July 20, 2025

VEILED LOVE

Ep²

Men seni duo ichida yashirganim mening eng halol sevgim edi

Samira joyiga o'tirganida xonadagi o'quvchilar uzoq va hayron holatda qarashdi. Chunki ularda bu turdagi ayollarni uchratishmagan. Darslar davom etdi keyingi o'qituvchi kirib darsni boshladi.
Namjoon birinchi qator 3chi partada o'tirsa, Samira ikkinchi qator 2chi partada o'tirardi.
Namjoon o'qishda nafaqat boy oila farzandi, qizlarga nisbatan o'ta sovuqqon va o'ziga yaqinlashtirmasligi bilan ham mashhur.

Namjoon 23yoshda. Tabiati sokin kuzatuvchan kitobsevar ilmli yigit.

Samira 20 yoshda. Arabistonda Universitetini Koreyaga o'tkazdi va hozirda tarjimonlik yo'nalishida 2-kurs talabasi.

O'qituvchi: Bugun sizlardan haftalik imtihon olaman deb aytgandim. Demak boshladik qani bo'la qolinglar- O'qituvchi doskaga boshlanish-tugash vaqtini yozib joyiga o'tirdi.
O'quvchilar oldindan orqaga o'tirgan holda test varaqasini uzatishardi

Samirapov: Allohim, meni uyaltirma to'g'ri yo'l ko'rsat. Axir imtihonga tayyorlamadim menga yordam ber. Biladiganlarim tushsin.
Samira ko'zlarini yumib qo'lini birlashtirgancha ichida duo qilardi.
Xona sokin jimjit edi. Kimdir savollarga asabiylik bilan yechar, yana kimdir sokin o'ylanib yozardi.
Samira o'zini tutib olgandi hotirjamlikda birinchi bilganlarni keyin qiyinlarini yechishni boshladi.

Oradan vaqt o'tib berilgan vaqt tugadi. Bundan keyingi dars yo'qligi uchun o'qituvchi o'sha joyni o'zida tekshirishni boshladi.
O'qituvchi: Javoblarni o'qib eshittiraman. Tinchlik saqlang. Namjoon birinchi o'rinda, Samira ikkinchi o'rinda, Hari uchinchi o'rinda....- Birin ketinlikda aytib bo'lgach, javoblardan ko'pchilik norozi edi.
Hari: Nega anavi hozirgina kelib olib, meni o'rnimni egalashga urinyapti- Hari o'zini bosolmay ruchkasini zarb bilan partaga qo'ydi.
O'qituvchi: Hammaga ruxsat bolalar xayr- O'qituvchi chiqib ketishi bilan Hari Samira oldiga kelib turib oldi
Hari: Sen o'zingni kim deb o'ylayapsan? Hali kelganingga 2soat bo'lmay turib meni o'rnimni egallamoqchimisan?- Hari Samiraga asabiy gapirarkan Samira aksincha sokin jim eshitardi.
Hari: Hoy senga gapiryapman qulog'ing karmi?- Samira yelkasidan turtib
Samira: bu test bilimni shunchaki aniqlab beradi. Asabiylashish shart emas, albatta keyingisida yaxshi natija bo'ladi- Samirani javobi hammani hayton qoldi. Qanday qilib bir qiz asabiy baqirib tuhmat qilsayu indamay kulib javob berish mumkin?
Hari: Vay lanati meni ustimdan kulyapsanmi? Mana bu kiyiming aytib turibdi o'zi sen terroristmisan yoki mafiya nega bunaqasan? O'zingni ko'rsat asl yuzingni ko'raylik- Hari Samira ro'molini yechishga urinardi.
Samira: Nima qilyapsiz? Iltimos to'xtang bas qiling. Allohga qasamki, bu ishingiz gunoh
Hari: Mana senga boshqa ajralib turmaydigan bo'lasan- Hari bir deganda ro'moloni yechib pastga uloqtirdi.
Samirapov: Birdan nima bo'lganiga tushunmadim. Yerga qaraganimda ro'molim yotardi. Hammani ko'z o'ngida avratim ochildimi? Men qanday qiz bo'ldim. Allohim meni kechir, yordam ber. Tezda kiyimimni yechishga urinib boshimni berkitmoqchi edim. Erkak kishi atiri taralishni boshladi. Tepamda esa boyagi yigit turardi
Namjoon: O'z bilimingdan uyalib bu qizga tashlandingmi? Aslida kim o'zini ko'rsatyapti?
Hari: Ni..ma deyapsan? Hammasiga bu qiz...- Hari gapini Namjoon kesib tashladi
Namjoon: Gapimni tushunmadingmi? Hoziroq kechirim so'ra
Hari: Hech qachon
Namjoon: HOZIROQ KECHIRIM SO'RA dedim- Namjoon ovozi butun xonada jarangladi
Hari: Kechirasan- Hari tezda chiqib ketdi
Namjoon: Men bilan yur- Samiraga ishora qilib xonadan chiqib ketishdi.
Namjoon kastyumini Samira boshiga berkitgancha qizlar xojathonasiga olib bordi
Samirapov: Anavi yigit bilan hojatxonaga yetib keldik. Va kirishim bilan ro'molimni boshimga o'radim to'g'irlashga kirishdim 10 daqiqada hojatxonadan chiqarkanman. Boyagi yigit kutib turardi
Namjoon: Ismingni ham so'ramabman isming nima
Samira: Samira
Namjoon: ooh chiroyli ism. Nega sen boshingga o'rab olgansan?
Samira: Men musulmonman islomda hijobli bo'lish eng to'g'ri yo'ldir- Samira yerga tikilib gapirgancha
Namjoon: Musulmonlar haqida uncha ko'p ma'lumot bilmayman bilganim shuki ular teginishdan uzoq yurishadi
Samira: bu to'g'ri men ketishim kerak kechirasiz yordamiz uchun rahmat- Samira Namjoondan uzoqlashib xonaga yo'l oldi.
Namjoonpov: Ko'zlarini biror marta tikmadiya qoyil lekin uni yuzlari nur taralib turardi. Boshqa qizlardan ro'moli bilan emas odobi bilan ham ajralib turarkan.

