February 17

' 𝑭𝑨𝑲𝑬 𝑾𝒊𝒇𝒆 '

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑-7

Yn bundan juda hijolat tortdi. Balki boshqa narsa deganida yaxshiroq bo'larmidi.

Jungkook hech qanday sózsiz órnidan turidi va xonadan chiqib ketdi. Jungkook ketganidan so'ng Yn nihoyat erkin nafas oldi.

Biroq Jungkook 15 daqiqaga yetmay yana xonaga qaytib kirdi. Qólidagi sumkada nimadirlar bor edi. Ynning ko'z óngida sumkani tokcha ustiga qóydida yana taror xonadan chiqib ketdi. Yn órnidan turib sumkani ochib kórdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki sumka ichida ayollar uchun, bunday og'riqli kunlar boshlanganda maxsus qóyiladigan turli hajmdagi lashvushlar hamda tóla sochiqlar bor edi.

Yn bir lahza Jungkookdan minnaddor bóldi ammo uning vijdoni óziga juda qattiq og'riq berardi... Axir kimnidir aldash yaxshi ish emas...!

Yn qayta kórpaga o'randi va sukunatdan orom oldi. Shu on eshik yana bir bor ochildi. Bu safar ham Jungkook... Qólida patnis ko'tarib issiq shórva olib kelayabdi. Hech bir sózsiz uni ham tokcha ustiga qóydida xonadan chiqib ketdi.

Jungkook xonadan chiqqandan sóng. Nariga xonaga ótdi. Kecha qanday rasvo bólib turgan bólsa hozir ham huddi shunday edi. Qóliga maxsus qólqop kiydida hamma yoqni bir ózi tozalay boshladi.

Tashqaridan qaraganda... Jungkook juda mehribon bólib qoldi. Ammo u hayolida qanday chirkin rejalarni óylayotganini hech kim bilmaydi

Jk: ' oz qoldi, endi menga kerak emassan! Bugun shundog'am kóp óyladim.. Seni qanday óldirsam ekan?! Hamma narsa bosdi bosdi bóldi. Modellik nihoyalandi, nihoyat mening hayotim opppoq varaq va endi menga bir tiyinlik foydang tegmaydi. Soxta rafiqam bólishga endi majbur emassan, ammo ólishing shart Malla soch ! '

Yuzida mag'rurona ósha jilmayish paydo bo'ldi. Jungkook ishlarini tugatgach ózi ham xonasiga kirib dam oldi.

Ertasiga erta tongdan ishga ketdi. Bugun ishlar haddan ziyod kóp. Jungkook bir deganda 1, 2 kunlik ishlarni bajarib tashlagandi ammo bu Kompaniya! Va bu- hech qachon ish tugamaydi degani!

Bugun katta majlis bor edi. Yirik aksiya hissadorlari bilan bir xonada ótirgan Jungkookning negadir ózini noqulay his qildi.

Hwan: eshitishimcha 20% hissador Choi vafot etibdi

Kan xonim: ha men ham eshitdim.

Soo: endi uni aksiyalariga kim egalik qiladi.

Hwan: shoshmanglar bu yerda hammamizni aksiyalarimiz teng! Va agar kimdir sotib oladigan bólsa ósha odam bizdan bir pog'ona ustun bóladi-ku bunga nahot yól qóyib bersak?!

Jk: boshqa iloji bor deb óylaysizmi?

  • Kelganidan beri qalamni óynab ótirgan Jungkookga nihoyat barchaning e'tibori tushdi
  • Kan xonim: qanday taklif berasiz Janob Jeon?!
  • Jk: kimdir aksiyalarni sotib ololadimi?

Hamma jim edi. Chunki bu aksiyalarni hatto 5 % ham óta darajada qimmat! Va hamma ham sotib olishga qodir emas.

Jk: men esa sotib ololaman!

Soo: nima? Kechagina kompaniyaga kelgan odam. Hammamizdan kóp aksiyaga ega chiqib bizni boshqaradimi?

Kan xonim: hurmatingizni saqlang Janob Soo !

Soo: axaxa ôtmishi noma'lum kimsa... Tayinli oiladan chiqqanmi ? Naslini ma'lumi yo'q. Yana sharmanda model... Bizni boshqarsaya?

