Achchiq haqiqatlar yozilgan bir asar haqida
Inson Alloh o‘lchab bergan umrni yashashga mahkum etilgan ekan, uni qanday o‘tkazishni o‘zi tanlaydi. Jumladan:
Ammo, inson yashashi uchun bu hayot yo‘lini tanlashning o‘zi yetarli emas. Chunki, "Havas boshqa, hayot boshqa" degan naql bejiz aytilmagan.
Shu o‘rinda bir gap: Inson hayotini 2qismga, (ya’ni oila qurguncha bo‘lgan davr va oila qurgandan keyingi davr) ajratsak, ularning har ikkisining yo‘li bir-biridan farq qiladi, nazarimda.
Bizda (O‘zbekistonda) bu ikki bosqichni bosib o‘tish uchun inson tanlagan yo‘llarida ko‘p narsalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Deylik, ilm, olimlik yo‘lini tanlash bilan hamisha ham ro‘zg‘or tebratib bo‘lmaydi. (Avvallari ko‘p bo‘lgan fan nomzodi, akademik bo‘lishga intilishlarning bugun keskin kamayib ketish sababi shundandir ehtimol). Bola-chaqa boqish, ro‘zg‘or deb atalmish "g‘or"ni to‘ldirish uchun orzu-rejalardan voz kechib, mutlaqo o‘zi qiziqmaydigan ishlarga ishlash, kerak bo‘lsa, dam olish kunlarisiz mehnat qilishga to‘g‘ri keladi, ba’zida. Ayni ana shu nuqtada, hamisha ham orzular pillapoyasi maqsadga olib bormasligi ayon bo‘ladi, ko‘p hollarda.
Abduqayum Yo‘ldoshevning "Puankare" hikoyasida ana shu achchiq haqiqatlar qog‘ozga ko‘chadi. Unda o‘z sohasining (matematika sohasining) kuchli olimi, dessertasiya yoqlash uchun ko‘plab to‘siqlarga uchraydi. Dunyoni aniq raqamlar go‘zalligi birlashmasida ko‘rgan olim, avvaliga suyangan, ishongan do‘sti tomonidan "pichoqsiz so‘yiladi". Keyin esa, nomzodlik mavzusi uchun necha yillardan buyon sirli bo‘lib turgan va o‘zini mahliyo qilib kelgan "Puankare gepotezasi"ni tanlamoqchi bo‘lganida, doktorlikni himoyalashda tanlagan ustozi uni bu mavzudan "aynitib" boshqa mavzuni olishga ko‘ndiradi. Ammo olim o‘zi tanlagan mavzudan voz kechishni istamay, bir vaqtning o‘zida ikkita mavzu ustida ish olib borishni qat’iy qasd qiladi. U hamma to‘siqlarni yengib, maqsadiga yetishga ishonadi. Ammo shu pallada unga yana yangi to‘siqlar davri boshlanadi. Otasining o‘rtog‘ini vasiyatiga ko‘ra, o‘zi ko‘rmagan, bilmagan qizga uylangan yosh olim, ro‘zg‘orning "g‘ori"ni ichiga "tushib ketadi". Qaynonasi va xotining talablari uni qo‘shimcha ish topib ishlashga, kechayu kunduz mehnat qilishga majbur qiladi. Qahramonimiz ro‘zg‘or tashvishlaridan qattiq charchaydi. Xotin esa tinmay, "agar men senga turmushga chiqmaganimga xotinsiz qolib ketarding, men bo‘lmaganimda ro‘zg‘oring tamom bo‘lardi" kabi qattiq kesatiq so‘zlar bilan yangi talablar qo‘ya boshlaydi. Shunday vaqtlarda yosh matematik olimning fikru xayolini “Kostyumni yelkangga il-da, chiq-ket. Hammasiga tupur. Dunyo keng” degan xayollar tinmay band etadi. Olim bu damlarda o‘ziga yordamchi kerakligini,shu sohani yaxshi biladigan talaba kerakligini his etadi va uni topadi ham. Shunda dunyo ko‘ziga yana go‘zal ko‘rina boshlaydi, o‘zining orzusi "Puankare" gepotezasi yechimi yaqinlashayotganini his qiladi. Manzil yaqinligini yaqin kunlarda moʻjiza bo‘lishi his etadi.
Ammo...
....
... uning talabasi kasalxonaga ko‘rgani kelganida tezroq uning oldidan ketishini istaydi. Kasalxonadagi shifokorlar olimning ikki qo‘lidan tutib ko‘tarib ketayotganida u zo‘rg‘a "mana shu qog‘ozlarni ol, unda eng kerakli maxlumotlar bor" deya otishga ulgurgan qog‘ozlari kasalxona "pol"iga sochilgancha qoladi.
Bu voqea sodir bo‘lguncha asarda yurakni sel qilguvchi ko‘plab hodisalar sodir bo‘ladi. Bu voqealarni o‘qib olishni kitobxonning o‘ziga qoldirdik...
Asardagi "TAGIGA CHIZIB O‘QILADIGAN SATRLAR"dan ayrimlarini keltiramiz: