August 4

Qoch ep6 🩸

Jk Taeni qutiga qamaganiga uch kun boʻldi. Qolgan odamlar ham uch kundan beri tuz totgani yoʻq. Jkning ozgina koʻngli yumshadi va Taeni oldiga bordi.

Jk qutini ochganda Tae hushsiz yotardi.Uning butun tanasi muzlab qolgandi. Jk uning yuzlarini siladi va koʻtarib yotoqxonasiga olib ketdi.

Jk uning yaralarini qaytadan tozaladi va oyogʻidagi binti ham almashtirdi. Ustini oʻrab Soʻng xonadan chiqib ketdi.

Bir qancha vaqtdan soʻng Tae hushiga kela boshladi.

V: nima men qayerdaman, men tush koʻrdimmi. Oh bu iliqlik qanday yoqimli.

Tae issiq toʻshakka oʻranib oldi, lekin u toʻshakda begona hidni sezdi va tez hammasi esiga tushdi.

U tez oʻrnidan turdi va xonadan chiqmoqchi boʻldi lekin eshik qulf edi va derazalar yoʻq edi.

Uning oyogʻi hali ham ogʻriyapti. Nima qilishga oʻylanib yotoqqa oʻtirdi. Shunda uning koʻzi yotoq oldidagi stol ustida turgan kiyimlarga tushdi.

Tae ularni oldi va unda xat borligini koʻrdi. U xatni oʻqirkan unda shunday yozilgandi.

ʼʼKechki soat 18:00 da seni oldinga kiraman, sen esa men qoldirgan kiyimlarni kiyib tayyor turishing kerak. Sening qaysarliging opangning oʻlimini yaqinlashtiradi.ʼʼ

Bu gaplarni oʻqigach Tae qaynab ketdi. U baqirib qoʻlidagi xatni gʻijimladi va otib yubordi.

Endi Taeni Jkning aytganini qilishdan boshqa iloji yoʻq.

V: jin ursin seni Jk, seni albatta oʻz qoʻllarim bilan oʻldiraman.

Soat 18:00. Jk bir soniya ham kechikmasdan eshikni ochdi. Tae allaqachon tayyor boʻlib oʻtirgandi.

Jk: qanday itoatkorsan, sen agar shundayligingcha qolsang albatta opang ikkingiz tirik qolasiz.

Jk gapirish bilan bir paytda Taega yaqinlashib, uning tanasi boʻylab qoʻllarini yurgizdi.

Uning harakatlaridan Tae muzlab ketdi.

Shunday qilib ular pastga tushishdi. Jk ular uchun chiroyli dasturxon tuzadi qoʻygandi. Ular oʻtirishdi.

Jk: istaganing ha ovqatlanishing mumkin, marhamat.

Tae Jkga tikilib qoldi, soʻng uch kun qutida och qolganini oʻyladi va ovqatlanishni boshladi.

Jkga uning ovqalanishi yoqib tushdi va gap boshladi.

Jk: bilasanmi opang hali ham oʻsha xonada uch kundan beri och qolgan.

Tae shu zahoti ovqatlanishni toʻxtatdi.

Jk: toʻxtama yeyaver.

V: qornim toʻydi.

Jk: hahaha, yaxshi unda meni eshit. Men sen bilan kelishib olmoqchiman.

V: sen kelishishni bilasanmi

Jk: albattada. Eshit!!! Men opangning hayotini taʼminlayman. Sen esa meni yonimda qolasan, har tun meni hursand qilasan. Hoʻsh rozimisan

Tae bu gaplarni eshitib jahli chiqib ketdi

V: sen qanday jirkanch odamsan. Men seni shartingga koʻnmayman.

Jk: men sendan koʻnishingni kutmayman ham.

Jk oʻrnidan turib Taening oldiga bordi. Uni boshini stolga tirab, uning qulogʻiga pichirladi

Jk: agar men bilan qolsang opang uzoq yashaydi.

U Taening sochini changallab, sudiragancha yana yotoqxonaga olib chiqib ichkariga otdi.

Jk: bugun oʻyinni shunchaki tomosha qilasan. Zavqlan......

Jk eshikni qulflab chiqib ketdi.

U endi qolgan oʻyinchilarning oldiga bordi.

Ularning hammasi ochlikdan sillasi qurigan edi. Lekin Wonyung tezda Jkning oldiga bordi.

W: Tae qayerda uning ahvoli qanday.

