August 27, 2025

PRETENCE

Ep⁹

G'urur - meni himoya qildi, sevgi esa o'zimdan mahrum qildi

Konferensiya zalida deyarli barcha Vazirlar-u tadbirkorlar yig'ilgan. O'zaro suhbatlar uchun aylana katta stol qo'yilgan.
Ikki yon tarafda ikki kabutarlar o'tirarkan, ko'zlari boshqacha so'zlardi.
Jin: Davlatimiz uchun aksiya narxlarini tushursak, foydani ko'proq olishimiz mumkin- jiddiy ohangi e'tibor tortgancha so'zlarini davom ettirdi.
Bosh vazir ham gaplariga o'ychan maqulladi.
Do Hwan: Bu yo'l bilan faqat zarar ko'ramiz, ishonchim komil. Foyda olishning yagona yo'li sifatli, chet el mahsulotlarini ko'paytirish lozim. Shu orqali daromadning o'zi oqim bo'lib kelaveradi- Do Hwan Jindan ko'z uzmay gapirganida, zaldagi odamlar Do Hwanni gapini muhokama qilishardi.
Bosh vazir: Do Hwan gapida jon bor. Buni albatta tadbirkorlar bilan muhokama qilamiz ular hissasi katta- Do Hwan mag'rur jilmayib Jinga o'ng qoshini qoqib qo'ydi. Huddiki, ko'rdingmi degandek.
Do Hwanpov: Bu bir oddiy majlis holos, hali hayotda mag'lub qilayki aqlingga ham sig'dira olmagin Jin janoblari

Younjungpov: Ikkisi qo'yib bersa bir birini hozirni o'zida o'ldirsa, oxirgi paytlar ularni bir joyda ko'rsam yuragim hapqirib, ko'ksimdan chiqqudek bo'ladi. Do Hwan bilan qolsam albatta meni ayblaydi bunga esa toqatim yo'q. To'g'risini aytganda qochish uchun odamlar bilan yo'l yo'lakay suhbat qurdim.

Younjung: Sizlar uchun qonunan ko'p yordam beramiz. Qarorlardan kelib chiqib soliqlardan ozod qilamiz
Tadbirkor: Sizga katta rahmat albbat ishonchingizni oqlaymiz. Ko'rishguncha Younjung xonim

Younjungpov: Yonimda eshik ochilishi bilan kuchli qo'llar tortib ichkariga olib kirib ketdi. Men hatto nafas olishga ham ulgurmadim, buni Kim? Nega qilyapti? Xona biroz yorug'ligi sabab bo'yi balandligini ko'ra oldim. Lekin bu atir... Seok Jin

Younjung: Kimsan? Meni kimligimni bilasanmi? Hoziroq qo'yib yubor- Younjung qarshilik qilib uzoqlashishga urindi
Jin: Tshsh- Younjung og'zini qo'li bilan yopgancha
Younjung: mm- Younjung yanada tipirchilagancha.
Jin quloq solmay, bo'sa olishni boshladi. Ikki qo'lini birlashtirgancha ehtiros butun tanasini qamrab olganini sezish qiyin emasdi.
Jinpov: Younjungni dengiz misol ko'zlari ko'rganimda nima qilayotganim butkul esimdan chiqdi, bo'sa olarkanman. Younjung shok holatda qotib qolda na javob berar na o'zidan itarardi. Bir muddat o'tgach, bo'yniga ko'chdim. Hye Rin bilan necha bor birga bo'ldim, lekin Younjungda o'zgacha ifor bor atirga ham gullar hidi ham o'xshamaydi. Kutganimdek yana uzoqlashib tarsaki tushirdi.

Younjungpov: Jinligini bilganimda tanam muzladi. Bir tomondan u qilayotgan ishlari yoqar qalbim quvnardi, lekin aqlim undan uzoq derdi. Biz boshqa yo'ldamiz seni ham meni ham oilamiz bor. Bor kuchim bilan uzoqlashib oldingidek tarsaki tushirdim. Ko'zlaridagi olov, kamiga yana o'ynoqi tabassum bilan qarab turibdi. Bundan yanayam jahlim chiqib urmoqchi edimki, to'xtatib qoldi.
Younjung: Esingni yedingmi?
Jin: Ha, seni deb aqldan ozdim- deya bo'g'iq ovozda
Younjung: Bundan keyin aslo yaqinlasha ko'rma
Jin: Do Hwan nega senga yopishib oldi? Uni ham haqqi yo'q senga teginishga
Younjung: Axaxax hoy telba, sen Hye Rin bilan yaqinda turmush qurding. Do Hwan bilan to'yim sen nima deb valdirayapsan? Sen bilan yo'llarimiz hech qachon kesishmaydi. Ko'zingni och. Oxirgi marta ogohlantirishim menga yaqinlasha ko'rma- deya qo'llarini bigiz qilib gapirargancha
Jin: Buni hali vaqt ko'rsatadi

Jinpov: Hali olov bilan o'ynashayotganingni tushunib yetmabsan. Mayli vaqti kelganida o'zim qayta eslataman. Hye Rin yoniga qaytgach, binoni tark etdik.
Hye Rin: Senga muhim gapim bor- Mashinaga chiqqancha
Jin: Qulog'im senda- Rulni boshqararkan, qoshlari chimirilgan edi
Hye Rin: Men bilan birga bo'l hamisha bir soniya ham uzoqlashma
Jin: Qiziqmisan? Seni yoningdaman shundog'am bundan ortiq nima istaysan?- Jin savolli nigoh bilan qaragancha
Hye Rin: Yuraging menga tegishli bo'lishini baxtli oila bo'lishimizni istayman- Jin qo'llaridan ushlarkan, Jin ham tezda qizil chiroqligidan foydalanib bag'riga bosdi.
Jin: Albatta va'da beraman. Bugun senga kunimni bag'ishlayman

Younjungpov: Do Hwan oldiga kelarkanman, oyoqlarim qaltirashni boshladi. Men hech bu darajada qo'rqoq bo'lib qolmagandim, lekin Do Hwanga gap kelganida o'zimni ajdarho changaniga tushgandek his qilaman.

Do Hwan: Qayerda eding?- Younjung zalda hali ham kutib o'tirgancha boshdan oyoq kuzatdi
Younjung: Ayollar xonasida
Do Hwan: U yerda yo'q eding yolg'on gapirma rostini ayt Qayerda eding?
Younjung: Aytyapmanku, ayollar xonasida yo'lak oxiridagi
Do Hwan: Yaxshi ishondim, uyga boraylik hali qiladigan ishlar* bor.

Younjungpov: Men nima bahona izlamay, baribir aytganini qiladi. Uyga borguncha vahimam kuchayardi yana qanday tomosha ko'rsatadi.
O'sha lanati uy ham jahannamni eslatadi, na qocha olaman na yashay olaman. Balki Do Hwan gapiga kirib, imkoniyat berarman. Axir oilali bo'lamiz, bir kun menga bo'lgan nafrati sevgisiga o'zgarar.

9.1- qism tugadi

Davomi bor...
Writer by Park Younjung

Seok Jin Hye Rin bilan haqiqiy oila bo'lish sababi o'ch olish uchunmi? Sevgisichi? Do Hwan Younjungga zulm o'tkazishlari mehr bilan davolanadimi yo'qmi?
Izohlarda kutaman.... har bir firkingiz men uchun muhim Swaniques ❤