PRETENCE
Uni sevib turib, o‘zimni begona qildim
Samirapov: Allohim, meni uyaltirma to'g'ri yo'l ko'rsat. Axir imtihonga tayyorlamadim menga yordam ber. Biladiganlarim tushsin.
Samira ko'zlarini yumib qo'lini birlashtirgancha ichida duo qilardi.
Xona sokin jimjit edi. Kimdir savollarga asabiylik bilan yechar, yana kimdir sokin o'ylanib yozardi.
Samira o'zini tutib olgandi hotirjamlikda birinchi bilganlarni keyin qiyinlarini yechishni boshladi.
Oradan vaqt o'tib berilgan vaqt tugadi. Bundan keyingi dars yo'qligi uchun o'qituvchi o'sha joyni o'zida tekshirishni boshladi.
O'qituvchi: Javoblarni o'qib eshittiraman. Tinchlik saqlang. Namjoon birinchi o'rinda, Samira ikkinchi o'rinda, Hari uchinchi o'rinda....- Birin ketinlikda aytib bo'lgach, javoblardan ko'pchilik norozi edi.
Hari: Nega anavi hozirgina kelib olib, meni o'rnimni egalashga urinyapti- Hari o'zini bosolmay ruchkasini zarb bilan partaga qo'ydi.
O'qituvchi: Hammaga ruxsat bolalar xayr- O'qituvchi chiqib ketishi bilan Hari Samira oldiga kelib turib oldi
Hari: Sen o'zingni kim deb o'ylayapsan? Hali kelganingga 2soat bo'lmay turib meni o'rnimni egallamoqchimisan?- Hari Samiraga asabiy gapirarkan Samira aksincha sokin jim eshitardi.
Hari: Hoy senga gapiryapman qulog'ing karmi?- Samira yelkasidan turtib
Samira: bu test bilimni shunchaki aniqlab beradi. Asabiylashish shart emas, albatta keyingisida yaxshi natija bo'ladi- Samirani javobi hammani hayton qoldi. Qanday qilib bir qiz asabiy baqirib tuhmat qilsayu indamay kulib javob berish mumkin?
Hari: Vay lanati meni ustimdan kulyapsanmi? Mana bu kiyiming aytib turibdi o'zi sen terroristmisan yoki mafiya nega bunaqasan? O'zingni ko'rsat asl yuzingni ko'raylik- Hari Samira ro'molini yechishga urinardi.
Samira: Nima qilyapsiz? Iltimos to'xtang bas qiling. Allohga qasamki, bu ishingiz gunoh
Hari: Mana senga boshqa ajralib turmaydigan bo'lasan- Hari bir deganda ro'moloni yechib pastga uloqtirdi.
Samirapov: Birdan nima bo'lganiga tushunmadim. Yerga qaraganimda ro'molim yotardi. Hammani ko'z o'ngida avratim ochildimi? Men qanday qiz bo'ldim. Allohim meni kechir, yordam ber. Tezda kiyimimni yechishga urinib boshimni berkitmoqchi edim. Erkak kishi atiri taralishni boshladi. Tepamda esa boyagi yigit turardi
Namjoon: O'z bilimingdan uyalib bu qizga tashlandingmi? Aslida kim o'zini ko'rsatyapti?
Hari: Ni..ma deyapsan? Hammasiga bu qiz...- Hari gapini Namjoon kesib tashladi
Namjoon: Gapimni tushunmadingmi? Hoziroq kechirim so'ra
Hari: Hech qachon
Namjoon: HOZIROQ KECHIRIM SO'RA dedim- Namjoon ovozi butun xonada jarangladi
Hari: Kechirasan- Hari tezda chiqib ketdi
Namjoon: Men bilan yur- Samiraga ishora qilib xonadan chiqib ketishdi.
Namjoon kastyumini Samira boshiga berkitgancha qizlar xojathonasiga olib bordi
Samirapov: Anavi yigit bilan hojatxonaga yetib keldik. Va kirishim bilan ro'molimni boshimga o'radim to'g'irlashga kirishdim 10 daqiqada hojatxonadan chiqarkanman. Boyagi yigit kutib turardi
Namjoon: Ismingni ham so'ramabman isming nima
Samira: Samira
Namjoon: ooh chiroyli ism. Nega sen boshingga o'rab olgansan?
Samira: Men musulmonman islomda hijobli bo'lish eng to'g'ri yo'ldir- Samira yerga tikilib gapirgancha
Namjoon: Musulmonlar haqida uncha ko'p ma'lumot bilmayman bilganim shuki ular teginishdan uzoq yurishadi
Samira: bu to'g'ri men ketishim kerak kechirasiz yordamiz uchun rahmat- Samira Namjoondan uzoqlashib xonaga yo'l oldi.
Namjoonpov: Ko'zlarini biror marta tikmadiya qoyil lekin uni yuzlari nur taralib turardi. Boshqa qizlardan ro'moli bilan emas odobi bilan ham ajralib turarkan.