March 17, 2025

Lost Love

Ep:6

Minso boshini changallagancha hammomdagi oyna oldida turardi. Ko‘zlari qizarib ketgan, yuragi tez urardi. Kechagi voqealar uni qattiq larzaga solgandi. Nick bilan nima bo‘lgani yodiga tushmasdi, lekin bir narsa aniq edi – u aldangan. O‘zidan nafratlanib, yuziga muzdek suv sepdi.

— Bu sening rejang edi, Sohwa… Men senga ishonishim kerak emasdi! — deb pichirladi.

Telefonini qo‘liga olib, Suga’ga yozmoqchi bo‘ldi, lekin o‘ylab qoldi. Agar Suga bilib qolsa, u bu ishni to‘xtatishga harakat qilishi mumkin edi. Yo‘q, hozircha hech kimga aytmasligi kerak.


Suga ofisida katta derazadan shaharga tikilib turardi. Bugun muhim kun edi – Minso bilan hamkorlikning rasmiy boshlanishi. Lekin ich-ichida nimadir notog‘ri ketayotganini his qilardi.

Eshik taqilladi, va sekretari ichkariga kirdi.

— Janob Min, Minso keldi.

Suga o‘zini qo‘lga olib, o‘rnidan turdi.

— Ichkariga kirsin.

Minso ichkariga kirganda, u avvalgidek mag‘rur va ishonchli ko‘rinardi, lekin Suga uning ko‘zlaridagi nimadir o‘zgarganini sezdi.

— Demak, hamkorlikni boshlaymizmi? — so‘radi Suga.

Minso biroz jim qoldi, keyin jilmayib dedi:

— Yo‘q.

Suga hayron bo‘ldi.

— Nima?

— Men kompaniyangni sotib olmoqchiman.

Ofisda sukunat cho‘kdi. Suga jilmayib, stolga suyandi.

— Qiziq. Nega unday bo‘ldi?

Minso unga tikildi.

— Chunki men endi bunday o‘yinlarni o‘ynashni xohlamayman.

Suga unga qarab, chuqur nafas oldi.

— Sen bilan kecha sodir bo‘lgan narsalarni bilaman.

Minso birdan cho‘chib ketdi.

— Nima?

— Men bilaman, Minso. Sen Sohwa va Nickning o‘yiniga tushib qolding.

Minso bir qadam orqaga chekindi.

— Sen qayerdan bilasan?

— Men har doim hamma narsani nazorat qilaman, Minso.

Minso xonadan tez chiqib ketdi. U ko‘chaga chiqib, uzoqqa qaradi. Endi hammasi aniq edi – u qasos olishi kerak.


Bu orada Kira va Do Hi mashinalarida shaharning chetida joylashgan basketbol maydonchasiga borishdi. Bugun ular tansoqchilari bilan o‘ynashni rejalashtirgan edi.

O‘yin qizg‘in ketayotgan paytda, Kira bir lahzaga o‘yindan chalg‘idi va Do Hi’ga qaradi.

— Tea’ni unutdingmi?

Do Hi to‘pni yerga tashladi va unga tikildi.

— Yo‘q, lekin hozir u haqida o‘ylashni xohlamayman.

Kira kulib yubordi.

— Demak, hali ham unutolmagansan.

Do Hi jilmayib, to‘pni oldi va yugurib ketdi.

— O‘yin davom etmoqda!

O‘yin qizg‘in tus oldi. Ammo Kira bilardi – Do Hi hali ham Tea’ni sevardi.


Sohwa va Nick esa rejalari ish berayotganidan mamnun edi.

— Minso endi yo‘q, — dedi Sohwa.

— Endi bizning navbatimiz, — dedi Nick jilmayib.

Ammo ular bitta narsani unutishdi – Minso endi oldingidek emas edi.


Ep:6 yakunlandi! Keyingi qism tez chiqishiga ishonmayman uzm ham lekin hafa bolmang vaqtim bor payt shunday tashlab turaman.