Computer Science
May 11, 2020

C++ dasturlash tili va uning tarixi


Bu maqolamda hozirgi zamonda eng rivojlangan dasturlash tillaridan biri bo'lgan C++ dasturlash tili haqida yozmoqchiman. Bu til tarixi va kelib chiqishi haqida qisqacha yozib, keyingi maqolalarda bu tilda dasturlar tuzishni asta sekinlik bilan o'rgatib o'taman.

Dastlab UNIX operatsion tizimi va С dasturlash tili yaratilgan va С tili asosida C++ tili yaratildi. С esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqgan.

C++ tilini 80 yillarda AT&T Bell Labs korxonasi ishchisi Byarnom Straustrup tuzgan. Avtorning aytishicha, bu tilni tuzishda u hech qanday qog'ozlarni qoralamagan va hamma ishni yo'l yo'lakay, ketma-ketlikda tuzib chiqqan. Uning asosiy maqsadi, o'zi va do'stlari uchun qulay dasturlash tili yaratishdan iborat edi. C++ dasturlash tilining asosi C hisoblanadi va shu tilni(C) misolida C++ tilini tuzib chiqdi. C dasturlash tilini mukammalashtirgan eng asosiy narsa bu – ob'yektga mo'ljallangan dasturlashni olib kirgani hisoblanadi. Chunki dasturlashda, tez, qulay , tartibli va ixcham yozish uchun ob'yektga mo'ljallangan dasturlash tillaridan foydalanish lozim bo'ladi. Dastlabki C++ dasturlash tilidan foydalanganlar, bu albatta Bell Labs korxonasi hodimlari hisoblanadi.

1993 yilda bu til ommaga taqdim etildi va C++ nomini oldi. Dastlabki C++ ga oid kitob "The C++ Programming Language(Addison-Wesley, 1985)" nomi bilan mashhur bo'ldi va bu kitob 1991 yil "Язык программирование C++" tarjimasi bilan rus tiliga tarjima qilindi va bu til(С++) rivojlanishi boshlanib ketdi.

ANSI-ISO (ANSI X3J16; ISO WG21/N0836) birlashmasi 1989 yilda, birlashga holda ish boshladi. Bu korxonaning dastlabki ishi C++ dasturlash tiliga va uning kutubxonasiga standart ishlab chiqishdan boshlandi. Buning uchun 1990 yildagi C++ tili asos qilib olindi.

1990 yilda C++ standarti ishlab chiqildi va bu standart hozir ANSI C nomi bilan mashxur. Bu til juda kengayib ketdi va hozirgi kunda bu tilning hamma detallarini biladigan dasturchi bo'lmasa kerak.

C++ funksiya va ob'yektlarning boy kutubxonasiga ega. Bundan kelib chiqadiki C++ dasturlash tilini o'rganish 2 qismga bo'linadi: dastlab, C++ tili sintaksisi o'rganiladi vv shundan so'ng uning asosiy kutubxonalari birma-bir ko'rib chiqib, yodlash lozim bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, bu til juda katta hajmni o'z qamroviga oladi.

C++ tilining egasi yo'q u hech kimga tegishli emas. Bu til С tilidan kelib chiqgani uchun bosh harf С, ++ esa bu tildagi qiymatni bittaga ko'tarish belgisi hisoblanadi va bu belgi C++ dasturlash tilida paydo bo'ldi.

C++ dasturlash tili kompilyatsiya qilinadigan til hisoblanadi bu degani yozilgan kod oldin mashina tiliga o'giriladi va keyin ishga tushiriladi.