August 28, 2025

PRETENCE

Ep⁹`²

Ba'zan taqdir odamlarni birlashtirgandek ko'rsatadi, aslida esa bir-biridan abadiy uzoqlashtiradi

Bilasizmi? Hayot biz hoxlagan yo'limizdan yurishga to'sqinlik qiladi. Ba'zi odamlar taqdiri uchun kurashadi, ba'zilar esa shunchaki qo'l siltab yangi hayot boshlaydi. Yuraklar ham sekin asta ko'miladi.

Seoul aholiga gavjum, rivojlangan so'nggi texnologiyalar shahri. Osmon o'par savdo markazi.
Seok Jin ham savdo qilarkan, qo'riqchi bilan bo'lgani oddiy aholini e'tiborini yanayam tortar, biri mafia der biri davlat hodimi der, ba'zilar hayoti aziz bo'lgani uchun qochib ketardi.

Seok Jin ayollarga xos brendlarga kirardi. Kiyimlar, atirlar, oyoq kiyimlar, taqinchoqlar sotib olar, qo'riqchi qo'llari allaqachon sumkalarga to'lgan edi.

~ Seok Jin: Yukxona joylab, ketishing mumkin. Mashinani o'zim haydayman
~ Xizmatchi: Hop Janob- Seok Jin mashinaga o'tirgach, yo'lini davom etarkan ko'zi gullar do'koniga tushdi.
Seok Jinpov: Har bir sotib olgan narsalarimni did bilan tanlab oldim. Albatta yoniga gul bo'lishi shart. Gullar chiroyli ekanidan qaysi birini yoqishiga biroz qiynaldim. Qizil atirgullar guldastasini eng kattasini oganimda sotuvchi iliq tabassum bilan qarshi oldi.
~ Sotuvchi: Sevgan qizingiz uchunmi?
~ Seok Jin: Ha
~ Sotuvchi: Odatda qizil atirgul sevgi ramzi bo'lgani uchun sevgilisiga sotib olishadi.
~ Seok Jin: Sevgilimga ekani rost- Seok Jin iliq tabassum bilan binoni tark etdi

Seok Jinpov: Uyga yetib kelganimda, Hye Rin ko'rinmadi. Zalda ham oshxonada ham yo'q. Xonasiga kirarkanman, yotoqda uf tortgancha o'tirganini ko'rdim. Meni ko'rishi bilan hayron tikilib qoldi.
~ Hye Rin: Ji..n sevgilim sizmisiz? Ko'zlarimga ishonmayapman, nahotki jahldor sevgilim kulsa?!- Hye Rin og'zini qo'llarini yopib o'rnidan turdi.

Hye Rinpov: Boyagi aytgan gaplari chindan ham rostmi? Yoki men tush ko'ryapmanmi? Agarda bu tush bo'lsa hech qachon uyg'onishni istamasdim. Nihoyat, Jin bilan hayotimni yangidan boshlaymiz. Unga tabassum qilish yarashar ekan. Bilmadim, turgan joyimda qolib ketdim shekilli, o'zi oldimga kelib yaqindan ko'zlarimiz so'zlashardi. Tanam yayrayapti, ishona olmayapman.

~ Seok Jin: Yig'lash nimasi? Seni yig'latish uchun qilmadim - Hye Rin ko'z yoshlarini artgancha
~ Hye Rin: Bu quvonch ko'z yoshlari bilasizmi qanchalik baxtliman - Seok Jin Hye Rinni qisqa quchoqladi. Keyin eshik ochib olib kirishini aytdi. Hye Rin jim kuzatib turarkan quvonchi yanada ko'paydi.

Seok Jin olib kelgan sovg'alari

~ Seok Jin: Va'da qilganimdek bugungi kunim sen uchun va bular ham. Qani ochib ko'rchi- Seok Jin eshik oldida turib, qo'llarini bog'ladi
~ Hye Rin: Rostan bular mengami? Sizni qo'lizdan sovg'a olish bu men uchun eng bebaho bo'ladi - Hye Rin birin ketin ochib qararkan, yoqqanlarni ustiga moslab ko'rardi

