February 23, 2023

KIU OLIMPIADASINING IKKINCHI BOSQICHI

Olimpiadaning 2-bosqichi 1-bosqich yakunlari yuzasidan natijalar e’lon qilinganidan so‘ng qoida tariqasida, 14 ish kuni ichida, universitet binosida o‘tkaziladi. Bunda har bir ishtirokchidan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan qatnashish talab etiladi.

Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonida qo‘llaniladigan fanlar bo‘yicha tayyorlangan test savollariga javob beradilar.

Test savollari ikkita asosiy bok fanlaridan tuzilib, har bir fan bo‘yicha 30 tadan jami 60 ta savolni tashkil etadi.

Test sinovlari kuzatuvchilar qat’iy nazorati ostida,  qoida tariqasida 2 astronomik soat vaqt oralig’ida bo’lib o’tadi.

Ikkinchi bosqichda ishtirok etgan ishtirokchiga testni bajarganidan so‘ng 24 soat ichida @kiutestbot telegram boti orqali o‘z natijasini bilish imkoniyati yaratiladi.

Ikkinchi bosqich yakunlanganidan so‘ng umumiy natijalar 2 ish kunida universitetning rasmiy web sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi profillarida e’lon qilinadi.

Imtihon larda mobil telefon hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, shuningdek, imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli о‘tishiga ta’sir qiladigan boshqa har qanday materiallarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Imtihon jarayonida talabgorning taqiqlangan materiallardan foydalanishi, foydalanishga urinishi, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilishi, shuningdek, imtihon о‘tkazish tartibiga zid boshqa xatti-harakatlar sodir qilishi unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib, imtihondan chetlashtirilishiga asos bо‘ladi.

Olimpiada yakunlari yuzasidan e’tirozlar kelib chiqqanda komissiya tomonidan ichki va chetdagi mutaxassislar jalb etilgan ekspert guruhi tuzilishi mumkin. Ekspert guruhi berilgan e’tirozlar bo‘yicha holatni o‘rganadi, muammoni aniqlaydi va tegishli tartibda barcha uchun majburiy bo‘lgan qaror qabul qiladi.