Reallikdan tashqarida🌌
V:pov: men allaqachon hayotdan toʻydim. Hayotda maqsadim qolmadi. Oʻlishni hohlayman......
Tae endi 20 yoshga toʻladi. Uning harakteri tushunarsiz. Yoshligidan oʻziga oʻxshagan odamlarni qidirgan lekin hech kim uni tushunmadi.
U koʻpchilik boʻlishini yoqtirardi lekin, doim odamlar bilan gaplashganda oʻzini begonadek his qilardi.
Borgan sari u odamlardan oʻzini cheklashni boshladi. Doimo kulib turadigan yuzi oʻzgardi.
Tae oʻzgacha narsalarga qiziqardi. Shuning uchun baʼzida uni yosh bola deyishgan.
Balki uning ukalari tugʻilgandan keyin bor eʼtiborni yoʻqotib qoʻygani uchundir.
U multfilm va kinolarni tomosha qilishni yoqtirgan. Turli hil fantastik ,jangari, sarguzasht filmlar uning jonu dili boʻlgan. Ularni koʻrib boʻlgach tezroq tun kelishini kutardi. Chunki tunda uni hech kim bezovta qilmasdi. U esa koʻrgan voqealarini hayolida qaytadan tahlil qilardi. Butun boshli senarini oʻzini ham Qahramon sifatida qoʻshib tuzib chiqardi.
U borgan sari oʻzining hayollarida yashashni istay boshladi.
Uning olami tashqi dunyo bilan bir-biriga mos kelmay qoladigan boʻldi.
U doʻstlari bilan kam gaplashadigan boʻldi. Hayolida doʻstlari uni yomon koʻrardi. Baribir uning gaplarini tushunishmaydi deb oʻylardi.
Darslarda u faollikni yoʻqotib qoʻydi.
Faqatgina oʻzini dunyosida yashash uchun koʻzlarini yumib yotardi. U uxlamasdi. Chunki uxlaganda uning dunyosi ham uxlardi.
Uning koʻp hayol surishni onasiga yoqmadi va uni dangasa deb koʻp urishdi. Keyinchalik har bir ishidan kamchilik topadigan boʻldi.
Uning hayoti endi oddiy boʻlmay qoldi.
V: men negaligini bilmayman lekin, qiziqishlarim oʻzgacha. Odamlar meni tushunmasligiga ishonaman. Chunki bir necha bor ularga hayollarimni tushuntirishga harakat qildim, lekin, foydasi boʻlmadi.
Men yoshligimda juda baxtli edim. Ota-onam faqat menga eʼtibor berishardi. Lekin besh yoshimda birinchi ukam tugʻildi. Men buni yaxshi deb oʻylagandim. Afsus, u qanchalik katta boʻlsa menga shunchalik qiyin boʻlardi. Oyim uni deb meni kaltaklardi, uni deb oʻynash uchun ham chiqolmay qoldim. Boshida u bilan yaxshi edik. Keyinchalik u meni mensimay qoʻydi. Unga hatto qoʻlimni tekkizolmasdim. Ota-onam yoʻqsa meni qattiqroq tergashardi. Shuning uchun ukam mendan oʻzini ustun koʻra boshladi va aytganimga kirmay qoʻydi. Shu tariqa u bilan oramiz uzoqlashdi.
Men otam meni tushunadigan yagona odam deb oʻylayman, lekin onam bizni doim otamga qora qilib koʻrsatgan. Otamga sirli tutqanoq bor edi. Men uni yoshligimdan koʻrib kelganman. Har safar tutqanoq tutganda men otam olib qoladi deb oʻylardim. Shu tufayli onam ota asabiy boʻlib qolgan. Koʻpincha alamini mendan olardi.
Ular meni orzularimni eshitishganda bemanilik deb aytishardi.
Men televizor tomosha qilganimda hursand boʻlib ketardim. Lekin ish qilishga hech hohshim boʻlmasdi. Bu albatta oyimga yoqmasdi. Aslida oyimning oʻzi hamma ishlarni bemalol qilolardi, lekin bizning bekorchi boʻlishimizni hohlamasdi.
13 yoshimda ikkinchi ukam ham dunyoga keldi. Bilmadim nega boshida uni qabul qilolmadim, lekin keyinchalik usiz hayotimni tasavvur qilolmay qoldim. Va shu orada katta ukam bilan yanada uzoqlashib bordik. Shunda ham men oilamni yaxshi koʻrishimga oʻzimni ishontirdim. Baʼzida qaniydi tugʻilmagan unda deb oʻylardim.
Baʼzi payt hammasidan charchab uydan qochib ketishga urindim. Ammo bir qadam ham tashlolmadim.......
Meda deyarli yaqin doʻstlar yoʻq. Hattoki qizlar ham meni yoqtirmaydi. Men yolgʻiz qoldim. Menga kimdir kerak.
Men xonada yolgʻiz oʻtirardim. Koʻzlarimni yumdimda, oʻylashni boshladim.
Menga doʻst kerak,menga bir qiz kerak. Hayotda topolmaysan hayollarimda uni oʻzim yarataman.
Uning yuzlari oppoq, koʻzlari tim qora huddi sochalaridek.
Toʻxta u oʻgʻil bolaga oʻxshab ketyapti. Nima rostanam u oʻgʻil bola. Menga qiz bola kerak edi. Uni tezda hayolimdan chiqarishim kerak.
