April 5, 2023

“Targ‘ibot poyezdi” loyihasidagi uchrashuvlar Qarshi xalqaro universitetida ham keng ko‘lamda tashkil etildi. Bizni e’tiborimizni torgan jihati tashrifdan keyin, TDYU talabalarining xotiralari bo’ldi.

📌 Ancha charchoqdan keyin yana Qarshi shahriga qaytdik va "Qarshi xalqaro universiteti" xususiy universitetiga tashrif buyurdik. Oxirgi uchrashuvimiz, rosti, kutganimdan-da ajoyib va qiziqarli bo'ldi.

🎯 Universitet rektori Akhtam Yakubovning o'zlari kutib oldilar va universitetning barcha burchagi bilan tanishtirdilar. Umuman olganda, binoning arxitekturasi chiroyli va talabalarning bilim olishi barcha sharoit yaratilgan.

📌 Faollar zalida ustozimizning biroz ma'ruzalaridan keyin universitet hovlisida bo'layotgan konsert dasturida ishtirok etdik, maza qilib o'ynadik😁.

📌 Ana undan keyin jamoamiz a'zolari bilan birga iftor qildik va dasturxon atrofida samimiy suhbatlashdik, fikrlar almashdik, har xil mavzuda bahslashdik, hazillashib kulishdik, hatto ko'p kulganimdan jag'larim og'rib qoldi😂...

📌 Va nihoyat uyga, ya'ni mehmonxonaga ketishga otlandik. Asosiy meni xursand qilgan voqealardan biri do'stlarim bilan samimiy suhbat bo'lsa, ikkinchisi Qarshi xalqaro universiteti rektori Akhtam Yakubov bilan tanishganimiz bo'ldi. Ushbu inson haqida ilk marta Instagramda ko'rganman hamda mazkur xususiy universitet mahallamizga yaqin bo'lgani uchun qurilayotganidan tortib ishga tushishigacha, hatto universitetning Instagram sahifasida ma'lum qilinayotgan yangiliklaridan tortib, tashrif buyurgan mehmonlar haqida ham bilardim. Hatto universitetimizning sobiq rektori, ya'ni hozirgi Adliya Vaziri A. Tashkulovning, shuningdek Turkiyada o'qishga borgan universitetim Ankara Yildirim Beyazid universiteti rektorining ham tashriflarini bir necha bor kuzatgandim. Rosti, xususiy universitetlarning ko'p qismi haqida fikrlarim ijobiy emas, chunki ta'lim tizimi sayoz deb o'ylardim. Ammo bugun fikrlarim biroz o'zgardi.

📌 Akhtam Yakubov ham yuridik universitetimizning  bakalavri bilan birgalikda magistratura bosqichini, keyin esa Amerika universitetlarida yana bir bora magistratura bosqichini tugatgan ekanlar. Mehmonxonaga qaytgunimizcha bizni o'zlari mashinalarida olib kelib qo'ydilar va yo'l bo'yi suhbatlashdik. Ammo ichimda "qaniydi, yo'l tugamasa edi" deb o'tirdim, chunki ziyoli va ma'rifatli insonlar bilan soatlab gaplashishni judayam yaxshi ko'raman. Chunki ularning ilm nurlari sizgayam taralishni boshlaydi va dunyoqarashingiz kengayishiga sabab bo'ladi☀️.

📌 Do'stlarimiz bilan turli savollar berdik. U kishining birinchi aytgan gaplari "yuridik universitetini qadrlanglar" bo'ldi. Targ'ibotda boshchilik qilayotgan ustozimiz bizni tanishtirayotganda A.Yakubov meni qayerdadir ko'rganliklarini aytdilar, "balkim sizga TDYUda dars o'tgandirman" dedilar. Lekin u kishining yurist ekanliklarini o'sha vaqti bilgandim. Men esa "balkim mahallada ko'rgandirsiz" dedim, lekin keyinroq instagramda podpiskamda borliklari esimga tushib qoldi😂 va "balkim instagramda ko'rgandirsiz" dedim.

📌 Mashinada vaqtimiz yetganicha suhbatlashdik. Ankara Y. Beyazid universiteti rektori Ibrahim janob haqida gaplashdik. Ular o'zlari haqida qisqacha gapirib berdilar va suhbatimiz Turkiya mavzusiga burilib ketdi va dunyo yoshlarining fikrlashi haqida gaplashdik. Suhbat jarayonida shuni bildimki, judayam ko'p xorijiy mamlakatlarda bo'lgan ekanlar: Yaponiya, Amerika, Turkiya va boshqalar.

🔥 Mani xursand qilgan eng muhim holat - bu, mazkur insonning samimiyligi bo'ldi, shuncha boylik va ilmga ega bo'lgan insonning kibrga berilmaganligi, boshqa millionta shafyorlarga buyruq bermasdan aynan o'zlari manzilimizga eltib qo'yganliklari va mashinadagi kichik suhbatimiz hayratga soldi va kayfiyatim 💯 foizga ko'tarildi. Chunki doim ilmi-toliblar bilan suhbatlashganimda miyamda ajoyib fikrlar paydo bo'ladi 💡, kelajak sari dadil qadam tashlashimga yana bir muhim turtki bo'ladi o'ylayman. Universitetimiz talabalarini, ya'ni bizni ertaga ham o'z universitetlariga taklif qildilar. Xudo xohlasa, ertaga ham yangi fikr va taassurotlar bilan to'lib toshaman degan umiddaman! Shunday ma'rifatli inson bilan tanishganimdan judayam xursandman 😊...

🚆🚆🚆🚆🚆

"Targ'ibot poyezdi" yana o'z yo'lida davom etadi...