June 6, 2025

BELIEF AND SCARE

Ep¹⁹

Yuzimda jilmayish yuragimda qichqiriq...

Ynpov: Men uyimda o‘z xonamda uxlayotgan edimku qanday qilib bu yerga kelib qoldim. Nega aynan Suna qarshimda? Men oldinggi Sunamni taniy olmayapman.
Suna: Nima bu yerga qanday kelib qoldim? Nega Suna qarshimda deb o‘ylayotgandirsan?- Suna Ynni mensimay qarab

1soatcha avval
Yn xonada uxlarkan, Suna soqchilarni osongina o‘ldirib Yn oldiga keldi. Suna ortidan esa bitta yigit kirib keldida Ynni ko‘tarib olib ketishdi. So‘ng eski binoga olib kelib joylashtirdi.
Janob Kim: Oldingmi?- telefonda gaplashib
Suna: Ha oldim, Yn honim bugun albatta o‘ligi chiqadi axaxax. Tezroq yetib keling hademay uyg‘onadi- Suna go'shakni qo‘yib, Ynga g'azab qarab o‘tirdi. Ko‘p o‘tmay, Janob Kim ham keldi.
Suna: Siz tashqarida kuting- Janob Kim kirishiga yo‘l qo‘ymay
Janob Kim: Kimsanki, menga buyruq beradigan
Suna: U bilan ikki og‘iz gapim bor. Keyin u ihtiyoringizda. Va'da esingizda to‘g‘rimi? Meni kechgacha uchib ketishimni ta'minlaysiz
Janob Kim: Ko‘ngling to‘q bo‘lsin. Vaqting kam suhbating cho‘zilsa bilasan mana shu boshingdan darcha ochaman. Oldingi yordamlaringga qarab o‘tirmayman- Janob Kim tahdidli gapirib chiqib ketdi. Yn ham sekin uyg'onarkan Suna qulayroq joylashib oldi.
Suna: Yn honim uyqularidan uyg‘onibdilarda axaxax
Yn: Men qayerdaman? Nega ikkimiz bu yerdamiz? Yoki seni ham bu yerga olib kelishdimi? Yur Suna qochaylik tura qolsangchi
Suna: Ahmoqligingcha qolgansanda Yn. Men seni olib keldim. Sababi sen o‘lishing kerak.
Yn: Hazil a? O‘yin qilyapsan shundaymi? Meni Sunoshim bunday emas.
Suna: Sunosh emish, men senga hech qachon dugonalik qilmaganman. Bilasanmi nega? Chunki seni atrofingda yaxshi odamlar do‘stlaring bo‘lgan, yaxshi hayot o‘yin kulgu. Sen bularni hech qaysisiga loyiq emassan. Doim senga hasad qilib kelganman. Meni uyimda janjal, g'am bo‘lsayu nega senda barchasi yaxshi bo‘lishi kerak? Hammasi men loyiqman qayerdagi ahmoq bir qizga emas.
Yn: Le..kin sen doim yonimda bo‘lding, yig‘laganimda yig‘lading kulganimda kulding. Menga muammolaringni aytganingda hal qilardik. Qo‘limdan kelgancha yordam berardimku. Hali ham kechmas, iltimos ketaylik yur- Yn bu holatga umuman ishonolmasdi
Suna: Muammo? Aynan sensan eng katta muammo, hattoki maktab universitetda ham ikkinchi o‘rinda doim sendan keyingi o‘rinda bo‘lardim. Sen la'natini deb, uyda janjal kaltaklar bo‘lardi.
Yn: Men senga yomonlik keltirgan bo‘lsam, kechir chin dildan urz so‘rayman. Ammo bu yerdan ketaylik

...............
Soo Hyun, Jimin, Jungkook, Taehyung, Janob Park va boshqa hodimlar ham yig‘ilgan edi. Majlis tugagach, sekin hamma chiqishni boshladi. Jimin Soo Hyundan ko‘z uzmay turganida, Soo Hyunga telefon bo‘ldi.
Qo‘riqchi: Janob Kimni topdim. U bizni sirli boshlig‘imiz ekan Janob. Yn honim uchun qilgan ekan. 5yil oldin ismini o‘zgartirib kelgan ekan- Bu gapni eshitib Soo Hyun sakrab turdi.
Soo Hyun: NIMA YN HOZIR QAYERDA?- Jimin ham eshitib Soo Hyun oldiga kelib turdi
Qo‘riqchi: Oxirgi payt uyda bo‘lgan. Hozir esa Yn honimni Suna honim olib chiqib ketgan Janob
Soo Hyun: Qayerdaligini top hoziroq aniqla, o‘lishni istamasang, hoziroq TOP
Jimin: Ynga nima bo‘ldi? JAVOB BER MEN SENGA YNDAN UZOQ YUR DEMAGANMIDIM?- Soo Hyun yoqasidan olib siltardi
Soo Hyun: SAVOL BERISH MAVRIDIMI SENINGCHA? YNNI TOPISH KERAK. O‘sha sirli boshliq bu Janob Kim ekan. Tushunyapsanmi?- Jimin do‘stlari ham eshitib joyida qotib qolishdi
Jimin: Yo‘q yo‘q yo‘q YO‘Q bo‘lishi mumkin emas- Jimin boshini qattiq siqimlab u yerdan bu yerga borib kelardi.
Soo Hyun: Topdingmi? Manzilni menga yubor- Soo Hyun telefonda gaplashayotib liftga kirib ketdi. Jimin ham ortidan ketdi.

