October 16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Kogon tuman adlya bo'limi, DXM, FHDYo, YXKM xodimlari tomonidan 2024-yil 16-oktyabr kuni "O‘zbekiston" MFYda "Huquqiy Targ‘ibot kuni" o'tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga

Saylov tizimidagi yangiliklar

Xalqaro tajribada saylov tizimining bir nechta shakllari mavjud, jumladan majoritar, proporsional va aralash tizimlari.

Majoritar tizimida saylovchilar to’g’ridan to’g’ri ayni bir nomzodga ovoz beradi vaeng ko’p ovoz olgan nomzodlar saylangan deb topiladi.

Proporsional tizimda esa saylovchilar muayyan nomzodga emas, partiyalarga ovoz beradi. Partiyalarning parlamentdagi o’rni ular to’plagan ovozga muvofiq taqsimlanadi.

Keyingi tizim esa aralash saylov tizimi bo’lib unda deputatlarning bir qismi majoritar tartibda, ikkinchi qismi esa proporsional tartibda saylanishi yuzasidan tushuntrishlar berildi.

Kogon tuman adliya bo‘limi