Nabi: Seni narsalaring shumi?- Samirani oldida turib samimiy gapirgancha
Samira: Rahmat- Nabi Samira tabassumini ko'rib yanada hursand bo'ldi
Nabi: Hariga e'tibor bermang u o'zi ahmoq. Keling siz bilan do'st bo'lamiz. Bugunga balki aylanishga borarmiz nima dediz
Samira: Dugonam bo'lishidan men ham hursandman. Ismim Samira- Samira qo'lini uzatgancha
Nabi: Men ham. Qani unda kettik
Samira: To'g'ri uyga borishim kerak edi. Bugun borolmayman
Nabi: Mayli unda keyingi safar aniq boramiz ho'pmi? Uygacha birga boramiz bahonda tanishib ham olamiz- Samira qo'lidan ushlab karidor bo'ylab ketardi.
Samira: Meni uyim uncha uzoqda emas
Nabi: Meniki ham. Aytgancha koreys tilini qanday o'rgangansiz juda yaxshi gapiryapsiz- Ikki dugona gaplashib yo'lida davom etdi.

Ertasi kun.
Samirapov: O‘qishga ham moslashdim desa ham bo‘ladi. Nabi koreys bo‘lsada juda mehribon qiz ekan. Darslarda birga o‘tiradigan bo‘ldik, birga tanaffusda ham doim birga yuradigan bo‘ldik. Hozir tanaffus vaqti ham keldi.
Nabi: Samira, oshxonaga boramiz ovqatlari judayam mazali. Yana boshqa do‘stlarimiz bilan ham tanishasan- Narsalarini sumkasiga solgancha
Samira: Do‘stlarmi?- Samira so‘z bilan holatini ifodalay olmasdi. Nabi ham so‘zsiz tushundi
Nabi: Qo‘rqma ular yaxshi yigitlar tengdoshmiz. Seni yeb qo‘yishmaydi. Qani kettik- ikkisi birga oshxonaga tushishdi