Uni koʻz oldimdan yoʻqatolmayaoman. Uning menga qarab turgan nigohlari...
Men uni Jungkook deb atay boshladim.
Har kuni koʻzimni yumganimda u oldimda paydo boʻlardi.
Mening oldimda doimo qandaydir qiliqlar qilib oʻynardi.
Men esa jimgina uni kuzatib oʻtirardim.
Shu tariqa men Jungkookga bogʻlanib qoldim.
Orada men oliy oʻquv yurtiga kirish uchun tayyorlandim.
Moliyaviy ahvolimiz yaxshi emasligi uchun mening harajatlarimni qoplash biroz muammo edi. Oyim tinimsiz menga sen oʻqishing kerak deb aytaverardi.
Yoshligimda qattiq taʼlim tufayli ukalarimga nisbatan yaxshi edim. Shuning uchun ota-onam menga ishonishardi. Men oilamizni kambagʻallikdan olib chiqishim kerak edi.
Shunga qaramay men doim Jungkook yonimda boʻlishini istardim.
U boshlanishiga umuman gapirmasdi. Lekin bir kun gapirdi...
Men kutmagandim. Uning ovozi huddi ona allasidek eshitilardi.
Endi u faqat atrofimda oʻynamasdan men bilan gaplashishni boshladi.
U hayollarimda borgan sari chiroyli boʻlib borardi.
Endi Jungkookni hayolda emas balki haqiqiy hayotda koʻrishni istardim
Onam menga tinimsiz yaxshi oʻqishim kerakligini uqtirdi.
Men katta ukam bilan kelisholmasdim shuning uchun tinmay unga zahrimni sochardim.
Onam esa keyin menga risq haqida gapirardi.
Onam — ʼʼ bilasanmi biz ukalaringni risqini qoʻyib seni oʻqityapmiz ularni kamsitishga va qoʻl tekkizishga haqqing yoʻqʼʼ
Obamaning gaplaridan ukamni yanada yomon koʻrardim
Aytolmasdimki — gʻazalida ular mening rasmni qoiyib bu dunyoga kelishgan, men shunchaki ulardan haqqini olyapmanʼʼ
Men aytolmasdim. Qachonki bir ogʻiz gapirsam, biz senga yoqmay qoldikmi deyishardi.
Men nima boʻlsa ham oilamni deb chidar edim.
Men qachon siqilsam faqatgina Jungkook menga dalda berardi.
Shu tariqa kunlar oyga, oylar yilga aylandi. Men Jungkookni sevib qolgandim. Qanday qilib bilmayman, u baʼzida meni hayolimga kelmagan gaplarni ham aytardi.
Ammo men oʻylab qoldim, Jungkookni men yaratganman, u faqat meni tarafimni oladi, faqat men oʻylagan narsani qiladi.....
Nima boʻlsa ham tashqi dunyodagi muammolarda holi joy faqat Jungkookning yonida edi.
Men oliy bilim yurtiga kirdim. Ota-onam ishonchi oqlandi.
Shu tariqa men qattiq oʻqiy boshladim. Shunchalik charchar edimki, hattoki hayol surishga ham vaqt yetmay uxlab qolardim.
Men bir kuni tush koʻrdim. U yerda Jungkook bor edi.
Shu kungacha u biror marta tushimga kirmagandi.
ʼʼ sen meni tashlab ketdingʼʼ — deb ketdi.
Men esa uning orqasidan Quva boshladim lekin yoʻlda yer meni yuta boshladi va uni qoʻldan chiqardim.
Men uyqudan qoʻrqib uygʻondim.
Oʻzimcha Jungkookni oʻzim yaratgan boʻlsam qanday qilib meni tashlab ketadi deb oʻylabman. Lekin ertalab uning qiyofasini unutib qoʻydim
Boʻlishi mumkin emas. Men usiz yasholmayman. Men uni sevaman
Mening hayotim, endi u qiziq boʻlmay qoldi. Men hattoki Jungkookni ovozini ham eslay olmayapman.
Menda chindan ham hech kim qolmadi. Faqatgina qulogʻimda uning qiqirlagan kulishlari eshitilardi..
Men yashashni istayman, bu hayotdan toʻydim.
Shu tariqa oradan olti yil oʻtdi. Men allaqachon hech qanday tuygʻulari yoʻq boʻlmagan odamga aylandim. Hali ham men Jungkookni sogʻinyapman, lekin qancha urinsam ham uni eslolmadim.
Oʻqishi bitirib chet elga yoʻl oldim. Samolyotdan tushdim.
Atrofimda qandaydir tanish kulgu eshitildi.
Bu ovoz juda oʻzgacha. Men tezda bu ovozni kuzata boshladim. Yoʻlimda odamlar koʻp edi, biroq bu ovoz shunchalik tanish ediki, ming hil tovush ichidan ajrtolardim.
Shu payt meni hamma xotiralarim qaytdi. Men esaldim, men Jungkookning qiyofasini esladim.
Uning koʻzlari, lablari huddi oʻsha kunlardagidek.
Qanday baxt. Shuncha yillar davomida qidirgan insonim yonimda turibdi.
Men endi nima boʻlishidan qatʼiy nazar Jungkookni aslo yoqotmiman.....