Jk: u sening hayoting evaziga men bilan qolishga rozi boʻldi va hozir u maroq bilan uxlayapti.

Wonyung bu gaplardan shokka tushib qoldi. Bilmasdiki Tae ulardan ham battar qiynalganini.

W: bu boʻlishi mumkin emas. Tae hech qachon oʻzini zoʻrlashlariga koʻnmagan boʻlardi

Jk: afsus uni yaxshi bilmas ekansan

Jk qolganlari ham chaqirdi va hammaga tashqariga chiqishini aytdi.

U Tae turgan xona tomonga qarab baqirdi

Jk: Tae qara oʻyin boshlandi, men badanda turaman.

Tae uning gaplarini eshitdi va xonadagi kichkinagina oynadan ularga qaradi

Jk buni koʻrdi va qolganlarga yugurishini buyurdi.

Tae opasini qutqarishi kerak. U xonada chiqish yoʻlini axtarishni boshladi.

Va u topdi. U eshikni ochdi. Endi Tae Jk oʻrmondaligidan foydalanib uyda chiqib ketdi.

Jk atayin Taeni boʻysundirish maqsadida Wonyungning ortidan quvdi.

Jk shunchalik mahoratli ediki, Wonyungni yarim soat ichida topib oldi. Uni sochidan ushlab bir marta oʻq uzdi. Soʻng uy tomon yoʻl oldi.

Tae esa oq ovozini eshitdi

V: u bir kishini topdi lekin aniq opam emas. U albatta oʻqish tomon chopayotgan boʻlsa kerak. Men unga ishonaman

Tae yoʻlida davom etdi.

Jk uyga keldi. Qolgan yigitlar ham kela boshladi. Yana hech kim oʻlgani yoʻq. Qolganlar hayratda.

Jk: qara Tae men opangni tirik qoldirdim. Men badanda turdim sen ham shartimni bajarasan. Agar qarshilik qilsang u oʻladi.

Lekin Tae oynadan qaramadi. Jk yana chaqirdi. U chiqavermagach Jkning jahli chiqdi va bir yigitni oʻtib tashladi. Hammaga xonaga qaytishini aytdi va Taening oldiga ketdi. Borsa xona eshigi ochiq edi.

Jk: lanati Tae.....

Jk uni ajratib chiqib ketdi.

Oradan yarim soat oʻtdi.

Tae esa katta yoʻlga chiqib oldi.

V: yaxshi men yoʻlga chiqdim endi bu yerdan kimdir oʻtarmikan.

Bir necha daqiqa ichida Tae tomon bir katta mashina kela boshladi. Tae buni koʻrib hursand boʻlib ketdi va mashina toʻxtatmoqchi boʻlib qoʻlini koʻtardi.

Lekin mashinadan qurol chiqdi. U Taeni nishonga olgan edi.

V: nima ular nima qilishyapti.

Paaaaq.....

Oʻq uzildi. Tae esa yerga quladi.

Mashina toʻxtamasdan ketdi.

V: nima nima boʻldi lekin men

Taeni Jk qutqarib qolgandi.

Oʻq Jkning yelkasini teshib oʻtgandi.

Jk oʻrnidan turib Taening yuziga tarsaki tushirdi. Lekin u juda koʻp qon yoqayotgan edi. Tae esa bundan foydalanib qochishga urindi.

Jk: sen.... sen bu yerdan mensiz chiqa olmaysan, ustiga ustak opang meni uyimda oʻtiribdi agar ketsang u oʻladi.

Tae toʻxtadi va JKning oldiga borib unga yordamlashdi. Axir u opasini tashlab ketolmasdi.

Ular uyga qaytishdi. Tae Jkni yuqori xonaga olib chiqib yotqizdi. Jk kpq qon yoʻqotgani uchun oʻzini yoʻqotib qoʻygandi.

Tae uni shunday tashlab ketmoqchi boʻldi, lekin Jk bugun uni qutqarib qolgandi. Shuning uchun qarzini uzgani oldida qoldi.

Jk alaqsirab gapirdi.

Jk: Tae bilasanmi men seni yoqtirib qolyapman. Men shunchaki yonimda qolishingni istardim lekin sen buni istamayapsan shuning uchun seni qiynadim. Meni kechir.

U uxlab qoldi. Tae Jkning yarasini bogʻlab qonni toʻxtatdi. Jkning gaplari Taeni chuqur oʻyga toldirdi. U hayolar bilan Jkning oldida uxlab qoldi.

.

.

.

By~KiRa💀