“XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI KAFOLATLARI” HUQUQIY AKSIYASI
Joriy yilning 11-mart kuni “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 91-um-son buyrug’i qabul qilindi.
Buyruq bilan 2026-yilning 12-martdan 12-apreliga qadar “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi o‘tkazish topshirildi.
Huquqiy aksiyani o’tkazishdan asosiy maqsad:
• Xotin-qizlarning huquqiy muammolarini aniqlash va hal qilish
• Jamiyatda ularning rolini kuchaytirish
• Huquqiy ong va madaniyatni oshirish hisoblanadi.
• “Adliya kuni” tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish
• Mahallalarda sayyor xizmatlar ko‘rsatish
• Ariza va hujjatlarni joyida rasmiylashtirish ishlari olib boriladi.
Aksiyaning qo‘shimcha imkoniyatlari:
• Ishsiz ayollar uchun mehnat yarmarkalari
• Muhtojlarga uy-joy masalalarida yordam
• Aliment olishda huquqiy ko‘mak ko‘rsatiladi.
Foydali platformalar haqida yani
Davlat xizmatlari portallaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar beriladi
Xotin-qizlarning huquqlari himoya qilinadi
Muammolarga joyida echim topiladi