February 14

𝗜𝗖𝗘🧊 & 𝗙𝗜𝗥𝗘🔥

8–BOB

—yo hudoyim)Sugani yuz ifodasi o‘zgarib Neya tamon kela boshladi, bundan Neya orqaga qadam tashlardi

—men Suga qanday qilib tanimasliging mumkin?!

—yo hudoyim singlim borligini endi bildim seni kimligingni qanday taniyman

—xotirangni yo‘qotdingmi?

—afsuski yo‘q,qaniydi xotiramni yo‘qotsam

—rostan meni tanimayapsanmi?

—seni aldab menga nima foyda

—seni shunday hazillaring bor edi

—hozir hazil qiladigan ahvolda emasman.Demak sen Suga ekansan menga oltin toshni ber!

—ko‘ngling yana nimalarni hohlaydi?

—hozircha shu,o‘ylab ko‘rib keyin aytaman

—men osonlikcha oltin toshni qo‘sh qo'llab berib yuborolmayman

—evaziga nima hohlaysan?

—meniki bo‘lishingni!)Sugani gapidan Neyani yuz ifodasi o‘zgarib qoshini chimirgancha unga qaradi

—haddingdan oshma!

—unda oltin toshni olish niyating yo‘q ekanda

—o‘lsam ham bu shartingga rozi bo‘lmayman!)dedida xonasi tamon kirib ketdi,uni ortidan Suga miyig‘ida kulgancha qolib ketdi
•𝐄𝐫𝐭𝐚 𝐭𝐨𝐧𝐠
Neya o‘rnidan turib to‘g‘ri Neva yotgan xonaga kirib borar ekan,ko‘rgan manzarasidan hayron qoldi va yuzini burishtirdi,Neva va Jungkook kiyimsiz bir-birini bag‘riga bosgancha uxlab yotishardi

—yo hudoyim qanday sharmandalik)Neya xonani eshigini zarb bilan asabiylashgancha yopib ketar ekan,bundan Neva va Jungkook cho'chib uyg‘onib ketishdi va o‘rinlaridan chapshib turishdi

—kimdir kirdimi?)Neva atrofga nazar solar ekan hech kim yo‘qligiga amin bo‘lgach chuqur nafas olgancha Jungkook tomon yuzlandi

—yaxshimisan?

—kechagidan ancha yaxshiman

—hohlasang dam ol hali yaxshi bo‘lmagandirsan

—yo‘q shart emas xozir ancha yaxshiman dam olganimdan ko‘ra o‘rnimdan turib harakat qilsam shunda yaxshi bo‘lib ketaman)Nevani gapidan so‘ng Jungkookni yuziga tabassum ulashdi va Nevaga yaqinlashgancha undan qisqa bo‘sa oldi

—unda tezroq turaylik,menimcha hamma uyg‘onib bo‘lgan)Jungkook o‘rnidan turib kiyimlarini kiygancha xonadan chiqib ketdi,u chiqib ketgandan so‘ng Neva ham o‘rnidan turib kiyimlarini kiyishni boshladi

Jungkook qasrning hovlisini o‘rtasida turar ekan,quyosh chiqishi yaqol ko'rinib turardi bu manzaradan bahra olgancha turar ekan,orqasidan qadam ovozlari eshitilganligi sababli bu uni e'tiborini tortdi va ortga o‘girildi

—hayrli tong Neya

—hech hayrli emasda)Neyani kinoyali gapidan Jungkook qoshini chimirgancha unga qaradi

—tushunmadim bu bilan nimani nazarda tutyapsan?

—menga...Nevani qo‘riqlayman deb u bilan nimalar qilding?)Neyani gapiga tushungach Jungkook biroz hijolatda bo‘ldi

—haligi Neya...men...)Jungkookni o‘ylanib gapirishidan Neyani sabr kosasi to‘lgach uni gapini bo‘lib gap boshladi

—demak sen Nevani sevasan shundaymi?bunga shubha qilmagandim

—sen bilan bu haqida gaplashmoqchi edim.Men Neva bilan turmush qurmoqchiman)Jungkookni gapidan Neya qoshini chimirgancha savol nigohida qaradi

—bu haqida Nevani o‘ziga aytdingmi?

—albatta yo‘q,o‘zi sevishimni kecha aytgan bo‘lsam

—tushunarli...men roziman)Neyani gapidan Jungkookni yuziga tabassum ulashdi va uni qattiq bag‘riga bosdi

—bug‘ib qo‘ydingku ahmoq)uzoqdan Neya va Jungkookni quchoqlashib turganini ko‘rgan Taehyung biroz asabiylashdi va tez qadamlar bilan ularni yoniga kelishdi

—kxm kxm...bezovta qilmadimi?)Taehyungni kelganini ham sezmagach ular tezda bir-biridan uzoqlashdilar

—hayrli tong Taehyung,nima bo'ldi? ertalabdan chap tamoning bilan turdingmi?qani tezda o‘ng tamoning bilan turib kel)Neyaning hazilidan Jungkook va Taehyungni yuziga kulgu ulashdi

—meni oldimda hech qachon,hech qaysingiz hafa bo‘lib turmanglar o‘zim hafa qilamana!)xizmatkorlardan biri kelib tazim qilgancha salomlashdi

—hayrli tong xonim,nonushta tayyor

—hozir boramiz)xizmatkor tazim qilgancha ketdi,Neya esa har tamonga nazar solar edi,buni sezgan ikki yigit unga qoshini chimirgancha qarardi

—biron nima bo‘ldimi?

