March 18

“Eng yaxshi huquq o'qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o'tkazildi.

Mazkur ko'rik-tanlovning tuman bosqichi Shumanay tuman Adliya bo'imi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi tomonidan joriy yilning 17-mart sanasida tashkil etildi.

Ko'rik-tanlov quyidagi 3 bosqichda o'tkaziladi:
1️⃣ tuman (shahar) bosqichi – mart oyida;
2️⃣ hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) bosqichi – aprel oyida;
3️⃣ respublika bosqichi – may oyida.

Ko'rik-tanlov shartlari quyidagicha:
➖1-shart test savollari;
Test natijalariga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan 20 nafar o'qituvchilar tanlovning keyingi shartlarida qatnashadilar.
➖2-shart blits savol-javoblar;
Bunda ishtirokchilar uchtadan blits savollarga javob beradi. Har bir to'g'ri javob 5 baldan baholanadi.
➖3-shart taqdimot;
Bunda umumiy to‘planishi mumkin bo'lgan ball 30 balni tashkil etadi.
Barcha shartlar natijasiga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.
Shunga ko'ra i Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limiga qarashli 21, 5 va 32-sonli umumta'lim maktablaridan 25-ta huquq fani o'qituvchilari qatnashib, 1-o'rinni 21-umumta'lim maktabi huquq fani o'qituvchisi Polat Qutlimuratov, 2-o'rinni 5-umumta'lim maktabi maktabi huquq fani o'qituvchisi Juldiz Juıginisova va 3-o'rinni 32-umumta'lim maktabi maktabi huquq fani o'qituvchisi Aynur Baymuxammedovalar egallab hududiy bosqichga yoıllanmalar oldilar. Ishtirokchilarga tuman adliya bo'limi tamonidan tayyorlangan sovg'alar topshirilib keyingi bosqichlarda muvoffiqiyatlar tiladilar.

Shumanay tumani adliya bo'limi.