Nabi: Samira tanish bular meni do‘stlarim. Yuri, Seokjin, Taehyung bu esa Samira- bir stolda ovqatlanarkan tanishishni boshlashdi
Samira: Men ham tanishganimdan hursandman- Samira yangi do‘stlariga bir ko‘z yugurtirgancha, qayta pastga qaratdi.
Yuri: Sen boshqacha ekansan, ko‘zlaring ham yuzingga oqartiradigan ukol olganmisan? Yo Hudoyim, bunchalar oppoq shaffof bo‘lishi mumkinmi?- Yuri emotsiya bilan gapirarkan Samira uyalib ketdi.

Nabi: Bunaqa gaplarni aytmasangchi, qara uyaltiryapsan

Tanaffusdan so‘ng
Samirapov: Bu Universitetda kutubxona qandayligiga rosa qiziqdim. Nabidan qayerdaligini so‘rab kutubxonaga yo‘l oldim.

Birozdan so‘ng Nabi o‘zi ham kelishini aytdi. Men kitoblarni varaqlab ko‘rardim. Kutubxona yorug', juda baland edi. Shiftgacha kitob javonlari bor. Kitoblar son sanoqsiz, javonlar ko‘pligidan hattoki adashib qolishing hech gap emas. Men o‘zimga yoqqan kitoblarni olib stolga o‘tirib kutardim. Niyohat Nabi ham yetib keldi.
Nabi: Sorry, men keldim. Ho‘sh qanaqa kitoblar olding. Qani bir ko‘raychi? Nega oqqushlar? Axir juda zerikarliku. Ha mayli bu seni hoxishing unda o‘qishni boshladik- Nabi yonidagi bir kitobni olgancha o‘qishni boshladi.

Namjoonpov: Olgan kitoblarimni joyiga qo‘yish uchun kutubxonaga kelgandim. Boshqa kitob qidirishni kirishib ketdim. Qay ko‘z bilan qarayki, men bilgan Farishta ham kitob o‘qib o‘tirardi. Qandaydir ichki kuch u tomon yetaklab bordi.
Namjoon: Sizlarni bu yerda ko‘raman deb o‘ylamagandim qizlar
Nabi: Biz ham shu fikrdamiz. Qani o‘tir birga fikr almashamiz- Namjoon Nabi to‘g‘risiga o‘tirgani bilan butun hayoli, nigohi Samiraga qaratilgan edi.
Nabi: Qaysi janrlarni tugatding Namjoon?- Samira ham bir qarab yana kitobga qaradi
Namjoon: Tragediya, ooh bu kitob axir Oqqishlarku o‘qishingni maslahat beraman juda ajoyib va ta'sirli kitob- Namjoon Samira qo‘lidagi kitobni ko‘rgach, emotsiyasini boshqara olmadi
Samira: Bu kitobni oldin o‘qiganman. Aytganizdek ta'sirli va yig'latadigan- Samira kitob muqovasiga qarab o‘ylanib qoldi
Nabi: Siz ikkingiz kelishib olganmisiz? Uni qanday o‘qish mumkin, na sarguzasht bor na fantastika
Namjoon: Bu sevgi qissasi haqida romantik va tragediya sen buni tushunmaysan- Namjoon norozi ohangda gapirgancha
Samira: Oqqush o‘z juftini sodiq qolib umri oxirigacha faqat u bilan bo‘ladi. Jufti boplsa kasallikdan erta vafot etib, halok bo‘ladi. Yolg‘iz qolgan oqqush o‘z bo‘ynidan cho‘qishni boshlaydi 1kunga qolmay u ham vafot etadi- Samira gaplariga ikkisi mahliyo bo‘lay derdi. Biri gapirishidan biri esa beg'ubor nafis so‘zlaridan

2-qism tugadi

Davomi bor...
Writer by Park Younjung

Keyingi qismlarda:
Namjoon: Agarda uchrashuvga taklif qilsam qabul qilarmidingiz?
Samira: Aslo...