Hye Rinpov: Seok Jin romantik yigit ko'proq yarasharkan. Ayniqsa ochiq chehra lablarida kulgi bo'lsa... Seok Jin oldimga kelib boshdan oyoq kuzatdi. Bir deganda ko'tarib olganida, tanam titradi nafas olishim ham to'xtagandek g'oyo. Zinalardan tushib oshxonaga yo'l oldik. Uning yuzini diqqat bilan kuzatdim, ko'zlarida olov bor. Meni ohista stulga qo'yib, fartukni taqa boshladi.
~ Hye Rin: Jin oppa oshxonada bo'lganmisiz o'zi? Undan ko'ra men qilaman - Hye Rin Jinni mazahlay ketdi.
Seok Jinpov: Hye Rin yaqinlashib vaqt o'tkazganim sari, menga yoqa boshlayapti. Ovqat tayyorlashga kirishdim, Hye Rin bu safar kelganida stolga o'tirg'izgancha ishimni davom etdim. Hali ochiqchasiga samimiy hushchaqchaq bo'lganimcha yo'q. Jiddiylik saqlash muhim.
Hye Rin bilan birga ovqatlandik, birga idishlarni yuvdik.

Do Hwanlar xonadoni kulgudan asar ham yo'q. Jimjitlik qo'rquv hissi qamrab olgan, bir ikki xonadan tashqari chiroqlar o'chgan.

Do Hwanpov: Uyga kelishimiz bilan Younjungga qancha qo'pollik qilsam ham go'yoki qahraton qishda qolgandek dag'-dag' titrashi yoqimli his beryapti. O'z xonamizga qo'pollik bilan olib kelib polga uloqtirdim. Ichim yonib ketyapti, nega yolg'on gapirib o'rtamizga parda qo'yaveradi? Lekin bilmaydiki, hayotiga nuqta yasashini...

Younjungpov: Uyga qadam qo'ygan payt, oyoqlarim yurishni istamasdi. Lekin bir og'iz so'z aytmadim, chunki Do Hwan meni gaplarimga quloq solishlari oldingi o'tmishda qolib ketgan. Bu bilan o'zimni yerga urgan bo'laman. To'g'ri undan qo'rqaman, ammo qaddimni tik tutaman. Bukishiga yo'l qo'ymayman.
Zinalardan qanchalik to'xtashga urinmay, battar oldingga intilardim. Xonaga kirishimiz bilan polga yuz tuban yiqildim. Men o'zimni oqlashga harakat qilmaganim boismi? Yoki g'azabi shunchalik chegaradan chiqqani uchunmi? Hech gapirmadi.

~ Do Hwan: Men chalg'iganimdan foydalanib, nima qilding? Ana endi gapir - Do Hwan yotoq qarshisdagi kresloga sekin yurib o'tirdi.
Iyagiga qo'lini qo'yib, oyoqlarini asabiy titratdi.
Younjung: Sen qolib ketganing uchun tadbidkorlar bilan suhbatlashib bordim. Yuvinishxonasiga kirib qolib ketdim. Bir yo'g'i shu. Sen nega g'azablanyapsan? Nima yuvinishgayam sendan so'raymi - Younjung o'zini tutishga urinarkan baribir ovozida qaltirash sezish qiyin emasdi.
Do Hwan: Savolni sen emas men beraman. Rost bo'lgan taqdirda ham, menga aytmay uzoqlashganing uchun baribir jazolasan - Do Hwan Younjung oldiga kelganida, bo'ynidagi tumiriga ko'zi tushdi.

~ Do Hwan: Younjung hali ham oddiy matoqni 10 yil asraganiga kulgim kelyapti. Qanday odam bunchalik sodda va ahmoq bo'lishi kerak.
Younjung ko'zlarida qo'rquv to'la bo'lsada dadil gapirishi meni har doim lol qoldiradi. Lekin shu bilan birga uni sindirish ham yoqadi.
~ Do Hwan: Qoyil, bergan tumorimni yaxshi saqlabsan - deya Do Hwan sekin qo'lida o'ynashni boshladi. Birdan tumorni kuch bilan tortib Younjung yuziga yaqinlashtirdi.
Younjungpov: Do Hwan bu qilig'idan nafasim bir zum to'xtadi. Uni ko'zlariga qaray olmadim, u jim kuzatarkan men qo'lidan qutulishga urindim. Qo'llarim qaltirab, tanam qon aylanishi sekin sovuq edi.
~ Younjung: Qo'yib yubor
~ Do Hwan: Ahlatni yig'indisi holos, ko'rsam seni o'ldirishga tayyorman. Hoziroq yo'qot - g'azabdan buqadek suzishga tayyor edi
Younjung: Hech qachon

9.2- qism tugadi

Davomi bor
Writer by Park Younjung

Keyingi qismlarda:

Seok Jin: Bir bo'sh qo'yganimga o'zingdan ketma.

Younjung: Sizni sevaman Do Hwan, yuragimni tanamni sizga o'z hoxishim bilan beraman. Hayotimda sizdan bo'lak hech kim yo'q...