Jk: Men ilk kelgan kunim hech kim qila olmagan ishlarni bajardim. Kechagina kelgan bólsam ham sizlarga yetakchilik qobilyatimni isbotladim! Havotir olmang janob Soo zotimning ma'lumi bor. Ammo aytmaganim ma'qul deb hisoblayman. Yana eshitib yurak hurujidan vafot etmang... Keyin sizni ham aksiyalaringizni sotib olish uchun pul sanab yurishimga to'g'ri keladi.

Jungkookning bu yov qarashlaridan Soo negadir birdaniga terlab ketdi va damini ichiga yutgandek jim qoldi.

Hwan: menda e'tiroz yo'q. Janob Jeon kechagina kelgan bólsada raxbarlik qobilyati borligini isbotlagan.

Kan xon: men ham qarshi emasman

Soo: men ham

Jungkook bu stoldagi barini ólimga loyiq ekanligini ich ichidan his qilardi.

Jk: ' men eng zo'riman! Faqat men raxbarlikga loyiqman ! '

Hwan: Raxbarlik bilan tabriklayman Janob Jeon

Jk: hammangizga raxmat!

Jungkook xonasiga kirdida telefonini qóliga oldi. Va kechagina órnatgan kameralari yordamida bugun Yn nimalar qilishini ozroq tomosha qildi. Hammasi Yn ósha kuni alkogol ichgani sabab boshlandi. Va Jungkook Ynni nima qilayotganini kuzatib turish uchun villasiga va bir nechta xonaga kamera órnatgan edi.

Ammo Jungkookning qoshlari keskin chimirildi. U allaqachon tushundi... Yn kecha yolg'on gapirgan. Ammo u hozir Jungkookning xonasida nima qilayabdi?! Nimani titkilayabdi?!

Jk: kecha unga chindan achingan edim.. Hatto unga xizmatkordek xizmat qildim. Ammo barchasi yolg'on ekan... Har doimgidek, odamlar meni ya'na aldashdi. Doimgidek qóllarida óynatishdi. Ammo bilishmaydiki... Buning tovoni doimgidek og'ir bóladi. Jeon Yn - bu dunyodan óchadigan kuning keldi. Hayotimda juda kóp yashab yubording va meni mehribon deb ôylading chog'i

Jungkook uyiga qorong'u tushmasidan avval bordi. Doimgidek villasiga yetib kelgandan sóng, qulfni ochdi hamda ichkariga kirdi. Yn Jungkook uchun taomlar tayyorlagan edi. Ammo Jungkook ularga hatto qiyo ham boqmadi.

Jungkook: seni bir joyga olib bormoqchiman!

Yn: qayerga?

Ovozida biroz havotir hamda qórquv bor edi. Chunki uning kóngli negadir bugun notinch.

Jk: borganda kórasan! Kiyinda mashinaga chiq. Kóchada kutaman

Yn bosh silkitgancha ustiga yengil futbolka hamda shim kiyib chiqdi.

Mashinadan joy olgan juftlik órtasida sukunat bor edi. Na qiz biron sóz der edi na yigit gapirardi. Qizda biroz hayajon va qórquv, yigitda esa hissiz, yuzida avvalgidek kulgudan asar ham yo'q.

2 soatdan beri ólik sukunat mashinada hamroh edi.

Yn pov

Bolaligimdan kôchaga chiqishni yomon kórardim ammo hayot meni shunday taxqirladiki endilikda katta bólib kóchaga chiqishni, xotirjam sayr qilishni juda juda hoxlayman. Qani edi bolalikda bularni qadirlagan bólsam, erkinlikni qadriga yetgan bólsam...

Jungkook nahotki meni kechki sayrga olib chiqayotgan bólsa... Kecha u menga juda mehribon bóldi. Bilmayman men uni hanuz avvalgidek sevamanmi? Ózim ham hissiyotlarimga tushunmayabman... Menimcha yuragim sev deyabdi. Ammo aqlim hech qachon deyabdi. Qaysi birini tanlay?! Unga yana imkon berib sevib yashasam.. Sevgimni yana oyoq osti qilsachi?!

Ynning kózlari qandaydir belgini ilg'adi.

