May 26, 2025

BELIEF AND SCARE

Ep¹²

Baxt qadam bosdi... lekin soyalar hali to'liq chekingani yo'q.

Jiminpov: Floream Kim xonim xotiralaridan qiynalgani sabab, meni uyimga ko'chib o'tdik. Bir zum ham uni yonidan ketmadim. 2 oy ichida Yn menga nisbatan iliqlashdi, lekin ichki qo'rquvi qo'rqinchli tushlari hali ham tark etmadi. Tongda Floreamga sezdirmay, advakatimizga bordim. Nikoh shartnomasini tayyorlatdim. So'ng yana uyga qaytdim chamasi soat 9lar atrofida edi. Xonamizga kirganimda Floream uxlayotganini ko'rdim. Uni yoniga joylashib kutazib o'tirdim. Farishta kabi miriqib uxlarkan, qitmirligim tutib uyg'otishga urindim. Afsuski, farishtam uyg'onishi qiyin.
Jimin: Floream uyg'on, shuncha vaqt uyquga to'ymadingmi?- Ynni qitiqlashni boshladi.
Yn: Jimin uxlashga qo'ying
Jimin: Uxlasang sovg'ani kim ochadi
Yn: Qanday sovg'a- Jimin gapidan Yn o'rtidan sakrab turdi. Jimin bu qilig'idan faqat kulardi.
Yn: Hoy sovg'am qani tezroq bering- Jimin atrofidan sovg'a qidirgancha.
Jimin: Ikkimiz uchun maxsus sovg'a- Nikoh shartnomasini berarkan, Yn yuzi birdan jiddiylashdi.
Jimin: Nimadir bo'ldimi?- Yn qo'llarini ushlab
Yn: Ishonchiz komilmi? Oradan yillar o'tsada men bilan qolasizmi? Xiyonat qilmaysizmi? Agar meni o'tmishim haqida bilib qolsangizchi?- Yn yig'lab yubordi
Jimin: Hech qachon bunday bo'lmaydi. Gumonlaring noto'g'ri qarorim qat'iy. Yig'lamayman deb so'z bergansan qani kulamiz kulsangchi- Jimin Yn yuzidan chimchilab qo'ygancha hazillar qilardi keyin Ynni quchoqlab turdi.
Jimin: Imzola- Ynga ruchka uzatib, Yn hali ham ikkilanib imzoladi Jimin ham.
Jimin: Seni sevaman Floream. Sog'lig'ing sabab to'yni keyinga qoldiramiz lekin bu nikohdan o'tishimizga to'sqinlik qilolmaydi- Yn peshonasidan bo'sa qoldirib o'rnidan turdi
Jimin: Bugun kichik sayohatga chiqamiz
Yn: Qayerga boramiz?- Yn hayron gapirguncha Jimin Ynni ko'tarib oldi.
Yn: Tushiring o'zim yura olaman- Yn qarshilik qilardi
Jimin: Bas qil, menga shu qulay nonushta qilib yo'lga tushamiz vaqtimiz kam- Yn bilan oshxona tushib stolga o'tirdi. Xizmatkorlar nonushta tayyorlab qo'yishgandi.

Nonushtadan so'ng, Yn sayohatga mos kiyim tanlashni boshladi. Lekin telfondagi xabar uni e'tiborini tortdi.
Ynpov: Kiyinib sochlarimni yig'ayotganimda telefonga xabat keldi. Bu holat bir oydan beri sodir bo'lyapti. Noma'lum raqamdan tahdidli xabarlar keladi. Jimin bilmasidan o'chirib tashlayman.

Xabar:
Taqdir ham birga bo'lishimizga qarshi chiqolmaydi. Sen doim kuzatuvim ostidasan...

Yn: Jin ursin nega baxtga yetishdim deganimda to'sqinlik qilaverishadi? Yn o'zingni bos Jimin bilan hozir baxtliman hech narsa bo'lmaydi chuqur nafas ol- Yn o'ziga dalda berib, Jimin oldiga bordi.
Jimin: Tayyor bo'ldingmi? Shoshma nega oqarib ketding?- Jimin Yn sinchiklab qaragancha
Yn: hech gap yo'q yuring kechikyapmiz- Yn Jimin qo'lidan sudrab mashinaga chiqishdi. Dengizga yaqinlasharkan, Yn ko'zlar baxtdan porlardi
Yn: Bugun baxtli kunimdan biri Jimin yaxshiyam hayotimda borsiz
Jimin: Yoqqan bo'lsa hursandman seni baxtiyor ko'rish meni ham baxtiyor qiladi. Yetib keldik- Jimin bilan Yn mashindan tushib odam kam joyga dam olishni ma'qul ko'rishdi.
Yn: Ob-havo ham qanday ajoyib- Yn ikki qo'lini keng yoyib chuqur nafas oldi. Jimin qarab o'tirganida bir fikr keldi
Jimin: Florea menga qara- Yn qaraganida fotosuratga oldi.
Jimin: Betakrorsan
Yn: Aytganizda o'zim ham chiroyli tushib berardim- Yn erkalik qilib labini burib qo'ydi.
Yn: Yana bir marta- Jimin Yn har xil rasmlarga olardi. Ikkisi miriqib kularkan atrofdagilar baxtli juftlikni ko'rib hursand bo'lishardi.