—Suga deganlari qayerda bo‘lsa ekan a?

—u bilan ko‘rishdingmi?)Neya bosh irg'adi

—nima dedi?oltin toshni berdimi?

—yo‘q,oltin toshni berishi uchun sharti bor ekan

—qanday shart?

—men uniki bo‘lamanmish,qanday ahmoqona shart)Jungkook bundan kulib yubordi

—qanday qilib bunchalik ahmoq bo‘lishi mumkin

—bu uchun qandaydir qo‘shimcha darslarga borgan bo‘lishi mumkin)Jungkook va Neya kulishgancha gaplashar ekan,bu manzaradan Taehyung ensasini qotirib qo‘ydi

—balkim nonushtaga borarmiz?

—ha albatta ketdik,lekin Jimin qayerda?

—u xonada bo‘lsa kerak,hali ham uxlab yotgan bo‘lishi mumkin

—ha mayli

Neya,Jungkook va Taehyung xonaga kirishgach ayvonda nonushta tayyor ekanini ko‘rib yuzlariga tabassum ulashdi.Neya o‘tirar ekan quyosh chiqishi yaqol ko'rinib turganini ko‘rib unga termulgancha hayol surib qoldi

—judayam chiroyli manzara

—bunday manzarani umrimda birinchi marotaba ko‘rishim)xonaga Neva va Jimin kirib kelishdi

—hammaga hayrli tong)Jimin va Neva joylarini egallalashdi

—Neva ahvoling qanday?

—ancha yaxshiman

—albatta yaxshi bo‘ladida kechagi tungi ishdan so‘ng)Neyaning kinoyali so'zidan Jungkook qoshini chimirgancha qarar ekan,Neva esa hayron bo‘lgancha qarardi

—bo‘ldi singiljon unutaver

—Neya ertalabdan ichib oldingmi deyman?!

—har holda senga o‘xshab hammani oldida ichmaymanda Jungkook

—bo‘ldi tortishishni bas qilinglar)xonaga kirib kelgan Sugaga hamma e'tiborini qaratdi

—hayrli tong)Neyani ko‘zi Sugaga tushgach ensasini qotirib qo‘ydi

—kayfiyatingiz xozirgina yaxshi edi nega birdan qavog‘ingizdan qor yog‘ayapti.Harakteringiz ob-havo emasmi? Tezda o'zgaradigan

—sen palakat kelib bizni kayfiyatimizni minusga kirgizdirding

—Neya azizam)Sugani azizam degan so'zidan Neyani va boshqalarni jahli chiqdi

—yana aljirashni boshladi,bizga yaxshilikcha oltin toshni ber!

—kechagi aytgan shartimga rozi bo‘lsang albatta beraman

—hech qachon!

—unda oltin toshni ham hech qachon bermayman!

—meni aqldan ozdirmoqchimisan?!oltin tosh qayerda?)deya Neya o'rnidan turib Sugani bo‘gzidan tiradi

—kim bo‘lishingdan qat'iy nazar qo‘limdan o‘liging chiqadi,menga oltin tosh qayerda ekanini ayt!

—u menda emas

—nima? hazilashayapsanmi?

—yo‘q,men uni baland tog'lar orasiga yashirganman

—jin ursin* shuni oldin aytsang nima bo‘lardi ahmoq,qani tezroq bo'linglar ketishimiz kerak)Neya o‘rnidan turib ketmoqchi edi,lekin ortiga o‘girilib Suga tamon yuzlandi

—o‘sha tog‘ qayerda?)Suga cho‘ntagidan xaritani chiqarib u tamon uzatdi

—manashu xaritadan izlab topsang bo‘ladi

—hech bo‘lmasa shu payti yordaming tegayapt)Neyani gapidan Suga ensasini qotirib qo‘ydi.Qasrdan chiqishgach mashinaga o'tirgancha o'rmon tamon ketishdi

Neya

O'rmon bo'ylab yurishar ekan Neya xaritadan ko'zini uzmay qarardi, boshqalar esa o'rmondan ko'zini uzishmasdi

—yo hudoyim nima ahmoq Suga menga xato xaritani berdimi?)ko'zini xaritadan uzmay gapirardi

—men bir ko'raychi)Neva,Neya tamon yaqinlashib keldida xaritani uni qo'lidan oldi

Neva