Oldinda Soo Hyun keyin Jimin katta tezlikda mashina haydab manzilga yetib kelishdi. Birinchi Soo Hyun kirib ketdi. Binoning 3-qavatida Yn joylashgan edi.
Jimin: Hoy shoshma, reja kerak ular ko‘p bo‘lishi mumkin. Quroling bormi?- Jimin pichirlab atrofni kuzatgancha

Soo Hyun Jiminga qaramay bildirmasdan, sekin poyladi. Suna, Janob Kim Yn bor edi holos. Soo Hyun Janob Kimni poylab, qo‘liga o‘q uzdi.
Soo Hyun: Yomon lat yemadingizmi boshliq?- Soxta kinoya gapirgancha, Jimin ham Soo Hyun ham o‘rtaga chiqishdi.
Yn: Jimin men qo‘rqyapman- Yn endi yugurmoqchi edi Suna Yn boshiga qurol tiradi
Suna: Bu ishing yaxshi emas, Yn hali gapimiz tugamadi
Jimin: Yn evaziga nima istaysizlar pulmi qancha desangiz beramiz Ynni qo‘yib yuboring
Janob Kim: Pul menga kerak emas, menga Yn kerak. Nima uchunligini bilasan Yn shundaymi?- Ynga yaqin kelib boshini siladi
Jimin: YNDAN NARI TUR- Ynga yaqin jelganini ko‘rib Jimin chidal olmadi. So‘ng Ynga qo‘li bilan pastga egilshiga ishora qildi.
Yn egilib o‘tirganida Suna nima bo‘lganini tushunmadi va birdan Janob Kim va Suna tomon o‘q uzila boshladi.
Soo hyun: Yn oldiga bor. Men himoya qilaman ularni chalg'itishimdan foydalanib sen Ynni qutqarasan.
Jimin: Seni kuching yetmaydi. Qo‘shimcha kuch hali yetib kelgani yo‘q ahmoqlik qilma ikkimiz baravar boramiz
Soo Hyun: Yn o‘lishiga qo‘yib bermoqchimisan? Hoziroq bor- Soo Hyun Jiminga quloq solmadi. O‘z aytganini qilib Jiminni himoya qildi.
Soo Hyun Janob Kimga ko‘p uzdi Suna ham albatta. Ikkisi yerga yiqildi
Jimin: Yn yaxshimisan? Senga hech narsa qilmadimi? Teginmadimi?- Ynni tanasini tekshirib chiqqancha
Yn: Jimin, me..n qo‘rqdim u yana qaytib keldi. Meni aniq bu safar nimadir qiladi deb qo‘rqdim seni ko‘rolmaslikdan qo‘rqdim- Yn bor ovozida yig‘larkan Jimin bag'riga bosdi. Soo Hyun esa ko‘zlarini boshqa tarafga qaratdi.
Jimin: Faqat meni ko‘zlarimga qara u yerga qarama ho‘pmi? Barchasi ortda qoldi- Jimin o‘liklarga Yn qarashini istamay qarshisida turib olgandi.

Soo Hyunpov: Ynga nimadir bo‘lsachi degan gumon meni tamom qildi. Lekin hozirgi holatni ko‘rib undanda yuragim og‘ridi. Yn meni yonimda emas Jimin bilan ekanligini ko‘rolmay atrofga qaradim. So‘ng Suna qo‘lidagi qurolni ko‘tarib o‘qtalganida qanday yugurganimni bilmayman. Faqatgina Yn tirik qolsin degan o‘y bor edi holos.
Soo Hyun: YO‘Q YN- Soo Hyun Ynni to‘sib o‘zini ko‘ksini tutdi. 3marta ko‘ksiga o‘q uzilarkan sekin yerga tiz cho‘kdi.
Suna: Ba..xtsiz..liging..ni ko‘..rish me..n uchun ba..xt- Suna o‘lim yoqasida bo‘lsada nim tabassum qilib ko‘zini ochiq holda vafot etdi.
Jimin: Soo Hyun meni eshityapsanmi biroz chida yomon hayollarni chiqarib tashla- Yn va Jimin ikkisi Soo Hyun oldiga kelib qon oqishini to‘xtatishga urinardi
Soo Hyun: Kimni aldayapsan Jimin? Venerani baxtli qil ko‘zidan yosh oqmasin- Soo Hyun sekin past ovozda gapirardi
Yn: bu gaplarni aytma. Sen hali ko‘p yashaysan mana ko‘rasan. Men sezyapman- Yn yig‘lab tez-tez gapirardi
Soo Hyun: Venera men seni sevaman. Buni aytishga kech qoldim seni hafa qilganim uchun bu menga berilgan jazo. Keyingi hayotimizda birga bo‘lamiz. Oxirgi iltimosim Venera, menga Jiminga qaragan sevgi to‘la ko‘zlaring bilan qara ularni ko‘rishni istayman
Yn: Hozir kasalxonaga yetib boramiz. Biroz chida, o‘lmasliging kerak- Soo Hyun Yn bilan Jimin qo‘llarini birlashtirib Ynga oxirgi marta tabassum qilib joni uzildi.

Keyingi qismda:
Doktor: Yn honim homilador Janob Jimin uni saqlab qola oldik. Ayolingizni asrang

19-qism tugadi

Davomi bor...
Writer by Park Younjung

Tushunarli bo'ldi den o'ylayman iloji boricha voqealarni ochib berdim. Bu qismni o'qib qanday ta'sirlandingiz? Fikrlar kutaman. Keyingi qism final.