Today

DISERE | KTH

SEVEN | 7

Oyning ish vaqti tugab, quyosh ham bosh koβ€˜tardi (tong otdi).

Brrrrrring!!!!

Koβ€˜zlarini ishqalab, Karina joyidan turib oβ€˜tirdi. U hali ham uyqusirayotgan edi, lekin bugun ishxonaga vaqtliroq borishi kerak. U dangasalik bilan karavotdan turdi va ertalabki yumushlarini bajardi. Soβ€˜ngra, och pushti rangli koβ€˜ylak kiyib, uni qora qalam-yubka (pencil skirt) ichiga tiqib oldi.

Karina nonushta tayyorlash uchun oshxonaga kirdi. U Ebi hali ham uygβ€˜onmaganini payqadi.

- Tur oβ€˜rningdan, uyquchi! Kollejga borishing kerak, tez boβ€˜l, tur, tur! β€” Karina oshxonadan baqirgancha Ebining xonasiga kirdi.

- Hey! Uygβ€˜on, Ebi,- lekin Ebi qimirlamadi ham. Karina Ebining yelkasidan tutib silkitdi va Ebi nihoyat koβ€˜zlarini ochdi.

- Yana besh daqiqagina, Karina, oβ€˜zim uygβ€˜onaman. Shunchaki ketaver,β€” dedi Ebi va yana joyiga yotib oldi.

- Mayli, qancha xohlasang, shuncha uxlayver, men bugun vaqliroq ketishim kerak, β€” dedi Karina. Ebi Karinating gapiyotganini eshitib, uyqudan uyg'onib ketdi.

- Ohhh, mayli, yaxshi borib kel, β€” dedi Ebi mehribonlik bilan. Ularning bu yerda oilasi yo'q edi, shuning uchun ham bir-birlariga g'amxo'rlik qilishardi.

- Men nonushtani tayyorlab qo'ydim, shuning uchun to'yib ovqatlanib ol, Ebi. Men o'zim yeb bo'ldim. Soat 7:50 bo'ldi, shuning uchun turib, tayyorlan. Men ketdim, ko'rishguncha! β€” dedi Karina.

- Xo'p, kuning xayrli o'tsin,β€” deb javob qaytardi Ebi. Karina jilmayib, uydan chiqib ketdi.

Katta binoning kutish zalida (resepshnda) hamma bosh direktor (CEO) kelishini kutyotgan edi. Ular Kim Taehyungni β€” ushbu kompaniyaning rahbarini birinchi marta ko'rishlari edi. Biroz vaqt o'tgach, u soqchilar bilan to'la bir nechta mashinalarda yetib keldi.

Uni ko'rgach, hamma hayratdan nafasi ichiga tushib ketdi, chunki mashhur biznes magnati g'oyat kelishgan edi. Ular uni ba'zi jurnallarda, intervyularda va yangiliklar sarlavhalarida ko'rishgan edi, lekin hayotda, o'z ko'zlari bilan ko'rish mutlaqo boshqacha edi. Ularning ichini qo'rquv va hayajon qopladi.

- Xayrli tong, janob Kim, xush kelibsiz. Men kompaniyaning boshqaruvchi direktori Song Kang bo'laman, β€” dedi u ta'zim qilib va guldastani Taehyungga uzatdi. Taehyung esa uni Li Junga oshirdi. Ba'zilar uni kutib olib, tabriklashayotgan edi, lekin uning ko'zlari faqat birgina insonni qidirardi. Karina uni kutib oluvchilar orasida yo'q edi, shuning uchun ham uning ichi g'azabdan yonayotgan edi.

"U mening kutib olishimga ham chiqa olmaydigan darajada qanday muhim ish bilan band ekan?" β€” Taehyung hech kimga hech qanday javob qaytarmay, to'g'ri binoning eng yuqori qavatida joylashgan o'z kabinetiga qarab ketdi.

