July 23

Baxtli oʻlim ep13

Inson hech qachon kimdir uchun oʻzini qurbon qilishi shart emas. Qurbonlikdan oldin uning ortida qoladigan odamlarni ham oʻylashi lozim.

Biz oʻlganimizda ortimizda yigʻlab qoladigan yaqinlarimiz uchun ham biz kurashishimiz kerak boʻladi.....

.

.

.

Ertasi kuni Jk Taeni Shimoliy issiqxonaga olib bordi. U yer eng chiroyli joy, haqiqiy tabiatning namunasi edi. Shuning uchun faqatgina boylar u yerga borolardi.

Jk: hoʻsh Tae mana sen aytgan joyga keldik. Bundan hursandmisan

V: albatta hursandman azizim

Jk: hhha istasang seni bu yerga tez-tez olib kelib turaman

V:hayolida: umrimda erkinlik qanday boʻlishini bilmay oʻsdim. Hech boʻlmasa oʻlimimdan oldin uni his etishni istayman

V: albatta istayman

Jk: yaxshi kel unda birgalikda bu yerni tomosha qilamiz

V:aha

Afsusdard ustiga yana bir kulfat tugʻildi. Huddi shu kuni Suga ham qandaydir uchrashuv uchun aynan shu issiqxonaga kelgan edi. Unga hali ham Tae suv va havodek kerak

Jk va Tae hotirjam sayr qilishayotgandi. Bu yerdagi muhit ularni hayotning eng baxtli odamlariga aylantirardi

V: Jk qara u yerda ot bor ekan unga chiqmoqchiman

Jk: lekin bu senga qiyinlik qilmaydimi

V: faqat bir marta

Jk: lekin agar yana yiqilib tushsangchi. Farzandimizni oʻylashing kerak

V: albatta men unga yaxshi qarayman

Jk: lekin oʻzingchi

V: axir yonimda sen borsan. Sen men va farzandimizni himoya qilishinga ishonaman

Jk: albatta menga ishonaver men sizlarni hayotimni oʻrtaga qoʻyib boʻlsa ham himoyalayman – Jk Taeni mahkam bagʻriga bosib peshonasida oʻpib qoʻydi.

Lekin ularni allaqachon Suga koʻrib boʻlgandi va ularning barcha gaplarini eshitdi.

Suga Jk va Taening baxtli daqiqalarini kuzatib turarkan, ularni yanada yomon koʻrib borardi. Uning hayollari chalkashib, oʻzi bilan jang olib boradi.

Sg:hayolida: nahotki bular ikkisi hali ham tirik, lekin qanday.... qanday qilib ular hozir bu yerda. Axir ular nochor edi. Akasining oʻlimidan keyin ular qanday yashab qolishdi. Bolakay eplab tirik qolgan taqdirda ham narigisi oʻlishi kerak edi. Men unga pichoq sanchgandimku. Ular endi nochor yashayotganiga oʻxshamaydi. Yana farzandimiz ham deyishdimi. Nima bolakay homiladormi. Agar u kasal boʻlsa nega u bilan aloqa qildi. Demak bolakay kasal boʻlmagan. Ular meni shunchaki aldashgan ekanda. Ularni deb otam va doʻstlarim oʻlib ketishdi. Endi navbat menga keldi. Yoʻq......yoʻq men osonlikcha taslim boʻlmayman. Nima qilib boʻlsa ham bu bolakayni olaman va men uzoq yashayman.

Jk va Tae kechgacha issiqxonada boʻlishdi Suga esa ularning oʻrtalaridan qolmay kuzatib turdi

Jk: Tae charchab qolmadingmi endi uyga qaytsak ham boʻlar

Tae sekin qornini ushlab olib

V: ha boʻladi men charchadim, lekin bugungi kun ikkimizga ham yoqdi. Buning uchun dadamizga raxmat aytamiz

Jk asta egilib Taening qoringa pichirladi.

Jk: men sizlar uchun borimni berishga tayyorman sen ham buni bilishing kerak. Tezroq kelaqol dadang seni kutyapti.

V: eh bu nimasi uni shoshiltirma, hammasi oʻz vaqtida boʻladi.

Jk: ahhh nima qilay sabrim chidamayaptida

V: sabrsiz boʻlma. Ha aytgancha qaytishda shifoxonaga kirishimiz kerak. Yana bir bor tekshirish kerak ekan.

Jk: albatta Tae

Ular yoʻlga chiqishdi. Suga ham ularni ortidan ketdi

Sg: bu yana nimasi ularda bunday mashina nima qilyapti...

Jk va Tae shifoxonaga borishdi lekin doktor yoʻq ekan

Jk: hoʻsh Tae sen spraga doktor hozir yoʻq ekan balki boshqasiga kirarmiz

V: istamayman. Mayli ertaga kelamiz. Hozir esa uyga ketaveramiz

Jk: mayli sen istasang shunday boʻlaqolsin

Ular uyga yetib borishib birgalikda ichkariga kirib ketishdi. Suga esa uzoqdan ularni kuzatib turardi

Sg: qanday qilib, axir bu shaharning eng boy odami janob Bo Gyuning uyiku, ular bu yerda nima qilishyapti. Mayli nima boʻlsa ham men oʻz maqsadimga erishaman, qanday qilib boʻlsa ham...

|

By~KiRa💀