor eshigi qattiq zarba bilan ochilib ketdi. Jungkook o‘z maxsus bo‘linmasi bilan ichkariga bo‘rondek kirib keldi. Uning nigohi qonga belangan Taehyungga tushishi bilan ichidagi Enigma hayvoni uyg‘ondi. Jungkook hech qanday to‘siqni ko‘rmay, o‘qlar ostida Taehyungga tomon yugurdi. U dushmanlarini shunchaki otmasdi, u ularni g‘azab bilan parchalab tashlayotgandek edi.
Jungkook Taehyungning yoniga yetib kelib, uni quchog‘iga oldi.
— Tae, menga qara! Meni eshityapsanmi? — Jungkookning ovozi titrar, u birinchi marta o‘zini bunchalik ojiz his qilardi. U kafti bilan Taehyungning jarohatini bosdi, qon to‘xtashni istamasdi.
Taehyung ko‘zlarini zo‘rg‘a ochdi. Uning yuzlari oppoq qog‘ozdek oqargan, lablari esa ko‘karib ketgan edi.
— J-jungkook... sen baribir... kelding... — pichirladi u. — Men seni... kutyapman degandim...
— Gapirma, kuchingni saqlab qol! Men seni o‘lishingga yo‘l qo‘ymayman, tushundingmi?! — Jungkook uni mahkamroq bag‘riga bosdi. — Sen meni tashlab ketolmaysan, biz hali hisob-kitob qilmadik!
Shu payt Jimin ham yetib keldi. U qonni ko‘rib dahshatga tushdi, lekin o‘zini qo‘lga olib, Taehyungning ikkinchi qo‘lidan tutdi.
— Chida, V! Shifoxonaga oz qoldi! — Jiminning ko‘zlaridan yosh quyilardi.
Shifoxonada eng og‘ir soatlar boshlandi. Jarrohlik xonasi oldida Jungkook va Jimin yonma-yon o‘tirishardi. Jungkookning qimmatbaho kostyumi butunlay Taehyungning qoniga belangan edi. U qo‘llaridagi qurib qolgan qonga qarab, o‘zini la’natlardi.
— Agar u o‘ladigan bo‘lsa... — dedi Jungkook bo‘g‘iq ovozda, — men bu shaharni kulga aylantiraman. Kim buni qilgan bo‘lsa, u tiriklayin terisi shilinishini xohlaydi.
Jimin Jungkookning yoniga kelib, qo‘lini uning yelkasiga qo‘ydi.
— U tirik qoladi. U "V", u mafiya qiroli. U bunchalik oson taslim bo‘lmaydi.
Birdan jarrohlik xonasining chirog‘i o‘chdi. Shifokor chiqib keldi, uning yuzida charchoq va jiddiylik bor edi.
— Ahvoli og‘ir. O‘q yurakka juda yaqin kelgan. U komada. Hozircha hech narsa deya olmaymiz, hammasi uning yashash irodasiga bog‘liq.
Oradan bir hafta o‘tdi. Taehyung hali ham hushiga kelmagan edi. U apparatlarga ulangan holda, oppoq krovatda harakatsiz yotardi. Jungkook har kuni uning yonida o‘tirar, uning sovuq qo‘llarini issiq kaftlari bilan isitishga harakat qilardi.
— Tae, uyg‘on... — deb pichirladi Jungkook bir kuni kechasi. — Rashk qilishingni sog‘indim. Meni haydashingni, menga nafrat bilan qarashingni sog‘indim. Faqat ko‘zingni och... senga butun dunyoni beraman.
Jimin esa bu vaqtda tashqarida xiyonatkorlarni qidirish bilan band edi. U Taehyungning onasiga tasalli berar, shu bilan birga Parklar oilasining barcha aloqalarini ishga solib, o‘sha tunda kim ma’lumot sarganini aniqlashga urinardi.
Kutilmaganda, Taehyungning barmoqlari sekin qimirladi. Jungkook buni sezib, o‘rnidan turib ketdi.
— Tae? Taehyung!
Taehyung ko‘zlarini sekin ochdi, lekin u hech kimni tanimayotgandek atrofga qaradi. Uning xotirasi qayerdadir uzilib qolgan edi.
— Siz... kimsiz? — dedi u juda zaif ovozda Jungkookka qarab.
Jungkookning yuragi urishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Taehyung uni eslay olmayotgan edi.
— Men kimmisan? — Jungkook pichirladi, uning ovozi bo‘g‘iq va ehtirosli chiqdi. — Men sening hayotingni do‘zaxga aylantirgan, lekin usiz nafas ololmaydigan insoningman, Tae.
Taehyungning ko‘zlari biroz kengaydi. Jungkook uning nozik barmoqlarini mahkam qisdi. Shu payt palata eshigi shiddat bilan ochilib, Suho kirib keldi. Uning yuzida soxta xavotir, lekin ko‘zlarida Taehyungni o‘ziniki qilish istagi yonardi.