Taehyung Li Junni chaqirdi.
Li Jun uning kabinetiga kirib, ta'zim qildi:
- Eshitaman, janob Kim, biror narsa kerakmidilar?

- Buxgalteriya bo'limi qaysi qavatda joylashgan? β€” deb so'radi Taehyung.

- 35-qavatda, janob, β€” javob berdi u.

- Endi ketsang bo'ladi", β€” dedi u va 35-qavatning kuzatuv kamerasi tasvirlarini tekshira boshladi. U Karinaning o'sha kuni uni tashlab ketgan yigit bilan gaplashib turganini ko'rdi. Uning qoni g'azabdan qaynab ketdi.
- Demak, uning muhim ishi shu ekanda", β€” deya g'azab bilan tishlarini g'ijirlatdi.

.

U bosh direktorni kutib olish uchun pastki qavatga tushmadi. Uni hech kim sezmaydi deb o'ylab, ofisni aylanib tomosha qilishga qaror qildi. Karina bo'limning har bir burchagiga hayrat bilan tikildi. Uning oldingi ofisi ham yaxshi edi, lekin bunday yuqori toifadagisi emasdi. Har bir bo'lim alohida qavatlarda joylashgan bo'lib, juda keng, tinch ish muhitiga ega va stollar, kompyuterlar hamda boshqa jihozlar bilan mukammal ta'minlangan edi. Bu ofis chindan ham ulkan edi.

- Hey!!! Bu yerda nima qilyapsan? β€” u shokdan o'zini orqaga tortdi.

- Tinchlan, bu men β€” Jeksonman, β€” uning vahimasini sezib, muloyimlik bilan gapirdi u.

.

- Salom, Jek. Kechirasan, to'satdan ovozingni eshitib, qo'rqib ketdim, β€” u orqasiga o'girilib, Jeksonga qarab jilmaydi.

- Bosh direktorni kutib olishga tushmaysanmi? β€” deb so'radi u.

- Aslida yo'q, shunchaki ofisimiz qanaqaligini ko'rmoqchi edim, β€” u gapirar ekan, qo'llari havoda nafis harakatlanardi.

- Men ham senga qo'shilsam maylimi? - U har doim Karina bilan birga bo'lishni xohlardi, chunki Karina juda muloyim edi va u qizni juda yoqtirardi.

- Albatta, Jek β€” dedi u va ular birgalikda ofisni aylanib tomosha qilgani ketishdi.

Taehyungning ko'zlari qorong'ulashdi. U kuzatuv kamerasi orqali ularning har bir harakatini kuzatib turardi. Ikkalasi juda yaqin yurishardi. Uning jag'lari taranglashdi. U kotibini chaqirdi, Li Jun Taehyungning ovozidagi biroz asabiylikni sezib, boshlig'ining kabinetiga shoshildi.
- Eshitaman, janob Kim.

- Miss Karinani shu yerga chaqir", β€” deb buyruq berdi Taehyung.

- Hozir, janob, β€” dedi Li Jun va tashqariga chiqdi.

Li Jun Karinaning kimligini bilish uchun Song Kangga qo'ng'iroq qildi.

- Janob Li, u buxgalteriya bo'limida ishlaydi. Nima uchun uni so'rayotganingizni bilsam bo'ladimi? β€” deb so'radi u.

- Janob Kim uni o'z kabinetiga chaqiryapti, bu haqda unga xabar bera olasizmi?

- Albatta, janob Li, β€” dedi Sang Kang.

- Hey, Karina, janob Kim zudlik bilan seni o'z kabinetiga chaqiryapti,
β€” dedi Noa. Buni eshitib, qizning ichiga g'ulg'ula tushdi. "U meni nima uchun chaqirdi ekan?" β€” deb o'yladi u ichida va Noaga rahmat aytdi.

Eshik taqillagan ovoz eshitildi. Taehyung istehzoli jilmayib qo'ydi, u eshik ortida kim turganini juda yaxshi bilardi.

