Imtiyozli ta'lim krediti haqidagi savollarga javob.
Shuni ta’kidlash kerakki, imtiyozli ta’lim kreditlarining foiz stavkalari Markaziy bankning asosiy stavkasi bilan mutanosib ravishda o‘zgaradi. Ta’lim kreditlari quyida ko‘rsatilgan banklarning barchasida yillik 14 foiz stavkada ajratilishi ma’lum qilingan.
Ta’lim kreditini quyidagi banklar ajratadi: Asakabank, O‘zsanoatqurilishbank, Agrobank, Ipoteka-bank, MKBank, Turonbank, Xalq banki, Oriyent Finans bank, O‘zmilliybank, Qishloqqurilishbank va Hamkorbank.
❓Kimlarga beriladi?☑️ kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakliga bakalavr yoki magistrga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.
❓Muddati qancha?☑️ O‘qish davri + 7,5 yil
❓Kimlarga ajratilmaydi?☑️ super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun ta’lim krediti berilmaydi.
❓Buni olish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?☑️ ta’lim krediti olish uchun ariza;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun shartnoma.
❓Qaysi ta’minot turi bo‘lishi kerak?☑️kafil (doimiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar);
sug‘urta polisi;
mol-mulk garovi va boshqalar.
❗️«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan imtiyozli ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.
❗️Xotin-qizlar ta’lim kreditning faqat asosiy qarzini qaytaradi xolos(ya’ni, xotin qizlar uchun foizsiz beriladi. Bunda foizlarni jamg‘armani o‘zi to‘laydi).