February 14

𝗜𝗖𝗘🧊 & 𝗙𝗜𝗥𝗘🔥

9–BOB

—men bir ko'raychi)Neva,Neya tamon yaqinlashib keldida,xaritani uni qo'lidan oldi

—siz bugun rostan ichib olmadingizmi)deya Neyaga yaqinlashib ichgan yoki ichmaganligini tekshirib ko'rdi

—aljirashni boshlading)Nevadan uzoqlashtirdi

—xarita to'g'riku nimasi xato buni?mana bu yo'ldan yuramiz ekan)Neva xaritadan boshini ko'tarib o'rmoni har tamoniga nazar soldi

—sen aqillisan biz ahmoqmiz a)Neya asabiylashgancha gapirar ekan, bundan Jungkook kulib yubordi

—sen nega kulayapsan?Nevani sevgani deb indamayapman bilib qo'y!)Neyani gapidan so'ng hamma Jungkook tamon yuzlandi.Jungkookni bir zumda yuz ifodasi o'zgarib gap boshladi

—sen qizni ichingda hech gap turmaydi ekanda

—tilimni qichitmaslik kerak edi!

—bo'ldi bas qilinglar!)Nevani gapidan so'ng hamma u tamon yuzlandi

—biz oltin toshni topishga kelishgandik,men va Jungkook haqida muhokama qilish uchun emas!)Nevani gapidan so'ng Jungkook,Neyaga qaragancha ensasini qotirib qo'ydi

Neva

—nega menga ensangni qotirasan it?

—men hali it bo'ldimi?)Neya va Jungkookni janjalidan hammani sabr kosasi to'lib yo'lda davom etishdi,Neya va Jungkook hali ham urushishda davom etishardi.O'rmon bo'ylab yurishib baland tog'lar orasiga kelib to'xtashdi.Tog' judayam balandligidan unga chiqish ham judayam qiyin edi

—menimcha qaytganimiz yaxshi

—hech qachon! shu yergacha keldikmi endi qaytish yo'q

—bunday so'zlarni kimdan o'rganayapsan Neya? yoki...)Jungkook gapini yakunlamasidan Neya uni qo'lidan chimchilab oldi

—ayshsh...

—senga aqldan emas tildan bergan ekan a Jungkook)deya unga jilmayib qo'ydi

—balkim tog'ga qanday chiqish haqida o'ylarmiz)Taehyung,Neya va Jungkookga qaragancha gapirdi.Neya har tamonga nazar solar ekan tog'ni pastida bir eshik borligiga ko'zi tushdi va u tamon yura boshladi,uni ortidan hamma ergashdi

Taehyung

—bu Suga bizni aldaganga o'xshaydi)Neya eshikni ochar ekan bir zumda tog' g'oyib bo'ldi bundan hamma hayron qolishdi.Tog'ni ortida joylashgan qasrga ko'zi tushgach Neya o'ylanib qoldi

—nimaga ham rozi bo'ldim shu toshni olib kelishg)Neya asabiylashgancha yerdagi toshni tepib yubordi va ketib qoldi,bundan hamma hayron qolishdi

—unga biron nima bo'ldimi?

—o'zim boraman)deya Taehyung uni ortidan bordi.Neya daraxtlar orasida yig'lagancha o'tirar ekan,uni ortidan Taehyung kelib yoniga o'tirdi

—ahvoling yaxshimi?

—judayam yomon)ko'zyoshlarini artgancha gapirdi

—juda ham charchadim...oyim va dadamni judayam sog'indim,aqalli 5 minutgina ularni ko'rish imkoniyatim bo'lganda edi ularni qattiq bag'rimga bosgan bo'lardim)Neya yig'lagancha gapirar ekan,undan ko'zini uzmay gaplarini tinglagancha Taehyung o'tirardi

—Neya bilaman hozir qanday ahvolda ekaningni,lekin o'zingni qo'lga olishing kerak.Oying va dadang bo'lganlarda seni bu ahvolda ko'rishni istamagan bo'lardilar.Hech qachon bu ko'zlaringdan bir tomchi ham yosh chiqmasin! Men har doim yoningdaman,seni hech qachon yolg'iz qoldirmayman! nima bo'lgan taqdirda ham seni yoningda har doim bo‘laman!)Taehyungni gaplaridan Neya illiq tabassum qilgancha uni qattiq bag‘riga bosdi

