KIU OLIMPIADASINING BIRINCHI BOSQICHI
Olimpiadaning 1-bosqichi universitet rektorining tegishli buyrug‘ida ko‘rsatilgan muddatlarda va ushbu buyruqqa ilova qilingan jadvallar asosida o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich, olimpiada ishtirokchisi o‘qiydigan bitiruvchi sing o’quvchilari uchun maktab binosida, boshqa talabgorlar uchun esa Universitet auditoriyalarida o‘tkazilib, tegishli tartibda ro’yxatdan otgan ishtirokchilar Ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan test-savollariga javob beradilar.
Birinchi bosqich uchun taqdim etilgan test savollari Ona tili, Matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biridan 10 tadan tuzilgan jami 30 ta savoldan iborat bo‘ladi.
Test sinovlari kuzatuvchilar nazorati ostida, qoida tariqasida 1 astronomik soat vaqt oralig’ida bo’lib o’tadi.
Birinchi bosqichda ishtirok etgan ishtirokchiga testni bajarganidan so‘ng 24 soat ichida @kiutestbot telegram boti orqali o‘z natijasini bilish imkoniyati yaratiladi.
Birinchi bosqich yakunlanganidan so‘ng umumiy natijalar 2 ish kunida universitetning rasmiy web sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi profillarida e’lon qilinadi.