March 1

​Night.x: Shisha ortidagi nafas...2

Kunlar bir-biriga o‘xshab o‘tardi. O‘sha bolacha bilan o‘tgan har bir kunim go‘yoki yorug‘likdek tuyulardi, ammo mening ichimdagi tun hali ham ketmagandi. U qorong‘u, sovuq va vahimali edi. Kasallik esa... kasallik meni ich-etimdan kemirayotganini his qilardim. Shifokorlar tavsiya qilgan barcha davolanish muolajalarini tashlab qo'ydim. "Lechinyalar"ning menga keragi yo‘q edi, chunki men yashashdan charchagan edim. Hattoki o‘sha men uchun nur bo‘lgan bolakay ham ko‘zimga ko‘rinmay qoldi. Uning sho‘xliklari, kulgulari endi meni xursand qilmas, aksincha, ichimdagi bo‘shliqni yanada chuqurroq his qildirardi. Men o‘z qobig‘imga o‘ralib qolgan edim, u yerda faqat og‘riq va yolg‘izlik bor edi.
.
.

2024-yil . Mening tug‘ilgan kunim. O‘sha kun negadir yuragimda g‘alati bir his paydo bo‘ldi. Men kimdirni kutardim. Kimligini o‘zim ham bilmasdim, lekin kimdir kelishini, meni bu qorong‘ulikdan olib chiqishini juda-juda xohlardim. Balki, o‘sha yuragimni sindirgan insonni kutgandirman? Biz yana seviša boshlagandik, ammo bu sevgi emas, shunchaki yolg‘izlikdan qochishga urinish edi. Men uni kutayotganimni o‘yladim, lekin qalbimning tubida aniq bilardimki, bu u emasdi. Men haqiqiy mehrni, haqiqiy tushunishni kutardim. Ammo hech kim kelmadi. Faqat sovuq yanvar shamoli derazamni urib turardi.

O‘sha kuni kechqurun dadam va uning oilasi ta’tildan qaytdi. Ha, dadam chet elga ko‘p borib turardi, u muvaffaqiyatli biznesmen edi. Men unga e’tibor bermaslikka harakat qildim, o‘zimni go‘yoki hammasi joyidagidek ko‘rsatdim, lekin bo‘lmadi. U meni ko‘rishi bilan kamsita boshladi, kesatiq gaplar gapirdi. Ammo o‘zidan bo‘lmagan ukam, o‘gay onamning o‘g‘li, uning ko‘ziga doim yaxshi ko‘rinardi. Dadam uni maqtar, erkalatar, menga esa faqat nafrat bilan qarardi. Men ularni ko‘rib, o‘zimni bu uyda ortiqcha, keraksiz deb o‘ylardim. Men faqat yuk edim, ularning baxtli hayotiga xalaqit berayotgan bir soya edim.

Tug‘ilgan kunim kechasi, dadam o‘sha oilasi bilan uyga kelganida, men ichgan edim. Balki, og‘riqni unutish uchun, balki dadamning gaplariga chidash uchun. Ammo bu eng katta xatom bo‘ldi. Dadam meni ko‘rib, g‘azabga mindi. U o‘sha kuni meni o‘lasi qilib do‘pposladi. Urganida, tepganida, men faqat onamni o‘ylardim. Onam yonimda bo‘lganida, bunday bo‘lmas edi, u meni himoya qilgan bo‘lardi. Men hushimdan ketdim. Qo‘shnilarimiz uydan mening baqirgan ovozimni eshitib kelishgan ekan, ular meni shifoxonaga olib borishdi.

Ertasi kuni dadam shifoxonaga keldi. Uning yuzida na aybdorlik hissi, na achinish bor edi. U shunchaki:

— Dam olishni yig‘ishtir, uyga ketamiz. Sen bola o‘zingdan ketding, — dedi sovuqqonlik bilan.
Men shunchaki bosh silkidim. Gapirishga kuchim yo‘q edi, xohishim ham yo‘q edi. Kiyimlarimni kiyayotganimda, yonimga shifokor keldi. U menga dadamdan ko‘ra ko‘proq achingandek tuyuldi. Shifokor qo‘lini kissasiga tiqib, bir dorini chiqardi va dedi:

— Kechir, men senga buni aytmasligim kerak edi, lekin men bunday qilolmasam kerak. Sen kasallikni o‘tkazib yubording, endi sen kurashishing uchun kech bo‘lgan menimcha. Bu og‘riq qoldiruvchi dori, menimcha, vaqtincha og‘rimaydi. Lekin iltimos, endi dadang ko‘ziga ko‘rinma.

U xonadan chiqib ketdi. Men na gapirdim, na gapira olardim. Tomog‘imga bir narsa tiqilib qolgandek edi. Shifokorning so‘zlari qulog‘imda jaranglardi: "Kech bo‘lgan...". Men dorini oldim va axlat chelagiga tashladim. Nega bunday qilganimni o‘zim ham bilmasdim. Balki, endi og‘riqni his qilishni xohlagandirman? Balki, bu mening so‘nggi isyonim edi?