- Kir, β€” dedi u.

- Janob, meni chaqirtirgan ekansiz,β€” dedi u.

Uning o'tkir nigohi Karinaning ko'zlariga to'qnash keldi. Bu qarash shu qadar haybatli ediki, qiz ichida biroz qo'rquvni his qildi.

- Ha, Karina xonim. Tushlikdan keyin boshqaruv kengashi yig'ilishim bor. Janob Lidan hujjatlarni olib, yig'ilish uchun taqdimot tayyorla. Ketishing mumkin, β€” uning ovozi sovuq va qat'iy eshitildi.

Biroq qiz bir qadam ham joyidan qimirlamadi. Uning mutaxassisligi buxgalteriya edi. Shuning uchun, agar buxgalteriyaga oid biror yig'ilish bo'lsa, u hech ikkilanmasdan bu ishni bajara olardi.

Taehyung qizning joyidan jilmayotganini sezdi.

- Nimani kutyapsiz, Karina xonim? β€” so'radi u yana o'sha sovuq ohangda.

- Janob, mening mutaxassisligim buxgalteriya, bu men uchun butunlay yangi narsa,β€” dedi u, uning nima deyishidan cho'chib.

- Agar mening idoramda ishlamoqchi bo'lsang, barcha talablarga javob berishing kerak. Men nima desam, shuni qilishing va bunga tayyorlanishing lozim, tushunarlimi? β€” dedi u keskin ohangda.

Karina qo'rquvdan yutunib qo'ydi, uning hukmronligi va salobati juda kuchli edi.

- Xo'p bo'ladi, janob Kim, qo'limdan kelgancha harakat qilaman, β€” dedi u va tashqariga chiqdi.

U tutib turgan nafasini yengil chiqarib yubordi. Janob Kim u ilgari ko'rgan hech kimga o'xshamasdi, bugun u butunlay boshqacha β€” juda sovuq va g'azabnok ko'rinardi.

Taehyung buni u uchun qiyin bo'lishini bilardi, bu uning kelib uni kutib olmagani uchun jazo edi.

Karina Li Jundan barcha hujjatlarni oldi va taqdimotga tayyorlanishga kirishdi. Yig'ilish boshlanishiga bor-yo'g'i uch soat vaqt qolgan edi. U bor e'tiborini ishga qaratib, hatto tushlikni ham o'tkazib yubordi.

Odatda, qachonki yig'ilish o'tkazilsa, taqdimotni doim tajribali xodim topshirishi kerak edi. Taehyung esa o'z faoliyati davomida birinchi marta bunday yo'l tutayotgan, ya'ni bu ishni mutlaqo tajribasiz odamga ishonib topshirayotgan edi.

Barcha boshqaruv kengashi a'zolari va Karina Taehyungning kelishini kutishardi, qiz dahshatli darajada hayajonda edi. Aynan shu mahalda qadam tovushlari eshitildi. Hamma birdek o'rnidan turib, unga ta'zim qildi. Taehyung kirib keldi va o'zining katta kursisiga joylashdi. Yig'ilish boshlandi.

Qiz gapirar ekan, Taehyungning ko'zlari unga shahvoniy nigoh bilan tikildi; uning butun diqqat-e'tibori yig'ilishda emas, balki butunlay qizda edi. Qizning juda mayin va muloyim ovozi uning qulog'iga go'yo bir she'riyatdek eshitilardi.

Taehyung uning latofatli yuz chizgilarini soatlab tomosha qilishni, uning bu o'ziga rom etuvchi jozibali qiyofasi tushlariga bostirib kirishni bas qilishini juda-juda xohlardi. Hozir u ko'ziga xuddi itoatkor mushukchadek ko'rinayotgan edi.

