Yesterday

"IJRO INTIZOMI – SAMARADORLIK OMILI" mavzusida o`tkazilgan targ`ibot tadbiri

Kogon tuman YXKM boshlig'i H.To'xtayev hamda Kogon tuman Yoshlar ishlari agentligi mas'ullari ishtirokida 12.03.2025 yilda tuman hokimligida "IJRO INTIZOMI – SAMARADORLIK OMILI" mavzusida yig`ilish o`tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga ijro intizomi — har qanday davlat organlari va tashkilotlarning ish samaradorligini ta’minlovchi eng muhim hamda asosiy faoliyat ko’rsatkichlaridan biri ekanligi, chunki jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda, davlat organlari va tashkilotlarning barcha bo’g’inlarida ijro intizomining zarur darajada tashkil etilishiga bog’liq ekanligi bayon qilindi.

Davlat rahbari tomonidan “Ijro intizomi — islohotlarni amalga oshirishda asosiy harakatlantiruvchi kuchdir”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan g’oya va tashabbuslari, boshqaruv organlari hamda ijro tizimi ma’muriyatiga katta mas’uliyat yuklashini ta'kidlaganlari eslatib o`tildi.