March 24

' 𝐆𝐋𝐔𝐄 π‘π¨π¬πž '

𝐬𝐞𝐚𝐬𝐨𝐧-2

𝐂𝐇𝐀𝐏𝐓𝐄𝐑-1

Dunyoda gullar ko'p ammo ba'zilar yashash uchun emas shunchaki xotirani ushlab turish uchun yaratiladi. Xuddi o'sha yelim atirgul kabi - u hech qachon so'lmaydi, chunki unda hayot yo'q. Faqat sun'iy joziba va azobli chidamlilik bor.

Yigit va qizning sevgisi huddi sahrodagi yagona gulga o'shardi. Atrofdagi dushmanlar esa o'sha gulni yulib tashlashga ahd qilgan bo'ronlar edi. Jamiyat ularni rad etdi, yaqinlari yuz o'girdi. Dushmanlik shu qadar nafratga to'la ediki, yigitning eng ashaddiy raqibi qizning pokiza vujudini narkotik bilan zaharladi. Bu sevgini o'ldirish emas , uni tiriklayin yoqish kabi edi. Yigit qasos olovida yonib dushmanini yo'q qildi. Ammo u bilmasdiki, qon qonni chaqiradi - o'ldirilgan dushmanning o'g'li allaqachon qasos rejasini tuza boshlagan edi.

Yigit uchun dunyodagi eng qimmatli narsa - uning ' atirguli ' sevgan ayoli edi. Dushmanning o'g'li buni juda yaxshi tushundi. Oradan vaqt o'tib hayot ularga kichik bir umid berdi qiz farzand dunyoga keldi. Ammo shodu xurramlik bir lahzaga ham cho'zilmadi. Tug'ruqxonadan endigina chiqqan hali vujudi og'riqdan qaltirab turgan ayol o'g'irlab ketildi.

Yigit es-hushini yo'qotib ayolini qidirayotgan paytda, dushman o'zining eng qabih ishini qildi - endigina bir necha soatlik bo'lgan begunoh go'dakni o'ldirdi.

Yigit nihoyat qizning qayerdaligini topdi. Dushmanni qo'lga olishdi, qonun va adolat o'z so'zini aytdi. Ammo ayolning tanasi ham, ruhi ham tamom bo'lgan edi. Eng zamonaviy shifoxonalar, dunyoning eng zo'r shifokorlari ham uni saqlab qola olishmadi. U yigitning qo'llarida, so'nggi bor uning ko'zlariga termulib joni uzuldi.

Yigit uchun dunyo to'xtadi. Bir kunda ham farzandidan, ham borlig'i bo'lgan ayolidan ayrilish... Uni aqldan ozdirdi. U tushunib yetdiki, endi uning hayoti ham Atirgulinikiga o'xshab qolgan. Tashqaridan kimdir ko'rsa yashayotganga o'xshaydi biroq ich - ichidan u allaqachon o'lgan.

Ruhiy azoblar jismoniy kasallikga aylandi. Shifokorlar uning miyyasida o'simta aniqlashdi. Unga atigi bir oy umr berishdi. Yigit bu xabarni tabassum bilan kutib oldi. Chunki u uchun bu muddat - qamoqdan ozod bo'lish va o'zining haqiqiy atirguli oldiga ketish uchun so'nggi imkoniyat edi.

β„˜

Miran: mana imzo qo'ying!

~Miran 10 yoshli qizi Silenni qo'lidan ushladi.

E: haa bo'larkan-ku!

Deya ajrashish guvohnomasiga imzo chekdi.

Miran: endi oramiz ochiq.

E: qizim uchun mendan pul undirishga harakat qilsang..

Miran: havotir olmang biz Seouldan ketamiz qaytib qoramizni ham ko'rmaysiz. Agar Silenni ko'rishni istasangiz..

E: o'zing hamma narsangni musodara qilgan bo'lsang qizingni boshimga uramanmi?

Miranning ko'zlari namlandi. Qarshisidagi eri bo'lmish bu hayvonni qanchalik o'ldirishni istamasin qizi uchun jim edi.

Miran: mana ajrashdik! Alvido

Deya chamadonini sudragancha qizini qo'lidan ushlab tashqariga olib chiqdi va mashinaga joylashdi.

Miran Silenning ko'zlariga qarolmas edi. Silen ham dod solib yig'lab yuborishga tayyor edi.

Miran: qizim! Hozir tog'angning oldiga boramiz. Mashinadan tushmasdan o'tir ho'p, o'zim tez kirib chiqaman.

Silen: yax.shi

' SEUOL - MARKAZIY RUHIY KASALLIKLAR SHIFOXONASI '

Miran mashinadan tez tushib shifoxona ichiga kirdi. Va oyog'ini qo'liga olgancha tez yugurdi. Har bir soniyada qo'l soatiga qarab qo'yardi.

Miran: kech qoldim! Menimcha u allaqachon kelgan.

