December 7, 2023
Konstitutsiya-erkinligimiz, farovonligimiz!
🇺🇿 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
Adolat va tenglik ramzi, erkin va farovon hayotimiz garovi bo‘lgan Oliy Qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya-erkinligimiz, farovonligimiz" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi maʼsul xodimi Sattarova Nilufar, viloyat majburiy ijro byurosi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Dilmurodova Gulnoza tashrif buyurib talabalarga bosh Qomusimizning hayotimizdagi tutgan o’rni haqida tushunchalar berishdi.