—yaxshiyam borsan Taehyung

—seni sevaman Neya)Taehyungni to‘satdan aytgan gapidan Neya uni bag‘ridan chiqib hayron bo‘lgancha qaradi
—men seni sevaman Neya)Neya mayus ko'zlari bilan qarar ekan,nima deyishni ham bilmasdi va lablarini uni lablariga bosgancha mayin bo‘sa olardi.Taehyung ham unga javob qaytargancha mayin bo‘sa olardi

Neya

—nima bo'ldi ekan a?ko'p qolib ketishdi

—hozir kelib qolishadi)Jungkook,Neya va Jimin suhbatlashib o'tirar ekan, Neya va Taehyung o'rmon ichidan chiqib kelayotganiga ko'zlari tushdi

—Neya yaxshimisiz?)Neva yugurgancha Neyani yoniga bordida uni qattiq bag'riga bosdi

—ha,yaxshiman)Neya ham javoban uni qattiq bag'riga bosdi

—Neya seni hafa qilgan bo'lsam uzur boshqa sen bilan tortishmayman)Jungkook hijolat bo'lgancha mayus ko'zlari bilan qarar ekan,bundan Neya illiq tabassum qilgancha uni ham bag'riga bosdi

Jungkook

—kxm kxm men qolib ketdim)orqadan kelgan ovozdan Neya Jungkookni bag'ridan chiqib qarar ekan,Jimini ko'rgach uni ham bag'riga bosdi

—seni ham judayam yaxshi ko'raman,hammangizni judayam yaxshi ko'raman)Neyani gapidan hammani yuziga kulgu ulashdi

—endi oltin toshni topgani ketaqolaylik

—albatta)ular qasr tamon yurib borishdi va yetib kelishdi.Qasr ichiga kirishar ekan,u yerda hech kim yo'q ekanligiga amin bo'lishdi

—judayam qiziq,qanday qilib katta qasr ichida hech kim bo'lmasa)Neya hayron qolgancha qasrni har tamoniga nazar solardi

—oltin tosh qayerda bo'lsa

—bunday katta qasr ichida oltin toshni topish qiyin

—unda kelishib ikki guruhga bo'linamiz

—Taehyung va Neya,men va Jungkook...mmm Jimin?)Neva Jiminga o‘ylangancha qarar ekan,Jungkook esa unga o'tkir nigohlari bilan qarardi,bundan Jimin qo'rqib ketgach noilojlikdan gapirdi

—men bir o‘zim ham qidirolaman
—yo‘q bunaqasi ketmaydi,Jimin biz bilan)Neyani gapidan Jungkookni yuziga kulgu ulashdi

—unda qidirishni boshladik)Neya,Taehyung va Jimin qasrni boshqa tamoniga ketgan bo‘lsa,Neva va Jungkook qasrni !boshqa tamoniga ketishdi.Qasr zali bo'ylab yurishar ekan Neya qirolni toji turadigan xonaga kirdi,u yer judayam katta va did bilan bezatilgan edi.Neyani ko'zi kirishi bilan oltin toshga tushdi va yuziga tabassum ulashdi.Tezda toj turadigan joy ya‘ni taxt tamon yugurib borib oltin toshni olar ekan.Qasrni birdan tutin qoplab oldi va eshikdan Leanora kirib keldi

(Tasavvur qilishingiz uchun)

Bundan Neya qoshini chimirgancha qaradi

—kimlarni ko‘rib turibman, Neya yana bir bor sen bilan ko'rishdik taqdirni qara

—gapni cho'zishni yomon ko'raman menga oltin toshni ber

—qo'lingdan kelsa mendan tortib ol)Neya taxtdagi oltin tosh yoniga yaqinlashib borar ekan,Leanora qo‘lidagi sehrli tayoqchasini harakatlantirib Neyani devorga tirab yerga qulatdi

—Jin ursin*)Neya o‘rnidan turib o‘zini epaqaga keltirib bir chuqur nafas oldida,u ham javob qaytarish uchun qo‘lidan olov chiqardi va...