Deya ukasining palatasiga qarab yugurdi. Palata eshigini ochkanida birdan yuzi doka kabi oqarib ketdi.

Miran: bu yerda nima qilayabsan?

( Parkning o'g'li )

Junwoo: sekinroq.. Axir ukang bilan o'nayabman.

Huddiki Miranni yarasini tirnagandek mazaxona jilmaydi.

Jungkook hissiz yerda o'tirar va atrofida yoyilib yotgan kubiklarga temular edi.

Miran: iltimos chiqib tur! Ukamni joyiga yotqizib oldingga chiqaman

Junwoo: yaxshi! Seni kutaman hamkor.

Erkak chiqib ketganidan so'ng Miran tezlikda ukasini oldiga cho'kkaladi.

Miran: J..jungkook u senga nimalar dedi? Nima degan bo'lsa ham unut! U har narsani valdirayveradi.

Jungkook yerga egib turgan boshini sekin ko'tardida opasining ko'zlariga alam bilan qaradi.

Jk: qizim..

Miranning shu zahoti ko'zlari kattalashdi. Qurub qolgan tomog'iga suv yig'ildida.. Og'ir yutundi.

Jk: hoov anavini ... Olib bering men uni uxlatmoqchiman

Miran shu zahoti yengil nafas oldi va Jungkookga polda yotgan sochlari chiroyli o'rilgan ko'zlari dum dumaloq qo'g'irchoqni olib berdi. Jungkook uni quchoqlagancha yotog'iga borib joylashdi. Miran ukasini bir chetda kuzatdi. Jungkook qo'g'irchoqning sochlaridan mayin silardi.

Jk: qizalog'im sen yolg'iz emassan! Men doim sening yoningdaman faqat o'lib qolma ho'p. Manabuni ko'ryabsanmi

Deya kaftidan erkaklarning uzukini ko'rsatdi.

Jk: buni senga hozircha bermayman. O'lganimdan so'ng buni olda, sevgan insoningga ber. Shunda men baxtli bo'laman.

Miran ' o'lim ' so'zini eshitgach qo'li bilan og'zini berkitdi va orqaga burilgancha ovoz chiqarmasdan yig'ladi. Uning qondoshi jon jigar go'shasi ko'z o'ngida so'lib bormoqda, qurib bormoqda, o'lib bormoqda.

Miran nihoyat palatadan chiqdi va yana o'zining jiddiy ayol qiyofasi niqobini kiyib oldi. Junwoo shu yerdagi o'rindiqlardan birida o'tirardi. Miran ham uning oldiga kelib joylashdi.

Miran: hujjatlarni qabul qilib oldingmi?

Junwoo: ha!

Miran: nomingga kompaniya hamda qolgan korxonalarni ham o'tirdim. Bo'ldimi? Bu imtixo tugadimi?

Junwoo: im.. Bilmadim sen bilan yanada uzoq vaqt o'yin o'ynagim kelayabdi. Lekin yana bitta kompaniyali bo'lgan ekanman. Demak bunga vaqtim bo'lmaydi

Miran: demak.. Berasan a?

Junwoo: yaxshi! Baribir men bilan o'ynashish qanday ekanligini Jeon oilasi bilib oldi! Park oilasi Jeon oilasini mag'lub qildi. Endi nima ham qo'lingdan kelardi.

Deya erkaklarga hos viqor bilan kuldi. Miranning esa g'azabdan mushti tuguldi.

Junwoo: qaytib ko'zimga ko'rinma!

Miran: ont ichaman hech qachon ko'zingga ko'rinmayman! Marhamating uchun tashakkur sendan bir umr minaddorman !

Junwoo: qo'riqchim ortidan bor hozir olib kelishadi.

Miran so'nggi marotaba erkakga tazm bajo aylagancha qo'riqchi izidan ketdi. Unga ham yoqmasdi ukasining aslida dushmani bo'lmish bu maxluq bilan til biriktirish! Hamkorlik qilish! Aslida ham ukasining hayotini do'zoxga aylantirgan badbaxt manashu emasmi?!

Ammo Miran manashu maxluqdan minaddor! Sabab shundaki... Junwoo Jungkookni parchalash maqsadida ' Qizing ' o'ldi deb aytdi. Ammo Jungkookga yetib borgan go'dakning jasadi. Bu ertalab o'lik tug'ilgan chaqaloq jasadi edi. Jungkookning qizi tirik! hozir u Junwoo qΓ³lida. Junwoo chaqaloqni himoya sifatida ishlatmoqchi edi. Chunki u Jungkookning qahr g'azabi-yu kuch qudratini juda yaxshi bilardi. Jungkook ayoliga qilinganlari uchun Junwooga nimadir qilishga urunsa Junwoo Jungkookning qizini hΓ΄rak sifatida ishlatib tahdid qilardida. Jungkookning qo'lidan qochib qutilardi.

