Kogon tuman Adliya bo'limi xodimlari tomonidan fuqarolar ishtirokida o`tkazilgan huquqiy targ`ibot tadbiri
O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024 yildagi 204-sonli "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida tadbir o‘tkazildi.
Shuningdek, maktab o`qituvchilari ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatlarning mazmun-mohiyati va ular keltirib chiqaradigan oqibatlar to`g`risida huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Targ’ibot va tashviqot ishlari davomida maktab o`qituvchilariga yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni bo’yicha tegishli tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.