— Tae! Yaxshiyam uyg‘onding! — Suho Taehyungga yaqinlashmoqchi bo‘ldi, lekin Jungkook o‘rnidan shartta turib, uning yo‘lini to‘sdi. Enigmaning qahrli nigohi Suho ni joyida mixlab qo‘ydi.
— Chiqib ket, — dedi Jungkook past, lekin buyruq ohangida. — Sening bu yerda o‘rning yo‘q.
— Men uning eng yaqin do‘stiman! — Suho baqirdi, lekin Jungkook uning yoqasidan olib, devorga qattiq qisdi.
— Sen uni o‘limga tashlab qochgan xoinmisan yoki do‘st, buni hali aniqlayman. Hozir esa... yo‘qol!
Jungkook Suhoni xonadan siltab chiqarib tashladi va eshikni ichkaridan qulfladi. U qaytib kelib, krovat chetiga o‘tirdi. Taehyung unga hayrat va qandaydir g‘alati tortishish bilan qarab turardi.
— J-jungkook... — Taehyungning ovozi titradi. — Ismingni aytganingda yuragim g‘alati urib ketdi. Nega?
Jungkook javob o‘rniga Taehyungning ensasidan tutib, o‘ziga tortdi. Uning lablari Taehyungning quruqshagan lablariga bosildi. Bu shunchaki bo‘sa emas, balki sog‘inch, rashk va egalik qilish hissi qorishgan ehtirosli hujum edi. Taehyung avvaliga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘ldi, lekin Jungkookning tili uning lablari orasiga kirganida, vujudi bo‘shashib, ko‘zlari yumildi. Uning ichidagi Alfa instinkti Jungkookning Enigma kuchiga taslim bo‘layotgan edi.
Jungkook bo‘sani uzib, Taehyungning qulog‘iga pichirladi:
— Xotirangni yo‘qotgan bo‘lsang ham, tanang meni eslaydi, Tae. Sen faqat meniki bo‘lib qolasan.
Oradan bir necha kun o‘tdi. Taehyung shifoxonadan chiqarilib, yana Jeonlarning koshonasiga qaytdi. Endi u yerda nafaqat Jungkook, balki Jimin ham bor edi.
Jimin Taehyungga nisbatan juda ehtiyotkor edi. U Taening xotirasi yo‘qligidan foydalanib, unga yaqinlashishga harakat qildi. Kechki payt, Taehyung vannadan chiqib, yupqa ipak xalatda yotoqxonada o‘tirganida, Jimin kirdi. Uning qo‘lida hushbo‘y moylar bor edi.
— V... jarohatlaringizni artib qo‘yishga ruxsat bering, — dedi Jimin mayin ovozda.
Jimin Taehyungning orqasiga o‘tirib, xalatini sekin yelkasidan tushirdi. Uning qo‘llari Taehyungning oppoq terisiga tekkanda, Taehyungning etlari junjikib ketdi. Jimin sekin egilib, Taehyungning yelkasidagi chandiqdan o‘pdi.
— Men sizni sog‘indim... — Jimin pichirladi.
Shu payt eshik ochilib, Jungkook kirdi. U Jiminning Taehyungga bunchalik yaqinligini va Taening yalang‘och yelkalarini ko‘rib, rashkdan portlash darajasiga keldi. U tez qadamlar bilan kelib, Jiminni Taehyungdan uzoqlashtirdi.
— Jimin, yetar! — Jungkookning ko‘zlari yonardi. — U hali o‘ziga kelgani yo‘q!
— U mening ham erim, Jungkook! — Jimin bo‘sh kelmadi. — Siz uni o‘zingizniki qilib olmoqchisiz, lekin u menga ham tegishli!
Taehyung ikki olov orasida qolgan edi. Uning xotirasi qaytmagan bo‘lsa-da, bu ikki erkakning unga bo‘lgan telbalarcha ishtiyoqi uni ham hayajonga solar, ham qo‘rqitardi. U o‘rnidan turib, xalatini to‘g‘irladi.
— To‘xtatinglar! — Taehyungning ovozi mafiya qiroliga xos qat’iyat bilan chiqdi. — Men kimligimni eslamasligim mumkin, lekin men hech kimning o‘yinchog‘i emasman.
Taehyung Jungkookning ko‘zlariga tik qarab, davom etdi:
— Sen... meni rashk qilyapsan. Lekin menga egalik qilishni xohlasang, avval meni zabt etishing kerak, Jeon.
Jungkook jilmaydi, bu zaharli va juda jozibali jilmayish edi.
— Shundaymi? Unda bugun tunda tayyor tur, Tae. O‘yin endi boshlanadi.
Suhoga kelsak, u endi saroyga yaqinlashtirilmasdi. Jungkook uning barcha aloqalarini kesib tashlagan edi. Ammo Suho qorong‘ulikda turib, o‘zining so‘nggi hamlasini tayyorlayotgan edi. U Taeni olib qochishni rejalashtirayotgandi.