Computer Science
May 10, 2020

Sirdaryo viloyati abonentlari uchun bepul to‘plamlar (Saxovat qo'li):


Sirdaryo viloyati abonentlari uchun bepul to'plamlar (9-may 2020-yil)

Sirdaryo viloyatidagi suv omborining buzilishi va sodir bo‘lgan suv toshqini bilan bog‘liq noxush hodisa sabab, aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbektelekom” AK joriy yilning 9 mayidan 16 mayiga qadar abonentlar uchun bepul muloqot uchun Oʻzbekiston boʻylab 1 000 daqiqa va 1 000 MB Internet trafikka ega bo‘lgan xizmatlar to‘plamini joriy etdi.

Maxsus xizmat to‘plamlari “Faol” holatdagi jismoniy shaxslarga, GSM/CDMA standart tarmog‘i abonentlariga taqdim etiladi.


Ushbu shartlar doirasida quyidagi to‘plamlar ishga tushiriladi:
O'zbekiston bo'ylab qo'ng'iroqlar uchun trafik O'zbekiston bo'yicha barcha chiquvchi qo'ng'iroqlar uchun mo'ljallangan (alohida narxlar o'rnatilgan matnli va boshqa qisqa/ma'lumot raqamlari bundan mustasno).
To‘plamni faollashtirish:
Maxsus to'plamlar faqatgina Sirdaryo viloyati hududida amal qiladi.

Maxsus toʻplamlar faqatgina Sirdaryo viloyati hududida amal qiladi, hududdan tashqarida toʻplamning trafiklari sarf etilishi toʻxtatiladi va tarif reja yoki pullik toʻplamning shartlariga koʻra narxlanadi. Shuni e’tiborga olish joizki, Sirdaryo viloyatining chegaradosh tumanlarida, qoʻshni viloyatlar hududlarining xizmat koʻrsatadigan baza stansiyalarining amal qilish hududida boʻlgan holatlarda, xizmatlar tarif reja yoki pullik toʻplamning shartlariga koʻra narxlanadi.