Ammo yo'q.. Taqdir Junwooning rejasini ma'qullamadi. U o'z oqimida suzdi, o'z yo'lini yaratdi. Jungkook ayoli o'limidan so'ng aqldan ozdi.. Bu o'yin tugadi degani. Endi esa Junwoo Miranga chaqaloqni berish evaziga barcha yer, mol-mulk, boylik hammasini o'z nomiga o'tirishini so'radi. Junwoo to'g'ri aytdi.. U chindan ham Jeon oilasini butunlayga parchaladi.

Oq matodagi kichik yuzga tikilgan Miran yig'lagancha chaqaloqni qo'liga oldi.

Miran: ohh.. Mening jannatim! Yaratganga shukurlar bo'lsin tiriksan bolajonim! Umring uzoq bo'lsin taqdiring ham qismating ham aslo va aslo ota-onagnikiga o'xshamasin!

Miran quvongancha qo'lida chaqaloq bilan Jungkokning palatasiga kirdi.

Shifokor: xonim iltimos chiqing

Miran: hooy bu juda zarur atigi bir daqiqa, molajalarini keyin davom ettiraveradi. Iltimos.. Ukam bir bora qizini ko'rsin.

Shifokor: uzur xonim ammo bu muolaja emas.

Miranning ko'zlaridan quvonch uchqunlari birma-bir so'ndi va palataga endi yaxshilab nazar soldi. Nega doktorlar ko'payib ketgan?! Xona nega avvalgidanda betartib?! Jungkook u .. Qayerda?

Shifokor: xonim ukangizning boshidagi o'simta birdaniga qattiq og'riq bergan. Ukangiz og'riq kuchli bo'lgani sabab o'zini o'ldirishga urundi. Biz vaqtida keldik va uni har tomondan o'rab olib ushladik ammo ukangizdagi aqliy va ruhiy xastalik bu bosimga bardosh bera olmadi. Oxiri o'simta maksimal darajaga yetdi.. Va ukangiz og'riqqa bardosh bera olmay jon berdi.. Sabr tilayman!

Miran: chaqaloqni ush..lang, ukamn.ing jasadi qay.erda ?

Shifokor: anavi burchakda

Miran chaqaloqni shifokorga topshirdida o'zi oq mato bilan yopilgan jasad qarshisiga kelib to'xtadi. Birdaniga tizzasi bilan polga zarb bilan o'tirdi.

Miran: ukaa, hooy ukam.. Men men sening qizi.ngni topdim.. Uni hozirgina olib keldim hoooy .. Sen uni ko'rishing... Kerak tuuur, sen uning dadasisan! Tuur o'rningdan! Och ko'zingni. Sen bolangni bir bor bΓ³lsada bag'ringga bosmading.. Uni erkalamading iforiga to'ymading

Miranning quloqlarida kuchli chiyillash, yuragida kuchli og'riq, bo'g'ziga tiqilgan tikan.. Barchasi uni xarob qilardi. Ukasining jonsiz tanasi Miranni qalbini chiritar kΓ³zidagi yoshlar tinimsiz quyulib suyaklarini qaqshatar edi.

Miran: SEN SHUNDAY TAQDIRGA LOYIQMIDING??? NEGA ? NEGA AYNAN SENING HAYOTING BUNDAY YAKUN TOPDI? QAYSI GUNOHING UCHUN? MUALLIF NEGA SENING SATRLARINGNI BAXTGA EMAS G'AMGA KO'MDI?

Miran dod solib yig'lardi, uning umidlari Γ³sha on quladi. Na hayotda suyana oladigan kishisi qoldi va na yaqini. U mutlaq yolg'iz qoldi. Endi uning taqdiri ne kechadi? U ham aqldan ozadimi?

Yo'q endi u o'zidan panoh topadi! Endi o'ziga o'zi tirgak bo'ladi. U yolg'iz emas qizi hamda jiyani bor. Uning yelkasida hozir ma'sulyat, majburiyat bor!

Miran ancha paytgacha o'ziga kelolmadi ammo endi kuchli bo'lishga majbur! Jungkookni ham so'nggi manzilga kuzatdi. Miranning Meksikada shaxsiy zargarlik do'koni bor edi u qizi va jiyani bilan Meksikaga ketadi. Endi u miyyasidan Lan'atlangan SEOUL ni Γ³chiradi. Baxtsizlikni o'chiradi. Faqatgina o'zi bilan Seoulni eslatuvchi... Yagona buyum Jungkookning kafti ichidan topgan uzukini o'zi bilan olib ketadi. Jungkookning qizi katta bo'lgach albatta Miran uzukni jiyaniga beradi.

Ammo jiyani.. Negadir juda boshqacha bo'lib ulg'aydi u tengdoshlariga o'shamasdi. U g'ayraoddiy va noodatiy qizaloq. Shunisi yomonki... Tug'ilganidan beri unda sezilarli darajada vaxshiy odatlar bor edi.

Bu qizaloqning ismi esa - SENNA

Author: 𝙒‒𝙆