Taqdimot ekranida tasvirlar ketayotgan bir paytda, Karina chetroqda turardi. U hayajonlanganidan lablarini tishlab turardi β€” bu uning odati edi.
Uning bu birgina harakati Taehyungning shahvatini battar qo'zg'atib yubordi. U qizning o'sha yumshoq lablari o'zining taranglashgan erkakligini qanday quchishini, uni qanday qilib og'ziga olishini tasavvur qildi. Jin ursin, u hozirning o'zidayoq butunlay qo'zg'alib, asbobi shishib ketgandi!

Karina o'ziga qaratilgan o'tkir nigohni his qildi. U atrofidagilarga ko'z yugurtirib, Taehyungning unga tikilib turganini ko'rdi.
Ular bir muddat bir-birlarining ko'zlariga tikilib qolishdi, so'ng qiz nigohini uzdi.

Uning go'yo to'g'ridan-to'g'ri ruhigacha sizib kirayotgandek tuyulgan bu kuchli qarashiga dosh berish Karina uchun juda qiyin edi. Karinaga uning bunday qarashi sira ham yoqmayotgandi. Taehyung hatto ko'zini ham pirpiratmasdi. "Xudoyim! Unga nima bo'lgan o'zi?" deb o'yladi qiz ichida.

Shu tariqa, yig'ilish ham o'z nihoyasiga yetdi.

Karinaning taqdimoti shunchaki ajoyib o'tdi. Taehyung qizning nafaqat tengsiz go'zal, balki o'ta aqlli ham ekanligini ich-ichidan tan oldi.

Majlislar zalidan hamma chiqib ketdi, u yerda faqat Karinaning o'zi qoldi. U bugun juda ajoyib natija ko'rsatgan edi, shu bois o'zini ushbu kichik g'alabasi bilan ich-ichidan tabrikladi.

U o'z xonasiga qaytganida, barcha hamkasblari uning atrofini darhol o'rab olishdi va savollarga ko'mib tashlashdi. Karina ularning barchasiga batafsil javob berdi.

Aynan shu mahalda uning telefoni jiringlab qoldi. U go'shakni ko'targandi, janob Lining ovozi eshitildi:

- Karina xonim, sizni xo'jayin chaqiryapti.

- Hozir boraman, janob", β€” deb javob berdi u. So'ng go'shakni qo'yib, ichida: "Ufff, yana nima bo'ldi ekan endi?" β€” deya g'uldiradi.

- Kiring, β€” uning bu so'zlarini eshitgach, Karina eshikni sekin itarib, ichkariga kirdi.

- Janob, meni chaqirtirgan ekansiz, β€” dedi u muloyimlik bilan ta'zim qilarkan.

- Ha, Karina xonim, o'tiring, β€” u aytgandek qiz joyiga o'tirdi.

Taehyung noutbukda nimalardir yozib, ish bilan band edi. Karina uning gap boshlashini kutdi, biroq u hamon jim edi. Qizning ko'zlari beixtiyor butun kabinet bo'ylab keza boshladi. Uning ish xonasi shu qadar ulkan ediki, ulkan derazalardan butun shahar kaftdagidek namoyon bo'lardi. Xona ichi juda sokin bo'lib, faqatgina ularning nafas olish tovushlarigina eshitilardi.

Karinaning nigohi u yoq-bu yoqqa ko'z yugurtirarkan, to'satdan uning o'ziga tikilib turgan o'sha gunohkorona ko'zlariga to'qnash keldi. Qizning hayratdan ko'zlari katta-katta ochilib ketdi β€” u qachondan beri unga bunday tikilib o'tirgan ekan? Kuchli hayajondan titrab, Karina darhol nigohini undan olib qochdi.

- Bu hujjatlarning barchasini soat yettigacha tugating, β€” Karina qarshisidagi o'sha uchta qalin jildni ko'rib, ich-ichidan qattiq g'azablandi.