Oradan 1soatcha vaqt o'tdi. Juftliklar shunchaki o'tirib dengizni tomosha qilishardi har doimgidek Jimin Ynni bag'rida olib manzarani kuzatishardi.
Jimin: Qorning och bo'lsa kerak
Yn: Ha biroz
Jimin: Anavi yerda baliqli kulcha bor hozir kelaman- Jimin do'konchaga ketgach, Yn unga qarab turdi.
Ynpov: Ichki halovat tark etmayapti hozir ham kimdir qarab turgandek. Atrofdagi odamlarga ko'z yugurtirdim. Shunda uzoqda qora kiyimli yigit menga qarab turardi. Lekin u kim? Soo Hyunmi yo'q uni bo'yi balandroq. Kim bo'lishi mumkin? Bilmadim qancha qarab qoldim Jimin kelganini ham sezmabman.

Jimin: Kimga qarayapsan?- Yn qaragan tomonga qarab
Jimin: Ko'zlaring faqat menga qarashi kerak Florea- Yn ikki yuzidan ushlab ko'zlariga qaratdi
Yn: Sizga qaradim ozgina hayol surib qolibman. Siz meni rashk qilyapsizmi hozir- Yn ikki qoshini ko'ratib Jiminga ma'noli qaradi
Jimin: Nega ekan? Men xohlagan qizlarni bir qarashda iniltira olaman seni nimangni rashk qilaman xo'sh- Yn asabiga tegish uchun hazillashib
Yn: Nima unda boring o'sha qizlarizga men kettim siz bilan qolishni istamayman- Yn qovog'ini uyib o'rnidan turmoqchi bo'ldi lekin Jimin to'xtatdi
Yn: Qo'yib..- Yn gapirganidan foydalanib, Jimin baliqli kulchani og'ziga soldi va o'zi ham o'sha kulchadan tishladi.
Jimin: Hm sen bilan yanada mazali bo'larkan- Yn hayron nima qilishni bilmay qoldi
Yn: Nima telba bo'ldizmi? Odamlar orasida madaniyatsizlik qilyapsiz- Yn jahl bilan gapirarkan, Jimin yanayam yaqinlashdi
Jimin: Nima qilibman xotinim bilan birgaman qonunan bu to'g'ri- Yn yuzini tozalashga urinib yanayam yaqinlashdi

Kechki payt bo'lishiga qaramay majlis davom etardi. Janob Park, Taehyung, Jungkook, Jimin reja qilardi.
Janob Park: Taehyung keyingi rejalar haqida to'liq tushuntir
Taehyung: Soo Hyun yaxshi agent shu bilan birga qurollardan daromad oladi. Biz aynan zaif joyidan zarba beramiz. Bir qadam oldinda bo'lib qo'liga barcha soxta nusxalarni qoldiramiz. U kompaniyaga soxtasini qoldirardi. Keyinchalik o'zini o'zi yo'q qiladi
Jimin: Hoziroq o'ldirish kerak edi. Cho'zishni nima foydasi bor?- Jimin g'azabini zo'rg'a bosib o'tirardi
Jungkook: oddiy o'lim bu juda kam. Soo Hyun bilan maxfiy boshlig'i ham zarar ko'radi. Bir o'q bilan ikkita quyon uramiz.
Janob Park: Jimin o'g'lim sen Ynni kuchli himoya qilishing kerak. Ular hozircha jim lekin zimdan hujumga o'tishadi.
Jimin: Ho'p dada
Janob Park: Majlis tugadi. Bu tez orada amalga oshadi. Sizlarga ruxsat

Ye Jin, Hye Soo va Seo barda o'tirganida barchasi g'azablangan edi.
Hye Soo: Lanati Yn hammasiga sababchi, u bo'lmaganida Soo Hyun o'zgarmagan bo'lardi
Seo: Ynga oshiq bo'lgani ko'rinib turibdi. Jiminga erishish uchun ko'p yo'llarni qilib ko'yrdim. U hattoki qarashni ham istamaydi. Faqat ko'zlar Ynni ko'radi Soo Hyun ham. Ynni nimasini yoqtirishadi a? Jin ursin- Seo alamidan ichkilik ichardi. Ye Jin esa faqat chuqur o'ylovda edi.
Hye Soo: menda reja bor. Ish berishi aniq

Ep12-qism tugadi.

Davomi bor...
Writer by Park Younjung

Ynga qarshilar ko'p qiziq kim g'olib bo'ladi? Yn shunda ham baxtli bo'ladimi yoki Hye Soo rejasi ish beradimi? Fikrlar kutaman