March 6

Diktatura tuzumining oqibatlari haqidagi asar

Foto: asaxiybooks

Ba'zi "kattakon"larga, ya'ni mansabi baland bo‘lganlarga tanqid yoqmasa, uni tanqid qilganlarni yo‘q qilish yo‘lini izlaydi. Ya'ni ular faqat o‘zi haqida maqtov va yaxshi gaplar eshitishni istaydi. Hatto xato ish qilsa ham, boshqalar uni bu ishi uchun e'tiroz bildirishlarini istamaydi. Mansabidan foydalanib, cho‘ntagini to‘ldirsa ham, boshqalar "falonchi to‘g‘ri yo‘lda, u olgan bu pullar unga halol. Chunki, u shu xalq uchun ishlayapti" deb e'tirof etishlarini xohlaydi.

Jorj Oruelning “Molxona” asarida diktatura tuzumi hukumatining ana shunday kirdikorlari, razilliklari, yolg‘onlari ochib tashlangan. Faqat bunda, insonlar rolini jonivorlar bajaradi. Shaxsga sig‘inish, amaldor atrofidagi maddohlar to‘dasining shakllanishi, haqiqatni istovchilarning yo‘q qilinishi, ular boshqarayotgan hukumatdagi xato ishlarda go‘yoki o‘sha yo‘q qilinganlarning aybi bilan sodir bo‘lganligini "isbotlashlar"... Xullas, tuzimning jirkanch va shafqatsiz o‘yinlari bayon qilinadi.

Asar qahramonlari:

🦛 Cho'chqa mayor — Hayvonlar saltanati (Hayvonobodning rahbari
🦛 Cho'chqa Napolion — keksa cho'chqa o'lgach, hukumat uni qo'liga o'tadi
🦛 Cho'chqa Snoubol — ozgina bo'lsada "vijdoni" bor, haqiqat istovchi cho`chqa, (keyinchalik shu ishi uchun Hayvonoboddan quvg'in bo'ladi).
🦛 Cho'chqa Qichqiriq — Napolionni maddohi, hayvonlarni Napolionni ulug'lashga da'vat etib yuruvchi vazifasida ishlaydi
🐕 Itlar — Blyubell, Jessi, Pincher
🐎 Otlar — Boksyor, Klover, Molli
🐐 Echki — Myuriel
🫏 Eshak — Benjamen
🐦‍⬛️ Qarg'a (elchi) — Mozus

Voqealar

Barcha voqealar "davlat to'ntarilishi"dan boshlanadi. Ya'ni Mister Jons xonadonidagi hayvonlar Keksa cho'chqa rahbarligida bir kuni tunda yig'ilib, sabr-kosasi to'lganligini, tezroq, ikki oyoqlilardan xalos bo'lish rejasini tuzib, amalga oshirish kerakligini maslahatlashishadi. Shunday bo'ladi ham... Bir kuni molxonada to'polon boshlanadi. Ular "ozodlik" iztab bosh ko'tarishadi va o'z xo'jayinlarini o'z hovlisidan quvlab chiqaradi.

Shundan so'ng mustaqil bo'lganligini, endi esa yangi davlat tuzish kerakligini maslahatlashishadi. Ular o'z davlatini "Hayvonobod" deb e'lon qilishadi. Davlat ramzi sifatida "Angliya jonivorlari" nomli madhiyasini yozib, har kuni aytishni joriy etadi. Shuningdek, bu davlatdagi barcha hayvonlar amal qilishi qat'iy bo'lgan 7 banddan iborat qoidani yozib devorga ilib qo'yishadi. Bu yozuvlarni sanoqligina hayvonlar o'qishni bilar va boshqalarga ahyon-ahyonda o'qib berib turishardi. Bu qoidalarda, hayvonlarga barcha ikki oyoqlilar dushmandligi, hech bir hayvon kiyim kiymasligi, sharob ichmasligi, to'sakda yotmasligi va boshqa qoidalar yozilgan edi. (Biroq asar oxirida bu qoidalarni barchasini hukumat tepasida turgan cho'chqa napolion va uning maddoh shotirlari buzishadi. Hech kim ularga g'ing diya olmaydi)

Barcha voqealarni yozib o'tirmayman. Keksa cho'chqa vafotidan so'ng, uning o'rniga Napolion nomli cho'chqa taxtga o'tirgach, "Hayvonobod"dagi barcha ish rejalarini o'zining va yaqinlarining manfaatlariga moslab tog'rilab boraveradi. Bu nohaqlikka chidolmagan Snoubold(cho'chqa) esa badarg'a qilinadi. Sigirlarning sutiyu, tovuqlarning tuxumini maxfiy yeb bitirayotgan Napolion cho'chqa, go'yoki bu holatni Snoubold qilayotganiga boshqa jonivorlarni ishontiradi. Xullas davlatdagi barcha tirik jon hukumat kattakonlarining hayotini farovon qilish uchun jon kuydirib ishlashadi. Buyo'lda bir nechta jonivor vafot etadi. BUni sharaf deb e'tirof etishadi.

Haftada bir-ikki marta yig'ilish qiladigan Napolion cho'chqa hovliga chiqsa oldida maddohi Qichqiriq yurib, hammani "dohiy rahbar"ni olqishlashga chorlaydi. Itlar qo'riqchi, xo'rozvoy esa hammani sergaklovchi vazifasini o'taydi. Asar yakuni va voqealar rivojini o'zingiz o'qib bilib olasiz.

Xulosa

Bu asardagi voqealarni ko'pchilik sobiq SSSR g'oyasi asosida yozilganligini aytishadi. Davlat to'ntarilishi, undan keyingi hayot, tuzim, jamiyatdagi o'zgarishlar aynan "Hayvonobod"dagi voqealar bilan bir xildek, tuyiladi. O'quvchi mutolaa orqali, diktatura tuzimining qanday oqibatlarga olib kelishi, jamiyatdagi tirik jon hayoti va o'zgarishlar qanaqa bo'lishi haqida bilib olishlari mumkin.

Kitob tarjimasi atigi 99 sahifa. Chin dildan o'qishni istasangiz bir kunda tugatib qo'yasiz. O'qing,telefon titkilamasdan, instagramda reels ko'rmasdan )

© Komiljon Aslonov.