Yn: Jung-kook bu yer .. Xavfli órmon... Bu yerda yirtqich hayvonlar bor, kech tushayabdi nega bu yer-ga keldik?

Jk: gapirmaganingda qanday go'zal bólib ketishing haqida senga aytganmanmi?

Jungkookning yuzida avvalgidek yovuzona tabbassum paydo bóldi.

Yn: bu yer juda qórqinchli.. Iltimos ketaylik

Jk: yóq Malla soch bu yerda senga beradigan narsam bor !

Mashina huddi shu payt tóxtadi.

Jk: tush

Yn mashinadan tushdi allaqachon qorong'u tushgan. Atrof zimiston faqatgina mashina chiroqlari yonib turardi.

Jungkook mashinaning orqa órindig'idan qizil sharfni oldi. Va mashinadan tushib qizning qarshisiga keldi. Sharfni qizning bóyniga bog'lagan Jungkook, asta qizning peshonasidan ópdi.

Yn: nima qilayabsiz ?!

Jk: hammasi uchun raxmat Malla soch !

Qizning kózlari birdaniga pir piradi. Qóllari qaltirab, kózlari yoshga tóldi. Bóg'ziga keskin nimadir tiqilgandek qattiq og'riq berdi. U allaqachon oz bólsada tushundi... U vazifasini ótab bóldi va ortiq Jungkookga kerak emas..

titragan lablari bilan bir og'iz ham sóz ayta olmadi. Ayni paytda yuragi qattiq og'riq berardi. Ich ichidan Sevgisini lanatlardi. To'g'rida yurak parchalandimi... Demak sevgiga ham bu ta'sir ótkazadi.

Jk: menga ortiq keraging yóq.

Erkak bu sózlarni yuzida tabassum bilan aytdi. Qizning esa shu zahoti kózlaridan kóz yosh oqdi.

Jk: Malla soch bunchalik ta'sirchan bólishni nima keragi bor a?

Qizning yanog'i tomon erkak bóyin egdi. Yanoqdagi kóz yosh tomchisini til uchida sekin yaladi.

Jk: shórtamgina...

Yn birdaniga Jungkookning qóllaridan ushladi.

Yn: meni nima qilmoqchisiz? Iltimos.. Faqat bu emas.. Bu yerda otib tashlamoqchimisiz? Yoki sovuqda qoldirib ketmoqchimisiz? Iltimos bunday qilmang... Meni shunchaki qóyib yuboring. Ont ichaman hech kimga churq etmayman.

Jk: Jeon Jungkookning rafiqasisan seni hamma taniydi. Ajrashdi deyilgandan kóra ayoli óldi degan nomni ózimga mos kórdim. Va ... Qiynalib ólim topishingni istayman. Shunday ekan... Shu zimiston órmonda, yupqa kiyingan holatda sovuqda muzlab ólishingni, yovvoyi hayvonlarga yem bólishingni istayman! Ular seni tanang har bitta qismini g'ajishganda ingroqlaring, ohu nolalaring, faryodlaringni tinglolmasamda... Hozirgi nochor siymoying.. Hech qachon kóz oldimdan ketmaydi va menga bundan ortiq roxat berolmaydi. Sening ilojsizliging, zaifligingni kórish naqadar lazzatli!

Yn: sen odam emassan! Bir uyum axlatsan!

Jk: sen hayotimda huddi shunday axlat kabi joy egallab turgan eding endi qara va meni tabrikla, chunki men ósha axlatni hayotimdan tozalayabman.

Yn: sen...

Jk: alvido

Deya mashinasiga tezda joylashdida ót oldirdi.

Yn: yóq.. Yóq.. MENI BUNDAY TASHLAB KETOLMAYSAN!!

Qiz jon jaxti bilan mashina oynasini taqillatardi qóli bilan bor kuchini sarflab urardi ammo foydasi yóq. Eng alamlisi esa erkakning yuzida doimiy jirkanch ôsha ósha tabbassum bor edi. Bundan qizning battar xórligi kelardi.

Mashina ketdi...

Qiz yerga tizi bilan yiqildi. Atrof zimiston, qop-qorong'u va óta darajada qórqinchli. Olislardan bórilarning uvullashi eshitilar, bu esa qizning yuragini ikki karra tez urushiga sababchi bólar edi.