.
.
.
Uyga qaytdik. Dadam meni yana kamsita boshladi, nuqirdi. Ammo o‘gay ukamga kelganda, u butunlay boshqa odam edi, uni o‘z o‘g‘lidek ko‘rardi. Men ba’zida o‘ylardim: Balki tezroq o‘larman-a? Shunday qilib kunlar o‘ta boshladi. Men uchun bular odatiy holga aylanib qoldi. Dadam har safar shu gapni takrorlardi: "Onangning o‘limida sen aybdorsan." Men faqat jim edim. Ichimda esa bu so‘zlar meni parchalab tashlardi. Men aybdor edim... Agar men bo‘lmaganimda, onam yashagan bo‘lardi.

Oradan 3 oy o‘tdi. Sevgan odamim meni tashlab ketadigan kun keldi. Men uni yana boshqasining tagida nola qilayotganini ko‘rdim. O‘shanda tushunib yetdimki, odam onasiz hech kim ekan. Onam bo‘lganida, meni bunday xor qilishlariga yo‘l qo‘ymasdi. Men butunlay yolg‘iz edim.

Kunlar o‘tib, 2025-yilning oktyabr oyi keldi. Men 3 yil oldin janjallashib, bir-birimizni o‘ldirishgacha boradigan do‘stimni uchratdim. Men o‘shanda kafeda ofitsiant bo‘lib ishlardim. Men uni rostdan ham sog‘ingandim. U kafega keldi. Men na gapira olardim, na "seni sog‘indim" yoki "bormisan do‘stim" deya olardim. Shunchaki uning ko‘ziga qarab turdim. Uning sabri yetmadi, menimcha, o‘zi gap boshladi:

— Do‘stim, meni eslamadingmi?
Bu gapida "do‘stim" degan so‘zi qulog‘imga boshqacha eshitildi. Men borib uni quchoqladim.

— Sen-chi? Nahotki oramizdagi do‘stlikni unutding? — dedim ko‘zlarimda yosh bilan.
Men u bilan yana oldingidek do‘st bo‘ldim, hatto undan ham yaqinroq. Men kasal bo‘lsam u menga qarardi, u kasal bo‘lsa men qarardim. Bir kuni u qo‘limdagi chandiqlarni ko‘rib qoldi.

— Nima, yana dadangmi? — dedi, xuddi bilgandek.
Men "ha" degandek bosh silkitdim. U meni quchoqladi.
— Bo‘ldi, endi bunday bo‘lmaydi. Sen men bilan ishlaysan, — dedi u qat’iyat bilan.

Biz bir barga, tungi klubga ishga kirdik. Ofitsiant edik. Bir kuni barimizga o‘sha yerning egasi keldi. U o‘zbek emasdi. Hamma ofitsiantlarni yig‘di, hammamizni ko‘zdan kechira boshladi. Do‘stim bilan yonma-yon turgandik. U bizga qarab, "эти" (bular) dedi. Biz nima qilganimizni bilmasdik, bir-birimizga qaradik. U ketdi. Hamma yengil nafas ola boshladi. Mening xayolimda hali ham o‘sha "эти" degan gapi aylanardi. Yonimizga ish boshqaruvchi keldi:

Sizlar endi bu yerda emas, zavodda ishlaysizlar, — dedi.
Men hayron qoldim.
— Qanaqa zavod? — deb do‘stimga qaradim.
U tirjayib turardi.
— Nega kulyapsan? — dedim kesatib.
— Hoy, zavodda kattagina pul berishadi, — dedi u.

Men ham rozi bo‘ldim. Biz ataylab kechki smenani tanladik.

​2026-yil, 12-yanvar. Men BL (Boys Love) drama va FF (Fanfiction)larni yoqtirardim. Ancha yil oldin fan boy bo‘lgan edim. Bir kuni Jarvis (kanal egasi) anonim yozayotganini ko‘rdim. Men hech kimni tanimasdim. U hammaning savoliga javob berardi. Men ham unga yozdim:

M: — Salom.
J: — Salom do‘stim.
Men o‘shanda o‘ylanib qoldim. Tanimagan insonim nega meni "do‘stim" dedi? Nima yozishni bilmadim, lekin u bilan gaplashgim keldi.

M: — Maktab janridagi FF yozasizmi?
J: — Yo‘q, men maktab janrida FF yozmaganman, lekin arxivda bor.
M: — Uni o‘qib bo‘ldim. Menga siz yozib bering.
J: — Men pedofillikka qarshiman 😑.
Mening bu gapdan kulgim keldi.
M: — Nima qilibdi, oddiy yozsangiz ham bo‘ladiku. Masalan, sinfdosh va sinfdosh o‘rtasidagi sevgi. Nima deysiz? Shunchaki meni tug‘ilgan kunim yaqin edi.
J: — Yaxshi do‘stim, agar bunday bo‘lsa, men yozib ko‘raman.
Ozgina vaqt o‘tdi, taxminan 10 daqiqa. Mening xayolimga bir narsa keldi.
M: — Jarvis, admin olmaysizmi?
J: — Admin? Oldin FF yozganmisiz? Menga yozing, men mana shu yerda bo‘laman, — deb akauntini berdi.

Xullas, shunday qilib biz tanishdik. Men shu Taekook fanfics by:J kanaliga admin bo‘lib kirdim. Hozir esa mening hech kim bilan ishim yo‘q, chunki o‘zim uchun alohida uy oldim. Do‘stim menikiga ko‘p kelib turadi. Lekin ba’zida kasallik yoki onamni tushumda ko‘rish, o‘lim yaqin ekanligini eslatib qo‘yadi..
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Mana meni hayotim qandey agar yoq bulib qolsam meni unutmaysizlar degan umidaman🙂
#night_x