Hozirning o'zida soat besh bo'lgan bo'lsa, bor-yo'g'i ikki soat vaqt qolyapti. Qanday qilib u ulgurishi mumkin? Axir buncha hujjatni bunchalik qisqa vaqt ichida yakunlash mutlaqo imkonsiz edi.

- Xo'p bo'ladi, janob Kim,β€” dedi Karina unga ta'zim qilib va xonadan chiqdi.

"Buni shunchaki tushunib olishning o'ziga ikki soat ketadi-ku, qanday qilib hammasini tugataman?" β€” qiz ich-ichidan faryod solib, yig'lardi.

Uning barcha hamkasblari allaqachon uylariga ketib bo'lishgandi. Karina shunchalik jon-jahdi bilan ter to'kib ishlaganidan, vaqt qanday o'tib ketganini ham sezmay qoldi.

Nihoyat, u barcha ishlarni aytilgan vaqtda yakunlashga ulgurdi. Ikki soat davomida tinimsiz kompyuter ekraniga tikilib o'tirganidan uning ko'zlari qattiq toliqib, og'rib ketgandi.

Karina tugatgan ishlarini topshirish uchun Taehyungning kabinetiga kirdi.

- Janob, bergan vazifalaringizni yakunladim,β€” dedi u g'olibona ohangda, ichki bir g'urur bilan.

- O'z vaqtida... qoyil qoldim, β€” dedi Taehyung o'rindig'idan turarkan. U qiz tomonga qarab sekin qadam bosib kela boshladi.

"Nega u menga bunchalik yaqin kelyapti?" β€” deb o'yladi Karina va yuragiga biroz qo'rquv oraladi.

Biroq Taehyung yetarlicha xavfsiz masofada to'xtadi. Buni ko'rib, Karina yengil tin oldi va chuqur nafas chiqardi.

- Och qoldingizmi, Karina xonim? β€” deb so'radi u.

Taehyung qizning tushlik ham qilmaganini va shuncha og'ir mehnatdan keyin hozir uning qorni juda ham ochganini juda yaxshi bilardi.

- Yo'q, janob, β€” dedi u, ammo aynan shu soniyalarda uning qorni xiyonatkorona qulillab yubordi.

Taehyung buni eshitib, ohista kulimsirab qo'ydi. Karinaning esa uyatdan yonoqlari lovullab, qizarib ketdi.

- Yuring, birga kechki ovqatlanamiz,β€” talab qildi u qat'iy ohangda.

𝑼𝒔𝒉𝒃𝒖 π’‡π’‚π’π’‡π’Šπ’Œ 𝑾𝒂𝒕𝒕𝒑𝒂𝒅 π’‘π’π’‚π’•π’‡π’π’“π’Žπ’‚π’”π’Šπ’…π’‚π’ π’β€˜π’›π’ƒπ’†π’Œ π’•π’Šπ’π’Šπ’ˆπ’‚ π’•π’‚π’“π’‹π’Šπ’Žπ’‚ π’’π’Šπ’π’Šπ’π’Žπ’π’’π’…π’‚.
π‘Άπ’“π’Šπ’ˆπ’Šπ’π’‚π’ 𝒂𝒔𝒂𝒓 π’Žπ’–π’‚π’π’π’Šπ’‡π’Š π’ƒπ’Šπ’› π’†π’Žπ’‚π’”π’Žπ’Šπ’› (𝒃𝒂𝒓𝒄𝒉𝒂 𝒉𝒖𝒒𝒖𝒒𝒍𝒂𝒓 π’‰π’‚π’’π’Šπ’’π’Šπ’š π’Žπ’–π’‚π’π’π’Šπ’‡π’ˆπ’‚ π’•π’†π’ˆπ’Šπ’”π’‰π’π’Š).

β€‹π‘»π’‚π’“π’‹π’Šπ’Žπ’π’: #𝑲ira𝒏𝒂_π‘ͺ𝒂𝒓𝒕𝒆𝒓