Qiz kóz yoshlarini artdi. Órnidan turgancha mashina qaytib ketgan taraf bóylab keta boshladi.

Yn: meni aybim seni sevganimmi? Nega meni bunday masxaralaysan? Senga nima qilgan edim.. Axir bor yo'g'i seni sevgandim... Bir marotaba... Atigi bir marotaba hayotimda qandaydir kórinish berishingni sórab har kuni... Duo qilardim. Sen ham meni tabrikla duoyim ammalga oshdi... Ammo sen hayotimga bóron misol kirib kelding va hamma narsani ózing bilan birga vayron qilding. Shu qadar tez kirib keldingki.. Men sening bunchalar qahr g'azabga tólganingni fahmlay olmadim... Barchasi haqida anglab yetganimda.. Allaqachon kech edi. Sen zór aktyor eding.. Rollaringni moxirona ijro qilding.. Butun dunyoni aldading. Hammaga yaxshi kórinding... Ammo sen ózingni shunday kórsatgan eding. Aslida sen ózing tasvirlagan odam emassan!

Qiz qiqqildog'igacha kelgan bu alamdan gapira gapira yig'lar edi. Ammo bu alam ortsa ortardiki sira sónay demasdi.

Qiz oxiri kózlaridagi yosh bilan sovuq yerga quladi. Yer nam va loy edi. Qizning yuzi, kiyimlari ,sochlari... Hamma yeri balchiqqa botdi.

Shunda ham o'zini qólga olib órnidan turdi. Tun zimistonlashgani sayin.. Havo muz kabi sovuq bólar, qiz esa yupqa kiyimda bu sovuq haroratga chiday olmasdi.

Yelkalarini qisgancha yólida sekin yursa ham davom etayotgan qiz oxiri yig'lashdan ham tiyildi... Sababi u sezayabdi. Kimdir uning ortidan izma iz taqib qilayabdi.

Qiz tezligini biroz oshirdi. Ortiq umuman gapirmadi. Ortidan esa yirtqich uni nishonga olgan holatda taqib qilardi.

Yirtqichning qadamlari birdaniga tezlashganini anglagan qiz oxiri oyog'ini qóliga olgancha joni boricha yugurdi. Uning ketidagi yirtqich ham qizga hamla qilish uchun tezlikni oshirdi.

Afsuski yirtqich bitta emas ekan. Yana ikkitasi qayerdandir paydo bóldi. Qiz yanada tez yugurardi. U aslida juda charchagan ammo ólishni ham hoxlamaydi. Agar hozir tóxtasa unga daxshatli ólim róparo keladi.

Yn: ILTIMOS KIM BOR YORDAM BERING!

Hech kim eshitmasdi.. Chunki hech kim yóq edi.

Birdaniga qizning kózlari qamashti chunki olisdan... Qaysidir jonidan tóygan shaxs,mashinasida bu zimistan órmonga kelgan edi.

Mashina qizning yonidan e'tiborsiz ótib ketishi aniq edi. Shu sabab qiz katta tezlikda kelayotgan bu mashinaning tagiga hatto óylab ham ótirmasdan ózini tashladi.

Hayriyatki mashina ichidagi odam. Qizni vaqtida ózini órta yólga otganini kórdi va tezlikni pasaytirdi. Ammo baribir qizni qattiq turtdi. Va qiz og'ir jarohat olib yerga yiqildi.

Bórilarni kórgan mashina ichidagi erkak tezlikda qóliga tópponchasini oldida. Mashinadan tushib ularga qarata óq otdi. Óq ovozidan qórqgan va yaralangan yirtqichlar tezlikda har tomonga qochib ketishdi.

Erkak Ynning oldiga keldi. Yn holsiz va jarohatlari kóp edi.

Yoongi: meni kechiring... Aybimni tan olaman.

Deya Ynni qólida kótarib mashinasiga joyladi... Va kasalxona tomon hayday ketdi.

Haa bu safar emasdi. Bu safar taqdirning ózi Ynning ólishini istamadi.. Aksincha uni kerakli shaxs bilan uchrashtirdi.